9.4. Biznesni bilish
Moliyaviy hisobot auditini o’tkazishda auditor, auditorning fikri bo’yicha
moliyaviy hisobotga, tekshiruvga yoki auditorlik hisobotga ahamiyatli ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan hodisalar, operatsiyalar va qabul qilingan amaliyotni
aniqlash va tushunish uchun etarli hajmda biznesni bilishi yoki unga oid bilim
olishi lozim. Masalan, auditor bunday bilimlarni ajralmas tavakkalchilik va nazorat
tavakkalchiligiga baho berishda hamda auditorlik muolajalarining tavsifi, muddati
va hajmini aniqlashda qo’llaydi.
Auditorning xizmat ko’rsatish uchun kerakli bo’lgan bilimlar darajasi iqtisod
va sub’ekt o’z faoliyatini amalga oshirayotgan doirasida tarmoq bo’yicha umumiy
bilimdan hamda sub’ekt o’z vazifasini qanday bajarayotganligi to’g’risida
mufassal bilimdan iborat. Biroq, auditorga kerakli bo’lgan bilimlar darajasi,
odatda, har doim sub’ekt rahbariyati ega bo’lgan bilimlar darajasidan pastroq.
181
Kelishuv qabul qilingunga qadar auditor audit qilinadigan sub’ektning
tarmog’i, mulkchilik huquqi, rahbariyati va faoliyatiga oid dastlabki bilimlarni
olishi lozim va audit o’tkazish uchun kerakli bo’lgan bilim darajasiga erishish
imkonini ko’rib chiqishi kerak.
Kelishuv qabul qilingandan so’ng qo’shimcha va batafsilroq ma’lumotlar
to’planadi. Imkoni boricha kerakli bo’lgan bilimlar hajmini auditor kelishuv
bajarilishining boshida olishi lozim. Auditni o’tkazish vaqtida oldin olingan
ma’lumot baholanadi, yangilanadi va to’ldiriladi.
Mijoz biznesi to’g’risida bilimlar olish ma’lumotni yig’ish va baho
berishning uzluksiz va kumulyativ jarayoni va auditning barcha bosqichlarida
olingan bilimlarni auditorlik dalillar va ma’lumot bilan bog’lanishini aniqlash
hisoblanadi. Masalan, ma’lumot rejalashtirish bosqichida yig’ilishiga qaramasdan,
auditor va uning yordamchilari biznes to’g’risida yanada ham to’liqroq tasavvur
olishlariga qarab, keyingi bosqichlarda unga aniqlik kiritiladi va to’ldiriladi.
Keyingi kelishuvlarda auditor oldin yig’ilgan ma’lumotni, jumladan oldingi
yil bo’yicha ishchi hujjatlaridagi ko’rsatkichlarni yangilaydi va baho beradi.
Auditor, shunigdek, oxirgi audit o’tkazilgandan so’ng sodir etilgan ahamiyatli
o’zgartishlarni solishtirishga qaratilgan muolajalarni bajaradi.
Auditor tarmoq va sub’ekt to’g’risida bilimlarni bir necha manbalarda olishi
mumkin. Masalan:
Ushbu sub’ekt va u qaraydigan tarmoq bilan oldingi ish tajribasidan.
Sub’ekt xodimlari bilan suxbatlar o’tkazishdan (masalan, direktor va
etakchi mutaxassislar bilan).
Ichki audit xodimlari bilan suxbatlar o’tkazish va ichki audit hisobotlarini
sharhlashdan.
Ushbu sub’ektga yoki ushbu tarmoqning boshqa korxonalariga xizmat
ko’rsatgan auditorlar, huquqshunoslar va boshqa maslahatchilar bilan suxbat
o’tkazishdan.
Ushbu tarmoqda ishlamaydigan kasbiy xabardor bo’lgan boshqa shaxslar
bilan suxbat o’tkazishdan (masalan, ushbu tarmoqda ixtisoslashgan iqtisodchilar,
182
ushbu tarmoqni tartibga soluvchi idoralar vakillari hamda buyurtmachi, mol
etkazib beruvchi va raqobatchilar bilan).
Tarmoqqa taalluqli bo’lgan nashrlardan (masalan, davlat statistikasi,
sharhlovchi materiallar, maqolalar, tijorat jurnallar, banklar va qimmatli
qog’ozlarga oid operatsiyalar bo’yicha vositachilar tomonidan tayyorlangan
hisobotlar, moliyaviy gazetalar)..
Sub’ekt faoliyatiga ahamiyatli darajada ta’sir etuvchi qonunchilika oid va
me’yoriy hujjatlardan.
Sub’ektning ishlab chiqarishga va ma’muriy xonalari joylashgan joylarga
borishdan.
Sub’ekt tomonidan tayorlangan hujjatlardan (masalan, majlislar
bayonnomalari, aktsiyadorlarga yuboriladigan yoki tartibga soluvchi idoralarga
taqdim etiladigan materiallar, reklamaga oid materiallar, oldingi yillar bo’yicha
yillik va moliyaviy hisobotlar, byudjetlar, sub’ekt rahbariyatining ichki hisobotlari,
oraliq moliyaviy hisobotlar, boshqaruv siyosati bo’yicha rahbariyat, buxgalteriya
hisobi va ichki nazorat tizimlarini yuritish bo’yicha qo’llanmalar).
Biznesni bilish auditorga malakaviy fikr-mulohaza bildirish uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Mijoz biznesini bilish va ma’lumotni tegishli ravishda
qo’llash auditorga quyidagilarni bajarishga yordam beradi:
Tavakkalchiliklarga baho berish va muammolarni aniqlashga.
Auditni yanada ham samaradorlik va oqilona rejalashtirish va bajarishga.
Auditorlik dalillarga baho berishga.
Mijozga yanada ham yaxshiroq xizmat ko’rsatishga.
Auditning barcha bosqichlarida auditor mijoz biznesini bilish muhim kasb
etadigan ko’p javhalar bo’yicha fikr-mulohaza shakllantiradi. Masalan:
Ajralmas tavakkalchilik va nazorat tavakkalchiligiga baho berish.
Ishga oid tavakkalchiliklar sub’ekt rahbariyatining ushbu tavakkalchiliklar
yuzasidan harakatlarini ko’rib chiqish.
Auditning umumiy rejasi va audit dasturini ishlab chiqish.
183
Ahamiyatlilik darajasi va aniqlash hamda tanlangan ahamiyatlilik darajasi
tegishli bo’lib qolishligiga baho berish.
Muvofiqligini aniqlash uchun auditorlik dalillarga baho berish hamda
moliyaviy hisobotning tegishli tasdiqlar amalda to’g’riligiga baho berish.
Buxgalteriyalik baholashlar va sub’ekt rahbariyatining taqdimotlariga
baho berish.
Audit paytida alohida ko’rib chiqishni va maxsus ko’nikmalar qo’llashni
talab qiladigan sohalarni aniqlash.
O’zaro bog’liq tomonlar va o’zaro bog’liq tomonlar o’rtasidagi
operatsiyalarni solishtirish.
Qarama-qarshi ma’lumotni tan olish (masalan, sub’ekt rahbariyatining
taqdimotlaridagi ziddiyatlar).
G’ayriodatiy vaziyatlarni tan olish (masalan, tovlamachilik va faoliyat
qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emaslik holatlari, sub’ektning statistik
tezkor ko’rsatkichlari bilan va hisobotda aks ettirilganlari o’rtasidagi kutilmagan
o’zaro bog’liqliklar).
So’rovnomalarni o’tkazish va javoblar asoslanganligiga baho berish.
Hisob siyosati va moliyaviy hisobotda ma’lumot yoritilishi mosligini
ko’rib chiqish.
Auditor, audit uchun tayinlangan auditor yordamchilari mijoz biznesi
to’g’risida topshirilgan ishni bajarishga imkon beradigan etarli hajmda bilim
olganliklariga ishonch hosil qilishi lozim. Auditor, shuningdek, auditor
yordamchilar qo’shimcha ma’lumotni hisobga olish va ushbu ma’lumotni auditor
va boshqa auditor yordamchilariga etkazish lozimligini tushunayotganliklariga
ishonch hosil qilishi kerak.
Mijoz biznesini bilishlikdan samaradorlik bilan foydalanish maqsadida
auditor ushbu bilim umuman moliyaviy hisobotga qanday ta’sir ko’rsatayotganini
va moliyaviy hisobotdagi tasdiqlar auditor tomonidan mijoz biznesi to’g’risida
olgan bilimlariga muvofiqligini ko’rib chiqishi lozim.
Biznesni bilish - ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan masalalar:
184
A.
Umumiy iqtisodiy omillar
Iqtisodiy faoliyatning umumiy darajasi (masalan, pasayish, o’sish).
Foizli stavkalar va moliyalashtirishning mavjudligi.
Valyuta qadrsizlanishi, revalvatsiyasi.
Hukumat siyosati:
- pul- kredit;
- fiskal;
- korporativ-soliqqa tortish va boshqalar;
- moliyaviy rag’batlantiruvchi omil;
- tariflar, savdo cheklovlari.
Xorijiy valyuta kursi va valyuta nazorati.
B
Tarmoq - mijoz biznesiga ta’sir etuvchi muhim shartlar
Bozor va raqobat.
Tsiklli yoki mavsumiy faoliyat.
Ishlab chiqarish texnologiyasidagi o’zgarishlar.
Ishga doir tavakkalchilik (masalan, yuqori texnologiya, yuqori moda,
raqobatchilar uchun oson kirib borish imkoniyati).
Faoliyat qisqarishi yoki kengayishi.
Nomuvofiq sharoitlar (masalan, talab pasayishi, haddan tashqari ko’p
ishlab chiqarish quvvatlari, narx yuzasidan jiddiy raqobat).
Tayanch ko’rsatkichlar va tezkor statistika.
Buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususitlari va u bilan bog’liq
muammolar.
Ekologik talablari va u bilan bog’liq muammolar.
Qonunchilikka oid-huquqiy asos.
Elektr quvvatini etkazib berish va uning tannarxi.
O’ziga xos yoki noyob amaliyot (masalan, mehnat shartnomalari
yuzasidan, moliyalashtirish usullari, buxgalteriya hisobini yuritish usullari).
V
Sub’ekt
185
Do'stlaringiz bilan baham: |