E. Egamberdiev


ta xo’jalik shirkatlarga aylantiriladi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/122
Sana06.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#485101
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

1900 ta xo’jalik shirkatlarga aylantiriladi. 
2001 
yili 52 ta qishloq xo’jalik korxonasi negizida tanlov asosida 
3400 fermer xo’jaligi 
tashkil etiladi.
Sanatsiyaga o’tkazilgan jamoa xo’jaliklarni ko’plari ham o’zini oqlamagan. 
Olti oy ichida yangi tashkil etilgan fermer xo’jaligiga 1 mln. so’m (ya’ni 300 
minimal ish xaqi miqdorida) kredit berilmoqda (yiliga 50 % dan 3 yilga).
Er solig’ini 95 % davlat byudjetiga o’tadi, 5 % dehqon fermer xo’jaligiga 
ketadi. Shaxsiy xo’jaliklarni er solig’ini 2,5 % ham dehqon fermer xo’jaligiga ketadi. 
Dehqon fermer xo’jaliklarini (DFX) qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar ko’p - «Biznes 
fond» DFX qo’llab-quvvatlash fondi, mehnat vazirligi va x.k. 
Respublikamizda er resurslarimizdan foydalanish xolati ham qoniqarli emas 
deb topildi. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa 
viloyatlarda. 
Masalan: 
- erni qonunsiz ravishda egallab olish; 
- sug’oriladigan ekinzorlarni qishloq xo’jalik oborotidan chiqib ketishi
- ko’plab dala maydonlarni turli xil sabablar bilanekilmay qolishi; 
- erdan belgilangan maqsadlarda foydalanilmas xollarini mavjudligi; 
- ko’p erlarni zax, sho’r bosib botqoqlikka aylanib borishi; 
- erdan foydalanishda qonunchilikka rioya qilmaslik xolatlari, mo’ljaldagi ekinlar 
o’rniga boshqa xil ekinlar ekish. Bunday erlar 2001 y. 41 ming 500 ga bo’lgan. 
2001 yilning yakuni bo’yicha 120 ming 500 ga erda paxta xosildorligi 10 
tsentnerdan, Chelak tumanida 8,3 tsentner, Jizzax viloyatini Zomin tumanida 8,6 
tsentner. Eng yuqori paxta xosildorligi 28,7 tsentner bo’lib, bu Farg’ona 
viloyatining Ezyovon, Andijon viloyatining Ulug’nur tumani xo’jaliklariga 
to’g’ri keladi. 
- statistik hisobotlarga er miqdorini fermer xo’jaliklari tomonidan kamaytirib 
ko’rsatilishi.


97
Hozirgi bozorga o’tish sharoitida sanoat tarkibidagi korxonalar xali etarli 
darajada o’zaro raqobatlashayotgani yo’q. bunday mahsulotni etkazib berish bo’yicha 
shartnomalarni tuzishdagi kamchiliklardan, raqobat darajasining xali etarli 
emasligidan, iste’molchilar tomonidan buyurtmalarni kechikib tushishidan ko’rish 
mumkin. Bozor sharoitida korxonalar mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy aloqalarni 
kuchaytirish lozim. Davlat tasarufidan chiqarishning mohiyati shundaki, jamiyat 
hayotining barcha sohalarida davlatning yakka hokimliginitugatishdir. Lekin bozor 
xukmiga bo’ysunmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni davlat hal etadi – davlat 
boshqaradi: milliy mudafaa, jamiyatda tartib o’rnatish, tartibni muhofaza qilish, erni 
saqlash va undan foydalanishni fundamental fan tashkil etish sohalarini rivojlantirish 
qiyinchiliklari va hokazo. 
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni, ularning shakllarini va tuzilishini, turlarini 
ko’paytirish har bir jamiyat a’zosini ijtimoiy-ma’naviy va ma’naviy rivojlanishini, 
shaxsning barcha fuqarolik huquqlarini, erkinligini rivojlanishini qayta yaratish 
lozim. 
Bozor mexanizmini shakllantirishning iqtisodiy sharoiti o’z ichiga bank, birja 
sistemalarini, korxona bozorini, iqtisodiyotning boshqarish va tartibga solish davlat 
tashkilotlarini o’z ichiga oladi. Bank sistemasi bozor iqtisodiyotini yaratib borilishi 
bilan turli xillarga ajralib ketadi. Kredit va moliya muassasalariga ajratiladi. Keyingi 
vaqtlarda qilinayotgan davlat va kommertsiya banklaridan tashqari ko’chmas mulkni 
garovga olish evaziga kredit beradigan (er) «Zamin» bank, kommunal xo’jaligi 
banklari yaratildi. 
Kelajakda banklar nazorat qiluvchi tashkilotlar bilan teng huquqga ega bo’lgan 
iqtisodiy partnerga aylanib, ularning vazifasi faqat korxonalarni bo’sh turgan 
pullarini joylashtirishdan tashqari tadbirkorlik ishlarini amalga oshirish va valyutalar 
bilan savdo qilishdan iborat bo’ladi. Birjalar bozor infratuzilmasining zaruriy 
elementi sifatida korxonalarning faoliyatini samarador bo’lishini ko’p jixatdan 
belgilaydi. Hozirgi vaqtda amal qilinayotgan tovar, fond, mehnat birjalari hozirgi 
korxonalarni resurslar bilan ta’minlash vazifasini o’z zimmalariga to’liq olganlari 


98
yo’q. ular korxonaning iqtisodiy xolatini barometri bo’lolgani yo’q. bozor 
munosabatlariga o’tish jarayoni yangicha mulkiy munosabatlarni shakllanib
rivojlanib borishiga bog’liqdir. 
Tadbirkorlarga va bozor munosabatlarini joriy etishga intilayotgan shaxslarga 
O’zbekiston davlatining faqatgina huquqiy kafolatini berish kifoya emas. Shu 
huquqlardan va kafolatlardan to’la foydalanish uchun shart-sharoit yaratish, bugungi 
kunning bosh masalasidir. Xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga 
bugun respublikamizning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi omil sifatida 
qarashimiz va qonunchilik faoliyatimizda bu sohaga xuddi shu nuqtai nazardan 
yondoshmog’imiz darkor. 
Biz uchun xususiylashtirishning o’zidan ham, uning ishlab chiqarishini 
rag’batlantirishi, mehnat mahsuloti sifatini yaxshilash va ko’paytirishdan 
manfaatdorlikni oshirishi, aholi ehtiyojini qondirishda raqobat muhitini vujudga 
keltirishi, yakka xokimlikni yo’q qilishi va shu orqali erkin iqtisod paydo bo’lishiga 
imkon yaratishi muhim va qimmatliroqdir. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish