Nostandart darslar.
XX asr 70-yillari oʼrtalarida, milliy maktablarda
oʼquvchilarning mashgʼulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi.
Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga
alohida eʼtibor qaratildi. Nostandart dars anʼanaviy tuzilishdagi improvizatsion
oʼquv mashgʼulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning oʼnlab turlari
mavjudligini koʼrsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy oʼyinlar, matbuot
konferentsiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi oʼyinlar, tanlov,
teatrlashtirilgan darslar, binar, komp’yuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”,
haqiqatni izlash, “paradokslar”, auktsionlar, dialoglar va boshqalar koʼzga
tashlanadi.
Oʼqituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uning puxta
tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bogʼliq. Yaxshi
rejalashtirilmagan, yetarlicha oʼylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va
oʼquvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli boʼla olmaydi. Darsga
tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni taʼminlovchi
oʼquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini taʼminlash, komleks chora-tadbirlarni
ishlab chiqishdir.
Oʼqituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich koʼzga
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). Shu bilan
birga oʼqituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, oʼz fanini erkin olib borishga
erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini boʼlajak mashgʼultning algoritmlari,
samaradorligi bogʼliq boʼlgan omillar va holatlarni hisobga olishni taʼminlovchi
qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Аlgoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan
boshlanadi.
Tashxis
didaktik
jarayon
kechadigan
barcha
sharoitlarni
oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda oʼquvchilarning imkoniyatlari,
ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va
qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, oʼquv materialining xususiyati, uning amaliy
ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni oʼzlashtirish, mustahkamlash va
tizimlashtirish, bilim, koʼnikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi
holatlar namoyon boʼladi.
Bashoratlash boʼlajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va
ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng maʼqulini tanlab olish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) oʼquvchilarning oʼquv faoliyatini boshqarish
dasturini yaratish boʼlib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog oʼzi uchun
boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon soʼrash, qaerda mavzuni
kiritish, mashgʼulot keyingi bosqichiga qanday oʼtish, oldindan koʼzda tutilmagan
qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema boʼyicha qayta
oʼzgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi
darsning anʼanaviy rejasidan boshqarish taʼsir koʼrsatishlarini aniq va tushunarli
belgilab olish bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |