Bog'liq xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 382
w www.oriens.uz July 2021 Jamiyat xavfsizligi – jamiyatning ma’naviy va moddiy qadriyatlarini
saqlanishini hamda muhofaza etilishini ta’minlovchi shart-sharoitlar majmuidir.
Jamiyat xavfsizligi jamoat tashkilotlari, huquqiy normalar hamda tegishli shart-
sharoitlarni shakllanishini kafolatlovchi taraqqiy topgan ijtimoiy ongni va ijtimoiy
sherikchilikni taqazo etadi. Xavfsizlik subyektlari uchligida – shaxs, jamiyat va
davlat – hamda ularning manfaatlari tizimida jamiyat xavfsizligi milliy xavfsizlikning
nisbatan subyektiv-individual va asosan kollektiv elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Davlat xavfsizligi to’g’risida gap ketganda esa, eng avvalo, O’zbekiston
Respublikasi nuqtayi nazardan yondashadigan bo’lsak: “Davlat xavfsizligi —
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy
yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan
himoyalanganlik holati bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining barqaror
rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga
chiqarilishini ta’minlaydi”
9
.
Davlat xavfsizligi – ushbu atama ikki xil ma’no kasb etadi. Hozirgi zamon
xavfsizlik tadqiqotlarida davlat xavfsizligi tor ma’noda, ya’ni milliy xavfsizlikning
tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. Ushbu mazmunda davlat va uning xavfsizligi,
shaxs va jamiyat xavfsizligi bilan bir qatorda, milliy xavfsizlikning asosiy uch
elementidan biri sifatida belgilanadi hamda u suverenitet, hududiy yaxlitlik va
konstitutsiyaviy tuzum (davlatning hayotiy muhim manfaatlari)ning tashqi va ichki
xavflardan himoyalanganlik holati sifatida ta’riflanadi. Keng ma’noda davlat
xavfsizligi atamasi davlatning umumiy xavfsizligini anglatadi.
Xavfsizlik obyekti sifatida esa shu yuqorida sanab o’tilgan subyektlarning
manfaatlar yig’indisi tushiniladi. Shaxs xavfsizligining obyekti uning asosiy
manfaatlarini yuzaga chiqaruvchi huquq erkinliklaridir. Jamiyat xavfsizligi uchun
obyekt sifatida jamiyatning birligi, barqarorligi va asosiy tan olingan moddiy-
ma’naviy qadriyatlari yig’indisi bo’lib xizmat qiladi. Davlat xavfsizligining obyekti
sifatida uning konstitutsion tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va strategik ilgari
surilgan manfaatlari hisoblanadi. “Bu obyektlar konstitutsion normalarni yoki konkret
mexanizmlashgan va realizatsiya qilingan normalarning uch subyektning qaysi
manfaatlari chegaralanishi kesimida sun’iy ravishda ajratib olinishi mumkin”
10
—
9
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING QONUNI/4-modda/ https://www.lex.uz/docs/-3610935
10
РОГОВ АЛЕКСАНДР СЕРГЕЕВИЧ, ФЕДОТОВА ЮЛИЯ ГРИГОРЬЕВНА “ГОСУДАРСТВЕННАЯ
БЕЗОПАСНОСТЬ: ЭЛЕМЕНТ ИЛИ СОДЕРЖАНИЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ РОССИЙСКОЙ
ФЕДЕРАЦИИ”.
Учредители: Редакция
журнала
"Власть"
(Москва).
ISSN:
2071-5358
eISSN:
2071-
5366
https://elibrary.ru/item.asp?id=21026027