O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


-MAVZU. YURTIMIZ KELAJAGI. SINONIMLAR VA ULARNING TURLARI, USLUBIY



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

7-MAVZU. YURTIMIZ KELAJAGI. SINONIMLAR VA ULARNING TURLARI, USLUBIY 
XUSUSIYATLARI 
 
Og‘zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matnni ijodiy so‘zlash. Mavzu bo‘yicha bahs-
munozarada ishtirok etish. 
Yozma nutq:
“Iqtidorli yoshlar” mavzusida bog‘lanishli matn tuzish. “Mening tengdoshlarim” mavzusida 
dialog tuzish va uni inssenirovka qilish. Yoshlar hayotidan qiziqarli
hodisa va voqyealar to‘g‘risida hikoya tuzish.
Grammatika:
Sinonimlar va ularning turlari, uslubiy xususiyatlari

YURTIMIZ KELAJAGI 
 
Bugungi kunning yoshlari har tamonlama barkamol hamda bilimli, salohiyatli bo‘lib 
kamol topishlari lozim. Zero, oz fursat mobaynida mislsiz yutuqlarga erishgan ona diyorimizning 
kelajagi yoshlar qo‘lida. Shunday ekan, har bir ota-ona o‘z farzandini, ustoz esa o‘z shogirdlarini chuqur 
ta’lim hamda namunali tarbiyalashi zarur. Bu kunga yetkunga qadar xalqimiz ne-ne og‘ir kunlarni 
boshidan o‘tkazdi. Bundayin hurriyatga erishish osonlik bilan bo‘lgani yo‘q demak, har bir yosh
vujudida shunga yarasha mas'uliyat bo‘lishi lozim. Biz yoshlarni Vatanga muhabbat, xalqiga
sadoqat ruhida tarbiyalashimiz muhim
vazifalarimizdan biri. Biz kimmiz? Ajdodlarimiz kim bo‘lib o‘tgan? Farzandlarimiz kim bo‘lishi kerak
degan savol har bir inson qarshisida gavdalanishi muhim. Ajdodlarga munosib avlod bo‘lib kamol
topishlari uchun ham diniy ham dunyoviy bilimga ega bo‘lishlari, jismonan sog‘lom, ruhan tetik
qilib tarbiya qilishimiz lozim.
Haqiqatdan ham, farzandlarimiz kelajakda o‘z o‘rnini egallashi uchun, ularni har
tomonlama yetuk qilib tarbiyali kamol topishi uchun yetuk ma’naviyatli qilib tarbiya qilishimiz lozim. 
Agar inson ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lsa, demak u oq va qorani, yaxshi-yomonni, haq va nohaqni,
halol haromni ajrata oladi. O‘zi ham to‘g‘ri yo‘ldan yurib, o‘zgalarni ham shu yo‘lga chorlaydi. Har bir 
ota-ona farzandiga chiroyli odobdan afzal narsa bera olmasligi Payg‘ambar (s.a.v.)ning muborak
so‘zlarida ta’kidlanadi. Insonning kimligi, qanday muhitda tarbiya ko‘rgani odobida aks etadi. 
Shuning uchun, avvalo, ularning odobiga e’tibor qarataylik. Bolalarimiz yosh umrini turli xil klublarda, 
ko‘ngil ochar barlar, muhabbat maydonlarida o‘tkazmay, darsxonalarda, sport mashg‘ulotlarida,
kutubxonalarda mashg‘ul bo‘lsalar, kelajakda komil inson bo‘lib kamol topadilar. Ular bizning 
yuzimiz, mehnatimiz samarasidir. Bog‘bon bog‘dan yaxshi hosil olishni maqsad qilgani kabi, biz ham
bog‘imizdan go‘zal hosil olaylik. Daraxt – bu farzandlarimiz. Mevalari esa, ular erishgan yutuqlar 
bo‘lmog‘i darkor.Yoshlikda olingan puxta bilim, o‘rganilgan kasb-hunar hamisha yo‘limizni yoritib 
turadi, bizni kamolot sari yetaklaydi. Bugun hukumatimiz tomonidan yoshlarning ezgu
orzuintilishlarini ro‘yobga chiqarish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
borasida ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor minglab yosh avlodga qanot bag‘ishlamoqda. Yoshlarning
huquq va manfaatlarini ta’minlash, iste’dodini yuzaga chiqarish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini
hayotga tatbiq etishga yaqindan ko‘maklashishda “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari
markazining ham munosib hissasi bor. 2006-yilda tashkil etilgan ushbu markaz faoliyati yigit-
qizlarni o‘z qiziqishi bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish, iqtidori, ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, 
ma’naviyatini yuksaltirishda ustuvor o‘rin tutadi. Ushbu jamoat tashkiloti tomonidan “O‘zbekiston 
madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armasi, “O‘zbekiston yoshlar agentligi” bilan hamkorlikda
an'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan iqtidorli yoshlarning mega-tanlovi, “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti
festivali, Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar, Ta’lim grantlari dasturlari, “Ta’lim va
mutaxassislik”” ko‘rgazmasi yoshlarning iste’dodini o‘z vaqtida aniqlash, ularda Vatan taqdiri uchun 


68 
mas'uliyat va daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Markaz
qoshida tashkil etilgan turli to‘garak, tuzilmalar, mahorat maktablari yigitqizlarning qiziqishi,
orzu-intilishiga uyg‘un tarzda faoliyat olib boradi. Jumladan, Bandlikka
ko‘maklashish markazi joylardagibo‘sh ish o‘rinlariga oid ma’lumotlar bazasini yaratish, talabayoshlar
uchun ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotini korxona va tashkilotlarda o‘tash, bitiruvchilarga
ishga joylashishda ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hamkor tashkilotlar bilan 
birgalikda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari natijasida
o‘tgan vaqt mobaynida 5 ming nafar yigit-qiz ishga joylashishga oid ma’lumotlarga ega bo‘ldi, 
400 nafardan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlandi. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Kelajak Lingvo” til o‘rganish markazida ingliz, nemis, ispan, fransuz, arab, xitoy, yapon,
koreys, rus tillarini tarjimonlik va tilshunoslik nuqtai nazaridan puxta o‘rganish imkoniyati
yaratilgan. “Kelajak Lingvo”ning noan'anaviy usuldagi mashg‘ulotlari, seminar-treninglar til
boyligimizni muntazam oshirish, xorijiy tillarda bemalol so‘zlashish imkonini bermoqda. Ilg‘or 
texnologiyalarga qiziquvchi yoshlar uchun “Axborot texnologiyalari bo‘yicha yosh mutaxassislar
maktabi” – “IT–School” ham samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda yoshlar axborot 
texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ma’lumotlardan boxabar bo‘lish, dasturlash, vebdizayn, veb-
dasturlash, 3D formatdagi grafika kabi yo‘nalishlarbo‘yicha bilimini boyitmoqda 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish