O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   202
tashqi qarz 
vujudga keladi. 
Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda kapitallarining milliy 
bozoridan va ham tashqi bozoridan qarz oladi. 
Xalqaro kreditning tez o'sishi kapitalning mamlakatlarar» migratsiyasi, mamlakat va 
regionlar iqtisodiy o'zaro bog'liqligining chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro 
kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning extiyojlarini qondirish, ham davlat byudjei 
taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi 
qarzlarning o'sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiy milliy vositalar 
bilan nazorat qilib bo'lmaydigan ham kreditor va ham debitor mamlakatlar iqtisodiyotini kuchayib 
boruvchi bog'liqligi hisoblanadi. 
3-§.
Soliq tizimi va uning vazifalari
 
Soliq nqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadnipg bir qismini budjetga jalb qilish 
shakli bo'lib, moliyaviy munosabatlarnnng tarkibiy qismini tashkil qiladi. 
Soliq - bu budjetga 
majburiy to'lovlar shakli. 
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. 


Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari 
birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. 
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: 
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); 
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); 
- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). Davlat sarflari soliq tushumlari 
hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o'sishi o'z navbatdagi soliqlarning o'sishini 
taqazo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. 
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo'lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq 
hajmining o'sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi. 
1. Aholi sonining o'sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o'zgarmay qolgan 
taqdirda ham, aholining o'sgan qismini ijtimoiy ne'matlar va hizmatlar bilan ta'minlash qo'shimcha 
mablag'larni zarur qilib qo'yadi. 
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush 
darajasining ortishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi. 
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi soniniig o'sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof 
muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko'p miqdordagi moddiy ne'matlarni ishlab 
chiqarish va iste'mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo'shimcha xarajatlarning 
o'sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muxit muammosini hal qilishda asosiy rol (davlat zimmasiga 
tushadi. 
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan 
ijtimoiy sugurtani rivojlantirish, ishsizlik bo'yicha nafaqalar, ijtimoiy ta'minot, tekin meditsina 
yordamlari davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy joy qurilishi kiradi. 
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligining ta'minlash xarajatlari hajmining o'sishi. 
Hozirgi davrda davlatning soliq siyosatini O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Ko'mitasi 
va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi. 
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to'lovlari soliq undirishning obyektlari, 
soliq to'lash tarti6i, soliq to'lash bo'yicha imtiyozlar, soliq to'lash bilan bog'liq ravishda kelib 
chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O'zbekiston Respublikasining soliq 
to'g'risidagi Qonunlari bilan aniqlanadi. 
Korxonalar faoliyati soliq yordamida tartibga solish quyidaga umumiy prinsiplari asosida 
amalga oshiriladi: 
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog'liq bo'lmagan holda soliq undirishning 
majburiyligi; 
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; 
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo'jalik yuritishning progressiv shakllari uchun 
soliq normalarining rag'batlantiruvchi rolini ta'minlash; 
- soliq to'lovi bo'yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat. 
Soliq stavkasini belgilash bir qator prinsiplarga asoslanadi. 1. Naflilik prinsipi xar xil 
kishilardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga 
qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. 
Soliq summasining (K) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq 
stavkasi (K.) deyiladi yoki, 
R
R= -------- 100% 

2. To'lovga layoqatlilik prinsipi soliq miqdori soliq to'lovchining boyligi va daromadlari 
darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli 
taqsimlanishini taqozo qilish zarur. 
3. Adolatlilik prinsipi - daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo'yicha 
teng bo'lgan kishilar teng miqdorda soliq to'lashi zarur. 
Soliq bo'yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida 
o'rnatiladi. Soliq imtiyozlarning amaliyotda quyidagi turlari keng tarqalgan: 
- obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini balgilash; 


- soliq to'lashdan alohida shaxs yoki ma'lum guruxlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod 
qilish; 
- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish; 
- soliq olinadigan summadan chegirish; 
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma'lum miqdorga 
kamaytirish). 
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. 
Soliq stavkasi va daromadlar o'rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o'sib 
boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo'linadi. 
1. Agar soliqning o'rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o'sib borsa, progressiv soliq 
xisoblanadi. 
2. Daromaddar o'sib borish bilan o'rgacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv 
soliqlar deyiladi. 
3. Proporsional soliq o'rtacha soliq stavkasi daromad hajmita bog'liq bo'lmagan holda 
o'zgarishsiz qolishini taqazo qiladi. 
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir ko'rsatib, iqtisodiy faollikni tartibga 
solishning vositalaridan biri rolida ham chiqadi. 
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo'shilish 
usuli (to'g'ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish