Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun
hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutlaq
huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos
bo‘lolmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul
vositachiligi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini
erkin tanlash huquqiga egadir.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-501-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 10-
moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: