Nashrga ruxsat etaman


-bosqich - 1991-1994 yillar



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

1-bosqich - 1991-1994 yillar
- eski, yakka partiyaviylik, ma‘muriy-
buyruqbozlik tizimini va unga tegishli organlarni tugatish, yangi davlatchilikning 
siyosiy va huquqiy asoslarini yaratish, siyosiy va ma‘muriy tuzilmalarni 
shakllantirish. Ushbu bosqichning aniq voqealari - bu О‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi, yangi Konstitusiyaning qabul qilinishi, yangi saylov tizimining 
joriy etilishi, 1994 yil 25-dekabrda bо‗lib о‗tgan О‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylovlardir. 
2 bosqich - 1995-1999 yillar
- kо‗p partiyaviylik tizimni kuchaytirish, 
demokratik 
institutlarni 
rivojlantirish 
va 
hokimiyatni 
ajratish 
tizimini 
mustahkamlash orqali institusional demokratiya yо‗lini izchil davom ettirish. 
3 bosqich - 1999-2000 yillar.
Mazkur bosqichning asosiy siyosiy voqeasi - 
1999 yil oxiri va 2000 yil yanvaridagi parlamentga saylovlardir. Shuningdek, bu 
bosqich О‗zbekiston Prezidenti va demokratik institutlarning barqaror va samarali 
faoliyat kо‗rsatishiga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
Birinchi bosqichning qonunchilik faoliyati 1992 yil 8-dekabrda О‗zbekiston 
Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilinishi bilan yakunlandi.
Bozor iqtisodiyotiga ega ochiq demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishning strategik vazifa deb e‘lon qilgan О‗zbekistonning о‗z 
Konstitusiyasiga muvofiq, shuningdek, referendumda bayon etilgan xalqning 
xohish-irodasi asosida, 
qonunchilikni takomillashtirish bilan bog„liq asosiy 
tamoyillar quyidagilardir:

qonun ustuvorligini, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari 
о‗rtasidagi mutanosiblikni, ularning mutloq mustaqilligini ta‘minlash; 

demokratik islohotlarni izchil davom ettirish;

xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida 
inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlarini ta‘minlash; 

siyosiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarini izchil 
liberallashtirish; 

nodavlat-notijorat jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
demokratik institutlarini mustahkamlash va rivojlantirish uchun kafolatlar va shart-
sharoitlarni ta‘minlash; 

fuqarolarning о‗zini о‗zi boshqarish organlarini har tomonlama 
mustahkamlash va markaziy davlat hokimiyatining mahalliy hokimiyat organlariga 
muayyan vakolatlarini bosqichma-bosqich topshirish, ijro hokimiyati organlari, shu 


jumladan, kuch tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmini 
shakllantirish va mustahkamlash. 
Davlatimiz oldida davlatchilikni isloh qilishning yangi vazifalari turibdi, bular 
- xilma-xillikka asoslangan ijtimoiy hayotni yanada demokratlashtirish va siyosiy 
institutlar hamda nodavlat jamoat birlashmalarining rolini kuchaytirish, 
shuningdek, aholining siyosiy faolligini oshirishdan iborat. 
Kuchli davlatning markaziy hukumati mudofaa, davlat va fuqarolarning 
xavfsizligi, tashqi siyosat, pul-moliya va boshqa davlat ijtimoiy tuzilmalar tizimini 
yaratishi zarur. Boshqa masalalarni hal qilish asta-sekin markazdan joylarga, davlat 
organlaridan о‗zini-о‗zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga о‗tkazilishi 
kerak. 
Demokratik davlat - gumanizm tamoyillariga asoslangan, millati, dini, 
ijtimoiy mavqei va siyosiy e‘tiqodidan qat‘i nazar, fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklarini ta‘minlaydi. Davlat hokimiyatining manbai xalqdir, uning irodasi 
shaxsning jamiyatdagi munosib sharoitlarini ta‘minlashi kerak bо‗lgan davlat 
siyosatini belgilaydi. Bu shuni anglatadiki, siyosiy va davlat tuzilishi insonga 
«siyosiy va iqtisodiy hayotining shakllarini erkin tanlashi» kafolatini beradi. Bu 
qadimgi shakllangan va demokratiyaning turli nazariyalari manbai bо‗lgan 
demokratik davlatlarning zamonaviy konsepsiyasiga mos keladi. 
Ushbu nazariyalarga kо‗ra, demokratiya umumiy tamoyillarga ega, ular 
quyidagilardan iborat: demokratiya, hokimiyatni ajratish, inson huquqlarining 
ustunligi, barchaning qonun oldida tengligi va boshqalardir. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish