1.Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlari
Milliy g‘oya fani g‘oya va mafkura timsolida o‘zining genezisiga va evolyusiyasiga egadir. Tarixiylik va
mantiqiylik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, g‘oya va mafkuralarning dastlabki kurtaklari insoniyat rivoji
tarixining "mehnat taqsimoti" davrida paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Bu esa xar bir narsaning o‘z tarixi, ya’ni
tarixiy ildizlari borligidan darak beradi. Falsafiy jixatdan qaraganda "tarixiy ildiz" tushunchasini tor va keng
ma’noda talqin qilish mumkin. "Tarixiy ildiz" tushunchasi keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo‘lgan
barcha narsa va xodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa
muayyan sub’ektlar tomonidan bilish va rivojlantirishga qaratilgan narsa va xodisalarning tarixiy makon va
zamonda egallagan o‘rnini anglatadi. Masalan, milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlarini keng ma’noda tushunish
deganda, O‘zbekiston xududida eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi, urug‘ va qabilalarining kelib
chiqishi, davlatchiligining shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishi, ilmiy va diniy bilimlardan
foydalanish, falsafa, axloq, xuquq va boshqa shu kabi narsa va xodisalarning bir butun tizim sifatida tarixiy
makon va zamonda egallagan o‘rni, tor ma’noda esa muayyan olim yoki ilmiy jamoatchilik tomonidan
o‘rganilayotgan g‘oya va mafkuraning tarixiy makon va zamonda egallagan tomoni tushuniladi.
Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlari deb, kishining o‘zligini anglashga, ozod va obod Vatani ravnaqi
yo‘lida tinmay samarali erkin mehnat qilishga, olam sirlarini kashf etib, uni insoniyat taraqqiyotiga xizmat
qilishga, insoniylikni ulug‘ fazilat deb bilishga, komil fanzandlarni voyaga etkazishga, uning butun jismoniy va
ma’naviy vujudini ma’naviy jasorat ko‘rsatishga chorlaydigan asrlar mobaynida turli sinovlarga bardosh berib,
tarixiy makon va zamondan abadiy joy olib ota-bobolarimizdan o‘tib kelayotgan moddiy va ma’naviy ashyolar
tizimiga aytiladi.
O‘zbek xalqining tarixiy ildizi haqida I.A. Karimov: "Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning
o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu - tabiiy
hol. Odamzot borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga etgan qishloq, shaxar, xullaski,
Vatanining tarixini bilishni istaydi.
Xozir O‘zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjatson
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jaxon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk
allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy
ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan
murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku fayzini, maxobatini yukotmagan osori atiqalarimiz qadim-
qadimdan yurtimizda dexqonchilik, xunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaxarsozlik san’ati yuksak
bo‘lganidan dalolat beradi", - degan edi.
Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlariga kuyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |