AO
tl
= 1+5+5+1+3+3= 18 ball
Qolgan loyiha ballari va umumiy ko‘rsatkichlari ham shu tarzda hisoblab
topiladi.
Jadval natijalaridan ko‘rinib turibdiki, loyihalash byurosini tashkil etish va
gullar o‘stirish loyihalarini amalga oshirishda muammolar minimal darajada. Bu
loyihalarni amalga oshirgan tadbirkorlar foydaga erishishi mumkin bo‘ladi.
Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish jarayonida quyidagi tamoyillar
loyihalarning muvaffaqiyati garovi bo‘ladi.
1.
Loyihalarni amalga oshirish uchun taxminiy xarajatlar uning
jamg‘armasi, sheriklar sarmoyasi va mumkin bo‘lgan bank krediti yig‘indisidan
iborat bo‘lgan potensial imkoniyatidan oshmasligi kerak.
2. Standart, sodda texnika va texnologiyadan foydalanishga asoslangan
loyihani amalga oshirish ancha oson bo‘ladi: ishlatish va ta’mirlashning soddaligi;
ilg‘or texnika va texnologiyadan agar u, tadbirkorning kasbiy mahoratiga yoki
uning «HOU-XAU»siga mos kelgan holda foydalanilsa maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
3. Ishlab chiqarish maydoni shu shahar, hudud, tumanning aniq
imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
4. Talab qilinayotgan xodimlarning kasb-mahorat darajasi shu hududning
potensial imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
5. Xom ashyo va material ta’minoti manbalari ham ishonchliligi, xom ashyo
sifatining yaxshiligi bilan mos kelishi kerak.
3.3. Kichik biznes va xususiy korxonalarni davlat tomonidan
qo‘llab–quvvatlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkchilikni himoya qilishni ta’minlash va
tadbirkorlikni rivojlantirish choralari to‘g‘risida” 1994 yil 21 yanvardagi Farmoni
tadbirkorlik va biznes faoliyatini kengaytirish uchun imkon ochish bilangina
cheklanib qolmay, balki Respublika xalq xo‘jaligi majmuasining jahon bozoriga
mos ravishda kirib borishi uchun ham yo‘l ochadi. Shunisi quvonarliki, bu farmon
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun aholining barcha ijtimoiy
guruhlariga teng imkoniyatlar beradi.
83
Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va iqtisodiyotning kichik
biznes sektorini shakllantirishni jadallashtirish yuzasidan bosh islohotchi sifatida
ko‘p ishlarni qilmoqda, ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda.
Ayrim chora-tadbirlar asta-sekin kuchga kirib bormoqda, lekin umuman
olganda iqtisodiyot ilgari tomonga qarab rivojlanmoqda, rivojlanganida ham
«sakrab-sakrab» emas, balki bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos usulida
ko‘zda tutilganidek, bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda.
Yana bir narsani nazardan qochirmaslik kerak, tadbirkorlik va biznes
respublikaning o‘zidagi ishlab chiqarishga, jumladan, undagi resurslarga - xom
ashyo, moddiy, aqliy va boshqalarga tayanmaydigan bo‘lsa, fikrimizcha, ravnaq
topishi bir qadar qiyin.
Ma’lumki, tashabbuskorlik, tadbirkorlik ma’lum darajada ijtimoiy, moddiy,
madaniy taraqqiyotning asosi hisoblanadi. Shaxsiy tashabbuskorlik rag‘batlantirib
boriladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoit yaratib
berilgan qator mamlakatlarda (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya va
h.k.) yuqori iqtisodiy natijalarga hamda aholining moddiy faravonligini yuqori
darajaga ko‘tarishga erishildi. Tadbirkorlik faoliyatini faollashtirish yuqori
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda uchinchi jahon davlatlari
Gonkong, Malayziya, Koreya va h.k.larga ham taalluqlidir.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatdiki, tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur:
1. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va eng muhimi unga
iqtisodiy hamda huquqiy erkinlik berish.
2. Jamiyat fikr-mulohazalariga muvofiq qulay ijtimoiy muhitni shakllantirish
(tashkil etish).
3. Soliq tizimida mumkin qadar qulaylik tug‘dirish.
4. Xususiy va intellektual mulkni himoya qilishning samarali tizimlarini tashkil qi-
lish.
5. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash infrastrukturasini tashkil qilish (o‘quv
markazlari, maslahat beruvchi, tadbiq qiluvchi, innovatsiya va h.k.).
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda bu sharoitlar ma’lum darajada
tashkil qilingan va boshqalarini amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlar olib
borilmoq-da.
Bu boradagi ilk faoliyatlar mustaqillikka erishgan davrimizdayoq boshlangan,
jumladan, 1991 yili «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi va «Korxonalar to‘g‘risida»gi
qonunlarning qabul qilinishidir. Ushbu qonunlarga muvofiq har bir fuqaro tad-
birkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Har bir fuqaro ish faoliyatini
tashkil qilishi mumkin va ishlab chiqarayotgan mahsuloti hamda olingan foyda yu-
zasidan mustaqil ravishda mahsulotlar (ko‘ylak, mebel, oyoq kiyimlari, turli pa-
zandalik mahsulotlari va h.k.) tayyorlashi va sotishi, korxona (firma) tashkil qilishi,
aholiga va sanoat korxonalariga turli xildagi pulli xizmatlar ko‘rsatishi, sotib ol-
ishi, sotishi, vositachilik faoliyatini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, fuqarolar tad-
birkorlik faoliyatida moddiy javobgarlikni amaldagi qonun-qoidalar asosida olib
boradilar va butun mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar.
84
Tadbirkorlar davlat qonunlariga zid bo‘lmagan turli yo‘nalishda faoliyat
ko‘rsatuvchi korxonalar (firmalar), tashkilotlarni tashkil etishlari mumkin. Tad-
birkor mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini tuzish, o‘z mahsulotiga
iste’molchilarni tanlash, ularga O‘zbekiston Respublikasi davlat qonunlari va
shartnomalari asosida narx belgilash, shartnomalar tuzish, korxona daromadidan
mustaqil foydalanish, majburiy to‘lovlardan qolgan qismiga tashqi iqtisodiy
faoliyat olib borish huquqiga ega.
Tadbirkor o‘z mahsulotini, xizmatini o‘zi mustaqil belgilagan tarif va
narxlarda yoki shartnoma asosida hamda ayrim hollarda O‘zbekiston Respu-
blikasi qonun-qoidalariga muvofiq davlat tomonidan belgilangan narxlarda sotish-
ni amalga oshiradi.
Davlat antimonopol qonun-qoidalariga muvofiq bozorda hukmron (ustun
bo‘lgan) holatni egallagan korxona mahsulotlari narxini bosh-qarish huquqiga
ega. Tadbirkor davlat va xorijiy davlatlar banklari kreditlaridan hamda tijorat
banklari-ning chet el valyutalaridan foydalanish huquqiga ega.
Tadbirkor mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ishchilarga mehnat sharoitini
yaratish va ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida davlat qonunida kafolatlangan
minimal ish haqini ta’minlagan holda mustaqil ravishda ish haqining shakli, siste-
masi va miqdorini belgilashi mumkin.
Bu faoliyatlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va
xususiy korxonalar faoliyati doirasida quyidagilar kafolatlanadi:
Tadbirkorlik faoliyati qatnashchilari manfaatlarini himoya qilish, davlat,
davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan korxonalar haq-huquqlarining
kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxonalar faoliyatiga bir xil shartlar,
sharoitlar yaratish;
Tadbirkorlik faoliyati qatnashchilarining (subyektlarining) bozordan,
tabiiy, mehnat, moliyaviy, moddiy resurslardan foydalanishda teng huquqliligi;
Korxona mulkini noqonuniy musodara qilishdan himoyalash;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo‘lgan talabga ko‘ra ish va xiz-
matlar bajarish, shartnomalar tuzish va boshqalarda mustaqil ish yuritish.
Davlat barcha turdagi qurollar ishlab chiqarish, narkotik va zaharli moddalar,
spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, rudalarni, qimmatbaho metallar va radioak-
tiv materiallarni qayta ishlash hamda yuqumli, asab, onkologik kasalliklarni davo-
lash kabi faoliyatlarda yakka hokimlikni (monopoliyani) saqlab qoladi.
Davlat tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy tashabbuslarini kafolatlaydi.
Davlat tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga kafolat beradi.
Agar davlat yoki uning organlari tomonidan kompetensiyaga va qonun talablariga
mos bo‘lmagan akt tuzilib, ayrim harakatlar natijasida tadbirkor huquqlari buzil-
sa, tadbirkor bu aktning noqonuniy ekanligini e’tirof etish (tan olish) to‘g‘risida
ariza yozib sudga murojaat etish huquqiga ega.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish bilan birgalikda O‘zbekistonda iqtisodiy
islohot yillarida kichik biznes va xususiy korxonalarni rivojlantirishga yordam be-
radigan huquqiy shart-sharoitlar va institutsional tuzilmalar vujudga keltirildi.
85
Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning muhim omillaridan
biri hisoblangan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni infratuzilmalarsiz tasavvur
etish qiyin. Respublikamizda kichik biznes va xususiy korxonalarni qo‘llab-
quvvatlash uchun tegishli bo‘lgan barcha infratuzilma elementlari amalda yaratil-
gan. Bular turli jamg‘armalar, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi,
kredit va sug‘urta tashkilotlari, dehqon va fermer uyushmalari, lizing va injeniring
kompaniyalari, tijorat banklari, texnoparklar, maslahat va axborot xizmati
ko‘rsatuvchi turli agentliklar va xizmatlardir.
Bu tuzilmalardan biri savdo-sanoat palatasi bo‘lib, u tomonidan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik va xususiy biznes subyektlariga o‘z
faoliyatlarini tashkil etishda hujjatlarni rasmiylashtirish, moddiy-texnik resurslar
bilan ta’minlash, moliyaviy yordam berish, ularni huquqiy himoya qilish va yordam
ko‘rsatish hamda xo‘jalik faoliyatlarini olib borish jarayonlarida yuzaga keladigan
turli muammolarni hal etishda maslahatlar berish, ularni zaruriy axborotlar bilan
ta’minlash ishlari olib boriladi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida
hozirgi kunda savdo-sanoat palatasi qoshida tadbirkorlarga turli xizmatlar
ko‘rsatuvchi axborot-maslahat markazlari tashkil etilgan. Masalan, «Savdo-sanoat
palatasida» ko‘p tarmoqli «Maroqand» axborot markazi 3.1-rasmda ifodalangan
xizmatlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalardan yana biri - bu lizing
tizimidir. Lizingning mohiyati, iqtisodiy va tashkiliy ahamiyatini 3.2-rasmda
keltirilgan asosiy vazifalari orqali izohlash mumkin. Lizing bajaradigan vazifalarni
ichki va tashqi vazifalarga ajratish mumkin. Ichki vazifalar lizingdan foydalanuvchi
korxona darajasida namoyon bo‘lsa, tashqi vazifalari esa, umumiqtisodiy darajada
namoyon bo‘lib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir etadi. Lizing tizimining
g‘oyat muhim tomoni shundaki, u moliyaviy tejash asosida mashina va uskunalarni
qisqa muddat ichida yangilashga yordam beradi. Ayniqsa, moliyaviy resurslarga
ega bo‘lmagan kichik biznes va xususiy korxonalar tadbirkorlari uchun lizing juda
ham qo‘l keladi. Lizing xalq xo‘jaligini chet el sarmoyasi va eng zamonaviy yangi
texnologiyalar hamda asbob-uskunalar bilan ta’minlanishiga ham imkoniyatlar
yaratadi.
Hozirgi kunga kelib respublikamizda nufuzli lizing kompaniyalari tashkil
etildi. Bularga «O‘zbeklizing Interneyshnl», «O‘zavializing», «Barakalizing»,
«O‘zagrolizing», «O‘zKeysmashlizing» kabi lizing kompaniyalari misol bo‘la
oladi. Haqiqatdan ushbu kompaniyalar O‘zbekiston bozorida xo‘jalik yurituvchi
subyektlarni yangi texnologik uskunalar bilan ta’minlashda samarali ishlar olib
bormoqda.
Kichik va xususiy rivojlantirish yo‘nalishlaridan yana biri, bu moliyaviy
ko‘mak berish hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan juda ko‘plab
farmoyish va qarorlar qabul qilinmoqda. Kichik biznes va xususiy korxonalarni
moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2001 yili «Kichik va o‘rta korxonalar, dehqon va fermer
xo‘jaliklarini mablag‘ bilan ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank
xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
366-sonli qarori alohida ahamiyat kasb etadi.
86
tovar va xizmatlarni sotish haqida tak-
liflar;
tovar va xizmatlarni, shu jumladan xom
ashyo materiallarni xarid qilishga
bo‘lgan talablar
xalqaro va respublika miqyosidagi
ko‘rgazma va yarmarkalar;
investiciyalarning ustivor
yo‘nalishlari, investitsiyalarni jalb qi-
lishga oid qoida va shartlar;
ishlab chiqarishning tarmoqlari
bo‘yicha mini texnologiya va uskuna-
lar
kredit olish uchun zarur hujjatlar va
shartlar;
biznes hamroh. Xorijiy davlatlardan
hamkorlik qilish xohishini bildirgan
kompaniyalar haqida ma’lumotlar,
ularni takliflari lizing olish qoidalari;
soliq tuzimi haqidagi ma’lumotlar,
soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar
haqida.
Masla
h
atlar. O'z ishini yuritish bo‘yicha
takliflar;
Audit. Auditorlik xizmatini tashkil qilish
bo‘yicha ma’lumotlar;
Korxona va uning ma
h
sulotlari reklamasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |