Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/183
Sana06.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#484595
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183
Bog'liq
xalqaro audit

5.2. Xitoyda auditorlik faoliyati 
Xitoyda auditorlikning rivojlanishi o’ziga xos qiziqarli yo’lni bosib o’tgan. 
Ba’zi manbalarga ko’ra, Xitoy auditorlik tizimini barpo etgan dunyodagi birinchi 
mamlakat hisoblanadi. Chunonchi, U.Xanning “Chju Yuapchjanning hayot yo’li” 
kitobida (“Jizneopisanie Chju Yuapchjana”. - M.: Progress, 1980. – str.140 ”) 
shunday yoziladi: “...Yuan dinastiyasi davrida taftishni tsenzorat amalga oshirar 
edi. Xununing 15-yillarida (1382 yil) Chju Yuanchjan uni bosh taftishchi (auditor) 


96 
palatasiga aylantirdi. Unda katta boshliqlar chap va o’ng bosh tsenzorlar, bosh 
tsenzorning chap va o’ng yordamchilari, bosh tsenzorning chap va o’ng do’stlari 
hisoblanar edilar. Ulardan pastroqda 110 nafar tsenzor-taftishchilar turar edilar. Bu 
tsenzor-taftishchilar o’zlarining funktsiyalarini joylarda amalga oshirar edilar. Ular 
barcha muassasalarda suiste’mollarni bartaraf etishlari, adolatsiz ayblovlarni fosh 
qilishlari, adolatsiz, o’zboshimcha va boshqaruvda tartibsizliklarni keltirib 
chiqargan yirik mansabdorlarga yoki kattalarga hurmatsizlik qilgan, ochko’zlik 
qilgan, o’z lavozimlarini suiste’mol qilgan va avlodlar tomonidan o’rnatilgan 
tizimga zarar keltirgan rahbarlarga ayblovlar qo’yishlari mumkin edi. 
Tsenzor-taftishchilar rang bo’yicha uezdlar boshliqlari bilan teng bo’lsalar-
da, katta hokimiyatga ega edilar. Imperator yiriklarni kichiklar, periferiyani 
poytaxt yordamida nazorat qilar ekan, ulardan yirik mansabdorlarni nazorat qilish 
uchun foydalanar edi. U tsenzor-taftishchilarga o’zlari muhim deb hisoblagan 
barcha narsalarni gapirish, har qanday takliflarni kiritish, barcha yirik 
mansabdorlar, hatto knyazlar to’g’risida ham ma’lumot berish huquqini taqdim 
etgan edi. Saroyda ular barcha byurokratik apparatni tekshirar, joylarga chiqqanda 
esa muassasalarni taftish qilar, armiyada tozalash ishlarini olib borar, maktablarni 
inspektsiya qilar, emakxonalar, choyxonalar va ot bozorlarini tekshirar, 
qo’shinlarni tekshirishdan o’tkazar va boshqa funktsiyalarni amalga oshirar edilar”. 
Chju Yuanchjan 1367 yildayoq tsenzorat va markaziy hukumatning 
mansabdorlariga oddiy va qattiq qonunlar belgilash to’g’risida farmon bergan edi. 
Ular tomonidan qonunchilikni ishlab chiqish uchun huquq sohasida yuqori bilimga 
ega bo’lgan olimlar tanlab olindi. Atroflicha tadqiqot va muhokamalar o’tkazish 
natijasida “Buyuk Min Qonunlari” tuzildi. Bu qonunlar o’ttiz yillik ish davomida 
to’rt-besh marta o’zgardi va qisqartirildi. Bu qonunlar Xitoy hukumati tarixida 
muhim ahamiyat kasb etdi. Qonunlar to’plamini tuzish bo’yicha ishlar tugagandan 
so’ng Chju Yuanchjan xalqning hayotiga taalluqli qismini oddiy tilga tarjima 
qilishni buyurdi. Tarjima “so’zma-so’z izoh” deb ataldi va barcha viloyatlar va 
uezdlarga tarqatildi. Bularning barchasi oddiy xalq qonunlarni tushunishi va ijro 
etishi uchun amalga oshirildi.


97 
Qonunlar va farmonlar nihoyatda murakkab bo’lib, ba’zan ko’plab arxiv 
materiallari to’planib qolar edi. Mansabdorlar sun’iy ravishda ish yuritishni 
murakkablashtirar va ularni suiste’mol qilar edi va bu suiste’mollarni aniqlash 
nihoyatda qiyin edi. Buning ustiga devonxonada ishlash va xazina qog’ozlari 
yozuvlari maxsus bilimlarni talab etar edi, chunki rasmiy hujjatlarni tuzish ko’plab 
mayda-chuydalarni ko’zda tutar edi. Muhrga ega bo’lgan mansabdor (bosh 
mansabdor) har bir yamenda muayyan muddatga tayinlanar va u ish yuritishda endi 
biror bir narsani tushuna boshlagan paytda boshqa joyga o’tkazib yuborilar edi. 
Devonxona xodimlari esa odatda bir umr bitta joyda xizmat qilar edilar. Natijada 
davlat va xalqni amalda mansabdorlar emas, balki devonxona xodimlari boshqara 
boshladilar.
“Xununing 20-yillarida (1387 yil) Chju Yuanchjan “Xazina qog’ozlarida 
murakkabliklarni bartaraf etish qoidalari”ni e’lon qildi va ularni rasmiy hujjatlar 
tushunarli bo’lishi va ish yurituvchilar suiste’mollikka yo’l qo’ymasliklari uchun 
rasmiy hujjatlarni soddalashtirish maqsadida yamenlarga tarqatdi”.
1982 yilda Xalq vakillarining Umumxitoy yig’ilishi (XVUY)da Xitoyning 
yangi Konstitutsiyasi e’lon qilindi. Bu konstitutsiya hukumatdan auditorlik 
ma’muriyatini tashkil etishni talab qilar edi. 1983 yilning sentyabr oyida 3000 dan 
ko’proq auditorlik tashkilotlari ro’yxatga olindi, ularda 30 mingdan ortiq shtatli 
a’zolar ishlar edi. Shunday qilib, konstitutsiya auditorlik ma’muriyatining 
mustaqilligini 
kafolatlaydi. 
Auditorlik 
ma’muriyati o’z funktsiyalarini 
muvaffaqiyatli bajarishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaning 91 moddasida 
shunday yozilgan: “Davlat kengashi Premerining ko’rsatmasiga ko’ra auditorlik 
tashkiloti qonunga muvofiq audit o’tkazish yo’li bilan maslahat berish huquqini 
mustaqil amalga oshiradi. Hech qanday ma’muriy organlar yoki jamoat 
tashkilotlari va shaxslar tomonidan ularning faoliyatiga aralashishga yo’l 
qo’yilmaydi”.
Bosh auditorning ob’ektivligi va mustaqilligi Konstitutsiya tomonidan 
muhofaza qilinadi. Ushbu qonunga muvofiq Bosh auditor premerning tavsiyasiga 
binoan XVUK tomonidan tayinlanishi va bo’shatilishi mumkin. XVUK Xitoyning 


98 
oliy saylov boshqaruv organi hisoblanadi. Shu sababli bu holat hukumat ma’muriy 
organlarining bosh auditorning auditorlik ishiga aralashuviga samarali tarzda 
to’sqinlik qiladi. Shunday qilib, u o’z majburiyatlarini bajargan holda erkin 
qonunga muvofiq harakat qilishi mumkin. Garchi majburiyatlar va huquqlarning 
umumiy tamoyillari Konstitutsiyada keltirilgan bo’lsa-da, auditni o’tkazish 
vazifalarining ko’plab jihatlari ishlab chiqilmagan edi. Shu sababli hukumat qonun 
loyihasini ishlab chiqdi. Unda auditorlik ma’muriyatining majburiyatlari va 
huquqlari, shuningdek, qonunbuzarlik yuz berganda u tomonidan qanday chora-
tadbirlar qo’llashi lozimligi batafsil yoritib berildi. 1985 yilda e’lon qilingan 
auditorlik ishining vaqtinchalik qoidalari auditorlik ma’muriyatining asosiy 
majburiyatlarini belgilab berdi. Auditorlik ma’muriyati ko’plab davlat korxonalari 
juda zaif moliyaviy va buxgalterlik nazoratiga ega ekanligini aniqlashi oqibatida 
qonunga maxsus modda kiritildi. Ushbu modda barcha hukumat muassasalari, 
shuningdek, yirik va o’rta korxonalar o’z tashkilotlarida ichki audit tizimini 
rivojlantirishni majburiy qilib qo’ydi. 1986 yilning sentyabrida mamlakatda 21 
mingdan ortiq ichki auditorlik tashkilotlari va 32 ming nafardan ziyodroq 
auditorlar faoliyat ko’rsata boshladi. 
Xitoy hukumati buxgalterlar orasida SRA (Certified Public Accountants – 
diplomga ega jamoat buxgalterlari) sonining ko’payishini rag’batlantiradi. SRA 
firmalarining 
ko’pchiligi xorijiy investitsiyalarga asoslangan qo’shma 
korxonalarga xizmat ko’rsatadi. Ammo o’sishiga qarab SRA firmalarining ko’plari 
boshqa firmalarga ham xizmat ko’rsatadi. SRAning ba’zi firmalari jamoa va 
alohida mulkchilikka asoslangan korxonalarga ham xizmat ko’rsatadi. SRA 
firmalari shuningdek, ichki nazorat tizimini loyihalashtirishlari, xodimlar 
tayyorlashlari va korxona uchun buxgalter daftarlarini yuritishlari ham mumkin. 
Ularning xizmatlari auditorlik ma’muriyati tomonidan tekshirilmaydigan ko’plab 
korxonalarni nazorat qilishni kuchaytiradi. SRAlarning maqsadga muvofiq 
rivojlanishiga yordam ko’rsatish uchun hukumat 1987 yil 3 iyulda bunday firmalar 
bo’yicha yangi qoidalarni ishlab chiqdi. Unda “SRA” maqomini olish uchun zarur 
shart-sharoitlar belgilab berilgan. SRA uchun yangi imtihonlarni kiritish yo’lga 


99 
qo’yildi va bu qoida birinchi marta SRA firmalariga hukumat organlari va 
korxonalariga auditorlik xizmatini ko’rsatish imkonini berdi. Xitoyda kollejni 
tugatgandan keyin mutaxassisga bakalavr darajasi beriladi, magistr darajasini olish 
uchun esa ikki yillik o’qishni tugatish va uchinchi yilda ilmiy tadqiqot bajarish 
lozim. 
1984 yildan 1986 yilgacha auditorlik ma’muriyati ma’muriy organlar va 
davlat korxonalarida ko’plab turdagi auditni o’tkazdi. Shtatlarning etarli emasligi 
va tayyorgarlik darajasining pastligiga qaramasdan, ma’muriyat ko’plab firibgarlik, 
xatolar, buromadlar va soliq to’lashdan qochish holatlarini aniqladi. Ularning 
umumiy miqdori 4,3 mlrd yuanni tashkil etdi. 1986 yilning o’rtalariga kelib 
auditorlik ma’muriyati 3000 ta bo’lim va 34000 nafar auditor shtatiga ega edi. 
1986 yilda zavod boshqaruvchilarining buxgalterlik daftarlarini audit qilgunga 
qadar ketishlarini ogohlantirish maqsadida yangi qoida qabul qilindi: korxona 
boshqaruvchilari ma’muriyat tomonidan audit o’tkazilmasdan turib iste’foga 
chiqishlari yoki o’z ish joylarini tark etmasliklari lozim.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Xitoy iqtisodiyotining sog’lomlashuvi va 
bozorlarining barqarorlashuvida auditorlik xizmatlari katta rol o’ynadi. Faqat 1989 
yilda tekshirishlar natijasida auditorlar tomonidan 24 mlrd yuan, yoki yalpi milliy 
daromadning 2 foizi miqdorida “muammoli pullar” aniqlandi. Bu pullar keraksiz 
ob’ektlarni qurishni moliyalashtirish, ishlanmagan mukofotlarni to’lash, ulkan 
“vakillik” xarajatlariga sarflanishi ko’zda tutilgan edi. 1990-1992 yillarda Xitoy 
auditorlik tizimining rivojlanishida katta taraqiyot yuz berdi. Xitoy iqtisodiyotining 
bozor munosabatlariga o’tish ko’lamining kengayishi bilan biznes sektorini 
ko’proq kuzatish va moliyaviy nazorat qilish talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti, 
biznes va savdoda kuzatilayotgan baynalmilallashuv tendentsiyalari munosabati 
bilan xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotining ahamiyati va hajmi oshib 
bormoqda, buxgalterlarning xalqaro kasbiy tashkilotlari tuzila boshlandi, o’z 
vakolatlari doirasida hisob va auditorlik standartlarini muvofiqlashtirish jarayoniga 
jalb etilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ana shular jumlasidandir. 


100 
Хитойда “Аудиторлик фаолияти тўғрисида”ги Қонун 1994 йил 31 
августда қабул қилинган бўлиб, у 55 та моддадан иборат. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish