partizanlardan hamda noprofession talabalardan tuzilgan kuch bo‘lgan «Tolibon»
o‘z harakatining deyarli boshidan namoyish etgan darajada mahorat va
uyushqoqlik bilan xarakat qilishi mumkinligiga aql bovar qilmaydi. Uning a’zolari
orasida, shubhasiz, afg‘on qurolli kuchlarining sobiq vakillari bo‘lsa-da, ularning
hujumkor operatsiyalari tezlik va ustalik bilan olib borilganligi, shuningdek,
ularning aloqa vositalari, havodan bomba tashlash va artilleriya otishmalarini
sifatli bajarishi ular Pokiston harbiylari oldida, yoki, hech bo‘lmasa, ularning
professional madadi uchun qarzdordirlar, degan xulosaga muqarrar olib keladi»
80
.
Keyinchalik MDHning janubiy chegaralarida toliblar tomonidan Shimoliy
uyushmaga qarshi olib borilgan janglarda panjobiy tilda so‘zlashuvchi yuzlab
pokistonliklar – muntazam piyoda qo‘shinlar askarlari qatnashishgan.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni ham «Tolibon» harakatini moliyaviy va
moddiy jihatdan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelgan. «Tolibon» Qandahor
80
Мартин Эвене. Афганистан: новая история. – Cuzzon, 2001. – С. 182-183.
53
ustidan nazorat o‘rnatganidan keyin razvedka boshlig‘i Mavlono Fazl ur-Rahmon
Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi davlatlari podshohlar xonadoni a’zolarini
«ovlash»ni tashkil qila boshlagan. 1996 yil o‘rtalariga kelib Saudiya Arabistoni
«Tolibon» hujumlarini qo‘llabquvvatlash uchun Kobulga pul, transport vositalari
hamda yonilg‘i yubora boshladi.
Shunchaki qaraganda, Saudiyaning «Delta Oil» neft kompaniyasi quvur
o‘tkazgichning taxminiy loyihasida «Unocal» kompaniyasining sherigi bo‘lib,
uning qurilishi uchun «Tolibon» harakatining g‘alabasi juda ham zarur edi.
Shunday qilib «Tolibon» harakati, dastlab Qandahorni va pushtunlar ko‘proq
bo‘lgan janubiy viloyatlarini qo‘lga kiritdi. Biroq toliblar Kobulga hujum qilish
o‘rniga, asosiy zarbani shimoli-g‘arbiy yo‘nalishga, turkman-afg‘on chegarasi
tomonga qaratishdi. Chunki toliblar Kobul ostonalarida Ahmad Shoh Mas’ud
armiyasining qarshiligiga duch kelishgan. Lekin asosiy sabab boshqa bo‘lib,
«toliblar Qandahor – Hirot yo‘lidan, ya’ni Pokistonni Markaziy Osiyo bilan
bog‘lashi kerak bo‘lgan asosiy magistral yo‘lning afg‘onistonga qarashli qismidan
o‘tishgan. Qizig‘i shundaki, 1994 yil yozida Turkmanistonning Kushka shahridan
Pokistonning Chaman shahrigacha temir yo‘l qurilishi loyihasi ma’qullangandi. Bu
shoxobcha Afg‘onistonning g‘arbiy viloyatlaridan Hirot va Qandahor orqali o‘tishi
lozim edi. Bir muncha vaqtdan so‘ng bu yerda toliblar paydo bo‘lishdi»
81
.
1994 yilga kelib «Tolibon»lar Hirot shahrini bosib olib, Afg‘onistonning
Turkmaniston bilan chegarasiga chiqib olishdi. Shunday qilib, 1995 yildayoq
Markaziy Osiyo mintaqasiga transport yo‘lagini ochishdan iborat geosiyosiy
vazifaning birinchi bosqichi bajarildi. O‘shanda Turkmaniston hukumati «Unocal»
kompaniyasiga turkmaniston-Afg‘oniston chegarasidan Pokistondagi Mo‘lton
shahrigacha gaz quvuri qurish uchun konsorsium tuzish huquqini berdi.
Shu paytda, Pokiston rejasi bo‘yicha harakatlanayotgan «Tolibon» harakati
endi mustaqil harakatlana boshladi va shu bois Pokiston – «Tolibon» koalitsiyasi
inqirozga uchradi. Bundan tashqari, toliblar Afg‘onistondagi etnik o‘zbeklarning
81
Москаленко В. Пакистан – курс на Центральную Азию // Восток/ Oriens. 1996, №15. – С. 84.
54
general Abdurashid Do‘stum boshchiligidagi «Jumbish-Milliy» (Afg‘oniston
milliy islom hapakati), etnik tojiklarning Burhoniddin Rabboniy va Ahmad Shoh
Mas’ud boshchiligidagi «Afg‘oniston islom jamiyati» va xazoriy shialarining
Muhammad Haliliy rahbarligidagi «Hizbi Vaxdat»i (Afg‘oniston islom birligi
Do'stlaringiz bilan baham: |