Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/237
Sana29.04.2020
Hajmi0,88 Mb.
#48122
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   237
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1)

2-§. JAMOA ShARTNOMASI

35-modda. Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish

Ish  beruvchi  bilan  jamoa  shartnomasini  tuzish  zarurligi  haqida  qaror  qabul  qilish

huquqiga  kasaba  uyushmasi  o‘z  vakillik  organi  orqali,  xodimlar  tomonidan  vakolat  berilgan

boshqa  vakillik  organi  yoki  bevosita  mehnat  jamoasining  umumiy  yig‘ilishi  (konferensiyasi)

ega.

Jamoa  shartnomalari  korxonalarda,  ularning  yuridik  shaxs  huquqi  berilgan  tarkibiy



bo‘linmalarida tuziladi.

36-modda. Jamoa shartnomasining taraflari

Jamoa shartnomasi, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‘zlari

vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan — bevosita ish beruvchi yoki

u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.



37-modda. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi

Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini taraflar belgilaydi.

Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro

majburiyatlari kiritilishi mumkin:

mehnatga  haq  to‘lash  shakli,  tizimi  va  miqdori,  pul  mukofotlari,  nafaqalar,

kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;

narxlarning  o‘zgarib  borishi,  inflatsiya  darajasi,  jamoa  shartnomasi  bilan  belgilangan

ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;

xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari;

ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari;

xodimlarning,  shu  jumladan  ayollar  va  o‘n  sakkiz  yoshga  to‘lmagan  shaxslarning

mehnat  sharoitlari  va  mehnat  muhofazasini  yaxshilash,  ekologiya  jihatidan  xavfsizlikni

ta’minlash;

korxonani  va  idoraga  qarashli  turar  joyni  xususiylashtirish  vaqtida  xodimlarning

manfaatlariga rioya qilish;

ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;

ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta;

Oldingi tahrirga qarang.

ish  beruvchi  tomonidan  o‘z  xodimlarining  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya

hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;



(37-moddaning  ikkinchi  qismi  o‘ninchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2005-yil  23-

sentabrdagi O‘RQ-8-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2005-y., 37-38-son, 280-modda)

jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy

sheriklik,  kasaba  uyushmalari,  xodimlarning  boshqa  vakillik  organlariga  faoliyat  ko‘rsatish

uchun tegishli sharoit yaratib berish.

Jamoa  shartnomasida  korxonaning  iqtisodiy  imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda

boshqa  shartlar,  shu  jumladan  qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlar  bilan  belgilangan

normalar  va  qoidalarda  ko‘rsatilganiga  qaraganda  imtiyozliroq  mehnat  shartlari  va  ijtimoiy-

iqtisodiy  shartlar  (qo‘shimcha  ta’tillar,  pensiyalarga  tayinlanadigan  ustamalar,  muddatdan

ilgari  pensiyaga  chiqish,  transport  va  xizmat  safari  xarajatlari  uchun  kompensatsiyalar,

xodimlarni  ishlab  chiqarishda  hamda  ularning  bolalarini  maktabda  va  maktabgacha  tarbiya

muassasalarida  tekin  yoki  qisman  haq  to‘lanadigan  tarzda  ovqatlantirish,  boshqa  qo‘shimcha

imtiyoz va kompensatsiyalar) ham kiritilishi mumkin.

Basharti amaldagi qonunlarda normativ tusdagi qoidalar jamoa shartnomasida albatta

mustahkamlab qo‘yilishi shart deb bevosita ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, bunday qoidalar jamoa

shartnomasiga kiritiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  mazkur  Kodeks  95-moddasining  uchinchi  qismi,  117-moddasining  ikkinchi  qismi,  123-

moddasining birinchi qismi, 130-moddasi birinchi qismi, 137-moddasining ikkinchi qismi, 148-moddasining

ikkinchi qismi, 153-moddasining ikkinchi qismi, 154-moddasining ikkinchi qismi, 157-moddasining birinchi

qismi, 158-moddasining uchinchi  qismi,  159-moddasining  ikkinchi  qismi,  161-moddasining  birinchi  qismi,

166-moddasining  birinchi  qismi,  170,  173-moddalari,  176-moddasining  ikkinchi  qismi,  180-moddasining

birinchi qismi, 194-moddasining birinchi qismi, 203-moddasining uchinchi qismi, 216-moddasining birinchi

qismi, 217-moddasining ikkinchi qismi, 236-moddasining to‘rtinchi qismi, 262-moddasining to‘rtinchi qismi,

O‘zbekiston  Respublikasining  “Mehnatni  muhofaza  qilish  to‘g‘risida”gi  Qonuni  14-moddasining  uchinchi

qismi, 16-moddasining uchinchi qismi, 18-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Temir

yo‘l  transporti  to‘g‘risida”gi  Qonuni  17-moddasining  uchinchi  qismi  va  O‘zbekiston  Respublikasining

“Fuqarolarning  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”gi  Qonuni  10-moddasining  uchinchi

qismi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish