Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


B. Tijorat tadbirkorligidagi zararlar



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/197
Sana11.03.2022
Hajmi2,52 Mb.
#490846
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   197
Bog'liq
korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
B. Tijorat tadbirkorligidagi zararlar: 
1. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish jarayonida tovarni sotib olish 
qiymatining o‘zgarishi va sotib olish haqidagi shartnoma shartlarining 
himoyalanmasligi ham ehtimoliy zararlarga olib keladi, u quyidagi formula orqali 
aniqlanadi: 
 
O
D


 
 
 
 
 
(3.5) 
bu yerda: 
O
- jismoniy o‘zgarishda bo‘lgan tovarning sotib olingan hajmi; 
D

- sotib olish bahosining oshish ehtimolligi. 
2. Kutilmaganda sotib olish hajmining mo‘ljaldagi hajmidan kamayib ket-
ishi sotish hajmining kamayishiga olib keladi. Yo‘qotilgan foyda sotilgan tovar 
hajmiga to‘g‘ri keluvchi sotib olish hajmining kamayishi orqali hisoblanadi. 
Shuni hisobga olish kerakki, sotib olish va sotish hajmining kamayishi xa-
rajatlarning kamayishiga olib keladi. 
Tashish, saqlash jarayonida tovar sifati va iste’mol qiymatining zarari uning 
qiymatini pasayishiga olib keladi. Bu kabi zarar hajmi yo‘qotilgan tovar miqdorini 
sotib olish bahosiga bo‘lish yoki zararlangan hajmini uning qiymatiga bo‘lish 
yo‘li bilan aniqlanadi. 
 
V. Moliyaviy tadbirkorlikdagi zararlar: 
Moliyaviy tadbirkorlik ham o‘z mohiyati bo‘yicha tijorat tadbirkorligi 
kabidir, faqat bu yerda tovar bo‘lib pul, qimmatli qog‘oz, valyuta hisoblanadi. Ti-
jorat tadbirkorligiga xarakterli bo‘lgan holatlar moliyaviy tadbirkorlikka ham 
xosdir. 
Moliyaviy riskni baholashda to‘lovga qobil emaslik pul, valyuta, qimmatli 
qog‘ozlar kursining o‘zgarishi, valyuta pul munosabatlari operatsiyalaridagi che-
klanishlar omillarini hisobga olish kerak.
3.4.2. Kichik biznes va xususiy korxonalarda
risklarni boshqarish 
O‘zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoiti uning barqarorligini 
ta’minlash uchun zaruriy shart-sharoitlarni taqozo etmoqda. Buning asosiy negizi 
iqtisodiy tizimni tubdan isloh qilish jarayonida yuzaga keladigan risklarni ka-
maytirish va uni erkinlashtirishdan iboratdir. Bu borada, ayniqsa, mamlakat 
hukumati tomonidan tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov kichik biznes, xususiy tadbirkor-
likni rivojlantirishning ahvoli va bu sohadagi muammolar haqida to‘xtalar ekan, 
shunday deydilar: «Tadbirkorlik, kichik biznes rivojining beqiyos ahamiyati 
haqida gap borar ekan, bir narsani hech qachon unutmasligimiz lozim. Mazkur 
muammoni yechish orqali, ya’ni biz barcha yurtdoshlarimizni tadbirkorlik, 
ishbilarmonlik, kichik va o‘rta biznes sohasiga jalb qilar ekanmiz, ularning xususiy 
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda zarur shart-sharoitlarni yaratib berar ekan-


94 
miz, shu bilan jamiyatimizni siyosiy, iqtisodiy va kerak bo‘lsa ma’naviy jihatdan 
yangilashning mazmun mohiyatini belgilab beradigan asosiy vazifani - o‘rta sinf, 
mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini hal etgan bo‘lamiz.»
Tadbirkorlar tez o‘zgaruvchan iqtisodiyotda boshqaruv san’atidan foyda-
lanishi va ularni qo‘llash orqali faoliyatlarida yuzaga keladigan zarar va xavflarni 
oldindan ko‘ra bilishi va baholay olishi birinchi galdagi vazifasiga aylanishi foy-
dadan holi bo‘lmas edi. Bugungi kun sharoiti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar 
ishlab chiqaruvchilardan o‘z faoliyatlarini to‘g‘ri va samarali tashkil etishni,
«yetti o‘lchab, bir kesish»ni taqozo etmoqda. Ayniqsa, xususiy tadbirkorlar bu 
borada teranroq fikr yuritishlariga, chuqur mulohaza bilan ish yuritishlariga to‘g‘ri 
kelmoqda. Chunki ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan kichik bir xato va xavfni ko‘ra 
olmaslik, ularni inqirozga olib kelishi va oqibat natijada bor mol-mulki, 
mablag‘laridan ajralib, bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Barcha rivojlangan 
mamlakatlarda, jumladan, AQShda tadbirkorlar ishlab chiqarishni «tashkil qilish», 
«boshqarish» tushunchalari bilan bog‘laydilar. Masalan: «mehnat unumdorligini 
boshqarish», «sifatni boshqarish», «narxni boshqarish». Ushbu tushunchalar bilan 
birgalikda rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarishida tadbirkorlar «risk», «riskni 
bosh-qarish» kabi boshqaruv turidan ham keng va samarali foydalanadilar. 
«Risk» so‘zi ingliz va rus tilida keng qo‘llaniladigan so‘z bo‘lib, u iqti-
sodiyotda o‘ziga xos talqinga ega. Hozirgi adabiyotlarda «riskni bosh-qarish» iqti-
sodiy kategoriya sifatida O‘zbekiston fani uchun yangi tushunchalardan biri 
hisoblanadi. 
Aslida «risk» so‘zi grek so‘zidan olingan bo‘lib, u kemalarni halokatga olib 
boruvchi va odamlarning o‘limiga, mol-mulklarining cho‘kib ketishiga sababchi 
qo-yani bildirib, «qoyalar orasidan shamol va boshqa to‘siqlarga chap berib suzib 
o‘tmoq» ma’nosini anglatadi. S.Ushakov «risk» so‘zini biror zarar yetkazish xavfi 
bo‘lgan tahlika yoki har qanday zarar yetkazish imkoni kabi tushunchalar bilan 
ta’riflaydi. Hozirgi kunda esa bu so‘z «xavf ostida qolmoq», «xavf-xatar» degan 
yangi ma’noda qo‘llanilmoqda. Riskni yuzaga keltiradigan ichki va tashqi omillar, 
ya’ni hukumat qarorlari, inflyatsiyaning ortib borishi, soliq tizimining o‘zgarishi, 
transport kommunikatsiyasining buzilishi va tashqi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hodi-
sa va voqealar ta’sirida kelib chiqadi. 
«Riskni boshqarish» - bu boshqaruvning bir turi bo‘lib, u yoki bu riskning 
yuzaga kelish ehtimoli, uning bahosi, ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish, zararlarni kamaytirish yoki ulardan qutulish yo‘llarini aniqlashni bildiradi.
Risklarni boshqarish tizimining muhim tomoni riskni to‘g‘ri baholay olishdir. Bu 
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmini obyektiv tasavvur qilish, zararlarning 
oldini olish choralarini samarali belgilash uchun muhimdir. Risklarni boshqarish 
jarayoni 3.4 - rasmda ifodalangan boshqaruv sikli bosqichlari vazifalarini amalga 
oshirishni taqozo etadi. Risklarni boshqarish jarayoni quyidagi boshqaruv sikli 
bosqichlari vazifalarini amalga oshirishni taqozo etadi. 
I.
Risklarni identifikatsiya qilish: risklar ro‘yxatini, tasnifini va riskni yuzaga 
keltiruvchi hodisalarning mezonini shakllantirish va belgilab olish; 


95 
II.
Risklarni baholash: risklarning ehtimollik darajasini miqdor va sifat jihatidan 
baholash; riskli hodisalarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash;
III.
Risklarni boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish: riskli 
hodisalarni kamaytirish bo‘yicha muqobilliklarni yaratish. 
Risklarni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirish: riskli 
hodisalar oqibatini kamaytirish; natijalarni baholash; hujjatlarni rasmiylashtirishdan 
iborat. Tadbirkorlar har doim risk bilan to‘qnash keladilar. Shuning uchun riskli 
hodisalarning yuzaga kelish sabablari ham juda ko‘pdir. Odatda riskli hodisalarda 
keskin vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi holatlar tushuniladi. Bunday keskin vaziyatli 
holatlar manbai - xo‘jalik faoliyati; tadbirkorning shaxsiy faoliyati; yakuniy 
natijalarga ta’sir qiluvchi tashqi muhit haqidagi axborotlarning yetishmasligi va 
hokazolar bo‘lishi mumkin. 
Risklarni tasniflash asosida tadbirkorlar risklarni boshqarish jarayonini yanada 
samarali yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Chunki tasniflangandan so‘ng qaysi 
risklar yuqori xavf-xatarni yuzaga keltiradi va qaysilari ikkinchi darajali ahamiyat 
kasb etishi aniqlanadi va shu asosda risklarni kamaytirish bo‘yicha zaruriy chora-
tadbirlarni amaliy ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish