Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/84
Sana02.05.2020
Hajmi0,81 Mb.
#48710
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
19 tom 2011 yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  
Islom Karimov 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
147
 
 
 
NAVRO‘Z BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI 
MAROSIMDAGI SO‘Z 
 
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! 
Muhtaram mehmonlar! 
Shu kunlarda ona yurtimiz – O‘zbekistonimiz zaminiga go‘zal bahor 
nafasi bilan birga barchamiz orziqib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. 
Tabiat ochilib, shahar va qishloqlarimiz yashil libosga burkanib 
borayotgan mana shu lahzalarda siz, qadrli vatandoshlarimni, butun 
xalqimizni Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga 
o‘zimning samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. 
Hurmatli do‘stlar!  
Xalqimiz hamisha shodu xurramlik bilan kutib oladigan qutlug‘ 
bayramlar va sanalar ko‘p. Lekin shu kunlarda el-yurtimiz nishonlayotgan 
Navro‘zi olam biz uchun eng qadimiy, asl milliy, har qanday siyosatdan 
xoli bo‘lgan, uzoq o‘tmish zamonlardan buyon qadriyatlarimiz timsoli 
bo‘lib kelayotgan xosiyatli bir ayyom, yasharish va yangilanish faslidir.  
Sharqona yangi yil bo‘lmish bu sana odamzot qalbida ezgu intilishlarni 
uyg‘otib, unga umid va ishonch, shukronalik tuyg‘ularini bag‘ishlaydigan, 
millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkagu ayol, yoshu qari – barcha 
yurtdoshlarimizning eng ardoqli, katta xursandchilik bilan o‘tkazadigan 
sevimli bayramidir.  
Bu betakror ayyomni har bir xonadon, har bir oilada, bag‘rimizni keng 
ochib, “Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam, qadaming qutlug‘ 
bo‘lsin, yurtimizga tinchlik-omonlik keltirsin!” deb qarshi olish azaliy 
odatimizga aylanib qolgan, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.  
Ana shunday xolisona, pok niyatlar bilan zahmatkash dehqonlarimiz 
oftob nuridan tobora qizib borayotgan yerga urug‘ qadab, bepoyon 
dalalarimizdan mo‘l hosil undirish maqsadida yangi mehnat mavsumini 
boshlamoqda.  
Bugun mana shu munavvar damlarda hammamizning tilagimiz: fidoyi 
dehqon va fermerlarimizning, barcha mehnatchilarimizning baxtini, 
omadini bersin, ishlari baroridan kelsin.  


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
148
Navro‘z shukuhi, ko‘klam shabodasi ufurib turgan shu dilbar faslda 
inson tabiat bilan yanada yaqinroq va uyg‘un bo‘lib yashashga, yon-
atrofidagi odamlarga, oilasi, yor-do‘stlariga har qachongidan ham ko‘proq 
hurmat va ehtirom, mehr va e’tibor bildirishga ehtiyoj sezadi, sumalak va 
halim, ko‘ksomsa kabi tansiq, haqiqatan ham milliy taomlarimizni ular 
bilan birga baham ko‘rishga intiladi. 
Mahalla-ko‘y, el-yurt bilan ahil bo‘lib, ko‘makka muhtoj bo‘lgan 
insonlarga, nogiron va bemorlarga beminnat yordam berish, tabarruk 
keksalarning duosini olish singari azal-azaldan xalqimizga mansub bunday 
olijanob fazilatlarimiz ayni shu kunlarda o‘zining yaqqol tasdig‘ini 
topishini kuzatish mumkin. 
Shuni aytish kerak – kimki xalqimizning mehribonligi va 
bag‘rikengligining yorqin ifodasi bo‘lmish ana shunday noyob 
odatlarimizning namoyishini ko‘rsa, ularning chuqur insoniy ma’nosini 
anglasa, hech shubhasiz, doimo hayratda qolishi muqarrar.  
Navro‘z ruhi, Navro‘z falsafasi bilan hamohang bo‘lgan o‘lmas 
sharqona qadriyatlarni necha-necha asrlar davomida bezavol asrab-
avaylab, saqlab kelayotgan xalqimizga har qancha tasannolar aytsak, 
arziydi, albatta.  
Qadrli yurtdoshlarim, azizlarim! 
Bugun O‘zbekistonimizning taraqqiyot yo‘lida barqaror sur’atlar bilan 
o‘sib borayotgani, bizning asosiy maqsadimiz bo‘lmish yangi jamiyat, 
yangi hayot qurish, xalq farovonligini yuksaltirish, rivojlangan demokratik 
davlatlar qatoridan munosib joy olish uchun qat’iy qadamlar 
qo‘yayotganimizni xalqaro jamoatchilik e’tirof etayotgani hammamizni 
quvontiradi va yangi kuch-quvvat bag‘ishlaydi, albatta.  
Avvalo, xalqimizning og‘ir va mashaqqatli mehnati, o‘z kuchimiz va 
salohiyatimizni oqilona ishlatish hisobidan erishayotgan yuksak natija va 
marralarimiz haqida gapirganda, e’tiboringizni ikki masalaga alohida jalb 
etishni zarur, deb bilardim.  
Birinchidan, bugun mana shunday xavfli-tahlikali, o‘ta notinch bir 
davrda, jahon moliyaviy inqirozi hali-beri davom etayotgan paytda el-
yurtimiz nimaiki natijalarni qo‘lga kiritmasin, bularning barchasi 
yurtimizda tobora mustahkam bo‘lib borayotgan tinchlik va osudalik, 
millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir-birimizga hurmat va 
ehtirom hisobidan, desak, o‘ylaymanki, hech qanday xato bo‘lmaydi.  


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
149
Bunday hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan boylikni ko‘z 
qorachig‘idek asrashimiz va sezgir bo‘lishimizni zamonning o‘zi talab 
etadi.  
Ikkinchidan, biz hayotimizda erishayotgan yutuq va marralarni xalqaro 
hamjamiyat bilan hamnafas bo‘lib, uzoq va yaqin, avvalo, qo‘shni davlatlar 
bilan hamkorlikda ish tutishimizning samarasi sifatida ko‘ramiz va bunday 
hamkorlikni yanada kuchaytirish tarafdorimiz.  
Navro‘z ruhi barchamizni ayni shunday orzu-niyatlar va intilish bilan 
yashashga da’vat etadi.  
Fursatdan foydalanib, mana shunday shodiyona kunda shu yuksak 
minbardan turib, bugungi tantanamizda biz bilan birga ishtirok etayotgan 
chet mamlakatlarning muhtaram elchilari va xalqaro tashkilotlarning 
vakillariga, bizga xayrixoh bo‘lgan barcha do‘stu birodarlarimizga 
minnatdorlik bildirib, ularni Navro‘zi olam bilan samimiy qutlashga ruxsat 
bergaysiz.  
Aziz va muhtaram vatandoshlarim! 
Bugungi unutilmas, ulug‘ ayyomda nuroniy otaxon va 
onaxonlarimizni, munis opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni – 
hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan mening 
farzandlarimni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. 
Aziz boshingiz omon, umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda bo‘lsin! 
Har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, mehr-oqibat, 
baxtu saodat yor bo‘lsin! 
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin! 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
150

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish