5-
Amaliy
mashg’ulot
Mavzu:
“Texnologiya”
fani darslarida fanga
yo’naltirilgan
texnologiyalar.
Reja:
1.
Texnologiya fani darslarida fanga
yo’naltirilgan
texnologiyalar haqida
ma`lumot.
2.
Texnologiya fani darslarida qollashning o`ziga xos xususiyatlari/
6-
Amaliy
mashg’ulot
Mavzu:”Texnologiya” fani darslarida
ta`limning shaxsga
yo’naltirilgan
texnologiyasi.
Reja:
1.
Hamkorlik pedagogikasi haqida ma`lumot berish;
2.
Mualliflik texnologiyalarining mohiyatini yoritish, ularning
o’ziga
xos hususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish;
3.
Pedagogik jarayonni shaxsga
yo’naltirish
asosida tashkillashtirish
shartlari va mezonlari borasida zaruriy nazariy bilimlarni
shakllantirish.
Ayrim interfaol metodlar tavsifi. Bugungi k
unda ta’lim jarayonida
o‘qvchilarni bilim olishga qiziqtirish jiddiy muammoga aylanib
borayotganligi hech kimga sir emas. Bu muammoni hal etish, yechimini
topish uchun bir qator ilmiyuslubiy va tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ta’limda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish
shunday ishlardan biridir. Yangi pedagogik texnologiya bu ta’lim
jarayonida qo‘llanilayotgan o‘qitishning faol usullarini umumiy nomlanishi
bo‘lib, uning turlari, shakllari, vositalari hamda amalga oshirilish yo‘lla
ri
ham turli-tumandir. Shulardan biri interfaol yoki interaktiv usullar
hisoblanadi. Interaktiv yoki interfaol usul nima degani o‘zi?
Kuzatishlarimizdan shunday holat va vaziyatlar aniqlandiki, ko‘pchilik
o‘qituvchilar interfaol usulning mohiyati hamda uni
qo‘llash yo‘llarini
yaxshi bilmaydilar. Shuni hisobga olgan holda interfaol usullar va undan
qanday foydalanish haqida fikr yuritmoqchimiz. Avvalo, shuni ta’kidlash
kerakki, “interaktiv” atmasi ikki so‘zning, ya’ni inter (yoki interval)
-aro
(yoki oraliq)
va aktiv (faol) so‘zlaridan tashkil topgan. Bundan
ko‘rinadiki, ta’limda interfaol usullar qo‘llanilganda o‘qitish, o‘rgatish
ishlari o‘qituvchi bilan o‘quvchi (o‘qituvchi+o‘quvchi), o‘quvchi bilan
o‘quvchi (o‘quvchi+o‘quvchi), o‘quvchi bilan sinf (o‘quvc
hi+sinf) kabi
oraliqda amalga oshiriladi. Natijada, o‘qituvchi butun sinf o‘quvchilari
bilan ishlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda interfaol
metodning ko‘plab shakllari yaratilgan bo‘lib, ulardan amalda samarali
foydalanib kelinmoqda. Bu usullar qatoriga, jumladan, muzyorar,
o‘rgimchak to‘ri, zanjir, aqliy hujum, klaster, munozara (debat), Glob
-
alfavit, abstrakt fikrlash, zig-
zag, insert karta, to‘xtab
-
o‘qib tahlil qilish
kabi ko‘plab usullarni kiritish mumkin. Darslar mana shunday usullar
as
osida tashkil etilsa, maroqli, qiziqarli va mazmunli bo‘ladi, hech bir
o‘quvchi bunday darsda zerikmaydi; o‘quvchilarda bunday darslarga
nisbatan qiziqish kuchayadi, darslarda qatnashishga kuchli ishtiyoq hosil
bo‘ladi, o‘zini har tomonlama ko‘rsatishga im
koniyat yaratiladi. Darslarda
bunday usullarni qo‘llash orqali o‘quvchilarda: –
atroflicha, keng va chuqur
fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish, asoslash va himoya qilish; –
voqea va
hodisalarni, narsa-buyumlarning xususiyatlarini anglash va tasavvur eta
olish;
–
bilimlarning uzluksizligini ta’minlash; –
nazariy materillarni
amalda qo‘llay olish, harakatli amaliy faoliyatga kirishib keta olish; –
kichik
guruhlarda va jamoa ichida ishlay olish, o‘zaro hurmat; –
mustaqil va ijodiy
ishlash kabi ko‘nikmalar
ni hosil qilish mumkin. Natijada, dars jarayonida
o‘quvchilarning faoliyati faollashadi, har bir o‘quvchi fikrlaydi va ishlaydi,
ular bir-
birlarining qarashlarini, fikrlarini hurmat qiladilar va o‘z fikrlari
bilan to‘ldiradilar. O‘quvchilar o‘rtasida shaxs
lararo ijtimoiy munosabat,
bir-
birlarini qo‘llab
-quvvatlash kabi xislatlar yuzaga keladi. Mazkur
jarayonni quyidagi sxema orqali ifodalash ham mumkin: Ma’lumki, har bir
darsning maqsadi, vazifasi mavjud bo‘ladi, bu odatda topshiriq sifatida
gavdalanadi. Mazkur topshiriqni bajarib, biror natijaga erishish uchun
ma’lum usullar majmuasidan foydalaniladi. Bu usulda turli vositalar
orqali amalga oshiriladi. Bunda sinfdagi o‘quvchilarning faoliyati, ya’ni
ijtimoiy muhit katta ahamiyatga ega. Binobarin, topshiriqni faqatgina
vositalar yoki ijtimoiy muhit orqali bajarib, biror natijaga erishib bo‘lmaydi.
Shuning uchun yuqorida aytilgan usullar majmuasi vositalar va ijtimoiy
muhit-
holatni o‘zaro uyg‘unlashtigan holda darsni tashkil etish zarur.
O‘qituvchining mana sh
u oraliqlarda olib boradigan faoliyati interfaol usul
deb nomlanadi. Dars yoki mashg‘ulot chegaralangan vaqt va ma’lum
sondagi o‘quvchilar bilan olib borilganligi uchun mazkur tizim shartli
ravishda berk holatda, ya’ni to‘rtburchak ichida tasvirlandi. Inte
rfaol
usullardan foydalanish hozirgi paytda, asosan, aqliy hujum, chaqiruv,
fikrlash, anglash kabi bosqichlarda amalga oshirilmoqda. Ya’ni dars
boshlanishida o‘qituvchi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga turli muammoli
savollar bilan murojaat qiladi va bu bilan ularni aqlni ishlatishga, miyaga
“fikriy hujum” qilishga undaydi. Bu orqali o‘quvchilardan kerakli
ma’lumotlarni “gapirtirib” olishga erishadi. Navbatdagi bosqichda
o‘quvchilar berilgan javoblarni fikrlab ko‘radilar, o‘zaro taqqoslaydilar,
ulardan eng maqbullarini tanlab olib, ularning mohiyatini anglashga
harakat qiladilar. Natijada, fikrlash orqali o‘quvchi yangilik yaratishi va
anglash orqali uni yodida saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. Bu ishlar o‘z
navbatida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodiy
ishlash ko‘nikmalarini
tarkib toptiradi. Shuningdek, bunday darslarni yanada qiziqarli tashkil
etish maqsadida dars boshida, o‘rtasida va oxirida “Tropik yomg‘ir”,
“Mevalar”, “Sherigingni top”, “Sichqon va mushuklar”, “Kemachalar”
kabi o‘yinlarni ham o‘yn
ash mumkin. Bu odatda Ener-Jayzer usuli deb
yuritiladi. Buning ahamiyati shundaki, o‘qituvchi o‘quvchilarning
tashqariga chiqib ketayotgan fikrlarini o‘ziga jalb qilib, qaytarib oladi. Har
bir o‘qituvchi mashg‘ulotlarida o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan hol
da
muayyan sharoitni va o‘quvchilarning shaxsiy aqliy va fiziologik
xususiyatlarini hisobga olib shunday usullarni qo‘llab borishi –
davr talabi
bo‘lib qoldi. Mana shunday usullar orqali dars o‘tadigan o‘qituvchilarning
darsi doimo qiziqarli bo‘ladi, o‘quvchilar ham bunday o‘qituvchilarni
o‘zgacha hurmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, interfaol metodlardan
foydalanib mashg‘ulot o‘tkazish metodikasining qisqacha tafsiloti
quyidagicha: uning kirish qismida raqamli kartochkalar bo‘yicha
mikroguruhlar tashkil q
ilinadi va har bir mikroguruh a’zolari o‘zaro
maslahatlashib, uning nomini aniqlaydilar, so‘ngra tinglovchilarga
mashg‘ulotning o‘quv maqsadlari e’lon qilinadi va ular muhokama qilinib,
tasdiqlanadi. Mashg‘ulotdagi barcha bilish jarayonlari tasdiqlangan o‘
quv
maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga qat’iy yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Mashg‘ulotning ikkinchi qismida mavzuga oid o‘quv materiallari mustaqil
o‘zlashtirish uchun mikroguruhlarga tarqatiladi. Ular eng maqbul bo‘lgan
interfaol usullardan foydalanib, mavzuni o‘
zlashtirib, taqdimot uchun
ko‘rgazmalar tayyorlaydilar va har bir mikroguruh vakili ularning
taqdimotini o‘tkazadi. Munozaralardan so‘ng o‘quv maqsadlariga
erishganlik darajasi aniqlanadi va kamchiliklar to‘ldirilib, o‘quv
materialining puxta o‘zlashtirilishiga erishiladi. Mashg‘ulotning
yakunlovchi qismida har bir mikroguruh va uning a’zolarining mashg‘ulot
davomidagi faolligi alohida qayd etiladi. Mashg‘ulotlarni bunday usulda
o‘tish mashg‘ulotda har bir tinglovchining faol bo‘lishini ta’minlaydi va
fikrl
ash qobiliyatini rivojlantiradi. Tinglovchilarda sodir bo‘ladigan
zo‘riqishlarning oldini olish maqsadida “Mevalar”, “Men o‘ylagan ismni
top”, “Xotira mashqi” kabi charchoqni bartaraf qilib, ruhni
yengillashtiruvchi yoki boshqa psixologik o‘yinlardan foyda
lanish yaxshi
samara beradi. Bunday o‘yinlardan samarali foydalanish tinglovchilarning
o‘quv motivlarini mashg‘ulot davomida bir maromda saqlab turishga
imkoniyat yaratadi, bu esa mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiruvchi
asosiy omillardan biridir. Quyida ayrim interfaol metodlardan namunalar
keltiramiz. Aqliy hujum (fikrlar hujumi
–
breynstorming, fikrlar bo‘roni –
amaliy yoki ilmiy muammoni hal qilishda g‘oyalarni jamoa bo‘lib ilgari
surish) metodini qo‘llash. Bu metoddan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarn
i
bir xil fikrlashdan xoli qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab
paydo bo‘lgan noaniq fikrlarni yengishdir. Bu metod 1953
-yilda
A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan. Bunda o‘quvchilarda qo‘yilgan
muammoning mohiyatini anglagan holda dastlabki fikr yuritish
ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga, ular o‘zlarining fikrlarini erkin
bayon etishni, asoslashni, himoya qilishni, boshqalarning fikrini eshitishni
va hurmat qilishni o‘rganadilar. Fikrlar hujumi vaqtida ishtirokchilar
birgalikda qiy
in masala yoki muammoni yechdilar. Iloji boricha ko‘proq
g‘oyalar taklif etilib, ular tanqid ostiga olinmaydi, rad etilmaydi. Bu
usulning afzalligi ham shundan iborat bo‘lib, har qanday g‘oya, hatto
mantiqsizlari ham hisobga olinadi. Ularning hammasi yoziladi, tahlil
qilinadi, baholanadi va shundan keyingina ular ichidan eng samarali,
maqbul yechim tanlab olinadi. Fikrlar hujumida 15 tagacha ishtirokchi
bo‘lib, 1 soatgacha davom etadi. Bu metoddan mikroguruhlarda va katta
auditoriya (60 kishigacha)da foydalanish mumkin (bu metoddan
foydalanish haqida yuqorida ayrim misollar keltirilgan edi).
Modifikatsiyalashgan dars
–
shakli o‘zgartirilgan ta’lim usuli bo‘lib,
bunda darsni o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot tarzida tashkil etgan
holda mavzuni yoritib beradi. Improvizatsiya
–
tayyorgarliksiz bayon etish
usuli bo‘lib, savol, topshiriqlarni o‘quvchilar muddatsiz, tayyorgarlik
ko‘rmay tahlil qiladilar. Multimedia –
ma’lum bir vaqtga mo‘jallangan,
ko‘rgazmali, rejali dastur asosida qurilgan va kompyuter texnika
si
vositasida namoyish etiladigan, tushuntirish va harakat aks ettirilgan dars
shaklidir. Klaster
–
tarmoqlanish usuli bo‘lib, bu o‘quvchilarni biror
-bir
mavzuni tarmoqlarga bo‘lib chuqur o‘rganishlariga yordam beradi.
Bumerang texnologiyasi. Bu texnologiy
a bir mashg‘ulot davomida o‘quv
materiallarini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish,
erkin fikr yuritishga yo‘naltirilgan. Bir mashg‘ulot davomida har bir
ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki
o‘qi
tuvchi rolida chiqishi mumkin. Skarabey texnologiyasi. Bu
texnologiya o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z
fikrini erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Tarozi texnologiyasi. Bu
texnologiya munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o‘ganishda qo‘l
keladi. U tanqidiy, mantiq, ijodiy, improvizatsiya, fikran tajribalarni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Yelpig‘ich (veyer) texnologiyasi. Bu
texnologiya murakkab, ko‘ptarmoq
li, mumkin qadar muammoli
ko‘rinishdagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Bunda mavzuning turli
tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ularning har biri alohida
nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijodiy va salbiy tomonlari,
afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Muammoli
vaziyat. Bunda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga muammo bilan bog‘liq
bo‘lgan hayotiy voqea, hodisalardan misollar keltiriladi. Bu muammoni
o‘quvchilar o‘zlari munozara shaklida yechadilar. Fikrlash do
irasi
kengayadi, muammoni to‘g‘ri yechishga o‘rganadilar. Tanqidiy tafakkur.
Bu usulda ma’lum bir holat, vaziyat misol qilib o‘rtaga tashlanadi.
Masalan, ta’lim
-tarbiyaga oid yoki inson xulqidagi kamchiliklar orqali
salbiy holat, vaziyatning yuzaga kelishi
ni o‘quvchilar tahlil qiladilar, uni
ijodiy hal qilishga o‘rganadilar, mustaqil fikr yuritadilar, bosh qotiradilar.
Bu holat vaziyatning yechimini to‘g‘ri topishga imkoniyat yaratadi.
Muayyan holat va vaziyatni o‘rganish. O‘qituvchi o‘quvchilarga biror
mav
zu yuzasidan savol yoki topshiriqni beradi, ular esa o‘z imkoniyatlari
doirasida tahlil qiladilar, har bir o‘quvchi boshqa bir o‘quvchining fikriga
tanqidiy yondashadi. O‘z fikrini asoslashga o‘rganadi. Bu usulni
qo‘llashda ma’lum bir tartib
-qoidalar ishla
b chiqadilar. Masalan, o‘zgalar
fikrini bo‘lmasdan oxirigacha tinglash, tanqidni do‘stona qabul qilish,
to‘g‘ri tushunish, bir
-biri bilan janjallashmaslik va h.k. Nuqtai nazaring
bo‘lsin. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga biror savol yoki topshiriq
berila
di. O‘quvchilar bu savol, topshiriqlarga o‘z munosabatlari, nuqtai
nazarlarini bildiradilar. Qaysi o‘quvchining fikri to‘g‘ri bo‘lsa –
u
rag‘batlantiriladi va boshqa o‘quvchilarga namuna qilib ko‘rsatiladi. Bu
usulda har bir o‘quvchining o‘z shaxsiy pozitsiyasi, yo‘li, fikri shakllanadi.
Dunyoqarashi o‘sadi, og‘zaki nutqi rivojlanadi. O‘quvchilarni kichik
guruhlarga bo‘lish metodi. Bunda ularda jamoa bo‘lib fikrlash va ish
bajarish, o‘z jamoasining g‘olib bo‘lishiga intilish xislatlari rivojlanadi.
Guruhda
ishlash qoidalari: • har kim o‘z o‘rtoqlari nutqini
xushmuomalalik bilan tinglashi zarur; • har kim faol, birgalikda ishlashi,
berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashishi zarur; • har kim
yordamga muhtoj bo‘lganda uni so‘rashi zarur; • har kimdan yor
dam
so‘ralsa, yordam qilishi zarur; • har kim guruh ishi natijalarini baholashda
ishtirok etishi zarur. Har kim aniq tushunishi zarur: boshqalarga
yordamlashib, o‘zimiz o‘rganamiz! • biz bir kemadamiz: yoki birga suzib
chiqamiz yoki birga cho‘kib ketamiz! Guruhlarda ishni tashkil etish: •
guruhda amalga oshiriladigan ishlar rejalashtiriladi; • guruh ichida
bajariladigan ishlar taqsimlanadi; • yakka tartibdagi topshiriqlar
bajariladi; • guruh muzokarasini o‘tkazish qoidalariga rioya qilib, yakka
tartibda erishilgan natijalar muhokama qilinadi va guruh ishining umumiy
natijasi shakllantiriladi; • birgalikda olib borilgan ish natijalari taqdimot
uchun tayyorlanadi; • mazkur materiallar boshqalar tomonidan qanday
o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘zaro t
ekshirish savollari
tayyorlanadi. Guruh muzokarasini o‘tkazish qoidalari: • muhokamani
boshlashdan oldin muhokama muammosi, predmetini aniq shakllantirib
oling. Muhokama etilayotgan muammoni barchaning tushunishiga
erishing; • navbatma
-
navbat gapiring. So‘zlovchining nutqini bo‘lmaslik
zarur. Agar kimdir gapira boshlasa, qolganlar jim bo‘lishlari zarur; •
e’tibor bilan tinglang, gapirayotganning fikrini tushunishga harakat qiling.
E’tibor bilan tinglash ko‘rsatkichi –
so‘zlayotganning fikrini, pozitsiyasini
o‘z so‘zlari bilan qayta aytish qobiliyati; • so‘zlayotgan shaxsning fikriga
nisbatan mulohaza bildirishda uning hurmatiga, g‘ashiga tegadigan
so‘zlarni, ayniqsa, “yomon”, “yomon emas”, “bema’nilik” kabi so‘zlarni
ishlatmang; • shaxsiy muloqotga o‘tmang.
Hech qanday holatda
so‘zlovchining shaxsiy fazilatlariga o‘tmasdan faqat gaplarini tanqid yoki
muhokama qilish mumkin; • tanqid asosli bo‘lishi zarur. “Bu bo‘lmaydi”
degan so‘zlarning o‘rniga: “Sen masalani noto‘g‘ri tushunibsan” yoki “Sen
masalani to‘liq tushunmabsan” deng, qo‘shimcha qilishga urining. E’tiborni
xatolarga emas, balki rivojlantirish, qo‘shimcha qilish mumkin bo‘ladigan
oqilona fikrni topishga yo‘naltirish zarur; o‘tkazilgan tahlildan qanday
xulosalar qilish mumkin? • muhokamaga yakun yasang
va muzokara
natijalarini barcha guruh a’zolari fikrlarida yetarli darajada aniq aks
ettirishiga ishonch hosil qiling. Taqdimot bosqichi: guruh a’zolari birgalikda
bajargan ish natijalarini ko‘rgazmali vositalar yordamida yoritib beradilar;
• boshqalar maz
kur materiallarni yoki uning ayrim qismlarini yaxshiroq
bilish yoki ularni qanday o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida savol
beradi. Ishbilarmonlik va rolli-
syujetli o‘yinlardan foydalanish. Bunda
o‘quvchilarning mustaqil, ijodiy va amaliy ish bajarish
qobiliyatlari
namoyon bo‘ladi hamda rivojlanadi. Oldin egallagan bilim va ko‘nikmalarni
boyitish, yangi vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatlari ochiladi. Muammoli
savol va holatlarni tahlil qilish. Bu usul o‘quvchilarning ijodiy, mantiqiy
fikr yuritishlariga, ilmiy, erkin bahs-munozaraga kirishishlariga, muomala
madaniyatini o‘rganishlariga, topqirlik xislatlarini rivojlanishiga
qaratilgan. Mazkur usullar o‘quvchilarning fikrlash, anglash, tasavvur
qilish, amaliy ish bajarish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi
oddiy va samarali usullar hisoblanadi. Insert metodi
–
samarali o‘qish va
fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib
-
o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa
materiallar oldindan o‘quvchiga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib, “V;
Q; -
; ?” belgilari orqali o‘z fikrini ifodalaydi. Matnni belgilash tizimi:
(v)
–
men bilgan narsani tasdiqlaydi. (Q)
–
yangi ma’lumot. (–
)
–
men
bilgan narsaga zid. (?)
–
meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha
ma’lumot zarur. “Texnologiya” fani darslarida insert jadvalidan
foydalanish Insert jadvalidan foydalanish namunasi Mavzu V (men
bilgan narsani tasdiqlaydi) Q (yangi ma’lumot) –
(men bilgan narsaga
zid) ? (meni o‘ylantirdi) Arralash arralarning tu
rlari arralarni charxlash
arralash stanogida ishlash arralash qoidalari Shunindek, o‘quvchilarga
rejalash, randalash, o‘yish
-teshish, egovlash, pardozlash kabi ish amallarini
o‘rgatishda ham bu usuldan foydalanish mumkin. Bahs, munozara metodi
–
o‘z fikrin
i ifoda etishni xohlovchilar orasida biror-bir munozarali
masalani muhokama qilish, haqiqatni aniqlash va to‘g‘ri qaror qabul qilishda
qo‘llaniladi, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning faol metodlaridan biri
hisoblanadi. Munozaraning asosiy maqsadi
–
o‘quv materialini
umumlashtirish va tizimga solish, shuningdek, o‘rganilayotgan o‘quv
materialining amaliy ahamiyatini o‘quvchilar tomonidan anglab olinishiga
yordam berishdir. Munozara mashg‘ulotining samarasi bir qator metodik
muammolarni to‘g‘ri hal qilishga bog‘liqdir. Munozara mashg‘ulotini
quyidagi bosqichlarda tashkil etish va o‘tkazish mumkin. I.Tayyorgarlik
bosqichi. Bunda o‘qituvchi o‘quv dasturi asosida munozara mashg‘uloti
uchun mavzu tanlab, uning mazmuni, ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsadiga muvofiq reja, shuningdek, munozara uchun
foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib oladi. Mashg‘ulotni
o‘tkazishdan bir oy avval o‘qituvchi o‘quvchilar bilan munozara darsining
muammosi, undan ko‘zlangan maqsadni muhokama qiladi, o‘quvchil
arning
individual xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olib, ularga topshiriqlar
beradi. Topshiriqning mazmuni ma’ruza, referat, albom, ko‘rgazmalar, rasm
va jadvallar, konstruktorlik va grafik ishlar asosida maketlar tayyorlab
kelish kabilar bo‘lishi
mumkin. II. Mustaqil ishlash bosqichi. Berilgan
topshiriqlar asosida o‘quvchilar tegishli adabiyotlardan foydalanib,
munozaraga tayyorlanadilar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydilar. Bu
bosqich kamida bir oy davom etadi. III. Munozara o‘tkazish bosqichi.
Mu
nozarani o‘qituvchi yoki a’lochi o‘quvchilardan biri olib boradi.
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona o‘quvchilar tomonidan mavzuga oid
tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan bezatiladi va ayrim o‘quv vositalari bilan
jihozlanadi. Munozara vaqtida o‘qiladigan ma’ruzalar qisqa, lo‘nda va
tushunarli bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotda ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha
munozara va bahslar o‘tkaziladi. IV. Yakunlash bosqichi. Bunda
munozarada faol qatnashganlarni rag‘batlantirish, yutuq va kamchiliklarni
tahlil qilish maqsadga muv
ofiq. Bu metodni “Kiyinish madaniyati –
inson
ziynati”, “Pazandalik –
san’at”, “Ovqatlanish va inson salomatligi”,
“Xalq hunarmandchiligi –
xalq mentaliteti”, “Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti
–
to‘kinchilik manbai” kabi mavzularda ham qo‘llash mumkin. Bahs
ishtirokchilariga eslatma: 1. Bahs munosabatlarni hal etish usuli emas,
balki muammoni hal etish usulidir. 2. Boshqa ishtirokchilarga ham so‘z
berish uchun uzoq vaqt nutq so‘zlama. 3. Har bir so‘zni o‘ylab, to‘g‘ri ifoda
qil, hissiyotlaringni nazorat qil, c
hunki sening aqliy fikrlaring o‘z
maqsadiga yetishi kerak. 4. Boshqalarning (masalan, raqibning) nuqtai
nazarini tushunishga harakat qil, uni hurmat qil. 5. Ularning fikrini
buzmasdan e’tirozlaringni aniq bildir. 6. Faqat bahs mavzusi bo‘yicha fikr
bildir,
ko‘p o‘qiganliging va umumiy bilimdonligingni ro‘kach qilma. 7.
Kimgadir yoqishni ko‘zlab, hushomad qilma va o‘z nutqing bilan ranjitma.
Esse metodi
–
taklif etilgan mavzu bo‘yicha 1000 dan 5000 gacha so‘z
hajmidagi insho yozish. Esse
–
bu muallifning ta’kidlab o‘tadigan
individual pozitsiyasidagi erkin ifoda etish shakli; qandaydir predmet,
voqea, taassurotlar bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z
ichiga oladi. Bu metodni “Men sevgan kasb”, “Fan va texnika
yangiliklari”, “Sayohat taassurotlari”
kabi mavzularda qo‘llash mumkin.
Besh daqiqali esse
–
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni
umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotida oxirida 5
daqiqa oralig‘ida olib boriladi. Asoslangan esse –
qo‘yilgan savolga asosli
ja
vob keltirilgan yozma ishdir. Muallif ma’lum bir nuqtai nazarni
egallaydi va uni himoya qiladi, bunda o‘zining pozitsiyasini qo‘llab
-
quvvatlash uchun bir qancha asoslangan isbotlarni keltiradi. Maqsad
–
muallif-
o‘quvchining o‘z qarashlarini boshqalarning h
am qabul qilishiga
erishish. Agar siz o‘zingizning esseingizni yozish jarayonida uni fikriy
jihatdan taqdim etsangiz va uni o‘quvchilar bilan fikriy muloqotni o‘rnata
olsangiz
–
asoslangan samarali esseni yozish yengil bo‘ladi. Asoslangan
esse tarkibi: 1.
Savol bo‘yicha nisbatan muallif nuqtai nazarining bayon
etilishi (xat boshi). 2. Bayon etilgan nuqtai nazarni asoslash
–
ushbu
nuqtai nazarni qo‘llab
-quvvatlashni muallifning ishonarli dalillari, ushbu
nuqtai-nazarni qabul qilishga ishontirish. 3. Xulosa
–
rezyume.
Asoslangan esseni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari: • mavzuning
mazmunga mos kelishi; • mazmuni, fikri: unga taalluqli muammoni
oldindan ko‘ra bilish, shaxsiy nuqtai nazari, ma’lumotlarning yetarliligi;
uslub, ifoda aniqligi, muayyanligi; orfografik tomondan bexato yoyilishi.
Sinkvyen (5 qator) metodi (texnikasi). Maqsad
–
tushunchaga tavsif
berish. Sinkveyn tuzilmasi: 1-qator: tushuncha; 2-qator: tushunchani
tavsiflovchi ikkita sifat; 3-
qator: ushbu tushuncha vazifalari to‘g‘risidagi
uchta f
e’l; 4
-
qator: ushbu tushuncha mohiyati to‘g‘risidagi to‘rtta so‘zli
so‘z birikmasi; 5
-qator: ushbu tushuncha sinonimi. Seminar darsi metodi
–
o‘quvchilar egallagan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun
qo‘llaniladi. Seminar darsi uchun reja –
topshiriq. Mavzu: Buyumlarni
pardozlash usullari Maqsad: o‘quvchilarning pardozlash usullari va
ishlari haqidagi bilimlarini kengaytirish. Mavzu bo‘yicha savollar
(savollarga javob berishda fikringizni biror buyum misolida asoslang): 1.
Pardozlash deb nimaga aytiladi? 2. Pardozlash qanday usullarda amalga
oshiriladi? 3. Pardozlashda qanday asbob, moslama va materiallar
ishlatiladi? 4. Pardozlash ishlarida qanday sanitariya-gigiyena talablariga
amal qilinadi? 5. Pardozlash ishlarida qanday xavfsizlik qoidalariga amal
qilinadi? Ma’ruza bilan so‘zga chiqish metodi –
nisbatan kengroq hajmli
o‘quv materiallarini, ilmiy axborotlarni monoligik tarzda bayon qilishda
qo‘llaniladi. Asosiy o‘tish uslubiga ko‘ra, ma’ruza turlari: kirish
ma’ruzasi, sharhlovchi ma’ruza, ma’ruza
-
axborot, muammoli ma’ruza,
vizual ma’ruza, binar (2 kishilik) ma’ruza, avvaldan rejalangan xatoli
ma’ruza, ma’ruza
-
konferensiya, ma’ruza
-
konsultatsiya. Ma’ruza
usulining samaradorligini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1) ko‘rgazmalar
ni video, grafoproyektor va boshqa texnika vositalaridan
foydalanib namoyish etish; 2) ta’limning faol usullaridan foydalanish,
jumladan: muammoli, konferensiya, konspektsiz ma’ruza, mualliflik
ma’ruzasi, munozarali ma’ruza, aniq holatlarni yechishga qarat
ilgan
ma’ruza, ma’ruza
-
dialog. Ma’ruzachilarning faoliyatini baholash
ko‘rsatkichlari va mezonlari Baholash ko‘rsatkichlari Baholash mezonlari
ha (2 ball) qisman (1 ball) yo‘q (0 ball) So‘zga chiqish mavzusi va
maqsadi: 1. Ma’ruza mavzusi tushunarlimi? 2.
Maqsad aniq
shakllantirilganmi? Mazmuni: 1. Qiziqarlimi? 2. Mantiqli va aniqmi?
3. Ishontiradiganmi? 4. Ma’lumot yangimi? 5. G‘oyalar birlamchimi?
Nutq va tili: 1. Ikki ma’nolik yo‘qmi? 2. Gaplar qisqami? 3. Matnda
mujmal gaplar yo‘qmi? 4. Ko‘p gaplik yo‘q
mi? 5. Nutqda tushunishga
xalaqit beruvchi xatolar yo‘qmi? Tashqi ko‘rinishi, o‘zini tuta bilishi: 1.
Dadillik bilan o‘zini tutadimi? 2. Nutq barchaga qaratilganmi? 3.
Qatnashchilarga ko‘z tashlaydimi? 4. Qo‘l harakatlari o‘rinlimi?
Boshqalar (qo‘shimcha qiling) 1. 2. 3. Taqdimot qoidasi: • chiqish vaqti
(reglamenti)ga rioya qilish; • chiqish navbatiga rioya qilish; • guruh
a’zolari o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va ular xattiharakatida
kelishuvga erishish; • ma’lumotlarni grafik ko‘rinishida (sxema,
jadval,
grafik) taqdim etish va sharhlash. Baholash mezonlari Ma’ruzachilar
Ma’ruzalarga baho talablari Ma’ruza to‘laligi 50% Axborot yangiligi
25% Axborot manbai 20% Reglament 5% Jami 100% 1. 2. 3. 4. B-B-B
metodi
–
o‘quvchilar egallagan bilimlarni hisob
ga olgan holda ularni
kengaytirish va chuqurlashtirshda qo‘llaniladi. Bu metod Blum
taksonomiyasi deb yuritiladi. Bu metod o‘quvchilarning o‘z
-
o‘zini nazorat
qilishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu metodda berilgan
javoblarga qarab o‘qituvchi ham o‘ziga tegishli bo‘lgan xulosalarni chiqarib
olishi mumkin. “Texnologiya” faniga oid ayrim mavzularni o‘rganishda B
-
B-B metodidan foydalanish B-B-B metodi jadvalidan foydalanish
namunasi T.r Mavzu yoki tushunchalar Bilaman Bilishni xohlayman
Bildim 1
Arralash Arra turlarini, yog‘ochlarni arralashni Arralash
stanogida ishlashni Arralash qoidalarini, arralarni charxlashni
“Po‘latlarga termik ishlov berish” mavzusiga oid jadval Bilaman Bilishni
xohlayman Bilib oldim Po‘latlarni toblash, bo‘shatish, yumsh
atish,
kimyoviy-
termik ishlash va boshqa yo‘llar bilan sirti mustahkamlanadi
Termik ishlashda qizdirish haroratlari, qancha vaqt qizdirilishi, sovitish
tezliklari Termik ishlash nazariyasi strukturalar hosil qilish jarayonlari,
shuningdek po‘lat struktura holatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
tavsiflanadi. Shuningdek o‘quvchilarga rejalash, arralash, randalash,
o‘yishteshish, egovlash, pardozlash, ish asboblari, rejalash, o‘lchash va
nazorat qilish asboblari, STD-
120 yog‘och tokarlik stanogi, TV
-6
vintkesartokarlik stanogi, parmalash stanogi, frezalash stanogi,
elektrlashtirilgan dastaki asboblar, tok manbalari, elektr iste’molchilari,
elektr zanjiri, yog‘och materiallari metall materiallar, qora metallar, rangli
metallar, gazlama materiallari, pazandachili
k ishlari, o‘simliklar,
bog‘dorchilik ishlari, poliz ekinlari, chorvachilik, o‘rmonchilik kabi
mavzularga oid tushunchalarni o‘rgatishda ham foydalanish mumkin.
Metall kesish stanoklarida ishlashda xavfsizlik qoidalarini o‘rganishda
klaster metodidan foyda
lanish. “Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilarga
xavfsizlik qoidalari va shaxsiy gigiyena talablarini tushuntirish, bu qoida
va talablarga rioya qilishga odatlantirib borish muhim ishlardan biri
hisoblanadi. Ayniqsa, 5-7-
sinflarda materiallarga qo‘lda v
a mexanik
usulda ishlov berishda, turli mexanizm, mashina, stanok, moslamalar va
ulardan foydalanishda, jumladan o‘quvchilarga tokarlik, parmalash va
frezalash stanoklarida ishlashni o‘rgatishda xavfsizlik qoidalariga amal
qilish muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda quyida metall
kesish stanoklari xavfsiz ishlash qoidalari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Ko‘pincha stanoklarda ishlash vaqtida yuz beradigan baxtsiz hodisalarga
(lat yeyish, jarohatlanish, kuyish va h.k.) aylanuvchi qismlarda ihotalar,
ya’ni to‘sqichlarning yo‘qligi yoki ularning buzuqligi, asbobning, moslama
va elektr simlarining buzuqligi, qirindining otilib chiqishi, ish o‘rnining
yaxshi yoritilmaganligi, ish o‘rnini bekorchi narsalar bilan band bo‘lishi va
ifloslanishi, ish kiyimining nomuvofiqligi, mehnat intizomining buzilishi va
boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Stanokda ishlash xavfsiz bo‘lishi uchun
xavfsizlik texnikasining quyidagi qoidalarini bilish va ularga rioya qilish
zarur. O‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun bu qodalarni “Ish
boshlashdan oldin”, “Ish vaqtida”, “Ish tamom bo‘lgandan keyin” amal
qilinadigan qoidalarga bo‘lib tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Metall
kesish stanoklarida xavfsiz ishlash qoidalari Ish boshlashdan oldin: 1. Ish
kiyimi (xalat, peshband
–
fartuk, korjoma, kombinezon, bosh kiyimi) kiyib
olinadi; ish kiyimining barcha tugmalari qadaladi yoki bog‘ichlari bog‘lab
olinadi, soch bosh kiyimning ostiga yig‘ishtirib olinadi. Kiyim
-boshda
osilib va shalvirab turgan qismlar bo‘lmasligi kerak. 2. Stanok ko
rpusi va
elektr dvigatelining yerga ulanganligi, yerga ulash moslamasining buzuq
emasligi tekshirib ko‘riladi. 3. Ishga xalaqit beradigan barcha narsalar
chetga olib qo‘yiladi. 4. Tezliklar va uzatmalar qutisidagi richaglar,
dastalar va limblarning ishlash-ishlamasligi, ihota va ehtiyot qurilmalari,
asbob va moslamalarning ishga yaroqli-yaroqsizligi, knopka, rubilnik,
yurgizib yuborgichlarning ishlash-
ishlamasligi tekshirib ko‘riladi. 5.
Stanokning moylanganligi tekshiriladi va me’yorda moylanishi
ta’minlan
adi. 6. Stanokni salt yurgizib, harakatlanayotgan qismlarning
tekis ishlashi tekshiriladi. Bunda qaltirash, silkinish, g‘ijirlash kabi turli
nuqson yoki buzuqliklar bo‘lmasligi kerak. 7. Ish o‘rni yetarli yoritilmagan
bo‘lsa, stanokka o‘rnatilgan chiroq yo
qiladi. 8. Payqalgan barcha nuqsonlar
to‘g‘risida o‘qituvchiga ma’lum qilinadi. Ish vaqtida: 1. Ish o‘rni batartib
va ozoda saqlanadi, stanokning staninasi (stoli) qirindi, moy va
emulsiyadan o‘z vaqtida tozalab turiladi. 2. Stanokda detallar,
zagotovkalar, asboblar, mahkamlash detallari, artish materiallari,
moydonlar va boshqa narsalar turmasligi kerak. 3. Patronga, tiskiga va
moslamalarga zagotovka to‘g‘ri o‘rnatilishi va puxta mahkamlanishi lozim.
4. Ishlov berilayotgan zagotovkani qo‘l bilan tutib turi
sh yaramaydi. 5.
Patronga zagotovka yoki asbob mahkamlangandan keyin, klyuch patronda
qoldirilmasligi kerak. 6. Klyuchning richagini truba yoki boshqa klyuch
bilan uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Aylanib turgan shpindel, patron,
zagotovka yoki asbobni qo
‘l bilan to‘xtatish yaramaydi. 8. Texnologik
kartada ko‘rsatilgan yoki o‘qituvchi aytgan kesish tezligidan yuqori
tezliklardan foydalanmaslik lozim. 9. Qirindisi otilib chiqadigan
materiallarga ishlov berishda himoya ko‘zoynagi taqib olish yoki organik
shi
shadan yasalgan himoya to‘sig‘i o‘rnatish zarur. 10. Kesuvchi asbobni
zagotovkaga shpindel belgilangan aylanish tezligiga yetgandan keyingina
asta-sekin keltirish kerak. 11. Ishlab turgan stanok oldidan ketib qolmaslik
lozim. 12. Kesuvchi asbob singanda, m
ahkamlash detallari bo‘shashib
qolganda va boshqa nuqsonlar payqalganda stanok darhol to‘xtatilishi
kerak. 13. Parmalash stanogida ishlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi: a)
boshni parma va shpindel tomon egish; b) qo‘lqop kiyib ishlash; v) parmani
va zag
otovkani ho‘l yoki moyli lattalar bilan moylash va sovitish; g) ish
boshlashdan oldin shpindelni tasmali uzatma orqali qo‘l bilan aylantirib
ko‘rish; d) parma teshikda turgan vaqtda stanokni yurgizish. Ish tamom
bo‘lgandan keyin: 1. Stanok elektr tarmog‘id
an ajratiladi. 2. Qirindilar
stanokdan ilmoq va cho‘tka bilan olib tashlanadi. 3. Stanokning
ishqalanuvchi yuzalari artib quritiladi va ularga yupqa qilib moy surtiladi.
4. Asbob va moslamalar tozalanadi hamda asboblar shkafidagi joyiga
qo‘yiladi. 5. Qirindi va ishlatilib bo‘lingan artish materiallari maxsus
yashiklarga solib qo‘yiladi. Shuningdek, o‘quv ustaxonasida shaxsiy
sanitariya-
gigiyena talablariga hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga ham
qat’iy rioya qilish zarur. O‘qituvchi o‘z imkoniyatiga qarab
, darsning biror
qismida mazkur mavzu bo‘yicha o‘quvchilarni faollashtirish maqsadida 6
-
shaklda qo‘rsatilgan klaster usulidan ham foydalanishi mumkin. 6
-shakl.
Metall kesish stanoklarida xavfsiz ishlash qoidalarini klaster usulida
tushuntirish Qo‘shimcha ma’lumot Ixtirochilik ishlarini tashkil etishning
ayrim
usullari
Tadqiqotchilar
Sh.S.Sharipov
va
N.A.Muslimovlarning “Texnik ijodkorlik va dizayn” nomli o‘quv
qo‘llanmasida (–T.: TDPU, 2007. 224 b.) o‘quvchilarning ijodkorlik
ishlarini o‘tkazishda bir qator
metodlardan, xususan, konstrkusiyalashga
o‘rgatish metodidan foydalanish masalalari ochib berilgan. Biz o‘z
faoliyatimizda ularning ayrimlaridan ijodiy foydalandik. Quyida ularni
sharhlashga harakat qilamiz. Konstruksiyalashga o‘rgatish metodi.
“Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilarni muayyan mehnat jarayonlarini
bevosita amalga oshirishga tayyorlash, ya’ni ularni bilimlarini amaliyotda
qo‘llashga o‘rgatish vazifasi hal etiladi. Mehnat faoliyatida oddiy bir
ishnigina bajarishga yo‘naltirilgan vazifaning
har bir elementi mehnat
harakati deyiladi. Texnologik jarayonning bir tipdagi asboblar, moslamalar
va mehnat usullarini qo‘shib olib borilishi orqali tugallangan qismi mehnat
operatsiyasi deb ataladi. Har bir mehnat operatsiyasi mehnat usullarining
birga
qo‘shib olib borilishi yordamida bajariladi. Usul, bu –
ishchining
muayyan bir maqsadga ega bo‘lib, tugallangan mehnat harakatidir.
“Texnologiya” fani darslarida o‘quvchilarni konstruksiyalashga o‘rgatish
ishlari quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: Meta
ll kesish stanoklarida
xavfsiz ishlash qoidalari Ish boshlashdan oldin Ish vaqtida Ish tamom bo‘
lgandan so‘ng 1
-bosqich. Texnik topshiriq bilan tanishish va uni tahlil
qilish. Birinchi bosqich davomida konstruktiv vazifaning yechimini topish
uchun kerakli
asosiy parametrlarni o‘zlashtirishlari kerak. Texnik
topshiriq tahlili o‘quvchilarga buyumning qo‘llanish shartlari, ya’ni u nima
vazifani bajarish uchun mo‘ljallanganini aniqlash imkonini beradi. Texnik
topshiriqdagi konstruksiyalanadigan buyumning konstruktiv yechimini
o‘quvchilar oson topishi uchun o‘qituvchi unga o‘xshash va yaqin
konstruksiyaning yutuqlari va kamchiliklarini o‘quvchilar bilan birga
muhokama qiladi. 2-
bosqich. Mazkur sinf o‘quvchilariga mos shakl va
mazmundagi texnik hujjatlarni tayyor
lash. Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar
konstruksiyaning prinsipial sxemasini tuzishga kirishadilar. Bunda
ikkinchi bosqichni boshlashdan oldin o‘quvchilar oddiy chizmalarni o‘qish
va prinsipial sxemalarni tuzishni bilishi muhim ahamiyatga ega. Prinsipial
sxema davlat standarti talablari asosida tuzilishi shart (Konstruktiv
hujjatlarning yagona tizimi
–
YESKD). Faqat shu holdagina sxemani
konstruksiyalanayotgan obyektni ishlab chiqarishda qurishda yaroqli deb
hisoblash kerak. 3-bosqich. Buyum yasashning texnologik rejasini tuzish.
4-
bosqich. Birlamchi ishlov berish, yig‘ish, sifatini nazorat qilish va
sinash. Bu bosqichlarni bajarish davomida o‘quvchilardan o‘quv fanlaridan
olgan bilimlmri va hosil qilgan ko‘nikmalarini ijodiy qo‘llash talab qilinadi.
Tuzilgan
sxema asosida buyumning vazifasi va ishlatilishi to‘g‘risida
yaxshi tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchilar konstruksiyani ishlab chiqishga
kirishib, uning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydilar, oddiy hisoblarni
bajaradilar. Donalarning shakli va materialini tanlab, ularni biriktirish
usullarini topadilar. 5-bosqich. Buyum yoki detalning xizmat doirasini
kengaytirish. Biror buyumni yasab bo‘lgandan keyin uni sinash va
tekshirib ko‘rish davomida mazkur buyumdan unga yana biroz
qo‘shimchalar kiritish orqali yana boshq
a ishlarni bajarishda ham
foydalanish mumkinligi ma’lum bo‘ladi. Bu haqda yuqorida qalamdon
yasash misolida fikr yuritilgan edi. Ya’ni qalamdondan faqat qalamlarni
saqlashdan tashqari ish paytida kerak bo‘ladigan qog‘oz, qistirg‘ich,
o‘chirg‘ich kabi o‘zar
o bir-
biriga bog‘liq bo‘lgan predmetlarni saqlashda ham
foydalanish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mehnat ta’limi
darslarida o‘quvchilarga konstruksiyalash ishlarini o‘rgatishda standartlar
va buyumlarni tasvirlash usullari haqidagi tushunchal
arni ham o‘rgatib
borish zarur. Ma’lumki, maktab o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarning
7580% i amaliy ishlarga, 20-25% i nazariy texnik-
texnologik ma’lumotlarni
berishga va tashkiliy ishlarga ajratiladi. O‘quvchilarga konstruksiyalashni
o‘rgatish va ijo
diy topshiriq ustida ishlash davrida muammoli vaziyatlarni
qo‘llash katta ahamiyatga ega. Chunki konstruksiyalashda muammoli
vaziyatlarni o‘qitishni qo‘llash o‘quvchilarda texnik fikrlash, ijodiy
farazlashni takomillashtirish va mehnatga nisbatan ijodiy munosabatini
shakllantirishga xizmat qiladi hamda dars samaradorligini oshiradi.
Konstruksiyalashni izchil o‘rgatish o‘quvchilar tomonidan to‘plangan
bilim va ko‘nikmalarni yangi murakkabroq topshiriqlarni bajarishda qo‘llash
imkoniyatini yaratadi. Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirgan holda
shunday xulosa qilish mumkinki, mehnat ta’limi darslarida o‘quvchilarni
konstruksiyalashga o‘rgatish ularni ijodiy topshiriqlar yechimini topish va
tarbiyalash bilan birga ularda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantiradi,
fan asoslarini ongli o‘rganishga, mustahkam texnik bilim va ko‘nikmalar
hosil qilishga yordam beradi. Shuning uchun ham texnologik ta’limi
darslarida konstruksiyalash ishlariga katta e’tibor berish kerak.
Ixtirochilik masalasini yechish metodi. Har qanday masalani hal qilish
uchun avvalo undan ko‘zlangan maqsadni aniq tasavvur qilish hamda
mavjud imkoniyatlar doirasida hal qilishning eng samarali metodlarini topa
olish kerak. Hozirgi paytda ixtirochilik masalalarini hal etishning ko‘plab
usullari mavjud (39-betga qarang). Quyida ularning ayrimlarini
keltiramiz. Sinab ko‘rish va xatoliklar metodi –
ixtirochilik masalalarini
yechishdagi eng qadimgi, keng tarqalgan va sodda usuldir. Bunda ixtirochi
qo‘yilgan muammoninig yechimini topish uchun ma’lum tadq
iqotlar
o‘tkazadi. Agar to‘g‘ri yechim topilmasa, faoliyat qaytadan boshlanadi.
Ko‘rinib turibdiki, bu usul ko‘p vaqt talab qiladi va hadeganda to‘g‘ri
yechim topilavermaydi. Erishishi mumkin bo‘lgan ideal natija metodining
mohiyati shundaki, bunda barcha
sharoitlar ideallashtiriladi va “yechim”
nuqtasiga yetdik deb hisoblanadi. Bu hali ideal “yechim” bo‘lmaydi, lekin u
real yechimga “muammo” nuqtasidan ko‘ra yaqinroq bo‘ladi. Keyin bo‘lsa
tadqiqot yo‘nalishlari belgilanib, ular sinab ko‘riladi va ushbu mas
ala
uchun eng maqbul bo‘lgani tanlab olinadi. Bunda ixtirochining fikri
ma’lum yo‘nalishda ega bo‘lishiga erishiladi, tahlil qilinishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlar miqdori birmuncha aniq chegarada belgilab olinadi. Mavjud
muammoni chiqarish metodida “muammo”n
i hal qilish uchun halaqit
beruvchi qism yoki xususiyat obyektdan chiqarib olinib, tahlil qilinadi yoki
aksincha foydali jihat chiqarib olinib o‘rganiladi. Kamchilikni foydaga
aylantirish metodi quyidagicha ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin: a)
zararli omillardan yangi ijobiy samara beruvchi holat uchun foydalanish; b)
zararli omilni boshqa zararli omil bilan ta’sirlashtirib bartaraf etish; v)
zararli omilni uning salbiy ta’siri yo‘qoladigan darajaga qadar
kuchaytirish. Bu tahlil qilish uslubi o‘rganilayot
gan muammo obyektini
mustaqil qismlarga bo‘lishni, uni alohida qismlardan iborat qilib bajarish,
obyektning bo‘linish darajasini oshirish kabilarni ko‘zda tutadi. Vositachi
metod mohiyati oraliq obyekt
–
“tashuvchini” qo‘llash bilan belgilanadi. Bu
uslubni
qo‘llashga aniq misol sifatida begona o‘tlar urug‘ini bug‘doydan
ajratib olsh jarayonini keltirish mumkin. Ma’lumki, aksariyat begona
o‘tlarning urug‘lari kovakli yoki g‘adir
-
budir sirtga ega bo‘ladi.
Tozalanishi lozim bo‘lgan bug‘doyga mayda temir kukuni
aralashtirilib,
unga kuchli magnit ta’sir etiladi. Bunda begona o‘tlar urug‘lariga ilashib
qolgan temir kukunlari ularni o‘zlari bilan olib chiqadi. Xulosa qilib shuni
aytish lozimki, har bir uslub masala qo‘yilishiga qarab to‘g‘ri qo‘llanilganda
yuqori samara beradi, lekin buning uchun, albatta, ixtirochi bu uslublarga
ijodiy yondashishi lozim bo‘ladi. Chunki haqiqiy ijodiy izlanishni hech
qanday uslub bilan chegaralab yoki almashtirib bo‘lmaydi. A.B.Popov,
V.G.Razumovskiy va boshqa tadqiqotchilarning xul
osalariga ko‘ra, dalil
va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o‘tishda,
shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishda ilmiy
intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, degan to‘xtamga kelish
mumkin. Intuit
siya, uning mantiq bilan bog‘liqligi, ixtirochilik
g‘oyalarining kelib chiqishida tutgan o‘rnini belgilashdagi muammolar
murakkab bo‘lib, uni hozirgacha to‘la hal qilinmagan deyish mumkin.
Adabiyotlarda intuitsiyaga berilgan ta’riflar mavjud. Masalan
“Qisqacha psixologik lug‘at”da: “Intuitsiya –
paydo bo‘lish yo‘llari va
shartlari anglanmagan holda hosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi,
shunga ko‘ra... “bevosita yuzaga” kelgan natija sifatida ega bo‘ladi”, –
deb
ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya
tabiatini, uning hosil bo‘luvchi asosini o‘zida aks ettirmaydi va shu sababli
uni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bizning tushunchamizga ko‘ra, intuitsiya –
bu
subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarg
a
anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba
va bilimlar asosida amalga oshadi. Intuitiv fikrlashga asoslangan
ixtirochilik ijodkorligi masalalarini tadqiq qilish metodi evristik metodlar
guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish metodlari
G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan
bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini
ajratib ko‘rsatadilar. Evristik metod vositasida ixtirochilik ijodkorligi
masalalarini y
echishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy
hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal
qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish;
topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini
tanlash. Ixtirochilik ijodkorligi masalalarini yechishning tahliliy metodida
muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda
tutiladi. Bu metodda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon
ko‘rsatkichlarining uni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model
ko‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi. ixtirochilik
ijodkorligi masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini talabalar
faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha
soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda
ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish
talab etiladi. O‘quvchilarning bilim va
malakalarni o‘zlashtirishib borishi
davomida ularning ixtirochilik ijodkorligi mazmuni ham o‘zgara boradi:
o‘quvchi hal qilishi lozim bo‘ladigan ixtirochilik masalalarini o‘qituvchi
tomonidan belgilash asta-sekin kamayadi, tadqiqot davomida vujudga
keladigan texnik yechimlarni baholash va qabul qilishdagi mustaqilligi
ortadi. Bunda o‘quvchilarning ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda
ixtirochilik g‘oyalarini ishlab chiqishni 4 bosqichda amalga oshirish
mumkin: 1-
bosqichda o‘quvchilar tadqiqot olib b
orishlari uchun masala
maqsadi, shartlari va unga yaqin yechimga ega namunaviy ixtiro tavsifini
oladilar. Amalga oshirilgan ixtiro asosida ish olib borish o‘quvchining o‘z
ijodiy imkoniyatlariga ishonchini orttirish va rivojlantirish imkonini beradi.
Uni s
inab ko‘rish va xatoliklar kabi samarasiz usullardan foydalanishdan
xalos etib, to‘g‘ri yo‘lni tanlashini osonlashtiradi. Bosqich yakunida
o‘quvchi boshlang‘ich o‘zlashtirish darajasiga erishadi. 2
-bosqich
o‘quvchilarning masala maqsadi va shartlari asosid
a, aniq namunaviy
yechimsiz tadqiqot olib borishlari bilan tavsiflanadi. Bunda o‘quvchi turli
lug‘atlar va boshqa texnik adabiyotlardan foydalanib, o‘rganilayotgan
obyekt loyihasini, uni tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishi, undagi
texnik yechimlarni
tahlil qilishi va o‘zi mustaqil ishlab chiqqan
ishlanmasini taklif qilishi lozim bo‘ladi. Qo‘yilgan vazifalarni amalga
oshirish uchun o‘quvchidan fizika, kimyo, chizmachilik va boshqa
fanlaridan olgan bilimlarini amaliy qo‘llashi talab etiladi. Bu bosqich
da
masala shartlarini shakllantirishda o‘quvchilarni tobora murakkab ijodiy
masalalarni yechishga tayyorlab borish zarurati hisobga olinadi va uning
yakunida algoritmik o‘zlashtirish darajasiga erishiladi. 3
-bosqichda
o‘quvchilar faqatgina ixtirochilik mas
alasining maqsadi bilan tanishtiriladi.
Bunda o‘quvchi masala shartlarini aniqlashtirishi va o‘zlashtirgan
bilimlari asosida uni hal qilishi lozim bo‘ladi. Bosqichni muvaffaqiyatli
tugallagan o‘quvchi ijodiy o‘zlashtirish darajasiga erishadi. 4
-bosqichda
o
‘quvchi faqatgina masalaning umumiy holatda shakllantirilgan maqsadi
bilan tanishtiriladi, bunga ko‘ra u o‘z ijodiy qobiliyatlari asosida turli
sohalardagi mavjud muammolarni mustaqil topishi va samarali texnik
yechimni ishlab chiqish uchun tadqiqot olib borishi talab etiladi, bosqichni
muvaffaqiyatli o‘tagan o‘quvchi evristik o‘zlashtirish darajasiga erishadi.
Ixtirochilik faoliyatini amalga oshirishda o‘quvchilar qobiliyatlaridagi
induvidual farqlar ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Bu holat ayrim
o‘quvchilarning
turli anjuman, olimpiadalardagi ishtiroki, texnika
ijodkorligi to‘garaklarida shug‘ullanganlgida namoyon bo‘ladi. Bunday
o‘quvchilar ijodiy jarayonlarga ko‘proq tayyorlangan bo‘ladilar va
ixtirochilik faoliyati bilan endigina shug‘ullana boshlagan o‘quvch
ilardan
farqli ravishda murakkabroq muammolar ustida ishlay oladilar. Bu jihatlar
o‘qituvchi tomonidan, albatta, hisobga olinishi kerak. Ixtirochilikdagi
favqulodda muhim ko‘nikma –
kundalik buyum va hodisalardagi g‘alati
xususiyatlarni fahmlay olish qobil
iyati hisoblanadi, bu esa iste’dodning
muhim belgisidir. Iste’dodning tarkibiy qismi sifatida maqsadga
intiluvchanlik, tadqiqotlardagi qat’iylik, tartibsiz dalillarni umumlashtira
olish, kuzatuvchanlik kabilarni keltirish mumkin. O‘quvchilarda hamma
vaqt y
angi bilimlarga ehtiyoj, talabni uyg‘otib turish, ularda atrof muhitga
nisbatan izlanish, o‘rganish nazari bilan qarashni rivojlantirish lozim,
bunday xislatlar esa ixtirochilik sifatlari bo‘lgan qiziquvchan
shaxslargagina taalluqlidir. Ijodiy mehnatga o‘r
gatish
–
bu, avvalo, o‘z
kasbiga yangicha yondashishni tarbiyalashdir, ya’ni “tadqiqotchilik
malakalarini” yaratish, ishlab chiqarishni, uning texnika va texnologiyasini
tashkil etishdagi kamchiliklarning sabab va oqibatlarini ochib berish,
erishilgan natijalardan qoniqmaslik, ular bilan chegaralanib qolmaslik
hissini tarbiyalashdir. O‘quvchilarga tamomila takomillashgan, o‘ta
mukammal qurilma yoki usulning o‘zi mavjud emasligi, ularni har doim ham
yanada takomillashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi tushuncha
ni chuqur
singdirish lozim. Tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarda
ixtirochilik g‘oyalari ko‘pincha kundalik amaliy mehnat jarayonida,
ayniqsa, sodda, takrorlanuvchi ishlarni takomillashtirish ishtiyoqi bilan
yuzaga keladi. Ta’kidlash lozimki, o‘quvchilarning o‘quv ustaxonalarida
bajaradigan aksariyat mehnat vazifalari sodda operatsiyalar: arralash,
randalash, mixlash, egovlash, qirqish, egish, bukish, parchinlash,
pardozlash va boshqa shu kabi ishlardan iborat bo‘ladi. Ularni amalga
oshirishda ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirish uchun bir qancha usullar:
o‘zaro musobaqa muhitini shakllantirish, bajarilayotgan jarayon uchun
tejamkor texnologiyani ishlab chiqish, alohida ko‘rsatilgan texnik shartlar
bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish kabilarni qo‘llash mumkin. Demak
ushbu interfaol usullardan pedagogik jarayonlarda foydalanish uchun
birinchidan, ularning mazmun-mohiyatini, birining ikkinchisidan farqini
o‘qituvchi chuqur tushunib yetishi; ikkinchidan esa, ulardan pedagogik
jarayonlarda o
qilona foydalana olish zarur. Ta’limning mazmuni va sifati
shundagina ijobiy natijali bo‘ladi, degan umiddamiz. Xulosa qilib
aytganda, texnologik ta’lim darslari jarayonida o‘qitishning yuqoridagi
o‘zaro faol shakllari va usullarini qo‘llash o‘quvchilarga,
o‘z navbatida,
ijtimoiy hayotda qonunlarni amalda qo‘llash maylini tug‘diradi va imkon
yaratadi.
Foydalaniladigan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar, elektron
ta’lim
resurslari hamda qo’shimcha
adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar:
1.
Yo‘ldoshev
J.G‘.,
Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya
asoslari.
–
T.:
O‘qituvchi,
2004.
–
236 b.
2.
Muslimov N.A. va b. Mehnat
ta’limi
o‘qitish
metodikasi va
kasb tanlashga
yo‘llash: Darslik. –
T., 2014.
3.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi:
“Nasaf”,
2000.
4.
Texnologiya fanidan taqvim-mavzuli reja, 1-9-s. - T.: RTM, 2018.
5.
Tolipov
O‘.Q.,
Usmonboyeva
M.
Pedagogik
texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.
O‘quv
qo‘llanma.
–
T.:
“Fan”,
2006.
6.
Tohirov
O‘.va
b.Texnologiya. 8-sinf uchun darslik-
T.:”Ilm
-
ziyo”,2019.
-160
b
7.
Sharipov Sh.S. va b. Mehnat
ta’limi:
Darslik, 5-s.
–
T.:
“Sharq”,
2015.
8.
Sharipov Sh.S. va b. Texnologiya: Darslik, 6-s.
–
T.:
“Sharq”,
2017.
9.
Sharipov Sh.S. va b. Texnologiya: Darslik, 7-s.
–
T.:
“Sharq”,
2017.
10.
Sattorova Z. va b. Texnologiya: 9-sinf uchun darslik.
–
T.:
“O‘zbekiston”,
2019.
–
160 b.
11.
Shomirzayev M.X., Karimov I.I. Texnologiya fanini
o’qitishda
innovatsion pedagogik texnologiyalar.
O’quv
qo‘llanma. –
T.:
“UNIVERSITET”, 2020. –
192 b.
Qo’shimcha
adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil,
qat’iy
tartib-intizom va
shaxsiy javobgarlik
–
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi
bo‘lishi
kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-
tirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga
mo‘ljallangan
iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining kengayt
irilgan majlisidagi ma’ruza, 2017
- yil 14-
yanvar.
–T.: “O‘zbekiston”,
2017.
–
104 b.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik
O‘zbekiston
davlatini birgalikda barpo etamiz //
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish
tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy
Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi
nutqi.
–
T.:
“O‘zbekiston”,
2016.
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob
xalqimiz balan birga quramiz.
–
T.:
“O‘zbekiston”,
2017.
–
488 b.
4.
Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi
yo‘lida
yanada
hamjihat
bo‘lib,
qat’iyat bilan
harakat qilaylik. // Xalq
so‘zi,
2017-yil,
16-iyun.
5.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
“O’zbekiston
Respublikasini jnada
rivojlantirish bo’yisha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni // Xalq so‘zi,
2017-yil, 8-fevral.
№
28.
6.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Ta’lim
to‘g‘risida”
va
“Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi
to‘g‘risida”gi qonunlari.
–
T.:
“Sharq”,
1997.
7.
Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy
ta’lim
maktabida
o‘qitish
metodlari.
–T.: “O‘qituvchi”,
1990.
–
232 b.
8.
Karimov I. Mehnat
ta’limi
darslarida
o‘qitishning
interfaol
metodlaridan foydalanish:
O‘quv
-uslubiy
qo‘llanma.
–
T.: RTM, 2009.
–
24 b.
9.
Karimov I.
Mehnat
ta’limi
o‘qitish
texnologiyalari:
O‘quv
-uslubiy
qo‘llanma.
–
T., TDPU,
2013.
–
228 b.
10.
Karimov I. Mehnat ta’limida o‘quvchilar ijodkorlik
faoliyatini tashkil etishning
uyg‘unlashgan
texnologiyalari:
Monografiya, uslubiy
yo‘nalish.
–
T.:
“Adabiyot uchqunlari”,
2015.
–
172 b.
11.
Raxmatillayev A., Shomirzayev M.X. va boshq. Interfaol
metodlar samaradorligining dinamikasi. Uslubiy
qo‘llanma.
–
Т
.:
“
АВ
U
MATBUOT-
KONSALT”, 2015.
–
60 b.
12.
Shomirzayev M.X. Texnologiya fanini
o‘qitishning
samaradorligini oshirish
yo‘llari.
O‘qituvchilar
uchun uslubiy
qo‘llanma.
–
T.: 2019.
–
72 b.
13.
Razzoqov D.N., Turdiyev E.J., Mustafoyev Q.O. Kasb
ta’limida yangi
pedagogik texnologiyalar Magistrlar uchun o‘quv
metodik qo‘llanma. Toshkent,
2003.- 76 b.
14.
Razzoqov D.N., Raxmonova Y. Pedagogik texnologiyalar.
o‘quv
qo‘llanma.
-Toshkent.-2007.-56 b.
15.
Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari; Trenerlar uchun
qo‘llanma /
B.Haydarov., B.Nuridinov, A.Rasulov, D.Razzoqov
va boshq. Toshkent 2002 yil.
120 b.
16.
Razzoqov D.N., Qayumova F.E., Razzoqov I.D.
Ta’lim
tizimida didaktik
o‘yinlardan
foydalanish:
o‘quv
metodik
qo‘llanma.
Buxoro
“Iste’dod”.
2005 yil.
–
76 b.
17.
Tolipov U., Razzoqov D.N., Bobojonova Q. Umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida
mehnat
ta’limidan
davlat
ta’lim
standartini
amaliyotga joriy etish. Metodik
qo‘llanma. Toshkent.
- 2000.-57 b.
Internet
ma’lumotlari:
http://www.istedod.uz
http://www.pedagog.uz
http://www.ziyonet.uz
http://www.tdpu.uz
http://uz.denemetr.com/tw_files2/urls_8/32/d-31385/7z-docs/1.pdf
www.texnoligiya.zn.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |