176
sub’ektlar auditorlik firmalariga uning xizmatidan foydalanish maqsadida xat
shaklida o’z hohishini bildiradi. Bunday paytda auditorlik
firmasini tanlashdek
ma’suliyatli ish xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida turadi. Xo’jalik yuri-tuvchi
sub’ektlar auditorlik firmasini tanlashda iqtisodiy gazeta va jurnallardagi reklama,
e’lonlardan audit xizmatini ko’rsatish bo’yicha ma’lumotlarni yig’adi.
Mijoz biror-bir auditorlik firmasini tanlaganidan so’ng, o’sha mijoz auditorlik
tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik firmasiga xat-taklifnoma jo’natadi. Xatda
korxonaning to’liq nomi va uning asosiy tavsiflari ko’rsatilishi kerak:
– davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasi va nomeri;
– ta’sischilar tarkibi;
–
yuridik manzili;
– ustav kapitali miqdori;
– faoliyat turi va boshqalar.
Rasmiy taklif oferta deb ataladi. Oferta biror-bir yoki bir nechta shaxslarga
jo’natiladigan taklif bo’lib, unga ko’ra ushbu taklif
qabul qilinadigan holda
jo’natiladi. Oferta shartnoma ko’rinishiga ega bo’ladi va unda shartnoma shartlari
keltirib o’tiladi. Auditorlik firmasi ofertani qabul qilib olgach, unga javob beradi.
Ushbu javob xalqaro auditorlar amaliyotida «Auditorning mijoz oldidagi xat-
majburiyati» deb nomlanadi.
Xat-majburiyat auditorning shartlariga rozilik berilganini
tasdiqlovchi hujjat
bo’lib, unga binoan auditorning uning oldiga qo’yilgan vazifalarini tushunganligini
bildiradi.
Auditorlik firmasi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ba’zi-bir holatlarni
oldindan ko’ra bilishi va ularni tekshirish boshlanishidan oldin,
hatto shartnoma
imzolanishidan avval mijozga tushuntirishi lozim. Auditorlik firmasining mijozga
yuborgan xat-majburiyati auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichida –
mijozning moliyaviy hisobotlari to’g’riligi borasida yakuniy fikr aytishda ba’zi-bir
kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam beradi.
Xat-majburiyatning mundarijasi quyidagilardan iborat bo’ladi:
177
– audit ob’ektlarini yozish (
buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi,
moliyaviy hisobot);
– audit chegaralarini belgilash, ya’ni amaldagi qonuniy hujjatlar bo’yicha ish
ko’rishi, auditorlik firmasining qoidalariga bo’ysunish;
– Auditorlik
xulosasi turlarini sanash, auditorlik xulosasi tarkibiy qismlarini
bayon qilish;
– hisobda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarni hisobga olgan holda
tavakkalchilik darajasini belgilash;
– auditga ma’no kasb etadigan hisob hujjatlari va axborotlar bilan ta’minlash;
– iqtisodiy sub’ekt xodimlari tomonidan yordam berishni ta’minlash;
– tijorat sirini saqlash bo’yicha auditorning majburiyati.
Quyidagilar xat-majburiyatda albatta ko’rilishi kerak:
– xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi, ichki nazorat tizimi,
moliyaviy hisoboti holatini tekshirishning maqsadi;
– iqtisodiy sub’ektning tekshiruvga taqdim etilgan hujjatlarining
ishonchliligini ta’minlashdagi majburiyati;
– tekshiruv davomida auditorning foydalaniladigan
qonuniy va normativ
hujjatlari;
– qilingan ish natijasi bo’yicha auditorlik hisobotining shakli.
Odatda xat-majburiyat mijozga birlamchi auditdan oldin jo’natiladi. Qayta
audit o’tkazilganda quyidagi hollardagina xat-majburiyat mijozga jo’natiladi:
– mijoz audit ob’ektlarini, audit ko’lamini, auditorlik faoliyatining
chegarasini, taqdim qilingan hujjat bo’yicha o’zining
javobgarlik darajasini
noto’g’ri tushunganida;
– audit o’tkazish muddati, haq to’lash hajmi va boshqa shartlar o’z-garganida;
– mijoz korxona rahbariyatida yoki hisobot tuzishda ma’sul bo’lgan xodimlar
tarkibida o’zgarish bo’lganida;
– tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt faoliyatining turi va ko’lami sezilarli
darajada o’zgarganda.
Do'stlaringiz bilan baham: