Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqini berish



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/237
Sana29.04.2020
Hajmi0,88 Mb.
#48122
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   237
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1)

162-modda. Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqini berish

Xodim  vafot  etgan  kunga  qadar  olinmagan  ish  haqi  uning  oila  a’zolariga,  shuningdek

mehnatga qobiliyatsizligi tufayli vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga beriladi.

163-modda. Ish haqini to‘lash joyi

Xodimlarga ish haqi, odatda, ular ishlayotgan joyda to‘lanadi.



164-modda. Mehnat haqidan ushlab qolish

Umumiy  qoidaga  ko‘ra,  xodimning  yozma  roziligi  bilan,  bunday  rozilik  bo‘lmagan

taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.

Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

1)  O‘zbekiston  Respublikasida  belgilangan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni

undirish uchun;



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksi  23-moddasi  ikkinchi  qismining  2-bandi  va

uchinchi qismining 1-bandi.

2) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;



 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish

to‘g‘risida”gi  Qonunining  7-bobi  (“Qarzdorning  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to‘lovlarga  nisbatan

undiruv”).

3) ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat

safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan bo‘lib, sarf qilinmay

qolgan  va  o‘z  vaqtida  qaytarilmagan  avansni  ushlab  qolish  uchun  hamda  hisob-kitobdagi

xatolar  natijasida  ortiqcha  to‘langan  summani  qaytarib  olish  uchun.  Bunday  hollarda  ish

beruvchi  avansni  qaytarish  yoki  qarzni  to‘lash  uchun  belgilangan  muddat  tamom  bo‘lgan

kundan  yoxud  haq  to‘lash  noto‘g‘ri  hisoblab  chiqarilgan  kundan  boshlab  bir  oydan

kechiktirmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu

muddat  o‘tib  ketgan  bo‘lsa  yoki  xodim  xo‘jalik  ehtiyojlariga,  xizmat  safarlariga  yoxud  boshqa

joydagi  ishga  o‘tganligi  munosabati  bilan  berilgan  avansning  ushlab  qolinishini  asossiz  yoki

miqdorini noto‘g‘ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;

4)  hisobidan  xodim  ta’til  olib  bo‘lgan  ish  yili  tugamasdan  turib  mehnat  shartnomasi

bekor  qilinganda,  —  ta’tilning  ishlanmagan  davrga  tegishli  kunlari  uchun.  Ana  shu  kunlar

uchun haq mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 89-moddasining to‘rtinchi qismida, 100-moddasi

ikkinchi  qismining  1  va  2-bandlari,  106-moddasining  1  va  2-bandlarida  ko‘rsatilgan  asoslarga

ko‘ra,  shuningdek  o‘qishga  kirganligi  yoki  pensiyaga  chiqqanligi  munosabati  bilan  bekor

qilinganda ushlab qolinmaydi;

5) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan

zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;



 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 169 va 207-moddalari.

6)  ushbu  Kodeksning  181-moddasi  birinchi  qismining  2-bandida  nazarda  tutilgan

jarimani undirish uchun.

Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga

tegishli bo‘lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu  moddaning  uchinchi  qismida  belgilangan  cheklov  aliment  majburiyatlari

bo‘yicha  qarzdorlikni  axloq  tuzatish  ishlari  tarzidagi  jazo  tayinlangan  xodimning  ish  haqidan

ushlab  qolishga  nisbatan  tatbiq  etilmaydi.  Bunday  hollarda  jazo  va  aliment  majburiyatlari

bo‘yicha  qarzdorlik  uchun  ushlab  qolinadigan  haqning  miqdori  yetmish  foizdan  ortib

ketmasligi lozim.



(164-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan

to‘rtinchi  qism  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  10.01.2018-y.,

03/18/459/0536-son)


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish