“Xalqlar madaniyat va ma’naviyat borasida bir-
birlarini qanchalik yaxshi tushunsa, iqtisodiy aloqalar
ham shunchalik tez rivoj topadi.”
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
Islom Karimov.
XX asrning oxirida inqiloblar yuz yilligi jahon sahnasida sotsialistik
tuzumning emirilishi bilan yakun topdi. Sobiq «qizil imperiya» hududida xalqaro
munosabatlar va xalqaro huquqning to‘laqonli sub'ektlari - yangi mustaqil davlatlar
paydo bo‘ldi. Shular qatori, uzoq davlatchilik tarixiga ega O‘zbekiston
Respublikasi ham o‘z milliy taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Qadimgi madaniyat
o‘choqlaridan biri bo‘lgan yurtimiz yana jahon hamjamiyati va uning ajralmas
qismiga aylandi.
1
Milliy davlatchiligimizning bir qator sohalari sobiq sho‘rolar tuzumi davrida
inqirozga yuz tutgan edi. O‘ta markazlashgan totalitar tuzum sharoitida ittifoqdosh
respublikalar amalda o‘z mustaqilligini yo‘qotgan edilar. O‘zbekiston
Respublikasining tashqi aloqalari ham markaz orqali, uning ko‘rsatmasi va
nazorati ostida amalga oshirilar edi. Istiqlol qo‘lga kiritilgach, yosh davlatimiz
oldida tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shu maqsadda yangi
davlat tuzilmalarini tashkil etish masalasi ko‘ndalang turardi. Chunki, busiz
xalqaro hamjamiyatga kirib borish mumkin emas. Zero, O‘zbekiston faol tashqi
siyosat yuritish bilan xalqaro huquqning teng huquqli a'zosi sifatida o‘z
davlatchiligini qurishi, mustaqillikni mustahkamlashi, dunyoda o‘zining munosib
o‘rnini egallashi lozim edi. «O‘zbekiston yo‘li - jahon hamjamiyatiga qo‘shilish
yo‘li» shiori ilgari surildi.Ma‘lumki, sobiq ittifoq davrida O`zbekiston tashqi
siyosatda boshqa davlatlar bilan to`g‗ridan to`g‗ri aloqa qilish imkonidan mahrum
bo`lib, respublikaning o`rni faqat qog‗ozlarda federatsiya subyekti sifatida
mustahkamlangan edi, xolos. O`zbekiston o`z imkoniyatlarini dunyo miqyosida
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoq. -T, «Uzbekiston», 1998 yil.
4
ko`rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati
bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O`zbekistonda xalqaro
tashkilotlarning faoliyatini o`rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik
aloqalarni yo`lga qo`yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali
milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta‘kidlash kerakki,
O`zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
Mustaqil O`zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng
huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‗lash,
respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta‘sir qilish kabilar tashkil
etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e‘tirof
etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O`zbekiston
xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga a‘zo bo`lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning
mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‗rin olishda ham katta
ahamiyatga ega bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |