Milklar shamollashi, yumshab qolishida: anorning mevasi iste’mol qilinib,
po’stlog’i ozroq suvda qaynatiladi. Damlama bilan og’iz bo’shlig’i chayilganda
milklar mustahkamlanadi. Biroq, bu muolajani muntazam takrorlash tish emaliga
salbiy ta’sir etishi mumkin.
Teri jarohatlarida: quritib maydalangan anor po’stlog’idan teri jarohatlarida,
kuyganda, ochiq yaralarda foydalanish mumkin. Bunda jarohat yuzasi anor sharbati
bilan artilib, so’ng maydalangan po’stlog’ining kukuni sepiladi. Bu malham ochiq
turdagi jarohatlar uchun mo’ljallangan bo’lib, teri bitishini tezlashtiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |