1-mavzu: XVI-XIX asrlarda oʻzbek xonliklari davri madaniyat va sanʻati


Qo`qon xonligida madaniyat va san’at



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana16.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#493257
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-semestr 1-2-mavzu

Qo`qon xonligida madaniyat va san’at. 
XVII asr o‘rtalaridan boshlab Farg‘ona vodiysida 
mustaqillik uchun kurash kizib Markaziy Osie hududida shakllangan yangi xonlik Qo‘qon xonligi 
sulolasini boshladi. Deyarli 170 yid mavjud bo‘lgan bu xonlik davrida uning chegarasi Farg‘ona 
vodiysidan tashqariga chikib, Kozogistonning janubiy tomonlari, bugungi Kirgiziston erlari, 
Tojikiston, mulklari, Toshkent vohasi erlarini o‘z ichiga oldi. Qo‘qon xonligi davri rivojlanishi 
XVIII asr oxiridan jonlanish sezilarli bo‘lib bordi. Xonlardan Olimxon (1800-1810), Umarxon 
(1810-1822) Muhammad Ali Madagi (1822-1842) hukmronligi yillarida xonlik chegaralari 
mustaxkamlana boshladi, Toshkent, CHimkent, Sayram erlari hisobiga xonlik chegaralari 
kengaydi. SHu davrda qator qala va qo‘rg‘onlar qad ko‘tardi. Maxram qalasi, Ok maschit (hozirgi 
Qizil urda), Avlie ota (Jambo‘l), Peshpek (Bishkek) kabi qator harbiy istexkomlar bunyod kilindi, 
ayniqsa xonlik poytaxti Qo‘qon shahrida katta qurilish ishlari amalga oshirildi, maschit madrasalar 
kad kutardi. SHahar markazida bozor va go‘zarlar,juma machit,chorrahalarda esa katta bo‘lmagan 
karvon saroylar qurildi. Bu davr memorligi kam bezakli bo‘lib binolarni katta qismi loy va 
paxsadan bunyod etildi. Farg‘ona vodiysi memorligi shu davr me’morchilik uslublarda ishlangan 
bo‘lishiga qaramay o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligini ham etirof etish kerak Jumladan 
Namangandagi Xo‘jamning qabri maqbarasi shu xususda etiborlidir. Uning gumbaz osti ko‘rinishi 
muqarnasli qilib ishlanganligi bilan harakterlanadi. MemorMuhammad Ibroxim tomonidan 
bajarilgan bu maqbarada rang ham ishlatilgan bo‘lib u gumbaz osti ko‘rinishiga o‘ziga xom 
ko‘rinish hosil qiladi. Farg‘onaning bosh shahri bo‘lgan Margilondagi Zulqarnayn maqbarasi 
minorali bo‘lib ular (Ikkita minorasi saqlanib qolgan)ning teppa qismi muqarnasli. Bulardan 
tashqari Farg‘onada avliyolarga atab qurilgan qator mozorlar saqlanib qolganBular uncha katta 
bo‘lmagan peshtoq--qubbali binolar bo‘lib ularning eshiklari o‘ymakorlik san’ati bilan 
pardozlangan.Bu davrda ishlatilgan ustunlar ham muqarnasli bo‘lib ularning ustunlari ham 
o‘ymakorlik san’ati bilan pardozlangan. XVIII asr o‘rtalaridan Xo‘qand qishlogi Qo‘qon xonligi 
poytaxtiga aylantirildiBu xonlik qurilish uchun buxoroli ustalarni yangi poytaxtga taklif etdilar. 
Natijada bu erga Buxorodan ko‘plab ustalar ko‘chib kela boshladi. Natijada shu davrda qurilgan 
binolar bezagi va tarxida Buxoro tasiri sezilarli o‘rinni egalladi. Buni Norbo‘ta biy madrasasi 
ko‘rinishida ko‘rish mumkin. Bino uchun ishlangan o‘yma eshik esa o‘z ishlanishining yuksakligi 


bilan ajralib turadi. Bu davrda Qo‘qon xonligida xunarmandchilik rivoj topdi, ajoyib koshinlar, 
sirli sopol buyumlar, uymakorlik eshiklar shu davrda kutarinki ruhini o‘zida aks ettiradi. 
 
Realistik tasviriy san’at haqida gapirish qiyin,lekin dekorativ yo‘nalishdagi tasvirlar bu davr 
devoriy rassomligida uchraydi. Guldon va undan chiqib turgan turli gullar tasviri , anor shohchasi 
tasvirlari shu davr saroy va turar joylarda uchraydi. SHunday rasmlar Xo‘jamning qabri 
(Namangan) maqbarasida ko‘rish mumkin. Adabiet san’atida Qo‘qon Markaziy Osiyo hududida 
o‘zini namoyon kildi. Bu erda yashab ijod qilgan Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Maxzunalar o‘z 
davrlarining ruhini sherlarida aks ettirdilar.
XVIII asr boshlarida Qо‘qon xonligi vujudga keladi. Bu davrda Turkiston xalqlari 
madaniyati asosan shu uch xududda rivojlandi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib, xonliklarda 
ma’lum madaniy siljishlar rо‘y berdi, madaniyatimiz tarixiga muhim hissa qо‘shgan adib, 
san’atkor, olimlar yetishib chiqdi. 
Qо‘qon xonligining XVIII—XIX asrning birinchi yarmida kechgan madaniy xayotida 
tarixnavislik sezilarli ravishda о‘sib borganini kо‘ramiz. 
Qо‘qon xonligi tarixi Mulla Olim Maxdumxoji («Tarixi Turkiston»), Muxammad 
Xakimxontо‘ra («Muntaxab at-tavorix»), Fazliy Namangoniy («Shoxnoma»), Mushrif Isfarangiy 
(«Shoxnomai Umarxon»), Avazmuxammad («Tarixi jaxonnomayi»), Niyoz Muxammad 
Xukandiy («Tarixi Shoxruxiy», «Tarixi sayyidi Xudoyorxon»), Muxammad Solixо‘ja Qoraxо‘ja 
о‘g‘li («Tarixi jadidi Toshkand») asarlarida keng yoritilgan. 
XIX asr adabiy xayotining kо‘zga kо‘ringan namoyandalari: Mujrim Obid, Shavqiy, 
Hiromiy, Hoziq, Ahmad Donish singari shoir va adiblar о‘z davri adabiy jarayoniga salmoqli hissa 
qо‘shdilar. 
XVI-X1X asrlar Buxoro xonligi (amirlik) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotini 
о‘rganishda tarixnavislar: Fazlullox ibn Ruzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Xofiz Tanish 
Buxoriyning «Sharafnomai shoxiy» (kо‘proq «Abdullanoma» nomi bilan mashhur), Zaynuddin 
Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’», Muxammad Vafo Karmanagiyning «Tuxfat ul-xoniy», Mirza 
Muxammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy», Muxammad Yusuf Munshiyning «Tarixi 
Muqimxoniy», Muxammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Abdurahmon Tolening «Tarixi 
Abulfayzxon», Muxammadsharifning «Ta¬rixi Amir Xaydar», YAqub Buxoriyning «Gulshan ul-
muluk», Mir- olim Buxoriyning «Fatxnomayi sultoniy», Mirza Abdul Abduazim Somiyning 
«Mang‘it sulolalari tarixi» singari asarlari muhim о‘rin tutadi.
Quqon honi Umarhon davrida (1810-1822 yillar) shakllangan va rivojlangan Kuqon adabiy 
muhiti honlikning madaniy hayotida katta о‘rin tutdi. Umarhonning о‘zi «Amiriy», о‘g‘li 
Muhammad Alixon «Xon», rafiqasi Mohlaroyim esa «Nodirabegim» taxalluslari bilan tanilgan 
shoirlar edi. 
Fazliy Namanganiy tuzgan «Majmuai shoiron» tazkirasida Qо‘qonda yashab ijod etgan 63 
shoir haqida ma’lumot beriladi. 
Qо‘qonda hajviyotning rivojida Gulhaniyning «Zarbulmasal», Mahmurning xajviy 
she’rlarining alohida о‘rni bor. 
Bu davr adabiyotining muhim xususiyatlaridan biri Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Dilshod 
Otin kabi shoiralarning adabiyot maydoniga chiqishidir. Ular faqat g‘azalchilik bilan 
cheklanmasdan, risola va dostonlar ham yozganlar. 
Mansur (XVIII asr). Pskent hududidan bо‘lib, ismi Mansurxо‘ja.


Shayxlardan bо‘lgan. «Tuhfat ul-ahbob» nomli tazkirada Shayx Mansur Piskandiy nomi 
kо‘rsatilgan bо‘lib, she’rlari xonaqohlarda о‘qib yurilgan deb kо‘rsatilgan. U 1775 yilda vafot 
etgan.
Mahviy (XIX asr). Qо‘qonlik ulamolardan bо‘lib, kо‘p vaqt qozilik lavozimida ham 
ishlagan. Umarxon davrida yashab ijod etgan.
Qarigan chog‘da azm etdim yetay deb Ka’batullohga,
Yetolmay yig‘ladim hardam Madina joyi a’loga.
Bu noqislik bilan Mahviy yetarmukin о‘shal joyga,
Mumsar etgin iloho, meni ul joyi a’log‘a.
G‘oziy (XVIII-XIX asr). Qо‘qon atrofidagi Yaypan qishlog‘idan bо‘lib, ma’lum bir muddat 
qozilik qilgan, degan ma’lumot ham bor. Yaxshi shoir, olim va donolardan bо‘lib, ismi 
Muhammaddir. G‘oziyning Navoiyga о‘xshatib yozgan she’ridan namuna:
Ey quyosh, subhi uzoring birla mag‘rur о‘lmag‘il, 
Bir nafasda shom о‘lur, albatta, masrur о‘lmag‘il. 
G‘oziyo nо‘sh ayla mehnat jomidin zahrobi g‘am,
Benavoi sharbati chiniyyu fag‘fur о‘lmag‘il.
Nizomiy Hо‘qandiy (XVIII-XIX asr). Qо‘qon shahridan bо‘lib, о‘z davrining ilmli, obrо‘li 
kishilaridan bо‘lgan. U yetuk shoir bо‘lib, axloq-odobga oid «Majmuat ul-maqsad» asari hamda 
tо‘liq bir she’riyat devoni meros tariqasida qolgan. She’ridan namuna:
«Tursam bu sahar olamo xush is sochilibdur,
Bildimki, chamanda guli ra’no ochilibdur. 
Bunday kechada ming yо‘li bо‘lsa yana qonmas, 
Dilxasta Nizomiyga ajoyib tuyulibdur».
Qiyosiy (XVIII-XIX asr). Farg‘onalik shoirlardan. Qiyosiyning hayot yо‘li haqida kam 
ma’lumotga egamiz. G‘azalidan ikki misra:
«Ey suman yuz, qomati tо‘bi masal yor aylanay,
Kо‘zlaring xummoridan men hasta bemor aylanay». 
Ma’dan (XVIII asr oxiri - XIX asr boshlari). Farg‘onalik shoir, ismi Odina Muhammaddur. 
Kasbi bog‘bonlik bо‘lgan. О‘z g‘azallarini о‘zi kuylab xonish qilib yurgan. She’ridan namuna:
«Gul yuzing kо‘rsatma, to kо‘ngil tamannolanmasun,
Har nechuk kо‘z partavi husningga shaydolanmasun».
Ravnaq – XVIII asrda Qо‘qonda va Xо‘jandda yashab, turkiy hamda forsiy tillarda she’rlar 
ijod etgan. Ma’lum muddat Xо‘jandda qozilik mansabida ham ishlagan. Ikki misra she’ridan 
namuna:
«Ey podshohi husn, sanga jonu dil fido
In’omi benazir beribdur xudo sanga».


Fazliy (XIX asr). Namanganlik yirik ijodkor. О‘z davrida yashab ijod etgan 100 ga yaqin 
shoir va shoiralarning qisqacha bayoni berilgan «Majmuat ush-shuaro» asarini yaratgan va unda 
о‘zbek hamda tojik tilida bitilgan she’rlari ham berilgan. Fazliyning ismi Mulla Abdukarim.
Gulxaniy (XIX asrning I yarmi). Ismi Muhammad Sharif. U yaratgan «Zarbulmasal» kitobi 
о‘lmas bir asar bо‘lib qolgan. Asarda о‘z davrining illatlarini qushlar tilidan mahorat bilan bayon 
etgan. She’ridan ikki misra:
«Agar sо‘z jona paydo qilmasa sо‘z,
Ani sо‘z demagil, ey majlis afrо‘z».
Kaltatoyi (XIX asrning I yarmi). Andijonning hozirgi Izboskan tumanidagi Kaltatoy 
qishlog‘idan. Ismi Zokirxо‘ja. Ilmli shoir bо‘lgan. О‘z ijodi bilan xonning ham e’tiboriga tushgan. 
She’ridan namuna:
«Manam bir gо‘shai ishqingda yotgan rо‘dapoingman
Eshikdan ursangu quvsangda ketmas bir gadoingman».
Mahzuna – XIX asrning I yarmida Qо‘qon adabiy muhitida yetishgan yirik shoiralardan. 
Shoira hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar nihoyatda kam. Ikki misra she’ridan namuna:
«Dо‘stlar bir husni be ham toya oshiq bо‘lmisham, 
Hur paykar bir malak siymoya oshiq bо‘lmisham».
Xon (XIX asr I yarmi). Qо‘qon xoni va shoir Umarxonning katta о‘g‘li. Onasi Komila xonim 
Nodiradir. Asl ismi Muhammad Ali bо‘lib, 1822-1842 yillarda xonlik qilgan. She’riyatidan ikki 
misra namuna:
«Yuzu qaddingga ermas bu chamanning sarv ra’nosi,
Suv hayvon chashmasiga bо‘lsa bil Isoning anfosi».
Dilovar (XIX asr). Qо‘qonlik yirik shoirlardan. She’ridan ikki misra:
«Kel, ey jallod, tanovul etakо‘r qonimdin 
Ishq tо‘ydirmish edi shirin, aziz jonimdin».
Jaloliy (XIX asr). Qо‘qonlik shoir. Buxoroda ilm olgan. Ismi Jaloliddin xо‘ja. Buxorodan 
qaytgach, ma’lum muddat imomlik mansabida ham bо‘lgan. She’riyatidan ikki misrasi:
«Kо‘rdim bu dahr ichra ulus podsholig‘in, 
Oldim о‘zimga ahli muhabbat gadolig‘in».
Azimiy (XIX asr). Qо‘qonlik shoir, ismi Azimxо‘jadir. Azimiy Buxoroda tahsil olib 
qaytgach, 40 yil imomlik qilgan. She’ridan namuna:
«Kun о‘lsa eldin о‘zimni kanora aylarman, 
Tun о‘lsa zamzamini oshiqona aylarman». 
Majzub (XIX asr). Namanganda yashagan. Tug‘ilgan joyi esa Qо‘qonning Sarmozor 
dahasidan. Buxoroda ilm olgan. Ismi Abdulaziz. She’riy devoni mavjud bо‘lib, unda 181 betdan 
iborat alohida soqiynomasi ham bor. She’ridan namuna:


«Qilsam bayon holim kirmas qulog‘i yora,
О‘ldurdi, ham kuydirdi jononaning bu dog‘i.
Dunyoyi dung‘a berma hargiz kо‘ngulni Majzub, 
Ishq ahlig‘a kerakmas dunyoni ayshi chog‘i».
Biymiy (XIX asr). Qо‘qonlik. Asl ismi Mulla Abdurazzoq. О‘z davrining kо‘zga kо‘ringan 
shoirlaridan. Faqirlikda kun kechirgan. She’ridan tо‘rt qator namuna:
«Ovorai hijronlar sahroi malomatda
Mushtoqi visoli ul jonona ekan mandek.
Uzroni g‘ami birlan Vomiqni dilu kо‘ngli, 
Ishq ofatila Biymiy devona ekan mandek».
Akmal II (XIX asr). Hozirgi Toshkent viloyatining Pskent tumani hududidan. Diniy ilmni 
ham yaxshi egallab, imomlik vazifasida ham ishlagan. She’riyatda salohiyati kuchli bо‘lib, turkiy, 
forsiy va arab tillarida she’rlar yozgan. She’ridan namuna:
«Och takallum birla lab tо‘ti tamannolanmasun, 
Zulfi tarqattiyu mushk bozor ichra savdolanmasun. 
Noz tig‘in chekma hardam xalq qonin tо‘kmakka,
Qо‘rqaram Akmal mabodo xajr barnolanmasun». 
Mushrif (XIX asr). Qо‘qon shahridan. Asl ismi Mirzo Qalandardir. Isfara kasabasida qozilik 
qilgan. She’riyatda kuchli mahorat sohibi bо‘lgan. Shoir Abdukarim Fazliy bilan birga «Majmuot 
ush-shuaro» nomli tazkira chiqarganlar. She’riyatidan namuna:
«Manga, ey bodi sabo zulfi sulmansodin gapur, 
Jon labimga yetdi ul la’li shakarxodin gapur.
Bir kun ul maxvashni kо‘rsang bо‘lma xomush, ey kо‘ngul, 
Mushrifi devonai majnunu shaydodin gapur».
Muznib (XIX asrning I yarmi). Qо‘qonda yashab, ijod qilgan shoirlardan. Shoir Fazliy 
о‘zining «Majmuot ush-shuaro» asarida shoir Muznibni tilga olib, uni ijobiy ta’riflagan. She’ridan 
ikki misra namuna:
«Bо‘ldi jabrim kisvati ishqing olinda yoralar 
Xanjari abrо‘ bilan bag‘rimni qildi poralar».
Mahzun (XIX asr I yarmi). Qо‘qonda yashab, ijod etgan. Uychida tug‘ilgan va shu yerda 
qozilik ham qilgan. Ilmli shoir bо‘lgan. Ikki misra she’ri:
«Qiyo boqg‘aymu deb Mahzun kо‘p intizor о‘ldi 
Bihamdillohki mujgon novakidan bahramand etdi».
Munshiy (XIX asr I yarmi). Shoirning nomi Mulla Qodir quli bо‘lib, Qо‘qon shahrida 
tug‘ilgan. Xon idorasi kotibiyatida ishlagan. She’ridan namuna:


«Shikva qilsam ayb emas bu charxi kajraftordin, 
Tiyra bо‘lmish tab’i pokam ushbu badkirdordin».
Fayziy (XIX asr I yarmi). Marg‘ilon shahrida tug‘ilib, Qо‘qonda yashab, ijod qilgan 
shoirlardan. Ismi Mulla Mirza Niyozdir. She’ridan ikki misra:
«Necha kun sarv qadding gardunga bosh chekdi, 
Kо‘ngil ohini Fayziy siyna chokidin baland etdi».
Xotif (XVIII asr II yarmi-XIX asr I yarmi). Qо‘qon atrofi qishloqlaridan bо‘lib, Qо‘qon 
shahrida tahsil olgan. О‘zbek qishloqlaridan birida imom bо‘lgan. Ismi Abdunabi bо‘lib, yaxshi 
fazilatlari kо‘p bо‘lgan. Nihoyat saroy shoirlari qatoridan ham joy olgan. She’ridan namuna:
«Ey soching sargashtasi Chin mulkida mushki Xito, 
Nargizingdandur Xо‘tan dashtida ohu benavo». 
Vafoiy (XIX asr). Farg‘ona hududida tug‘ilgan. Mirlar naslidan. Ismi, vafoti haqida 
ma’lumot yо‘q. Ikki misra she’ridan namuna.
«Soldi boshima savdo kokili parishonlar, 
Ja’di naf’ai zulfi anbar afshonlar». 
Ramziy (XIX asr boshlari). Farg‘onalik bо‘lib, Qо‘qonda yashab, ijod etgan shoirlardan. 
Ismi Mullajon Xо‘ja. Ramziy she’ridan namuna:
«Subh chog‘i gul yuzida boda osorin kо‘ring, 
Bо‘yla obu rang birla husni gulzorin kо‘ring».
Kasrat (XIX asr boshlari). Qо‘qonlik yetuk shoir. Umarxon bilan yaxshi munosabatda 
bо‘lgan. Saroyda shaxsiy xos kotibi vazifasida ishlagan. Xushsuhbat, latifagо‘y, she’riyatda 
hozirjavob kishi bо‘lgan. She’ridan ikki misra:
«Kuydim ishqing tobidin, ey sarvi nozu xush ado,
Otashi hijronida kuyganni kuydirma yano». 
Amiriy (XIX asr). Asl ismi Umarxondir. 1810 yilda akasi Olimxon vafotidan sо‘ng Qо‘qon 
xonligi taxtiga о‘tiradi. Xonlik mansabidan tashqari she’riyatga ixlosi baland bо‘lgan. Saroyda 
ilm-fan, adabiyot ahliga homiylik qilgan. Uning devoni bizgacha yetib kelgan.
Tо‘rt qator she’ridan namuna:
«Qizartib chehra maydin oshiqi zoringni kuydirma,
Yuzingga bodadin о‘t solma gulzoringni kuydirma.
Amir oshiqlara ya’su muhabbat ham vafodindur
Boqib har dilrabog‘a rashkdin oringni kuydirma».
Nisbatiy (XIX asr). Marg‘ilonlik shoir. Muqimiy va Furqat bilan zamondosh bо‘lgan. 
Kо‘plab bayozlarga she’rlari kiritilgan. Ikki misra she’ridan namuna:
«Ishq nazmida bо‘lur tavsifi jonon о‘zgacha 


She’r xо‘b rangin g‘azal ham shо‘h devon о‘zgacha».
Mayus (XIX asr boshlari). Asli Xо‘jandlik bо‘lib, Qо‘qonda xon saroyida ijod qilgan. Ismi 
domullo Tо‘raxondir. She’riyatidan tо‘rt misra:
«Sо‘rmadi holimni yorab oshnolarimdan biri, 
Bir nazar ham solmadi ul bevafolardan biri.
Qilmag‘il Mayusliq birla fig‘onu nolakim, 
Kо‘ngliga ta’sir qilmas bu navolardan biri».
Maknun (XIX asr I yarmi). Qо‘qonda yashab, ijod qilgan shoir. Umarxon saroyidagi e’tiborli 
ayonlardan bо‘lgan. Ismi Ernazardir. Kо‘p vaqtlar qozilik ham qilgan. She’riyatidan namuna:
«G‘amza yoyini qurdi, turmang, ey musulmonlar, 
Berdi g‘orata dinin sizdek ahli imonlar. 
Oftobi hovardek she’r to ayon bо‘ldi,
Sо‘z eliga ey Maknun bо‘ldi mushkil osonlar».
Manzur (XIX asr). Andijonda tug‘ilib, Qо‘qonda ijod qilgan shoir. Ismi ham Manzur bо‘lib, 
saroy xodimlaridan edi. She’riyatga ixlosi yuqori bо‘lgan. She’riyatidan tо‘rt qator:
«О‘rtagan mani hardam orazi durahshonlar, 
Baxtimni qaro qilg‘an kokili parishonlar. 
Yaxshilar jamoliga kо‘zgudek nazar soldim, 
Manga bо‘lmadi Manzur sendin о‘zga jononlar».
Afsus (XIX asr). Shoir Jizzax shahrida tug‘ilgan va Qо‘qonda yashab ijod qilgan. Nomi 
Tо‘raxon Mahdum. Xonning ayonlaridan bо‘lgan. Afsus tahallusi bilan she’rlar ijod qilgan. 
Namuna:
«Toza qildim ahd ul yor birla paymon ustina, 
Noz ila aydiki, yolg‘on dema yolg‘on ustina. 
О‘z diyoridin adashgan bir g‘arib Afsusdur,
Chug‘z bevayrona yanglig‘ Tо‘ra Qо‘rg‘on ustina».
Dabir (XIX asr). Asli О‘ra tepa atrofi о‘zbeklaridan bо‘lib, ismi Mirzo Sharifjon. Amirning 
xos kotibi vazifasida ham ishlagan. Saroyda yashagan. Husnixat egasi bо‘lgan. She’ridan tо‘rt 
qator namuna:
«Mavsumi bahor о‘ldi toza ru gulistonlar 
Sabza xurramu xandon sahni bog‘u bо‘stonlar 
Ayladim Dabir insho bir g‘azal bu ma’noda 
Shoh sо‘ziga tobe’dur zumrai suhandonlar».
Nodir (XVIII - XIX asr). Qо‘qon shahrida tug‘ilib, ijod qilgan. Norbо‘tabiydan Muhammad 
Ali davrigacha saroyda kitobat sohasida xizmat qilib kelgan. Umarxonga atab ham kitob yozgan 


va she’riyatda ham ijobiy natijalarga erishib, umrining oxirigacha (90 yoshlarigacha) ijod qilgan. 
Nodir she’ridan 4 misra:
«Sahar vaqtida kо‘ngil qushlarig‘a yor kelg‘aymu,
Yuzidin boda rang olgan о‘shal dildor kelgaymu,
Sо‘zing boshdin oyoq rayhon isidek bо‘ldi to afzo
Jahon imulkida Nodir nazmidek guftor kelgaymu».
Sharifiy - XIX asr boshlarida Farg‘ona vodiysining Koson hududida yashab, ijod qilgan. Asl 
ismi Muhammad Amin bо‘lib, xusnixatda, xattotlikda davrining yetugi bо‘lgan. Saroyda devon 
kotibiyatida xizmat qilgan va she’riyatga ham ixlosi baland bо‘lgan. Sharifiy she’ridan ikki misra:
«Ey, Eram parizodi, kir bu dam xayol ichra 
Jon qushi navo cheksun gulshani visol ichra».
Komil Xorazmiy (XIX asr). Asl ismi Pahlavon Niyoz. Yetuk shoir va musiqashunos. Xiva 
xoni Muhammad Raximxon II Feruz saroyida devonbegi (bosh kotib) lavozimida ishlagan. 
Shuningdek, naqqoshlik va xusnixatda ham yetuk bо‘lib, bu ishlar rivojiga ham salmoqli hissa 
qо‘shgan.
Komil Xorazmiy tarjimonlikda ham mohir bо‘lib, 1865 yilda Barxurdor bin Mahmud 
Turkman Farohiyning (tahallusi Mumtoz) «Mahbub ul-qulub» yoki «Mahfiloro» (majlisga ziynat 
beruvchi) asarini, 1869-70 yillarda Faxriddin Ali Sayfiyning «Latoyif ul-tavoyif» (turli 
toifalarning latifalari) asarini forschadan о‘zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy 
«Xamsa»sining birinchi Xorazm toshbosma nashriga sо‘zboshi yozgan. Komil Xorazmiyning 
devoni qо‘lyozmasi О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Iso Mahdum Buxoriy - XIX asrda yashab ijod etgan ilmli, serqirra madaniyat namoyandasi. 
Madrasada dars bergan, ilm, she’riyat va musiqashunoslik bilan shug‘ullangan. Ayni vaqtda 
kitobat hunarida ham muntazam shug‘ullanib, kо‘plab kitoblarni naqsh bilan bezashda hamda 
nashr ishlarida ham katta iz qoldirgan.
Vozeh - asl ismi Qori Rahmatillo Vozeh. XIX asrda Buxoroda yashab о‘tgan. 27 yoshida 
madrasani tugatgach, she’riyatda samarali ijod qilib, boy meros qoldirgan. Ayni vaqtda asosiy 
shug‘ullanadigan kasbi kitobat hunari bо‘lgan. Butun umri qо‘lyozma asarlarni kitob holiga 
keltirib, nashr qilish ishi bilan о‘tgan. Naqsh san’atidan ham yetarlicha xabardor bо‘lgan.
Abdulvahob Mirzo - XIX asrda yashab ijod qilgan buxorolik mashhur xattot. Arab va fors 
tillaridagi 100 ga yaqin qо‘lyozmalarni shikasta va nasta’liq xatida kо‘chirgan. U kо‘chirgan 
asarlaridan Jaloliddin Rumiy masnaviylari, Nozim Xiraviyning «Yusuf va Zulayxo»si О‘z FA SHI 
fondida saqlanmoqda.
Abdukarim xattot. XIX asrda yashab, ijod etgan samarqandlik yetuk kotib. Alisher 
Navoiyning «Xamsa» asari nusxalaridan birini, xirotlik shoir Nozim Xiraviyning «Yusuf va 
Zulayxo» dostonini kо‘chirgan. Bu qо‘lyozmalar О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Abdullo kotib (XIX asr). Buxorolik yetuk xattot. Uning kо‘chirgan qо‘lyozmalaridan 
Xisomiddin Buxoriyning «Voqeoti Xisomiy», Rukniddin Sheroziyning «Sharx ul-fusus», 
Abdulqodir Bedilning «Chahor unsur», Husayn Koshifiyning «Anvori Suhayliy» («Kalila va 
Dimna») kabi asarlar О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.


Abdulhaq kotib. XIX asrda Toshkentda yashab, ijod qilgan xattot. Buxoroda ilm о‘rganib, 
Toshkentdagi madrasalarning birida mudarrislik qilgan. Ta’liq, riqo’, suls, nasta’liq xatlarini 
yaxshi bilgan. Uning kо‘chirgan 10 dan ortiq qо‘lyozmasi О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Qoriy Xо‘qandiy. 1828-1906 yillarda yashab, ijod qilgan shoir va xattot. XIX asr о‘zbek 
adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri. Arab va fors tillarini, sarf, nahv va lug‘at ilmini chuqur 
о‘zlashtirgan. Hasan qori domladan qiroat ilmini о‘rgangan. «Hofizi Qur’on» unvoniga sazovor 
bо‘lgan. G‘oziyog‘liq mahallasidagi katta masjidda uzoq yillar imomlik ham qilgan.
Qoriy xusnixat va xattotlikda ham yetuk bо‘lganligi sababli, u kо‘chirgan «Devon»i, Mazjub 
Namangoniyning «Devon»i, Bahoviddin Naqshbandiyning risolasi, Muqimiy bilan hamkorlikda 
kо‘chirgan katta bayozi va yana bir qancha asarlar bizgacha yetib kelgan.
Otajon Abdalov - XIX asr II yarmi - XX asr boshlarida yashab ijod qilgan ilk о‘zbek 
matbaachisi, noshiri, kitobat ishlarining mohir ustasi. 1874 yildan Xiva shahrida Muhammad 
Raximxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ish faoliyatini boshlagan. Abdunosir 
Farohiyning tarixiy «Nisab us-Sibyon» asarini toshbosmadan chiqarib, xonga taqdim etgan. 1876-
1910 yillar davomida Abdalov Xiva matbaasida о‘ndan ortiq yirik hajmdagi kitoblarni bosmadan 
chiqargan. Alisher Navoiy «Xamsa»sining «Hayrat ul-Abror» qismi, «Xazoyin ul-maoniy», «Chor 
darvesh», Ogahiyning «Tavizul oshiqin» asari, Feruzning g‘azallari hamda «Majmuat ush-shuaro» 
tо‘plamlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Abdulmannon Kotib (XIX asr oxiri-XX asr I yarmi). Toshkentlik xattot. U tomonidan 
nasta’liq xatida kо‘chirilgan 20 dan ortiq qо‘lyozma О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Dabiriy Kattaqо‘rg‘oniy (XIX asr II yarmi-XX asr boshlari). Asl ismi Ostonaqul 
Abdushukur о‘g‘li. Payshanba qishlog‘idan, shoir va xattot. О‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. 
Xiromiyning «Chor darvesh» dostonini о‘z qо‘li bilan kо‘chirib, muqaddima va sо‘nggi sо‘z bilan 
Kogonda nashr ettirgan.
Devoniy (XIX asr II yarmi - XX asr I yarmi). Xivalik shoir, san’atshunos va xattot. Fors 
tilini yaxshi bilgan va Feruz saroyida bir qancha muddat kotiblik ham qilgan. U о‘zidan avval 
о‘tgan ijodkorlar qо‘l- yozmalarini mahorat bilan kо‘chirgan. Devonlari О‘z FA SHI fondida 
saqlanmoqda.
Muhammad Yunus Toib (XIX asr - vafoti 1907 y.). Toshkentlik shoir va xattot. Yorkent va 
Qо‘qonda ham yashagan. Sharq klassiklari asarlariga naziralar bog‘lagan, qasidalariga javob 
yozgan, tarix va marsiyalar yaratgan. Farg‘ona tarixi haqidagi «Hadoiq ul-anvor» asarida Qо‘qon 
xoni Muhammadalixonning davri tо‘liq bayon etilgan. 1905 yilda «Tuhfai Toib» asarini yozgan. 
Muhammad Yunus Toib qо‘lyozmalari О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Nadimiy (XIX asr II yarmi-XX asr boshlari). Xivalik xattot va shoir. Akasi Matyoqub 
Xarrotdan xusnixat qoidalarini о‘rgangan. Nadimiy kitobat qilgan Abudlvohit al Muftiyning 
«Ajoyib ul-qisas» asari tarjimasi, zamondosh shoirlardan Shinosiy devoni, Tabibiyning 2 ta devoni 
va о‘zi tarjima qilgan «Vomiq va Uzro» dostoni hamda о‘zining 3 ta devoni О‘z FA SHI fondida 
saqlanmoqda.
Xudoybergan Muhrkan (1822-1920). Xivalik xattot, naqqosh va bastakor. Tо‘p quyuvchi 
usta Muhammad Panohning о‘g‘li. Otasidan tо‘p quyishni, xattot usta Ermon xalfadan xattotlikni, 
muhrchi usta Islom xо‘jadan muhrkanlikni о‘rgangan. Xudoybergan Muhammad Raximxon II 
saroyi kutubxonasidagi kitoblarning asosiy qismini chiroyli, nafis yozuvlarda kо‘chirgan. Marmar 
taxtalar, о‘ratosh (poyustun)larni chiroyli yozuv va nafis naqshlar bilan, she’riy tarixlarni marmar 
toshga о‘yib yozgan va gullar bilan bezagan. Xivadagi Said Mohrо‘yjon maqbarasi, 


Asfandiyorxon xarami va qabulxonasi, Yusuf yasovulboshi va Polvon qori madrasalari, 
Islomxо‘ja minorasi va maqbarasida Xudoybergan ishlarining namunalari saqlangan.
Yuqorida nomlari zikr etilgan ijodkorlar qatorida XVII asr miniatyurasidagi portret 
san’atining mahoratli ustalaridan Xoja Mahammad Musavvir, Davlat Muhammad kabi rassomlar 
va ularning ijodlari haqidagi ma’lumotlar ham ayrim manbalarda uchraydi. Ularda, ayniqsa, Xoja 
Muhammad Musavvir Xirot, Samarqand, Buxorodagi sobiq maktablar an’analarining yirik 
davomchisi ekanligi ta’kidlanadi.
XVIII-XIX asrlarda yurtimizda ijod qilgan tasviriy san’at ustalaridan Ahmad Donish, Mulla 
Husniddin, Mulla Ortiq, Rahmatiy, Ahmad Kalla, Ibrohim Davron kabi rassomlarning ijodiy 
faoliyatlari ham muhim ahamiyatga molikligini ta’kidlash joiz.
Farg‘ona - Toshkent maqomlari. Maqomotning uchinchi yirik yо‘nalishi Farg‘ona va 
Toshkent vohalari bilan bog‘liq bо‘lib, bu hududlarda vujudga kelgan mumtoz musiqa tizimi 
umumlashtirilib «Farg‘ona-Toshkent maqom yо‘llari» deb ataladi. XVIII asrda shakllana 
boshlagan ushbu yо‘nalish XIX asr oxirlari-XX asr boshlarida Toshkent va Farg‘onada har biri 
alohida maktab sifatida kо‘rilib, mustaqil nomlar bilan yuritilgan. Jumladan, «Toshkent 
maqomlari», «Turkiston maqomlari» va «Farg‘ona maqomlari».
О‘zining mohiyati va mazmuniga kо‘ra Farg‘ona-Toshkent maqom yо‘llari Shashmaqom, 
Xorazm maqomlari yoki boshqa bir tizimning kо‘chirmasi emas, balki mahalliy sozandalar 
tomonidan ishlangan shakldir. Tarixiy asarlar, musiqiy risolalar va adabiy tazkiralarda Farg‘ona 
vodiysi hamda Toshkentdan chiqqan yetuk sozandalarning nomlari kо‘plab tilga olinadi. Ularning 
XIX asrdagi eng yirik ustozi Xudoyberdi ustoz bо‘lib, uning ijodi yо‘nalishida Farg‘ona va 
Toshkent vohalarida bir necha о‘nlab shogirdlar ijod qilganlar. О‘z navbatida ular ham bu an’anani 
davom ettirib, bu ijodni о‘z shogirdlari orqali keyingi avlodga yetkazganlar. XX asr 
boshlarida esa ushbu yо‘nalishda mashhur Ashurali Mahramning yirik maktabi vujudga keldi va 
uning ham bir necha о‘nlab shogirdlari Farg‘ona, Toshkent, Qо‘qon, Isfara, Andijon, Marg‘ilon, 
Namangan, Chimkent, Qashqar, Samarqand, Urganch kabi qator shahar-viloyatlarda, qishloqlarda 
samarali ijod qildilar.
Qо‘qondagi saroy san’atkorlariga Xudoyberdi ustoz rahbarlik qilgan bо‘lsa, uning shogirdi 
Ashurali Mahram esa saroydan tashqarida erkin ijod qildi. Shuni ham ta’kidlash joizki, 
Xudoyorxon hukmronligi davrida ma’lum bir muddat san’atni va san’atkorlarni ta’qib etish, tazyiq 
о‘tkazish kabi juda noxush munosabatlar vujudga kelib, bir qator mashhur san’atkorlarning 
markaz (Qо‘qon) dan uzoqroq joylarga borib yashashlariga tо‘g‘ri keldi. Bu davr san’atining yirik 
vakili Mulla Tо‘ychi hofiz Toshmuhamedovning ijodi ham juda diqqatga sazovor bо‘lib, uning 
ustoz-shogird munosabatlari rivojiga qо‘shgan hissasi Farg‘ona-Toshkent maqomlari avloddan-
avlodga о‘tkazish an’analarini davom etishida muhim о‘rin tutdi.
Shu tariqa, XVI-XX asr boshlari xonliklar davri madaniyati tarixida, jumladan maqomlar 
san’ati tarixida ushbu davr ijodkorlari, xususan shu yо‘nalish namoyandalari bu san’atni kelajak 
avlodga, yetkazish yо‘lida о‘z ijodlari bilan salmoqli hissa qо‘shdilar.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish