Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik va



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/158
Sana07.03.2022
Hajmi3,96 Mb.
#486009
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   158
Bog'liq
- P2

2. Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik va 
axborotlar izlash. 
R. Dekon va Dj. Sanstelilar ko‘rsatishicha, taqchil 
tovar izlayotgan iste’molchilar ularni izlashga vaqt yo‘qotish 
zaruriyatiga va navbatda turib qolish xarajatlariga duch kelishlari 
mumkin bo‘lib, bu ularning xaridlardan yutug‘ini kamaytiradi
148

Mutanosib bozorlar mavjud bo‘lmaganda iiste’molchilar qo‘shimcha 
xarajatlar qilgan bo‘lardilar (masalan, vaqt yo‘qotishlari yoki pora 
sarflari). Mutanosib bozorda iste’molchilar ratsionlashtirilgan 
tovarlar uchun raqobatlashishlarini ko‘rsatgan T. Nguyen va Dj. Xoli 
147
Qarang: 
Azam J.-P., Besley Т. 
General Equilibrium with Parallel Markets for 
Goods and Foreign Exchange: Theory and Application in Ghana // World Development. 
1989. Vol. 17. No. 12. P. 1921 – 1930. 
148
Qarang: 
Deacon R. Т., Sonslelie J. 
Price Controls and Rent-Seeking Behavior in 
Developing Countries // World Development. 1989. Vol. 17. No. 12. P. 1945-1954.


tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, bitim xarajatlari (taqchillikni izlash, 
navbat kutish va pora berish) mutanosib va rasmiy bozorlardagi 
narxlar o‘rtasidagi tafovutni qoplamaydi
149
, R. Dekona va Dj. Sansteli 
modelini unga mutanosib bozorni kiritgan holda oson kengaytirish 
mumkin. 
S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar boshqa vaziyatni 
o‘rganadilar: hukumat maxsus do‘konlar orqali kuponlar yoki 
ma’lum belgilariga ko‘ra (masalan, ijtimoiy ahvoli yoki bandligiga 
mos ravishda), ratsionlashtiriladigan tovarlarga bepul kirish 
imkoniyatini taqdim qiladi. Ular buni “xarajatlardan holi 
ratsionlashtirish” (costless rationing)
150
, deb nomlaydilar. Biroq 
bunday bepul ta’minotning qo‘llanishi xaridorlar o‘zlarining 
mutanosib bozorda bepul olingan tovarlarini qayta sotganlaridagi 
vaziyat imkoniyatlarini istisno etmaydi., ularga ratsionlashtirilgan 
taqsimotda yuzaga kelgan rentani to‘liq zabt etish imkonini beradi. 
Bu esa nazorat ostida turgan tovarlarni bunday nazorat mavjud 
bo‘lmaganiga qaraganda, iste’molchilarga ko‘proq talab qilish, 
sotuvchilarga esa ko‘proq yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. 
Sababi shundaki, iste’molchilarning daromadlari ko‘p miqdorda 
tovarlarga talab yaratadigan renta hisobiga oshdi. 
D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning Tanzaniya qishloq joylarida 
ko‘pchilik iste’molchilar faol amal qiladigan mutanosib bozorlarning 
mavjudligiga qaramasdan, tovarlarni qo‘lga kiritish holatida 
bo‘lmasliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib, buning sababi 
axborot olish yuqori xarajatlari bo‘lishi mumkin, degan taxminni 
bildiradilar
151
. Agar narxli yoki boshqa ma’muriy cheklovlar 
mutanosib bozor sotuvchilariga qarshi repressiyadan (qamoq va 
jarimalar) foydalanib, kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilinsa, bu 
sotuvchilar nafaqat o‘z mahsulotini reklama qilishda, balki potensial 
xaridorlar bilan bitim tuzishga urinishlarda ham riskka duch keladilar. 
Chunki har qanday xaridor ayniqsa, sotuvchi xaridorga narxlarni 
149
Qarang: 
Nguyen Т. Т., Whalley J. 
Equilibrium under price controls with endoge-
nous transactions costs // Journal of Economic Theory. 1986. Vol. 39. P. 290-300. 
150
Qarang: 
Devarajan S., Jones C, Roemer M. 
Op. cit. P. 1881 - 1894. 
151
Qarang: 
Bevan D., Collier P., Gunning J. W. 
Black Markets: Illegality, 
Information and Rents // World Development. 1989. Vol. 17. No. 12. P. 1955-1964. 


xaridor avval hisoblaganiga qaraganda, ancha yuqori belgilashga 
uringanda, xabar beruvchi bo‘lishi mumkin. Mazkur vaziyatlarda 
sotuvchilar qamoqqa olinish ehtimolini kamaytirishga va tovarlarni 
mutanosib bozorlarda belgilanganidan sezilarli ravishda past 
narxlarda taklif qilgan holda o‘z foydasini ko‘paytirishga majbur 
bo‘ladilar. D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning tadqiqotlari shu tariqa, 
mutanosib bozorlar tadqiqotining yangi jihatini – ularning 
“jozibadorligi” ni, potensial xaridorlar tomonidan nolegal 
sotuvchilarni izlash qiyinchiliklarini tahlil qilishni ochadi. Albatta, 
mutanosib bozorlarni o‘rganish jiddiy cheklanishlarga ega. 
Noqonuniy faoliyat to‘g‘risidagi har qanday masala intervyuyer 
uchun ma’lum risk bilan bog‘liq. Ko‘pgina vaziyatlarda 
so‘ralayotganlar, masalan, ular mutanosib bozorlarda sotgan yoki 
sotib olgan tovarlar miqdori, ular olgan yoki to‘lagan pullar summasi, 
poralar, aniqlangan riskni kamaytirish usullari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni aniqlash mumkin bo‘lmasligi uchun qarshilik 
ko‘rsatadilar. Bundan tashqari, agar respondentlar tadqiqotchiga 
ishonchli axborotni xabar qilishni xohlasalar, mutanosib bozorlar 
tabiatining o‘zi uni umumlashtirishni qiyinlashtiradi: sotilgan tovar 
umumiy miqdorini baholash qiyin, chunki sotuvga juda ko‘plab 
mayda sotuvchilar jalb qilingan. Bu sabablar tufayli iqtisodiy-
matematik 
modellashtirish 
sabablari 
norasmiy 
iqtisodiyot 
nazariyasida boshqa iqtisodiy-huquqiy nazariyalar, masalan, 
jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasi (economics of crime and 
punishment) yoki mulkchilik huquqi iqtisodiyot nazariyasidagiga 
(economics of property right) qaraganda, hali kuchsiz rivojlangan. 
Neoinstitutsional yondoshuvlar norasmiy iqtisodiyotning yangi bir 
butun paradigmasi shakllanishiga olib kelmadi. Zamonaviy g‘arb 
adabiyotlarining tahlili ko‘rsatishicha, an’anaviy institutsionalizm 
ko‘rinishidagi yondoshuvlar ayrim neoinstitutsional g‘oyalar bilan 
yangilangan bo‘lsada, ustuvor tendensiya bo‘lib qolmoqda. Perulik 
iqtisodchi Ernando de Sotoning konsepsiyasi “eski” va “yangi” 
institutsionalizmning bunday sinteziga xarakterli misol bo‘lib, u 
norasmiy iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi tasavvurlarda tubdan inqilob 
yasadi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish