predmeti hisoblanadi.
Tiflopedagogika fanining ob’ekti – ko‘rishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar.
Tiflopedagogika fanining asosiy maqsadi – ko‘rishida
nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va buzilgan
funksiyalarni kompensasiyalashning ilmiy asoslangan tizimini
ishlab chiqishdir. Tiflopedagogika fani optimizm va chuqur
insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgandir. U ko‘rishida nuqsoni bor
bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun
qulay imkoniyatlar yaratib berishga ko‘maklashadi. Tiflope-
dagogikaning vazifasi – bolalardagi to‘laqonli bo‘lmagan
ko‘rish funksiyalaridan unumli foydalanish va ta’lim jarayo-
nida ularni rivojlantirish, ularni saqlab qolish uchun sharoit-
lar yaratib berish, psixik va jismoniy rivojlanishda ikkilam-
chi nuqsonlarning oldini olish va engib o‘tish uchun maxsus
yo‘naltirilgan korreksion-pedagogik ishlarni olib borishdir.
Aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya masalalarini peda-
gogik jihatdan hal etishda, politexnika ta’limida, tiflopeda-
gogika, ularning psixologik-pedagogik, klinik-oftolmologik
kompleksining xususiyatlarini rivojlanishini o‘rganishga taya-
nadi, chunki shulargina o‘quv-tarbiya jarayonini korreksi-
yalash va o‘rnini to‘ldirish yo‘nalishida bo‘lishini ta’minlaydi.
Ko‘ruv jarayoni chuqur buzilgan bolalar rivojlanishining kor-
reksiyasi umumta’lim va mehnat tarbiyasi jarayonida hamda
maxsus korreksiya mashg‘ulotlarida va yakka mashg‘ulotlarda
amalga oshiriladi.
Tiflopedagogika fanining asosiy vazifalari quyidagilarni
tashkil etadi:
●
ko‘rishda jiddiy nuqsoni bo‘lgan shahslarni psixologik-
pedagogik va kinetik jihatdan o‘rganish;
●
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ruhiy va jismoniy
rivojlanish anomaliyalari va ko‘rish funksiyasi tuzilishlarini
aniqlash;
●
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda buzilgan funksiyalarni
to‘la rivojlangan funksiyalar bilan kompensasiyalash, kor-
reksiyalash;
●
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ko‘rish funksiyalari-
ning rivojlanish imkoniyatlarini o‘rganish;
●
ko‘r va ko‘zi ojizlarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus
muassasalarning tiplari va strukturalarini belgilash;
●
to‘laqonli bo‘lmagan ko‘rishni muhofaza qilish va rivojlan-
tirish bo‘yicha gigienik tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
●
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni reabilitasiya va inte-
grasiyalash masalalarini hal etish;
●
tiflopedagogika zimmasiga qo‘yilgan vazifalarni yechishda
umumiy, pedagogika, psixologiya, fiziologiya, oftalmologi-
106
107
ya, maktab gigienasi, bolalar nevralogiyasi bilan hamkor-
likda faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |