TA’LIM RIVOJI MENING NIGOHIMDA
O'zbekiston bugungi kunda tubdan yangi davlat bo'lib, unda barcha sohalardagi - siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va ma'naviy sohalardagi ijobiy o'zgarishlar islohotlarning bosqichma-bosqich
amalga oshirilishini nazarda tutadi. Islohotlarning har bir bosqichida respublika uzluksiz ta'lim
tizimiga innovatsion texnologiyalar kiritilmoqda, ta'lim va tarbiya texnologiyalarining ilmiy asoslari
ishlab chiqilmoqda, pedagogik innovatsiyalarning katta tajribasi, mualliflik
maktablari va yangi
eksperimental texnologiyalar o'rganilmoqda.
So'nggi yillarda dunyoning ko'plab mamlakatlaridagi
ta'lim tizimlari uchun milliy ta'lim standartlarini yaratish tendentsiyasi xarakterlidir. O'zbekistonda
bunday keng ko'lamli hujjatlardan Konstitutsiya va qonunlar, xususan, O'zbekiston
Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunidir
Har bir mamlakatning ta'lim tizimini o'ziga xos tarzda tuziladi. Ko'pgina
mamlakatlar
umumiy tizim mavjud bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga qamrab oladi :
-Maktabgacha ta’lim (3-6 yosh):
bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy
o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi;
-Umumta’lim maktab (7-17 yosh): Dunyoning aksariyat mamlakatlarida umumta'lim bir necha
bosqichlarga bo'linadi. Boshlang ich (1-4sinf) va yuqori (5-11sinf) bosqichdan iborat. Bu yerda
ʻ
ko'proq farqlar mavjud, chunki maktabni kim bo’lib bitirishi kerakligi va bundan keyin umumta’lim
maktab bitiruvchisi nima qilishi mumkinligi to'g'risida har bir mamlakat o'z tushunchasiga ega.
-Oliy ta’lim(18 va undan yuqori,cheklanmagan):Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon
talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi
talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan,
madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan,
mustaqil
fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga ega bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni
tayyorlashdir.Ta’limda bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Masalan,
axborot
texnologiyalaring o’qitilishi, o’quvchilarning maktab davridan boshlab kasbga yo’naltirish, aniq
fanlarni chuqurlashtirib o’qitish, o’quvchilarning ta’limi va salohiyatiga ko’ra litsey hamda
ixtisoslashtirilgan maktablarga jalb etishga, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan litsey, harbiy, sport,
madaniyat maktablarini ko’paytirilishi va fan olimpiadalarining tashkillanishi davlatimiz tomonidan
ta’lim sohasida amalga oshirilgan yuksak islohatlar hisoblanadi.
Ta`lim sifatini yaxshilash maqsadida maktabgacha ta’limda xususiy bog’chalar
sonini
ko’paytirish, fuqorolar sharoitiga mos keladigan muqobil narxlarda xususiy sektor resurslaridan
foydalanish orqali isloh qilish imkoniyatlari yaratiladi. Ta`lim tizimida samarali natija olish uchun
dastlab maktabgacha ta`lim muassasalaridagi chet tillarida mashg`ulotlarini ko`paytirish orqali
boshlang`ich ma`lumotlar shakllanishiga erishiladi. Maktablarda esa kompyuter bilan ishlashni
tubdan yaxshilash va IT sohasiga katta e`tibor qaratish zarur. O’quvchilarni ta`lim olish jarayonida
o`zlarining qiziqishlari bo`yicha tabaqalashtirish orqali kichik-kichik guruhlar tashkillab, kelajak
kadrlari va yetuk mutaxassislarni yetishtirish mumkin. Masalan, har bir o`quvchi o`zi tanlagan
sohasi bo’yicha fanlarni chuqur darajada o’qiydi yoki hunar egallashni istagan o’quvchilar uchun
alohida tarzda hunarmandlik kurslari tashkil etilib, yirik tadbirkorlik subyektlariga sayohatlar va
soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini tashkillash orqali samarali ishlash yo`lga
qo`yiladi.
Oliy talim muassasalariga qabul jarayonlarida abuturiytentlardan
mustaqil tarzda insho
yozishlari orqali ularning husnixatlari, bexato yozishi va fikirlash darajasini amaliy tarzda baholash
mumkin bo`ladi. Bu takliflarni amaliyotga joriy etish orqali salmoqli natijalarga erishiladi.Oliy
ta’lim muassasalarini xususiylashtirishda biz Amerikada bo’lgani kabi ta’lim
sifatini ancha
yaxshilashga erishamiz,keyin davlat va xususiy universtitet talabalari o’rtasida ancha raqobat ham
kuchayishi bilan ham ta’lim sifatini kuchaytirishimiz mumkin.
Ta'kidlash joizki, mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar
yoshlarni zamonaviy talablarga javob beradigan, mustaqil, teran fikrlaydigan, chet tillarni mukammal
egallagan avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
1