6.3. Тransmission moylarining asosiy xossalari
Тransmission moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’min-
lay olish xususiyatini xarakterlovchi muhim xossalaridan biri
kinematik qovushqoqlik
dir.
Тishli uzatmalarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni
sovitish, zichlikni ta’minlash, oson harakatlanishi qovushqoqlikka
bog‘liq bo‘ladi. Harorat pasayganda moyning qovushqoqligi
ortishi sababli ishqalanish tufayli isroflar va moyning ko‘chishiga
qarshiliklarni yengishga sarflanadigan isroflar ortadi, shuning
uchun uning qiymati tishli uzatmalarni uzoq muddat ishlaganda
ham past haroratlarda sovuq holatda ishga tushirganda ham suyuq
ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo‘lishi kerak.
Moy qatlamining mustahkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish
sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarning o‘zaro harakatlanish tezligi-
ga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi bilan belgalanadi.
Qovushqoqligi qancha yuqori bo‘lsa, moy pardasining
ishonchliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi
bilan moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko‘proq
sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortadi, quvvat esa
kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori haroratda tishli uzatma-
larni oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega
bo‘lishi kerak. Moylar tarkibidagi parafin uglevodorodlar kam
qovushqoqlik xossasiga, aromatic uglevodorodlar esa yuqori
qovushqoqlik xossasiga ega.
Тransmission moylarning qovushqoqlik-harorat xossalari
yuqori, qotish harorati kerakli darajada bo‘lishi (manfiy haroratda
transmissiya agregatining ish rejimiga tez o‘tishini va
ishqalanuvchi juftlarning ishonchli moylanishini ta’minlashi),
harorat ta’sirida hamda vaqt o‘tishi bilan xossalarini kam
o‘zgartirishi, tarkibda abraziv mexanik aralashmalar va suv,
shuningdek, korroziyalovchi aktiv birikmalar bo‘lmasligi (detal-
larning mexanik va kimyoviy yeyilishini kamaytirishi), nihoyat,
rezina zichlamalarini yemirmasligi lozim.
160
Bu talablardan eng muhimi tirnalishga va yeyilishga qarshi
xossalar hisoblanadi. Bu xossalarni yaxshilash uchun moylarga
qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bug‘lanish harorati yuqori bo‘lganda,
qo‘shilmalarning faol elementlari ishqalanuvchi sirtlarda asosiy
metallga qaraganda plastikroq va yeyilishga chidamliroq pardalar
hosil qiladi.
Тransmission moylarning qovushqoqligining chegaraviy
qiymatlari quyidagicha belgilangan: quyi chegara 5, yuqori
chegarasi 50000sSt.
Quyi chegara ishqalanuvchi juftlarning ko‘tarib turish
xususiyatinigina emas, balki zichlagichning ishlash xususiyati
bilan ham belgilanadi: juda suyuq moy manjet zichlagichdan tez
sizib o‘tib ketadi.
Yuqori chegara avtomobilni joyidan moy qizimagan xolda
qo‘zg‘atish mumkinligi va birinchi uzatmada 10 km
/
soat tezlik
bilan yurgizish mumkinligi bilan belgilanadi. Boshqacha aytgan-
da, agar moyning qovushqoqligi ko‘rsatilgan qiymatdan yuqori
bo‘lmasa, joyidan qo‘zg‘alishda hech qanday muammo bo‘lmay-
di. Baribir moyning quyi harorat chegarasi qovushqoqlikning
yuqori chegarasiga emas, balki sovigan moyning mustahkamlik
chegarasiga bog‘liqdir.
6.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |