4.3. Buyuk Britaniyada auditorlik faoliyati
Agar buxgalteriya hisobining vatani Italiya hisoblansa, auditorlik
faoliyatining vatani Angliya hisoblanadi. 1773 yildayoq Shotlandiyaning poytaxti
– Edinburg shahrining adres kitobida etti nafar auditorning nomi qayd etilgan edi.
Keyinchalik 1854 yilda mazkur shaharda “Buxgalterlar jamiyati” tashkil etilgan
bo’lib, u o’z ichiga buxgalter-auditorlarni qamrab olgan edi. Bu holat ayrim
mualliflarga g’arb mamlakatlarida audit XIX asrda Shotlandiyada vujudga keldi,
degan xulosaga kelishga asos yaratdi. Mulkdorlar va ular bilan ish munosabatlari
orqali bog’liq shaxslar manfaatlari yo’lida hisob yozuvlarining qonuniy tartibi
paydo bo’ldi. Eng salmoqli qonuniy hujjat Savarining tijorat kodeksi hisoblanadi
(1673 yil). Bundan tashqari ham me’yoriy hujjatlar mavjud edi. Xususan,
Kastiliyada XIII asrda qonuniy hujjat qabul qilingan bo’lib, uning to’ldirilgan
tahriri 1549 yilda nashr etildi. Bu hujjatlar kreditorlarning huquqlarini aniq
65
belgilab bergan edi. XIX asrning o’rtalaridan boshlab aktsionerlik jamiyatlarining
keng tarqalishi va soliqqa tortishdagi o’zgarishlar soliq qonunchiligi mavqeining
keskin o’sishiga olib keldi, auditorlarning roli oshib bordi (Angliyada auditorlar
instituti 1299 yildayoq paydo bo’lgan edi, ammo uning zamonaviy shakllari 1854
yilda Edinburgda vujudga kelgan).
Audit ushbu so’zning hozirgi ma’nosida 200 yildan buyon mavjud. Uning
paydo bo’lish ildizlari korxonani bevosita boshqarish bilan shug’ullanayotganlar
va uning faoliyatiga pul kiritayotganlar o’rtasidagi manfaatlar bo’lingan vaqtlarga
borib taqaladi. Aynan shu vaqtlarda aktsionerlik jamiyatlari shakllana boshlagan va
auditor (revizor) tashqi hisobotning jamoatchi nazoratchisi sifatida markaziy
o’ringa ega bo’lgan.
XVIII asrning oxirlarida Shotlandiyada ayrim mansabdor shaxslarga
“Shahar auditori sifatida xizmat ko’rsatishni ta’qiqlash to’g’risida”gi qonun qabul
qilingan. Aynan shu bilan G’arb dunyosida auditor mustaqilligining zamonaviy
tushunchasi kiritilgan. Auditning yanada rivojlanishiga 1862 yilda qabul qilingan
Britaniya kompaniyalari to’g’risidagi qonun kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ushbu qonunda
kompaniyalar hisobvaraqalari va hisobotlarini majburiy tarzda bir yilda kamida bir
marta tekshirishdan o’tkazish belgilab qo’yilgan edi. Temir yo’l transporti Buyuk
Britaniyadagi ichki auditni yo’lga qo’ygan birinchi tarmoqlardan hisoblanadi. XIX
asrning oxirlarida ingliz ko’chma auditorlari ma’muriyatning mulk va hisobot
tizimi uchun mas’uliyat darajasiga baho berish vazifasini bajarish uchun butun
mamlakat bo’ylab yoyilib ketgan transport agentliklariga tashrif buyurdilar. Bu,
eng avvalo, korxonaning haqiqiy moliyaviy ahvoli va uning muayyan davrdagi
xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarni olish orqali
aktsionerlik jamiyatlari hisobotlarini ob’ektiv ravishda baholash zaruriyatidan
kelib chiqqan edi. Korxonalarning o’zlariga to’liq ishonishi muayyan
tavakkalchilikni keltirib chiqarar edi, chunki o’sha paytda korxonalarning
bankrotlikka uchrashi tez-tez uchrab turar, buning natijasida esa aktsionerlar,
paychilar yoki kreditorlar o’z kapitallaridan mahrum bo’lar edilar. Natijada bir
tomondan, aktsionerlar va kreditorlar, ikkinchi tomondan soliqchilar tomonidan
66
buxgalteriya
balanslarining
haqiqiyligiga
va
daromadlar
to’g’risidagi
hisobotlarning to’g’riligiga bildirilgan ishonchsizlik auditorlarning paydo
bo’lishiga olib keldi. Bu auditorlarning asosiy vazifasi aktsionerlik jamiyatlarining
hisobotlarini o’rganish va tahlil qilish hamda ularning ishonchliligi to’g’risida
malakali xulosa berishdan iborat edi.
Aktsionerlarning umumiy yig’ilishida jamiyatning yillik hisobotini
muhokama qilishda eng avvalo, auditorlarning xulosasi tinglanar va faqat shundan
keyin hisobot tasdiqlanar (tasdiqlanmas) va jamiyat boshqaruvi faoliyatiga baho
berilar edi. Boshqacha qilib aytganda, auditor kasbi birinchi marta aktsionerlik
kompaniyalarida paydo bo’ldi. Bu vaqtda aktsionerlar, kreditorlar va soliq xizmati
korxonaning moliyaviy holati to’g’risida ob’ektiv baho beradigan mustaqil
mutaxassisni izlashga majbur bo’lgan edilar.
Angliyalik mashhur olim Loursen Diksi audit va taftish texnikasi
quyidagilarni aniqlashini ta’kidlagan edi:
1) almashtirishlar;
2) tasodifiy xatolar;
3) hisobni tashkil etishdagi kamchiliklar.
Taftish kassadan boshlanib, balans tahliliga turli manfaatdor shaxslar
manfaatlari nuqtai nazaridan qaralar edi.
Audit nazariyasi va amaliyoti to’g’risida fikr yuritilganda A.T.Vatsonni
alohida ajratib ko’rsatish zarur. U hisob yuritishdagi uchta soxtalashtirishni ajratib
ko’rsatdi. Unda:
1. Vaziyat shuni ko’rsatadiki, moddiy javobgar shaxslar talon-tarojlikni
amalga oshirganlar. U mulkdor ham, boshqa moddiy javobgar shaxs ham, begona
shaxs ham bo’lishi mumkin. Bu holat yashirish deb ataladi;
2. Vaziyat haqiqiy holatni bo’rttirib ko’rsatish maqsadida yuzaga keladi
(masalan, aktsiya kursini ko’tarish istagida). Bu holat xaspo’shlash deb ataladi.
3. Vaziyat shuni ko’rsatadiki, haqiqiy holat balansda aks ettirilganidan
yaxshiroq (masalan, soliq to’lovlari miqdorini o’zgartirish istagi). Bu holat ham
xaspo’shlash deb ataladi.
67
Har qanday soxtalashtirish kengroq tushuncha sifatida angliyalik auditorlar
tomonidan ko’rib chiqilgan va tahlil qilingan. Soxtalashtirishni aniqlash uchun,
Vatson fikricha, quyidagi shartlar zarur:
1) firma rahbarining ko’magi, u eng yaxshi holatda yashirishni ochishga
tayyor, ammo hech qachon xaspo’shlashdan voz kechmaydi;
2) soxtalashtirishning u yoki bu hisob varaqasi qanday maqsadda ochilishi
to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish (taftishchi uchun hisob varaqalarining
maxsus tasnifi lozim);
3) potentsial kamomadchining ruhiyatini, uning istagi va “atrofidagi holatni
o’z foydasiga jalb etish” qobiliyatini bilish;
4) taftish qilinayotgan korxona xodimlarining o’zaro munosabatlarini tahlil
qilish;
5) ishning uzoqligi “jinoyatchini kamroq ehtiyotkor qiladi”;
6) har bir kishining xarakterida mavjud bo’lgan u yoki bu darajadagi
ambitsiya ruhiy jihatdan barqaror va ochko’z kishini uyaltirib qo’yishi mumkin;
7) yozuvlardagi ehtiyotsizlik;
8) qarovsizlik, xo’jalik hayotida yuz bergan dalillarning buxgalteriya
yozuvidan orqada qolishi; hisob yuritishda qanchalik orqada qolinsa, suiste’mol
vujudga kelish ehtimoli shunchalik ko’payadi;
9) o’zini himoyalash bo’yicha lavozimga tayinlanish – hisob yuritishning
eng katta dushmanlaridan biri.
Yuqorida keltirilgan holat shunday xulosaga olib keladiki, audit va
taftishning, pirovard natijada buxgalteriya hisobining predmeti xo’jalikda band
bo’lgan shaxslarning ruhiyati, xodimlarning huquq va majburiyatlari, ularning
harakat motivlari hisoblanadi. Xo’jalikni boshqarish - bu unda band bo’lgan
kishilarning hohish-istaklarini boshqarishdir. Buxgalterlarning o’zi ham inson va
ular o’zlari tekshirayotgan kishilardan ustun emaslar.
Goddard o’zining hamkasblari va zamondoshlarining bunday baholaridan
kelib chiqqan holda talon-tarojlik va o’g’rilikning o’ntadan to’qqiztasi
buxgalterlarning aybi bilan yuz berishini ta’kidlaydi. Vatson esa kishilar
68
ruhiyatining beqarorligini ta’kidlar ekan, ushbu kasb egalari tomonidan sodir
etiladigan eng tipik jinoyat turlarini ajratib ko’rsatadi:
- boyliklar, ayniqsa, pullik boyliklar kirim qilinmaydi;
- hujjatlar boshqa kun bilan rasmiylashtiriladi;
- pul (kassa) va moddiy hisob varaqalari bo’yicha qoldiqlar sun’iy ravishda
ko’paytirib ko’rsatiladi;
- to’lov qaydnomalarining natijalari oshiriladi;
- buxgalterlar "do’stlari"ning ish haqlari oshirilib ko’rsatiladi;
- pul soxta shaxslarga yoziladi ("o’lik jonlar");
- kassa hisob varaqasi qalbaki kreditlanadi yoki qalbaki kreditorlik qarzlari
aks ettiriladi;
- oshirib ko’rsatilgan komission to’lovlar to’lanadi va uni oluvchilar bilan
bo’lib olinadi;
- hujjatlar, odatda cheklar soxtalashtiriladi;
- bir hujjatga (yoki uning bir nechta nusxalariga) bir necha marta haq
to’lanadi.
Albatta, o’sha zamonning tijorat amaliyoti boshqa jinoyat turlarini ham bilar
edi. Soxtalashtirish vositasi sifatida operatsion hisob varaqalari (xarajatlar, kelgusi
davr xarajatlari va h.k.), soxtalashtirilgan, to’g’rilangan, tozalangan va boshqa
hujjatlar, shuningdek, bitta o’zi uchun va bitta tashqarida foydalanish uchun "ikkita
kitob yuritish" (bittasi qora, ammo haqiqiy, ikkinchisi oq, ammo soxta) va
boshqalar qatnashar edi. Soxtalashtirishga qarshi kurash vositasi sifatida
quyidagilar tavsiya etilgan edi: 3 oydan 6 oygacha muddatda taftish o’tkazib
turish; firmaning barcha omborxonalarini bir vaqtning o’zida bir yo’lakay
inventarizatsiya qilish; moddiy javobgar shaxslarni bir omborxonadan ikkinchisiga
tez-tez almashtirib turish; debitor va kreditor qarzlarni inventarizatsiya qilish
(shartnoma tuzganlarga huquq va talablar ro’yxati bilan xat yuboriladi, xatni
olganlar ularni tasdiqlashi lozim); hisob-kitob hujjatlarini, odatda, xodimlarning
hisob-kitob daftarchalarini to’satdan tekshirish (buxgalter shaxsiy hisob varaqasida
hisob-kitob daftarchasiga nisbatan ko’proq ko’rsatishi mumkin).
69
Taftish jarayonida barcha tekshirilgan hujjatlarga taftishchining shaxsiy
muhri qo’yilgan. Shu narsa tan olingan ediki, nazoratchi, bir tomondan, barchaga
shubha bilan qarashi, ikkinchi tomondan, juda xushmuomala bo’lgan holda buni
birorta ham tekshirilayotgan shaxsga bildirmasligi lozim edi.
Taftish o’tkazish tartibi bo’yicha turli qarashlar mavjud edi. Masalan,
Vatson va Chedvik eng avvalo kassani, keyinchalik, boshqalarni taftishchi
tanlagan tartib bilan tekshirishni zarur deb hisoblagan bo’lsalar, Goddard eng
avvalo Bosh kitobni tekshirishni zarur deb hisoblar edi. Tekshirish taftishchi
tomonidan o’rnatilgan hisobvaraqalar tartibida amalga oshirilishi lozim edi.
Buxgalteriya ekspertizasi bo’yicha yirik asarlar L.Diksi va F. Pikeley
tomonidan yozilgan. Angliyalik taftishchilar texnikasi boshqa mamlakatlarda katta
qiziqish uyg’otar edi. 1908 yilda A.I. Gulyaev Peterburgda ish olib borgan ikki
angliyalik taftishchilar to’g’risida yozgan edi. Ular 150 ta savolni o’z ichiga olgan
anketa-yo’riqnoma asosida ish olib borar edilar. Javoblar sifatida raqamlar qo’yilar
edi va "kompaniyadagi ahvol to’g’risida aniq va to’liq manzara namoyon bo’lar
edi".
Buyuk Britaniyada Angliya va Uels maslahatchi buxgalterlar Instituti (1880
yil), diplomga ega va korporativ buxgalterlar Uyushmasi tashkil etilgan bo’lib, bu
Uyushmaga nafaqat Britaniya orolida yashovchilar, balki Britaniya koloniyasi va
mandat bilan idora qilinadigan hududi vakillari ham a’zo bo’lishlari mumkin edi.
Keyinchalik milliy-ozodlik harakatlarining rivojlanishi va ushbu mamlakatlar
tomonidan mustaqillikning qo’lga kiritilishi bilan ularda auditorlik kasbi vakillarini
o’zida birlashtirgan milliy tashkilotlar tuzila boshlandi. Angliyada auditning
vujudga kelishi masalasini buxgalteriya hisobining tarixi, paydo bo’lishi va
shakllanishidan ajratib qo’yish mumkin emas. Angliyalik olim V.T. Bakster
buxgalteriya hisobi va audit rivojlanishini to’rtta bosqichga ajratadi:
1) qadimgi dunyo va o’rta asrlar bozorlari tarixini o’z ichiga olgan klassik
bosqich;
70
2) 1200 yildan 1850 yilgacha bo’lgan davr. Sanoqning pozitsion tizimi
vujudga keldi. Uning qo’llanilishi ikki yoqlama yozuvni barpo etish va hisob
usullari bilan moliyaviy natijalarni hisoblashni ta’minlash imkoniyatini berdi.
3) 1850 yildan 1950 yilgacha bo’lgan davr. Bu davrda iqtisodiy hayotning
keskin murakkablashuvi, xarajatlar hisobi va tannarxni hisoblashning keng
tarqalishi, ommaviy hisobot va auditorlik faoliyatining vujudga kelishi kuzatiladi.
4) 1950 yildan boshlab hisob va audit tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.
U elektron-hisoblash texnikasining keng tarqalishi, hisob jarayonlarini
mutanosiblashtirish uchun inflyatsiya jarayonlarini hisobga olish zaruriyati bilan
bog’liq bo’lib, hisob va auditorlik standartlarining ishlab chiqilganligida o’z aksini
topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |