Anaerob bakteriyalarni undirish.
Anaerob bakteriyalarni undirish uchun
tegishli oziqli muhitlar va harorat optimumidan tashqari, kislorodsiz sharoit
tug’dirish kerak, buning uchun turli usullar tatbiq etiladi.
1. Oziqli muhitga havo kirishini mexanik yo’l bilan to’xtatish.
Bul
ь
on
yoki 1 % li yarim suyuq qandli agar baland ustun shaklida quyiladi va mikrob
ekilgandan keyin ustidan steril moy (vazelin) quyiladi, shu bilan muhitga kislorod
kirishi tamomila to’xtaydi. Bunda mikroblar oziqli muhitning ichkarisida
ko’payadi.
Anaerob bakteriyalar agarga quyidagicha ekiladi.
Avvalo agar
suyultiriladi, 50° gacha sovitiladi, so’ngra tekshiriladigan manba kiritiladi va
avaylab aralashtiriladi. Agar qotadi. Probirka termostatga qo’yiladi. Probirkaning
ichkarisida anaerob bakteriyalar o’sib - unadi.
2. Mikroblarni indifferent gaz (N
2
, SO
2
) atmosferasida yoki vakuumda
undirish.
Anaeroblarni undirish uchun maxsus yasalgan va termostatlarga
o’xshaydigan asboblar-anaerostatlar vakuumda undirish tamoiliga asoslanib
qurilgan.
3. Reduksiyalaydigan (qaytaradigan) moddalar: glyukozani yoki
organlarning parchalarini muhitga qo’shish.
Anaeroblarni undirish uchun Kitt-Tarossi muhiti ko’proq qo’llaniladi, bu
muhitda 0,5% glyukoza qo’shilgan bul
ь
on va hayvonlarning yangi organlaridan
olingan parchalar (yoki go’sht qiymasi) bo’ladi. Mikrob ekilgach, muhitning ustiga
moy quyiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
4. Anaeroblarni undirish uchun qo’llaniladigan biologik usul
shundan
iboratki, kislorodga o’ch aeroblar va anaeroblar zich oziqli muhitga bir vaqtda
ekiladi.
Bunda likobchadagi agarning o’rtasidan steril skalpel
ь
bilan kesilib ikki
pallaga ajratiladi. Likobchaning bir tomonidagi agarga kislorodga o’ch aerob
(Vast. prodigiosum), ikkinchi tomonidagi agarga esa anaerob ekiladi. Likobchaga
parafin yoki mum quyib, termostatga qo’yiladi. Avval aerob mikroblar o’sadi.
Likobchadagi kislorod tamom bo’lgach anaerob bakteriyalar o’sa boshlaydi.
Odatda suyuq muhitlar anaeroblar ekishdan oldin erigan kislorodni yo’qotish
uchun suv hammomida 30 minut qaynatiladi (muhitlarni regenerasiyalash).
Anaerob bakteriyalarning toza kul
ь
turalarini ajratib olish bir qadar qiyin,
chunki ular bilan bir vaqtda aerob bakteriyalar ham mavjud. Anaerostatlar
bo’lmasa, manbani fiziologik eritmada suyultiriladi va aerob bakteriyalarni yo’q
qilish uchun 80° da 20 minut qizdiriladi. 1-2% go’sht-pepton agarini eritib va 50°
gacha sovutib, probirkalarga ustun qilib quyiladi. YAkkalangan koloniyalar olish
uchun, manbani tomizgichda bir probirkadan ikkinchisiga ketma-ket ekiladi.
Manbani suyultirish uchun ko’pincha 12 tagacha probirka ishlatiladi. Mikroblar
termostatda 1-2 sutka undirilgach, agarning ichkarisida o’sib chiqqan ayrim
shubhali koloniyalar Kitt-Tarossi muhitlaridan bir nechtasiga (bular hamma
anaeroblar uchun elektiv muhitdir) olib ekiladi. Bu muhitlar termostatda 1 sutka
turgach anaerob bakteriyalarning kul
ь
turalari o’sib chiqadi. Aerob bakteriyalar
kabi, anaerob bakteriyalar ham morfologik, kul
ь
tural, biokimyoviy xususiyatlariga,
ekzotoksin chiqarishiga va patogenligiga qarab aniqlanadi. Laboratoriyada
anerostat yoki mikroanaerostatlar bo’lsa, anaeroblar ustida ish olib borish ancha
osonlashadi. Manba Petri likobchalariga quyilgan oziqli muhitlarga ekiladi;
anaeroblarning toza kul
ь
turalarini ajratib olish uslubiyoti aerob bakteriyalarning
toza kul
ь
turalarini ajratib olish uslubiyotiga (yuqorida tasvir etilgan) o’z
bosqichlari jihatdan deyarli o’xshaydi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |