Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va


Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

10. Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib 
chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm 
Reja 
1.
Salmonellezlar qo‘zg‘atuvchilarining umumiy xarakteriyatikasi. 
2.
SHigellezlarning morfologiyasi, kultural biologik xossalari. 
3. Dizenteriyaning patogenida laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi
 
 
Tayanch iboralar:
Ploskirev, Vismut-sulfit agar,
Veterenar-sanitar nazoratini
 
10.1 SALMONELLEZLAR QO‘ZG‘ATUVCHILARINING UMUMIY 
XARAKTERIYATIKASI. 
Salmonellalar avlodiga morfologik, kultural va fermentativ xususiyatlari jihatidan paratif V 
qo‘zg‘atuvchisiga o‘xshash bo‘lgan ko‘pgina salmonella turlari va tiplari kiradi. 
1885 yilda Amerikada D. Salmon cho‘chqalardan S.suis ni ajratib oladi. Bu qo‘zg‘atuvchi 
uzoq vaqtlargacha cho‘chqalarda toun (chuma) kasalligini chaqiradi deb hisoblanib kelar edi. 
Keyinchalik esa bu cho‘chqa touni kasalligi bilan birga kechadigan infeksiya ekanligi odamlarda 
esa toksiko-infeksiyani, ya’ni ovqatdan zaxarlanishni chaqirilishligi aniqlandi. 
1885 yilda A.Gertner Saksoniyada toksiko-infeksiya kasalligi tufayli so‘yilgan sigir 
go‘shtidan va uni eb o‘lgan odamdan S.hertneri qo‘zg‘atuvchisini topadi. Bu qo‘zg‘atuvchining 
dengiz cho‘chqalariga, oq sichqonlar, qo‘y va echkilar uchun ham patogen ekanligi aniqlandi. 
1895 yilda Breslavl shahrida K.Kenshe va 1898 yil Ertirik shahrida J.Nobel ovqatdan 
zaxarlanishda S.breslau qo‘zg‘atuvchisining sababchi ekanligini aniqlashdi va uni sof kulturasini 
ajratib olishdi. 
10.1-rasm 
SHunday qilib salmonellalarning odamlar uchun patogen bo‘lgan va ovqatdan zaxarlanish 
holatlarini chiqaradigan 100 dan ortiq turlari borligi aniqlandi. 
 
Morfologik tuzilishi bo‘yicha Enterobacteriacei oilasining vakillariga o‘xshash bo‘lib, ular 
peritrix xivchinlari tufayli xarakatchandir. 


64 
Fakultatif aerob, optimal temperaturasi 37
0
, oddiy oziq muhitlarida yaxshi o‘sadi. 
Fermentativ xossasi. Salmonellalar jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi H
2

hosil qiladi. Glyukoza, maltoza, mannit, saxarozalarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi. 
Ekzotoksin hosil qilmaydi. Glyusid-lipit-protein kompleksidan tashkil topgan endotoksinga 
ega. 
Serologik belgilariga qarab salmonellalar bir qancha (35 ta) guruhlarga bo‘lingan. SHulardan 
Kaufman-Uayt klassifikatsiyasi bo‘yicha S.enteritidis - D guruhiga, S tihyimurium – V guruhiga, 
S.choierae suis – S guruhiga kiradi. Salmonellalarning klassifikatsiyasi ularning antigen, kultural 
va biologik xossalariga qarab tuzilgan. 
Ovqatdan zaxarlanishni chaqiruvchi salmonellalar tif va paratif qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan 
birmuncha chidamlik. YUqori tumperaturaga, osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasiga, 
ayrim kislotalarga chidamli, 60-70
0
da 1 soatda, 8-10% uksus kislotasida 18 soatda halok bo‘ladi. 
400 grammlik go‘sht bo‘lagida 2,5 soat qaynatishga chidaydi. Uy temperaturasida 2-3 oy 
saqlanadi. Endotoksinlari esa qaynatgandan so‘ng ham bir necha soat saqlanib qoladi. SHunisi 
xarakterli salmonellalar bilan zaxarlangan ovqat mahsulotlarining ko‘rinishi ham, hidi ham 
buzilmaydi. 
Odamlar uchun patogen bo‘lgan salmonellalarning ko‘pchiligi ko‘pchilik hayvonlar ichida, 
ya’ni yirik shohli hayvonlar, cho‘chqa va jo‘jalar orasida ko‘p tarqalgan va ularda turli kasallar 
chaqiradi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar salmonellalarga sezgir. Kasal hayvonlar 
go‘shtidan, kasal tovuq tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi. 
Salmonellalar bilan zararlangan ovqatlarni iste’mol qilish kasallikning kelib chiqishiga 
sabab bo‘ladi. Ayniqsa kasal hayvon, qushlar va ularning tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar 
ko‘proq kasallikka sababchi bo‘ladi. salmonellalar ovqat bilan qanchalik ko‘p tushsa u tez 
ko‘payib shunchalik ko‘p o‘ladi va ulardan ko‘plab endotoksin ajralib chiqadi. Oshqozon ichak 
traktidan endotoksin qonga o‘tadi va bir necha soatdan so‘ng kasallik belgilari asosida o‘tadi. 
Kasallik faqat zararlangan ovqatlardan emas, balki kasal odamlardan va kasal tashuvchilardan 
ham yuqadi. Bunday hollarda kasallik ko‘proq yosh bolalar orasida uchraydi
. Bolalarda 
salmonellez dispepsiya, enterokolit, qorin tifi ko‘rinishida o‘tadi va ko‘pincha septitsemiya va 
bakteriemiya holatini chaqirib, ba’zan surunkali dizenteriya deb noto‘g‘ri tashhis qo‘yiladi. 
Salmonellalarning endotoksini ichak shilliq qavatining va limfatik sistemaning himoya qilish 
qobiliyatini ham ishdan chiqaradi va natijada bakteriyalarning qonga o‘tishiga zamin yaratiladi va 
bunday hollarda kasallikning birinchi soatlaridayoq qonda bakteriyalar topiladi. Kasallik asosan 4-
5 kun davom etadi.
Kasallikdan so‘ng kuchsiz va qisqa muddatli immunitet hosil bo‘ladi. Kasal bo‘lib o‘tgan 
odamlar qonida agglyutininlar, pretsipitinlar, bakteriolizinlar va boshqa antitelolar topiladi. 
Salmonellalarning bir serovari bilan chaqirilgan kasallikdan so‘ng boshqa serovarlariga immunitet 
hosil bo‘lmaydi, ya’ni qarama-qarshi immunitet mavduj emas.
Ovqat qoldiqlari, buyumlardan olingan chayindilar, kasalning axlati, qusugi, oshqozon 
yuvilgandagi suv, qon, siydik, o‘likdan olingan materiallar oziq muhitlarga ekilib (Endo, 
Ploskirev, Vismut-sulfit agar va h.k.) sof kultura ajratib olinadi va ularning kultural, serologik va 
biologik hossalari o‘rganiladi, ya’ni turlari va serovarlari aniqlanadi. Ayrim hollarda ajratilgan 
kultura yoki ovqat qoldiqlari bilan biologik probalar qo‘yiladi. Retrospektiv diagnoz qo‘yish 
uchun kasallikning 8-10 kunlarida rekonvallessentlarning qon zardobi bilan asosiy 
qo‘zg‘atuvchilarning diagnostikumlari bilan Vidal reaksiyasi qo‘yiladi. 
Antibiotiklar-streptomitsin, levomitsin, xlortetrotsiklin va tetroatseklin, oshqozonni yuvish, 
glyukoza va fiziologik eritmalar quyish yaxshi natija beradi.
Veterenar-sanitar nazoratini kuchaytirish, ya’ni go‘sht va go‘sht mahsulotlarini doimiy 
tekshirib turish, oziq-ovqat sohasida ishlovchilarni bakteriya tashuvchilikka tekshirib turish va h.z. 


65 
Ayrim hollarda ovqatdan zaxarlanish shartli patogen mikroblari tomonidan ham chaqirilishi 
mumkin (proteus morgani, Pr. miriabilis, Pr. rettgeri, Pr. incostans, E.Coli va b.). 
Salmonellalar ko‘pchilik hollarda bolnitsa ichi kasalligini ham chaqiradi. Bunda 
S.tiphymirium ko‘proq uchraydi va ayrim hollarda S.heidelberg, S.derby, S. Haifa, S. Wien va 
boshqalar qatnashadilar. Bu salmonellalar barcha xususiyati jihatidan yuqorida ko‘rsatilgan 
salmonellalardan farq qilmayd
9
i

YOsh bolalarda bolnitsa ichi kasalligi uzoqroq davom etadi va og‘irroq kechadi, ularda og‘ir 
intoksikatsiya va oshqozon-ichak traktining kuchli shikastlanishi kuzatiladi. Bolalarda salmonellez 
intoksikatsiyasi natijasida modda almashinuv va gipotalamus ishi buziladi. Emizikli bolalarda 
ko‘p suv va tuz yo‘qotishlari natijasida toksikoz va suvsizlanish holatlari kuzatiladi. YOsh 
bolalarda ayniqsa stafilokokkli viruslar, esherixiyalar chaqirgan kasalliklarga yoki pnevmoniyaga 
salmonellez qo‘shilsa ularda sepsis yoki meningit rivojlanib kasallik nihoyatda og‘ir o‘tishi 
mumkin. 
Laboratoriya diagnostikasi, davosi, profilaktikasida boshqa salmonellalardan farqi yo‘q. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish