3.5- rasm. Yonilg‘i tarkibidagi suvning miqdorini aniqlash asbobi.
1-kolba, 2-suv yig‘gich, 3-sovitgich.
Ishni bajarish tartibi:
1. Хaydash kolbasiga 100 ml yonilg‘i o‘lchab quyiladi va
uning ustiga suv yig‘gich moslamasi maxkamlanadi. Kolba ichiga
tekis qaynashi uchun bir ikki bo‘lak chinni bo‘lakchalar solib
quyiladi.
2. Suv yig‘gichning yuqori qismiga sovutgich o‘rnatiladi.
3. Sovutgich tashqarisiga suv yuboriladi va kolba elektr
asbobi yoki gaz alangasi yordamida sekin-asta qizdiriladi.
4. Suv bug‘lanib ko‘tariladi va sovutgichda suvga aylanib suv
yig‘gichning pastiga yig‘ila boshlaydi. Qizdirishni shunday olib
94
borish kerakki, sovutgich naychasidan har bir sekundda 2–4
tomchi tushib tursin.
6. Tajribani yig‘ilgan suv miqdori o‘zgarmay qolgunga qadar
davom ettiriladi.
7. Qizdirish asbobi o‘chiriladi , kolba bir oz vaqt sovutiladi va
ajralgan suv miqdori belgilanadi.
Formula yordamida protsent xisobida yonilg‘idagi suv
miqdori aniqlanadi:
W =
;%
100
ф
B
bu yerda: V - suv yig‘gichdagi suv miqdori (ml)
f - tajriba uchun olingan yonilg‘i miqdori (ml).
3.4. Dizellarda yonilg‘ining yonishi
Dizellarda aralashma silindrni ichida hosil bo‘ladi. Dizel
dvigatellarida yonilg‘i aralashmasining hosil bo‘lishi va uning
yonish intensivligi ko‘pgina sabablarga, chunonchi, siqilgan havo
bosimi va harorati, to‘zitilish mayinligiga, havodagi yonilg‘i
miqdoriga, yonilg‘ining bug‘lanuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ammo yonilg‘ining kimyoviy tarkibi asosiy ahamiyatga ega, u
yonilg‘ining alan-ganlanish haroratinigina emas, balki, alangala-
nishning kechikish davrini ham (ya’ni yonilg‘i berila boshlan-
gandan to o‘z-o‘zidan alangalana boshlaydigan paytgacha o‘tadi-
gan vaqtni) ham belgilaydi.
Jarayonning bir qismi yonilg‘i yonishga tayyorlanayotgan
davrda, anchagina qismi esa alanga paydo bo‘lgandan so‘ng
kechadi. Dizellarda yonuvchi aralashma hosil bo‘lishiga ketadigan
vaqt uchqundan o‘t oladigan dvigatellarga qaraganda kam, lekin
jarayonning tezligi esa ikkala xolda ham bir xildir. Dizellarda
aralashma hosil bo‘lishining zaruriy elementlariga yonilg‘ining
95
purkalishi va to‘zitilishi, shuningdek, yonish kamerasi bo‘shli-
g‘ida yonilg‘i oqimining harakatlanishi kiradi. Silindrlarga
yonilg‘i forsunkaning purkalishidan beriladi. Bu jarayon purkash
teshiklari bilan yonish kamerasi orasida bosim 13,5-16,5 MPa
gacha o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladi. Bu bosim purkash bosimi
deyiladi. Purkash bosimi va purkashning o‘tish kesimi yonilg‘i
berilishi davomida o‘zgarib turadi, shu sababli teshiklardan
yonilg‘ining o‘tish tezligi va uning sekundlik sarfi ham
o‘zgaruvchandir. Oqimning yonilg‘i eng ko‘p to‘plangan
markaziy qismi eng katta tezlik bilan harakatlanuvchi zarralar
bilan to‘la bo‘ladi. Kanal o‘qidan uzoqlashgan sari tomchilarning
o‘lchami kichiklashib va harakat tezligi pasayib, tomchilar
miqdori esa ko‘payib boradi. Bu qiymatlar tirsakli valning burilish
burchagiga qarab o‘zgaradi, aralashma hosil qilish usullariga,
yonilg‘i beruvchi apparatlarning konstruksiyasiga, yonilg‘ining
xossalariga, silindrning o‘lchamlari va IYODning ishlash
rejimlariga bog‘liq. Yonilg‘ining to‘zitilish mayinligi va yonish
ko‘rsatkichlarini baholash uchun tomchilarning o‘rtacha diametri
tushunchasidan foydalaniladi. O‘rtacha diametr qancha kichik
bo‘lsa, to‘zitish shuncha mayda (mayin) hisoblanadi.
Тo‘zitilgan yonilg‘i kamera devorlariga tegmasligi kerak, aks
xolda aralashma hosil bo‘lish va uning yonish jarayoni buziladi.
Havoning yonish kamerasidagi maksimal aylanish tezligi 10-15
m/sek. ni tashkil etadi.
Purkalgan yonilg‘i zarralarining isishi va bug‘lanishi
natijasida aralashmaning harorati pasayadi. Shu sababli o‘z-
o‘zidan alangalanish manbalari yonilg‘i oqimlarining chekka
qismlarida, ya’ni yonilg‘i eng qulay miqdorda to‘planadigan va
harorati yuqori bo‘ladigan joylarda yuzaga keladi. Yuzaga
kelayotgan birlamchi manbalardan alanganing tarqalish tezligi bir
necha 10 m/s dan tovush tezligidan yuqori qiymatlargacha
o‘zgarishi mumkin. Dizellarda yonilg‘i bir jinsli bo‘lmagan tarzda
96
to‘zitiladigan, alangalanish manbalari esa siqilgan yonilg‘i
miqdorining kattagina qismi purkalgunicha yoki o‘z-o‘zidan
alangalanishga tayyor bo‘lgunga qadar yuzaga keladi.
Yonilg‘ining havo kislorodi bilan aralashmasi yona boshlashi
uchun zarur bo‘lgan isitish harorati o‘z-o‘zidan alangalanish
harorati deb ataladi. Qisqa vaqt ichida yonish kamerasida fizikaviy
(to‘zitilish, havo bilan aralashish, isish, bug‘lanish) va murakkab
kimyoviy jarayonlar (yonilg‘i molekulalari oksidlanishining turli
bosqichlari) sodir bo‘ladi. Natijada yonilg‘ining 10-15%
energiyasi ajraladi va issiqlik to‘planadi, harorat ko‘tariladi va
yonilg‘i alangalanadi.
Yonilg‘i tarkibida yengil oksidlanadigan normal-parafin
uglevodorodlar ko‘p bo‘lishi natijasida alangalanishning kechikish
davri
- qisqa bo‘ladi. Natijada dvigatel oson yurgizib yuboriladi.
Dvigatel yumshoq va barqaror ishlaydi. Alangalanishning
kechikish davri
- ortganda, ya’ni yonilg‘i tarkibida qiyin
oksidlanadigan (izomer, aromatik) uglevodorodlar ko‘p bo‘lsa,
dizel dvigateli taqillab ishlaydi, chunki yonilg‘i tarkibidagi
uglevodorodlar qiyin oksidlanadi.
Yonish kamerasida yonilg‘i ko‘p to‘planadi va katta qismi
birdaniga alangalanadi, bosim keskin ko‘tariladi va dvigateldan
o‘ziga xos taqqilagan ovoz eshitiladi, natijada podshipnik
vkladishlari, porshen xalqalari yeyiladi. Yonilg‘i sarfi ortadi.
Yonish jarayoni (3.6-rasm) 2-nuqtada boshlanadi, bunda
bosim jadal ko‘tariladi. Тez yonish davri 2-nuqtadan 3-nuqtagacha
davom etadi. Bunda energiyaning asosiy qismi (70%) ajrilib
chiqadi. Yonish jarayoni yaxshi to‘g‘ri tashkil qilinsa, bosim
maksimal qiymatgacha ko‘tariladi (bu vaqtda yonilg‘i berish
davom etganligidan yonish hali tugamaydi). Uchinchi davr-sekin
yonish
davri
(3dan-4gacha)
boshlanadi,
bunda
issiqlik
energiyasining (20%) qismi ajralib chiqadi. Bu davrni boshida
yonilg‘i berish tugaydi. Bu davr oxirida kengayish chizig‘ida 4-
nuqtadan keyin barcha yonilg‘i yonib ulgurishi kerak.
97
3.6.-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |