tengsizlik huquqi shu darajaga borib etdiki, rivojlanayotgan mamlakatlarni xo’jalik
sub’ektlari sifatida gapirish biron ma’no kasb etishi qiyin. Xalqaro milliy
korporatsiyalarning paydo bo’lishi bilan qoloq mamlakatlar o’z mohiyatiga ko’ra
iqtisodiy suverenligini yo’qotdi, jahon kapitalistik xo’jaligining “qaram
podsistemasiga” aylandi. Furtado qayd qilib o’tganidek: “Qoloq iqtisodiyotda
rivojlanish ko’pincha xorijiy korxonalarning keng tarqalishiga bog’liq bo’ladi va
shu ma’noda bunday rivojlanish “xalqaro” hisoblanadi. Ushbu xorijiy
korxonalarning faoliyati ko’rila - yotgan podsistema tashqarisida qabul qilinadigan
qarorlarga asoslanadi” Qiyosli ustunlik nazariyasi metodologiyasi tanqidining
ikkinchi, asosiy yo’nalishi iqtisodiyotning ijtimoiy o’lchamiga qaratilgan. Xalqaro
mehnat taqsimotining neoklassik kontseptsiyasi tarafdorlarli ham, “mahsulotning
hayotiy tsikl” nazariyachilari ham xo’jalik yuritishning ijtimoiy masalalarini
nazardan chetda qoladirishgan. Ijtimoiy masalalar esa, tanqidiy yo’nalish
vakillarining ta’kidlashicha, “sof iqtisodiy” faoliyatga o’ziga xos tarzda ta’sir
ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarni U.Lyus quyidagi misolda tasdiqlab beradi. Ikki
mamlakat - rivojlangan va qoloq - tayyor mahsulot va xom ashyo ayirbosh qilyapti
deb faraz qilamiz. Agar “sof” neoklassik nazariya
nuqtai nazaridan olib qarasak,
unda ayirboshlash shak-shubhasiz o’zaro foydali deb tan olinadi. Lekin kam
rivojlangan iqtisodiyotning o’ziga xosligini hisobga olib salgina o’zgartirish
kiritsak, xulosa butunlay boshqacha chiqadi. Ko’pchilik qoloq mamlakatlarda juda
past mehnat unumdorligiga asoslangan ancha ko’p natural xo’jalik sektori amal
qiladi. U erda ish haqi past bo’lganligi sababli ortiqcha ishchi kuchi eksport
sektoriga doimo oqib o’tadi. Shuning uchun rivojlanayotgan mamlakatlar eksport
sektorida unumdorlik qanchalik oshmasin, undagi ish haqi darajasi baribir natural
xo’jalikdagi past mehnat unumdorligi bilan aniqlanadi. Modomiki esport sektor
tadbirkor-larning foydasi, U.Lyus bo’yicha, xalqaro miqyosda tenglashar ekan,
mehnat unumdorligining o’sishi natijalaridan rivojlangan mamlakatlar
iste’molchilari foyda ko’radi. Birining ikkinchisi tomonidan ekspluatatsiya
qilinishi ko’rinib turibdi. Xo’jalikni boshqarishning ijtimoiy jihatlari tahlili,
tanqidiy yo’nalish tarafdorlarining ta’kidlashicha, o’zaro tartib yondashuvini
taqozo etadi, ya’ni iqtisodiy jarayonlarning huquqiy, siyosiy, madaniy an’analar,
psixologiya va shu kabilar bilan o’zaro ta’sirini o’rganish talab qilinadi. Bunday
metodologik ko’rsatma ba’zi bir ijobiy natijalarga erishishga imkon berdi. Masalan,
mustamlaka-chilik hukmronligi va mustamlakachilikning emirilishi davridagi
jahondagi yetuk mamlakatlar siyosatini konkret tadqiqot qilish asosida G.Myurdal,
F.Perru va ularning hamkasblari qaram mamlakatlarda aniq maqsadga yo’naltiril -
gan asimmetrik (muvozanat buzilgan) iqtisodiyotni shakllantirish mexanizmini
ochib berdi va shu bilan “uchinchi dunyodagi” og’ir, mushkul ahvol uchun
javobgarlikning bir qismi kimning bo’yniga tushishini ishonarli qilib ko’rsatib
berdi. G.Zinger, T.Balog, S.Furtadolarning “namoyish samarasi”
atalmish tahlili
o’zaro tartib yondashuvini unumli qo’llashga yana bir misol bo’la oladi. Bu
iqtisodchilarning kuzatishi bo’yicha, qoloq mamlakatlarga eksport qilinayotgan
tovarlar bu yerda nafaqat iste’mol buyumlari vazifasini o’taydi, balki yuqori
rivojlangan mamlakatlar turmush tarzi to’g’risida axborot tarqatish vazifasini ham
o’taydi va bu mahalliy aholining ancha boy qatlamiga “namoyish ta’sirini”
o’tkazadi. Yer egalari, burjuaziya va amaldorlar rivojlangan mamlakatlarning
iste’mol andozalarini qabul qilishga kirishadi. Natijada avvalari ko’p daromad
egalarining istemoli uchun import qilinadigan tovarlar
endi mahalliy sanoat
tomonidan ishlab chiqarilishi kuchayadi. Shu bilan zaruriy buyumlarni ishlab
chiqarish uchun mo’ljallangan kapital qo’yilmalari qisqaradi. Nega bunday jadal
“rivojlanish” ko’pincha aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelishi
shunday ko’rinib turibdi. Tanqidiy yo’nalish vakillari qiyosli ustunlik
nazariyasining kamchiliklarini ishonarli qilib ko’rsatib bersada, ular mazkur
nazariyaga qarshi muqobil raqobatbob nazariya tavsiya eta olmadi. Ularning
batafsil ishlab chiqilgan kontseptsiyasi bo’lmaganligi sababli, ulardan faqat ayrim
metodologik element - larni, nazariy g’oyalarni olish mumkin. Masalan, G.Zinger
bo’yicha, xom ashyo va mehnatni iqtisod qiluvchi yangi texnika yuqori rivojlangan
mamlakatlar muammosini yechish uchun mo’ljallangan. Demak, uni
rivojlanayotgan mamlakatlarda qo’llash, ularning manfaatlariga javob bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: