Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazish



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/237
Sana29.04.2020
Hajmi0,88 Mb.
#48122
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   237
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1)

omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazish

Sog‘lig‘i  holatiga  ko‘ra  yengilroq  yoki  noqulay  ishlab  chiqarish  omillarining  ta’siridan

holi  bo‘lgan  ishga  o‘tkazishga  muhtoj  xodimlarni  ish  beruvchi,  ularning  roziligi  bilan,  tibbiy

xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.



 LexUZ sharhi

Qarang: “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat

raqami 2667, 17.04.2015-y.) 43 va 44-bandlari.

Sog‘lig‘i  holatiga  ko‘ra  yengilroq  yoki  noqulay  ishlab  chiqarish  omillarining  ta’siridan

holi  bo‘lgan  kamroq  haq  to‘lanadigan  ishga  o‘tkazilganda  shunday  ishga  o‘tkazilgan  kunidan

boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to‘lanadigan boshqa

ishga  vaqtincha  o‘tkazilgan  xodimlarga  shu  ishga  o‘tgan  vaqt  uchun,  lekin  ikki  oydan  ortiq

bo‘lmagan  muddat  davomida  kasallik  varaqasi  bo‘yicha  yangi  ishda  beriladigan  ish  haqiga

qo‘shilganda xodimning avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa




to‘lanadi.  Basharti  kasallik  varaqasida  ko‘rsatilgan  muddatda  ish  beruvchi  boshqa  ish  topib

berolmagan  bo‘lsa,  u  holda  shuning  oqibatida  bekor  o‘tgan  kunlar  uchun  nafaqa  umumiy

asoslarda to‘lanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang:  “Davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi  bo‘yicha  nafaqalar  tayinlash  va  to‘lash  tartibi  to‘g‘risida”gi

nizom  (ro‘yxat  raqami  1136,  08.05.2002-y.)  9-bandining  “d”  kichik  bandi  va  “Mehnatga  layoqatsizlik

varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 43-bandi.

Ish  bilan  bog‘liq  holda  mehnatda  mayib  bo‘lganligi  yoki  sog‘lig‘iga  boshqacha  tarzda

shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan

xodimlarga ularning sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi avvalgi ish

haqi  bilan  yangi  ishda  oladigan  ish  haqi  o‘rtasidagi  farqni  to‘laydi.  Bunday  farq  mehnat

qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to‘lanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2005-yil  11-fevraldagi  60-sonli  qarori

bilan  tasdiqlangan  “Xodimlarga  ularning  mehnat  vazifalarini  bajarish  bilan  bog‘liq  holda  jarohatlanishi,

kasb  kasalliklariga  chalinishi  yoki  salomatlikning  boshqa  xil  shikastlanishi  tufayli  yetkazilgan  zararni

to‘lash qoidalari”ning 20-bandi.

Qonun  hujjatlarida  sog‘lig‘i  holatiga  ko‘ra  yengilroq  yoki  noqulay  ishlab  chiqarish

omillarining  ta’sirini  holi  etadigan  kamroq  haq  to‘lanadigan  ishga  o‘tkazilganda  avvalgi

o‘rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lab

turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 169-moddasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  Prezidiumi  va

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Vazirlar  Mahkamasining  1992-yil  6-apreldagi  170-sonli

qarori  bilan  tasdiqlangan  “Chernobil  halokatidan  ziyon  ko‘rgan  O‘zbekiston  Respublikasida  istiqomat

qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar ro‘yxati”ning II bo‘lim

1-xatboshisining 8-kichik bandi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish