xarakterga ega bo‗lib, turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli
yo‗lga qo‗yilgan. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
Prezidenti R.Gerzogning O‗zbekistonga davlat tashrifi (1995yil) va Kantsleri
G.Shryoderning rasmiy tashrifi (2002-yil) amalga oshirilgan. Tashqi ishlar
vazirliklari o‗rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 14 ta doirasi o‗tkazilgan.
58
Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, huquq va xavfsizlik sohalarida hamda
mudofaa vazirliklari yo‗nalishida hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Germaniya
O‗zbekistonning
Yevropadagi
asosiy
savdo-iqtisodiy
hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2017-yil yakunlariga ko‗ra, o‗zbek-german savdo
aylanmasi hajmi 613,2 million AQSh dollari, 2018-yil yanvar-noyabr davrida
712,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakat o‗rtasidagi moliyaviy va
texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 329,9 million yevrodan oshgan.
O‗zbekistonda nemis madaniyati va tilini o‗rganishga katta qiziqish mavjud.
Nemis tili respublikada eng ko‗p tarqalgan chet tillari orasida ikkinchi o‗rinni
egallaydi. Hozirgi paytda oliy ta‘lim sohasida Germaniyaning 30 dan ortiq oliy
o‗quv yurtlari bilan sheriklik aloqalari o‗rnatilgan bo‗lib, talabalar, mutaxassislar
va pedagog kadrlar almashinuvi yo‗lga qo‗yilgan. Ikki tomonlama madaniy-
gumanitar munosabatlarni rivojlantirishda Toshkent va Berlin, Samarqand va
Bremen, Buxoro va Bonn shaharlari o‗rtasidagi hamkorlik aloqalari muhim rol
o‗ynaydi.
O‗zbekistonning Yevropadagi va umuman xalqaro miqyosdagi istiqbolli
hamda umidli sheriklaridan biri hisoblangan Ispaniya bilan munosabatlari jadal
rivojlanmoqda. 2003-yil yanvar va 2009-yil may oyida O‗zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Ispaniyaga tashriflari bo‗lib o‗tdi.
Ispaniya Tashqi ishlar vaziri X.M.Garsiya Margalio taklifiga ko‗ra, 2013-
yilning 4-7-noyabr kunlari O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Tashqi
ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlari o‗tkazildi. Ispaniyaning Tashqi ishlar
vaziri X.M.Garsiya Margalio 2014-yil 20-22-aprelda O‗zbekistonga tashrif
buyurdi.
2017-yil 12-15 noyabrda Ispaniyaga O‘R Tashqi ishlar vazirinig javob
tashrifi o‘tkazildi.
O‗zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qoshida ispan tili fakulteti
faoliyat yuritmoqda. Mazkur universitetning Madrid, Granada, Alkala de Enares va
Malagi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda.
59
O‗zbekiston Italiyani Yevropadagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkori
sifatida ko‗radi.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil
iyun va 2000-yil noyabr oylarida Italiyaga bo‗lgan rasmiy tashriflari o‗zbek-italiya
aloqalariga zamin yaratdi. 1997-yil may oyida Italiya Prezidenti O.Skalfaronining
O‗zbekistonga javob tashrifi uyushtirildi.
Tashqi ishlar vazirliklari o‗rtasida doimiy muloqot olib borilmoqda. 2015-yil
noyabr
oyida
Toshkentda
Tashqi
ishlar
vazirlari
darajasida
siyosiy
maslahatlashuvlarning to‗rtinchi doirasi bo‗lib o‗tdi.
2011-yildan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida ―O‗zbekiston-Italiya‖
parlamentlararo hamkorlik guruhi, Italiya parlamentining Deputatlar palatasida esa
―Italiya-O‗zbekiston‖ do‗stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.
2012-yil iyun oyida O‗zbekisotn Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Italiya parlamentining Deputatlar palatasi o‗rtasida hamkorlik
Memorandumi imzolandi.
2009-yildan boshlab Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti
faoliyat yuritib kelmoqda.
2013-yil yanvar oyida Samarqand shahri hokimiyati va Florensiya
provinsiyasi ma‘muriyati o‗trasida Do‗stlik va hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Do'stlaringiz bilan baham: