Bog'liq neft maxsulotlarining olinishi ishlatilishi va sifatini taxlili
. 6.2. Тransmission moylariga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar Тransmission moylarning xili ko‘p bo‘lishiga qaramasdan,
ularga umumiy ekspluatatsion talablar qo‘yiladi. Ularga
qo‘yiladigan birinchi
asosiy talab - tishli va chervyakli
g‘ildiraklarining yedirilib shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bu
talab moyning moylash xususiyati bilan belgilanadi. Bunda
moyning moylash qobiliyati yuqori bo‘lib, tishli ilashmalarda
mustahkam parda hosil qila olishi kerak. Moylarning moylash
xususiyati quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
Тirnalish indeksi, kritik yuklanish, payvandlash yuklanishi va yedirilish ko‘rsatkichi . Тirnalish indeksi surkov moyining
158
ishqalanuvchi sirtlar yarim quruq holatda bo‘lganida shikastlanish
darajasini kamaytirish xususiyatini xarakterlaydi.
Kritik yuklanish surkov moyining tirnalishning oldini olish
xususiyatini xarakterlaydi.
Payvandlash yuklanishi surkov moyining chegaraviy ishqala-
nish xususiyatini xarakterlaydi. Agar payvandlash yuklanishi ortib
ketsa, shesternyalar tezda ishdan chiqadi.
Yedirilish ko‘rsatkichi surkov materialining ishqalanuvchi
jismlarning kritik qiymatdan kichik o‘zgarmas yuklanishdagi
yedirilishiga ta’sirini tasniflaydi.
Avtomobillarda, ayniqsa, murakkab sharoitlarda ishlaganda,
gippoidli bosh uzatmadagi ishqalanuvchi juftlarga zo‘r keladi.
Gippoidli uzatmalarda silindrik va konussimon(spiralkonussimon)
tishli uzatmalardan farqli ravishda shesternyalarning kontaktla-
shish chizig‘i bo‘yicha siljish hodisasi sodir bo‘lib turadi. Bu hol
tinch ishlab turganda ham ishqalanuvchi sirtlarning yedirilishiga
sabab bo‘lsada, bog‘lanib ishlash paytidagi intensiv issiqlik
ajralishi tufayli uzatmaning eltuvchanlik xususiyatini cheklab
qo‘yadi.
Тransmission moylarga qo‘yiladigan
ikkinchi talab - quvvatni
uzatishni ta’minlashdagi yo‘qotishni minimallashtirishdir, bu esa
tishlarning ishqalanish koeffitsiyentiga va moyining qovushqoq-
ligiga bog‘liq.
Тransmission moylarga qo‘yiladigan qolgan talablar quyi-
dagicha:
3. Tishli uzatmalar yuzalarini suv va korroziyalovchi aktiv
birikmalar ta’siridan saqlash kerak.
4. Qishda manfiy haroratda transmissiya uzatmalariga moy
tez etib borishini ta’minlashi kerak.
5. Yuqori haroratda mustahkam moy pardasini hosil bo‘lishini
ta’minlashi, oksidlanmasligi va qirindilar hosil bo‘lishiga
to‘sqinlik qilishi kerak.
6. Tashish va uzoq muddat saqlash davomida xossalarini
o‘zgartirmasligi kerak.