Mavzu: axborotni saqlash, saralash va qidirish tizimlari



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.03.2022
Hajmi1,28 Mb.
#487913
  1   2   3   4
Bog'liq
Маruza 7



MA’RUZA №7 
mavzu:AXBOROTNI SAQLASH, SARALASH VA QIDIRISH TIZIMLARI.
TIBBIYOT AXBOROT TIZIMLARI. MUTAXASSIS SHIFOKORNING 
MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARUVCHI TIZIMLAR. MS ACCESS 
DASTURIY TA’MINOTIDAN FOYDALANISH.
Maqsad: Ma’lumotlar bazasi, uning tibbiyot soxasida qo‘llanishi, dasturda 
ma’lumotlar bazasini yaratish so‘rovlar o‘rnatish, jadvallar o‘rtasida o‘zaro 
bog‘liqlikni o‘rnatishning nazariy asoslari qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. 
REJA 
1.
Tibbiy axborot tizimi hamda tibbiy ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot. 
2.
MBBT - Ma’lumotlar bazalarini boshkarish tizimi va asosiy ob’ektlari. 
3.
MB maydonlarining xossalari. 
4.
MB maydonlarning turlari. 
5.
Microsoft Access MB fayli ob’ektlari va ular ustida amallar bajarish. 
Kalit so‘zlar:
Axborotlashtirish 
– ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo‘lib, bridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan axborot tizimlari va axborot texnologiyalarinidan foydalanish 
shartlarini ta’minlaydi. 
YAngi axborot texnologiyalari
– hisoblash va dasturiy vositalni yaratish, uzatish va 
qayta ishlash usul va uslublar majmuasi 
Tibbiy axborot tizimi 
– hujjat almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimi. Tibbiy 
ma’lumotlarning raqamli ko‘rinishi, moliyaviy hamda boshqaruv tizimlarining 
birlashgan majmui. 
Tibbiy elektron yozuv -
tibbiy elektron yozuvlarni yig‘ish, qayta ishlash, 
uzatishning integratsion tizimi 
Ma’lumotlar bazasi (MB)
- axborotlarini saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va 
to‘ldirib turuvchi xamda so‘rovlar, tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur 
vosita va usullarga ega bo‘lgan dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. 
Foydalanuvchilar 
- loyihalanib bo‘lgan MBni to‘ldirish va ma’lumotlarga kirish 
huquqiga ega shaxslar
Loyihalovchilar -
MBdan foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan holda 
MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yaxshilash, boshqarish bilan 
shug‘ullanadiganlar 
Ko‘pgina
kuzatuvchilarning fikricha, 2 mavzu- IAT(ilmiy axborot 
texnologiyalari) hamda sog‘liqni saqlash o‘zaro chambarchas bog‘liq. Qator 
sog‘liqni saqlash tashkilotlari klinik axborot boshqaruvi soxasidagi 
kompyuterlashgan tizimdan foydalanishga asoslangan faoliyatni yuritishga e’tibor 
qaratmoqdalar. Bunda albatta, kompyuter nafaqat bemorga xizmat qilish, balki 
kerakli ma’lumot almashinuvida, teletibbiyot masalalarini hal etishda ham bevosita 
ishtirok etadi. Masalan bemorning bir tibbiy muassasaga murojaat qilganida, shu 
kungaqadar qaysi tibbiy muassasalarda davolangani hamda bundagi davolash 
usullarini o‘rganish imkoni bo‘ladi. SHuningdek, davolash uslubini o‘rganishda 


markazlashgan kutubxonaga ulanish masalalari, bemorning kasallik ma’lumotlarini 
konffidensialligi, bemorlar va shifokorlarga kerakli ma’lumotni taqdim etib bera 
oladigan, havfsiz bo‘lish bilan birga boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim eta 
bilishi kerakdir. Bularning barini sog‘liqning elektron yozuvi o‘zida aks 
ettiradi.Elektron yozuvning joriy qilinishi integratsiya tizimining vazifasi 
hisoblanadi. Tibbiy elektron yozuvlari( TEYO) ning klinik tadqiqotlarni 
saralashdagi o‘rnini o‘rganamiz. TEYOning joriy qilinishi bemoning kundalik 
kuzatuvida chalkashliklarni tug‘dirishi mumkin. Sababi, onlayn tizimida kiritilgan 
keyingi ma’lumot yangilashi mumkin bo‘ladi. Dinamikani o‘rganishda esa asosiy 
klinika kompyuterining hotirasiga murojaat orqali aniqlanishi mumkin. 
Davlat va federal hukumatning o‘rnini alohida ta’kidlash joiz. Sababi ayrim 
aholi vakillarining salomatligi haqidagi ma’lumotlarning ovoza bo‘lishi, 
ayrimlarga taz’yiq o‘tkazilishini oldini olish, jamiyatdagi ijtimoiy tinchlik 
ta’minlanishi kerak. Kuzatuv vaqti o‘rnatilgangandan keyin olingan ma’lumotlarni 
haqiqiyligini tekshirishda taqdim etuvchilarga ularni tasdiqlash uchun qayta 
yuboriladi. SHu tariqa markazlashgan tizimda ikki tomonlama aloqa yo‘lga 
qo‘yilgan bo‘ladi. (rasm.1.6). Bu bevosita taqdim etuvchining axborotini axborot 
integratsiyasiga mos xolda standartlashni ta’minlaydi. 
SHifokor va elektron-tibbiy nazoratchi orasidagi bunday bog‘liqlik klinik 
tajribalarni ancha sifatli va samarali o‘tishini ta’minlaydi. Sog‘liqni saqlashni 
rejalashtirishda bir necha klinik va regional tibbiy muassasalardan olingan 
ma’lumotlarning davlat darajasida hal etish imkonini beradi. Internet va raqamli 
axborot almashinuvi bugungi kunda tibbiyot va sog‘liqni saqlashning ajralmas 
qismiga aylandi. 
( Edward H. Shortliffe, James J. Cimino Editors Biomedical Informatics. Springer, 
New York, 2014, str 4-13) 
Sog‘liqni saqlash tizimida elektron ma’lumotlardan foydalanish tizimini yaratish 
va undan keng foydalanish dolzarb mavzu. Bugungi kunda ma’lumotlar bazasini 
yaratish barcha davlat tashkilotlarida yo‘lga qo‘yilgan. Sog‘liqni saqlash tizimi 
bundan mustasno emas. Ushbu tizim markazlashgan tibbiyot muassasalarida keng 
ko‘lamda ishlamoqda.
Dasturchilar tilida Microsoft Access - Ma’lumotlar Bazasi (MB), axborotlarini 
saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va to‘ldirib turuvchi xamda so‘rovlar, 
tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo‘lgan 
dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. Ma’lumotlar Bazasi tuzilmasi, bu 
jadvallar maydonlaridan, maydonlarning turlari va xossalaridan iborat tuzilma. 
MB maydonlarining xossalari. 
MBning maydonlari baza tuzilmasini belgilashi bilan bir qatorda, muayyan 
maydonga tegishli katakchalarga yozilib boruvchi ma’lumotlar uchun umumiy 
bo‘lgan xossani ham aniqlab beradi.

Maydon xossasi tushunchasi MBga oid iboralar ichida etakchi o‘rin tutadi.
SHu boisdan, maydon xossalarining asosiylarini qisqacha kurib o‘tamiz: 
1- Maydon nomi (imya polya) 
Maydon nomlari jadval ustunlarining sarlavhalari sifatida ishlatiladi. 


Bu, baza bilan avtomatik amallar bajarilayotgan paytda mazkur maydonning 
ma’lumotlariga qay tarzda murojaat etish kerakligini ta’minlovchi xossa. 

2 - Maydon turi (tip polya) - berilgan maydon tarkibidagi ma’lumotlarning 
turini bildiradi. 

3 - Maydon o‘lchami (razmer polya)- berilgan maydon katakchalariga 
sigishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning maksimal uzunligini belgilovchi 
xossa. 

4 - Maydon formati (format polya) - maydonga tegishli katakchalaridagi 
ma’lumotlarni formatlash usulini aniqlab beradi. 

5 - Ma’lumot kiritish niqobi (maska vvoda) – bu xossa ma’lumotlarni 
kiritishning avtomatlashtirish vositasi bo‘lib, maydonga kiritiladigan 
ma’lumotlarni qanday shakl orqali bajarilishini aniqlaydi.

6 - Imzo(podpis)
Bu, jadvalda maydonga mos ustunning sarlavhasini aniqlovchi xossa.
Agar imzo alohida ko‘rsatilmasa, uning o‘rnini “maydon nomi” egallaydi. 
MB maydonlarining turlari. 
Maydon turlari deganda odatda baza jadvalining maydonlariga kiritiladigan 
ma’lumotlar turlari tushuniladi.

Maydon turi bu alohida bayon etishni talab etuvchi maydon xossasi bo‘lib, 
uning ko‘rinishlari quyidagilardan iboratdir: 
1- Matnli maydon (tekstovoe pole)
CHegaralangan, ko‘pi bilan 255 ta 
belgiga teng o‘lchamdagi biror qolipga solinmagan matnlarni saqlashga 
mo‘ljallanmagan maydon. 
2 - Sonli maydon (chislovoe pole), 
haqiqiy sonlarni saqlashga mo‘ljallangan. 
3 - Sana/vaqt maydoni
(pole “data/vremya”) - kalendar, sana va joriy vaqtni saqlovchi maydon. 
4 - Pulli maydon (denejnoe pole),
pul mablag‘larning sonlardagi qiymati saqlanadigan maydon. 
5 - Hisobchi maydon (schetchik),
kiritilayotganlarni tartib bilan raqamlash uchun ishlatiladigan sonlar maydoni. 
6 - Gipermurojaat maydoni (pole“giperssыlka”),
Internet Web – ob’ektlarining URL manzillarini saklashga mo‘ljallangan 
maxsus maydon. Undagi kayd kilinganlar gipermurojaatlardan iborat. 
MBBT - Ma’lumotlar bazalarini boshkarish tizimiga murojaat etuvchilarni shartli 
ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
- foydalanuvchilar guruhi 
- loyihalovchilar guruhi.
Loyihalovchilar - MBdan foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan 
holda MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yahshilash ustida ishlaydi. 
Foydalanuvchilar - MBBTga murojaat etuvchilar vakillari loyihalanib bo‘lgan 
MBni to‘ldirish va ma’lumotlarga kirish huquqiga egadirlar xolos.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish