Elektrkontaktli xabarlovchilarning yolg‘on
ishlashini oldini olish
Elektrkontaktli xabarlovchilarni yolg‘on ishlashi sabablaridan
asosiylari bu xabarlovchilarni shleyf bilan ulangan joylarida elektr
kontaktlarning shikastlanishi va folgani buzilishidir.
Xabarlovchilarning yolg‘on ishlashini oldini olish uchun qu-
yidagi reglament ishlari o‘z vaqtida o‘tkazilishi kerak: taqsim-
lash qutilaridagi vint ulanishlar tekshirilishi, oksidlangan bo‘lgan
simlarni kavsharlash, xabarlovchi shleyfini «o‘rash» usuli bilan
qotirilgan simlarni kavsharlash lozim, folgadagi yorilgan joy-
larni aniqlab sozlash, tashvish tugmalari va pedallarining mus-
tahkam qotirilganligini tekshirish va ularni adashgan holda bosib
bo‘lmaydigan joylarda o‘rnatilishini ta’minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |