Mustaqil
ta’lim
mashg’ulotlarning
M A V Z U L I
R E J A S I
№
Mavzular
1
Texnologik
ta’limda
interaktiv metodlar
2
Kasblarini tahlil qilish metodikasi
3
Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari
4
Pedagoglarning talabalar biln muloqot
ko’nikmalari
5
Keng profilli mutaxassis
to’g’risidagi
Tushunchalar
6
Yuqori malakalimutaxassisga quyiladigan talablar
7
Kasbiy-pedagogik
ta’limning
falsafiy- metodologik asoslari
8
Bo’lajak
mutaxassislar pedagogik tayyorgarligi mazmuni
9
Ta’lim
tizimini va pedagogic jarayonlarni
Boshqarish
10 Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish
yo’llari
11 Axborot texnologiyalarini
ta’lim
jarayonida
qo’llash
yo’llari
12 Texnologik
ta’limda
loyihalash metodi
JAMI
Innovatsio
n texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga
yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan
to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar –
bu jamoa bo‘lib fikrlashdan iborat deb yurit
iladi,
ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda
faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga
xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: o‘quvchining dars davomida
befarq bo‘lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; o‘quvchilarni
o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy
ravishda bo‘lishini ta’minlashi;
o‘quvchining bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy
yondoshgan holda kuchaytirishi; pedagog va o‘quvchining hamisha hamkorlikdagi
faoliyatini tashkillanishi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi -
bu o‘qituvchi va
o‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijada hamkorlikda erishishlari
uchun tanlangan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya’ni o‘qitish jarayonida,
maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim
texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har
ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olsalar,
ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta ol
salar, o‘zlari hulosa qila olsalar, o‘zlariga,
guruhga va ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun 123
imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu, o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir
dars, mavzu o‘quv faniining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o‘quv jarayonidagi pedagogik
texnologiya -
bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan
holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija
berishiga qara
tilgan pedagogik jarayon. O‘qituvchi va o‘quvchining maqsadi bo‘yicha
natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala
tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchilarning
bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi, masalan,
natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma
material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bu
lar
o‘qituvchi va o‘quvchiga bog‘liq. O‘qitish jarayonida tarbiyalanuvchilarga shaxs sifatida
qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo‘llanilishi ularni
mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshi
sh, mas’uliyatni
sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli
foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga, pedagogga o‘zi tanlangan kasbiga bo‘lgan
qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotd
a o‘quv jarayonida
innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Aqliy hujum
-
g‘oyalarni
generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni
yechishda o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali
ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metod. Aqliy hujum metodining yozma va
og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga
o‘quvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. O‘quvchilar o‘z javoblarini aniq va
qisqa1 tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga o‘quvchilar o‘z
javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar
doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga
(ignalar yordamida)
mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar
bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy
qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. Aql
iy hujum
metodidan foydalanilganda ¢quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo’ladi, shu
jumladan o’quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi.
O’quvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon eti
sh mahorati,
mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi
o‘quvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o’quvchilarda ijodiy
tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. «Aqliy hujum» metodi ¢qituvchi tomonidan
qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: 1. O’quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini
aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga
oshiriladi. 2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi m
avzu bilan bog‘lash maqsad
qilib qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi. 3. O’tilgan mavzuni
mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda
-
mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash
qismida amalga oshiriladi. «Aqliy hujum» metodining afzallik tom
onlari: natijalar
baholanmasligi o‘quvchilarni turli fikr
-
g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;
o‘quvchilarning barchasi ishtirok etadi; fikr
-
g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
o‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavj
ud;
o‘quvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otish mumkin. «Aqliy hujum» metodining kamchilik
tomonlari: o‘qituvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik; o‘qituvchidan yuqori
darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi. «Aqliy hujum» metodining bosqichla
ri: 124
O‘quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, mulohazA)
bildirishlarini so‘raladi; O‘quvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr
-mulohazalarini bildirishadi;
O‘quvchilarning fikr
-
g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki
doskagA) to‘planadi; Fikr
-
g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi; Yuqorida
qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. «Aqliy hujum» metodini qo‘llashdagi
asosiy qoidalar: Bildirilgan fikr-
g‘oyalar muhokama qilinmayd
i va baholanmaydi.
Bildirilgan har qanday fikr-
g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
Bildirilgan fikr-
g‘oyalarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin Kichik guruhlarda
ishlash -
o‘qituvchi tomonidan berilgan ma’lum bir topshiriqni
hamkorlikda bajarish uchun
o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, berilgan topshiriqning yechish yo‘llarini ishlab
chiqishni taqozo etuvchi metod. Ushbu metod qo‘llanilganda o‘quvchi kichik guruhlarda
ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovc
hi rolida bo‘lishga, bir
-biridan
o‘rganishga va turli nuqtai
-
nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi. Kichik guruhlarda
ishlash metodi qo‘llanilganda o‘qituvchi boshqa noan’anaviy metodlarga qaraganda vaqtni
tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilarni
mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. «Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi; muloqotga kirishish ko‘nikmasining
takomillashishiga olib keladi;
vaqtni tejash imkoniyati mavjud; barcha o‘quvchilar jalb
etiladi; o‘z
-
o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi. «Kichik guruhlarda
ishlash» metodining kamchiliklari: kuchsiz o‘quvchilar bo‘lganligi sababli kuchli
o‘quvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor; barcha o‘quvchilarni nazorat qilish
imkoniyati past bo‘ladi; guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin.
Guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin. «Bahs
-
munozara» metodi Bahs
-
munozara -
o‘quvchilarni ikki
guruhga bo‘lgan holda, biror mavzu bo‘yicha o‘zaro bahs,
fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodi. Har qanday mavzu va muammolar
mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu
metod qo‘llaniladi. Bahs
-m
unozarani boshqarib borish vazifasini o‘quvchilarning biriga
topshirish mumkin. Bahs-
munozarani erkin holatda olib borish va har bir o‘quvchini
munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda
o‘quvchilar orasida paydo bo‘ladig
an nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.
Bahs-
munozara metodining afzalliklari: o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;
o‘quvchilar o‘z fikrining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qiladilar; o‘quvchilarda eshitish
qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi. Bahs-munozara metodining kamchiliklari:
o‘qituvchidan boshqarish mahoratini talab etadi; o‘quvchilarning bilim darajasiga mos va
qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi. Bahs
-
munozara metodini o‘tkazish
bosqichlari: O‘qituvchi
munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi.
O‘qituvchi «Aqliy hujum» metodidan foydalanib, o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha savol
beradi. O‘qituvchi bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlaydi. Bu
bosqichda o‘qituvchi
guruh qatnashchilariga o‘z fikrini bildirishga sharoit yaratib beradi.
125 Qatnashchilar bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga
o‘tishadi. Tahlil orqali qo‘yilgan vazifaning eng maqbul yechimini topishga harakat
qilinadi. Bahs-
munozara metodini o‘tkazish bosqichlari: O‘qituvchi munozara mavzusini
tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi. O‘qituvchi «Aqliy hujum» metodidan foydalanib,
o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha savol beradi. O‘qituvchi bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib
borish uchun kotib tayinlaydi. Bu bosqichda o‘qituvchi guruh qatnashchilariga o‘z fikrini
bildirishga sharoit yaratib beradi. Qatnashchilar bildirilgan fikr va g‘oyalarni
guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o‘tishadi. Tahlil orqali qo‘yilgan vazifaning
eng
maqbul yechimini topishga harakat qilinadi.
Dars reja-
konspekti yuqori saviyadagi ta’limiy ishning zarur shartidir, chunki bunday reja
-
konspektni qunt bilan tayyorlanishi va mashg’ulotning har bir elementini puxta o`ylash
natijasidagina tuzish mumkin. Darsning reja-konspekti ixtiyoriy shaklda tuziladi, lekin har
qanday holda ham unda mashg’ulot mavzusi va maqsadi, uning jihozlanishi va borishi aks
etishi zarur. Amaliy mashg’ulot uchun dars rejasi quyidagi tartibda tuziladi. 1. Mavzu. 2.
Dars turi (amaliy mashg’ulot) 3. Dars vaqti (2 soat) 4. Dars tip
i: - yangi mavzuni
o`zlashtirish; - aralash dars; mustaqil bilim o`zlashtirish; - mavzularni takrorlash va
umumlashtirish darsi; o`zlashtirgan bilim va ko`nikmalarni amaliyotda qo`llash; -
o`zlashtirgan bilim asosida malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash va ijodiy qobiliyatni
rivojlantirish; -
va h.k. 5. Darsda qo`llaniladigan usullar: A) an’anaviy usul; B) yangi
pedagogik texnologiya usullari: - innovasion o`yinlar; - blis-turnir; - treninglar; - rolarni ijro
etish; - intervyu olish; - stol atrofida; - munozara-bahs; - anjuman, press-konferensiya; -
anketa so`rovlari; - va h.k. V) o`quvchilar bilan yakka tartibda ishlash usullari; - har bir
o`quvchining bilim imkoniyatidan kelib chiqib aniq vazifa belgilash va ish joyi bilan
ta’minlash;
- kasbiy mahoratlar bo`yicha yo`l-yo`riq (instruktaj) berish; - rejalashtirish
hujjatlari bilan ishlash qobiliyatini shakllantirish va h.k. 6. Darsda qo`llaniladigan nazorat
turlari: -
og’zaki;
- yozma; - yasalgan buyumni texnik-texnologik talablarga mos kelishi; 7.
Dars maqsadlari: A) o`quv maqsadi; - nazariy bilimlarni mustahkamlash; - amaliy
ko`nikmalarni egallash; - o`zlashtirgan bilim va ko`nikmalarni amaliy faoliyatda qo`llash; -
amaliyotdagi kommunikasiya va ma’naviy javobgarlik hissini tarbiyalash;
- o`quvchilarning
ka
sbiy mahoratini shakllantirish va h.k. B) ma’naviy
-
ma’rifiy maqsadi:
-
milliy g’oya va
mafkurani o`quvchilar ongida shakllantirish; -
mavzularni o`rganish borasida ma’naviy
barkamol mutaxassislarni tayyorlash; -
o`quvchilarda mehnatga muhabbat tuyg’usini
shakllantirish; - o`z bilim darajasini kengaytirishga qiziqishni tarbiyalash; - o`quvchilarda
dizaynerlik mahoratini shakllantirish va h.k. V) rivojlantiruvchi maqsad; - O`quvchilarning
fikrlash qobiliyatini o`stirish; - mavzuni o`rganish borasida o`quvchilarni ijodiy
yondoshishga yo`llash; - o`quvchilarni mustaqil fikrini bayon etishga, mulohaza qilishga
yo`llash; - o`quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va h.k. 8. Darsni o`tkazish joyi:
o`quv xonasi, labaratoriya, ishlab chiqarish korxonalari, o`quv ustaxonalari. 9. Mavzuni
boshqa fanlar bilan va shu fanga oid boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash
(fanlararo integrasiya). 10. Kerakli ko`nikmalar doirasi (shu mavzu uchun): - o`quvchi
bajara olishi lozim: 1. 2. 1. 2. va h.k. 11. Darsni jihozlash: - texnik vositalar; - ko`rgazmali
qurollar; - o`quv-texnologik xarita buyumlari; - tarqatma materiallar; - savol-javob
xaritalari; - yasalgan buyum namunasi vah.k. 12. O`qituvchi uchun adabiyotlar. 13. O`quvchi
uchun adabiyotlar.
aktabda tarbiya bilan chambarchas bog’liq ta’lim jarayonini tashkil etishga asos bo`ladigan
etakchi qoidalar didaktik prinsiplar hisoblanadi. Didaktik prinsiplarga ta’limning
tarbiyalovchi xarakteri, ilmiyl
iq nazariyaning praktika bilan bog’liqligi, sistemalilik va
izchilliq ko`rsatmaliliq onglilik va aktivlik kabilar kiradi. Shu sababli didaktik prinsiplar
sistemasi haqida gap yuritiladi. Didaktik prinsiplar o`zaro bog’liqdir. Shu sababli har bir
konkret ma
shg’ulotni o`tkazishda bir yo`la qator didaktik prinsiplarning talablarini
hisobga olish va ularning kompleks amalga oshishi uchun sharoit yaratish kerak. Masalan,
ta’limda ilmiylik prinsipini ta’minlash bilan o`quvchilarning onglilik va aktivligiga oson
e
rishish mumkin va aksincha, agar o`quvchilar ta’limga nisbatan ongli va aktiv
munosabatda bo`lsalar, ta’limning ilmiylik saviyasini ta’minlash oson bo`ladi. Agar
ta’limda ko`rsatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning praktika bilan bog’liqligi prinsipi
ham
amalga oshadi. Va, aksincha, agar nazariyani o`rganish praktika bilan uzviy bog’lab
olib borilsa, ta’limda ko`rsatmalilikni ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi. Hamma o`quv
fanlari uchun didaktik prinsiplar umumiydir, ammo har bir konkret holda ularni qo`llash
o`z xususiyatlariga ega. O’quvchilarning texnologiya ta’limiga xos didaktik prinsiplarning
xususiyatlarini ko`rib chiqamiz. Ta’limning tarbiyalovchi xarakteri. Ta’lim jarayonida
o`quvchilarni tarbiyalash sodir bo`ladi. Bu umumiy qoida mehnat tarbiyasi uchun ham
xarakterli. Texnologiya ta’limi o`quvchilarga mehnat tarbiyasi berish, ularni mehnatga
psixologik jihatdan tayyorlash maqsadida maktab o`quv planiga majburiy fan sifatida
kiritilgan. Shunday, qilib, mehnat tarbiyasi muhim ta’limiy masalalard
an biri sifatida
qaralishi keraq bu masala ish ob’ektlarini tanlashda, mashg’ulotlarni tashkil qilish va
hokazolarda hisobga olinadi. O’quvchilarning mehnat ta’lyami jarayonidagi
faoliyatlarining xarakteri mehnat tarbiyasi uchun eng qulay sharoit yaratadi. Avvalo
o`quvchilarda mehnatga ijobiy munosabat tarkib topadi va bu o`quvchilar o`z
topshiriqlarini katta mas’uliyat va juda ishtiyoq bilan bajarishlarida namoyon bo`ladi.
O’quvchilar unumli mehnatga qo`shilib, jismoniy mehnat o`zining ijtimoiy ahamiyati
b
o`yicha aqliy mehnatdan qolishmasligini tushuna boshlaydilar. Mashg’ulotlar to`g’ri
tashkil qilinsa, o`quvchilarda kollektivizm xissi mustahkamlanadi, chunki ular bir-birlari
bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Texnologiya ta’limi jarayonv
da
o`quvchilarga mehnat madaniyatining umumiy qoidalari (ish kiyimlariga qarash, ish
joylarini batartib tutish, sozlangan asbob bilan ishlash va boshqalar), mulkka nisbatan
tejamkorlik munosabatida bo`lish singdiriladi. Ilmiylik prinsipi. Texnologiya ta’li
mi
jarayonida o`quvchilar har xil materiallarga ishlov berish, elektr montaj ishlarini bajarish,
mexanizmlarini yig’ish, razbor qilish usullari va boshqalarni o`rganadilar. Shu bilan birga
ularda ma’lum malaka va ko`nikmalar tarkib topib qolmay, balki o`rg
anilayotgan mehnat
operasiyalarining ilmiy asoslari haqida tushunchalar ham hosil bo`ladi. Ilmiy asoslar
o`quvchilarning umumiy rivojlanishini va fan asoslariga oid bilimlarini hisobga olib
tushunarli formada bayon qilinadi. Ko`pincha ayniqsa material tabiiy matematik sikldagi
asosiy o`quv fanlariga nisbatan ilgarilagan xarakterga ega bo`lgan hollarda ayrim
qoidalarni soddalashtirishga ham to`g’ri keladi. Lekin bunday soddalashtirish buzilish va
ziddiyatlarga olib kelmasligi kerak. Bunga misollar keltiramiz
. O’quvchilar qator fizik
hodisalar ro`y beradigan metallni qirqish bilan tanishadilar. Hozirgi vaqtda qattiq jismlar
fizikasi bu jarayon haqida juda ko`p ma’lumotlarga ega. Bu ma’lumotlar orasidan
o`quvchilarda kesish jarayonining mohiyati haqida ularning fan asoslari bo`yicha bilimlari
saviyasida to`g’ri tasavvur hosil qilish uchun etadigan eng zarur ma’lu motlarni ajratishi
kerak. Buning uchun o`quvchilarga metallning qirqiladigan qavati oldin elastiq keyin
plastik deformasiyalanishini tushuntirish etarli. Deformasiya kuchi yashlov berilayotgan
materialning puxtaligidan oshib ketganda, material zarrasi ko`cha boshlaydi. Payraxa
(qirindi) hosil bo`lish jarayoni shunday ro`y beradi. Bunda sirpanish tekisligi haqida
tushuncha berish kerak emas. Bu keyinchali
k materiallarga ishlov berish bilan bog’liq
ixtisoslik bo`yicha ta’lim olishni davom ettiruvchi o`quvchilarga o`z bilimlarini to`ldirishda
halal bermaydi. Ikkinchi misol. O’quvchilar elementar texnologik sinashlar (egish, egovlash
va hokazolar) orqali metallar va qo-
tishmalarning ba’zi xossalari bilan tanishadilar.
Metallar va qotishmalarni bunday sinash formasi bo`yicha ibtidoiydir, ammo mazmuni
bo`yicha u ilmiy asosga tayanadi, chunki unda qattiq jismlarning xossalarini aniqlashga
harakat qilinmoqda. Agar
buni o`quvchilarga tushuntira olinsa, bu holda ta’limda ilmiylik
prinsipiga amal qilinmoqda, deb hisoblash mumkin. Demaq texnologiya ta’limida ilmiylik
prinsipini ta’limni eng yuqori ilmiy
-nazariy saviyada o`tkazish talabi sifatida zmas, balki
ta’lim jara
yonini markscha-lenincha metodologik asosda, hozirgi zamon ilmiy-texnik
ma’lumotlarga va o`quvchilarning fan asoslari bo`yicha bilimlariga tayangan holda tashkil
etish talabi deb tushunish lozim. Shuning uchui ilmiylik prinsipidan kelib chiqib
o`quvchilarg
a texnologiya ta’limi jarayonida matematika, fizika va boshqa fanlardan
eropedevtik ma’lumotlarni aytmaslik kerak. Shunday hollar ham bo`ladiki, texnologiya
ta’limi mashg’ulotlarida ilmiy asoslari o`quvchilar hali o`rganmagan tabiiy
-ilmiy
qonuniyatlarga ta
yanadigan ma’lumotlarni bayon qilish ham zarur bo`lib qoladi. Bunday
holda texnologiya ta’liming vazifalarini bajarishdan bosh tortmasliq balki ularni hal qilish
yo`llarini izlash kerak. Bunga sakkiz yillik maktabda mashinashunoslik elementlarini
o`rganish
xarakterli bo`la oladi. Bu materialni o`rganishga zarurat tug’ilgan paytda ishlab
chiqilgan ta’lim metodikasi o`quvchilarni «mexanizm» va «mashina» tushunchalari bilan
ular bu tushunchalarga fizika kursida duch kelishidan oldin tanishtirish imko-nini beradi.
Nazariyaning praktika bilan bog’liqligi prinsipi. Ko`rilgan didaktik prinsipni amalga
oshirish uchun nazariya bilan praktika ineon faoliyatining ajralmas ikki tomoni ekani,
nazariyadan praktikada foydalanilishi, praktika esa ko`pincha yangi nazariy kashfiyotlar
uchun asos bo`lishi haqidagi qoidani o`quvchilarga tushuntirish va ta’lim jarayonida doimo
yoritib borish zarur. Bu jihatdan metallarga stanoklarda ishlov berishning rivojlanish tarixi
etarlicha ishonchli misol bo`ladi. Metallarga ishlov berishning nazariy asoslari
insoniyatning ko`p asrlik amaliy faoliyatining umumlashmasini ifodalaydi. Ammo ilmiy
tadqiqotlargina metall qirquvchi stanoklarda metallarga ishlov berishning gurkirab
rivojlanishiga asos bo`ldi. Bularning hammasiga mutaxassislar metallarga qirqish bilan
ishlov berish jarayoni hodisalarini o`rganishdan bu jarayonning mohiyatini bilishga o`tishi
sababli erishildi.Har xil faktorlarning qirqish jarayoniga ta’siri xarakteri tekshirildi va bu
ish kesish jarayoniga istalgan yo`nalishda ta’sir
qilish imkonini berdi. Tezlik va kuch bilan
qirqish shu tariqa paydo, bo`ldi, maxsus konstrO’qsiyadagi asboblar vujudga keldi, hozirgi
yuqori unumli stanoklar yaratildi. Metallarga qirqish bilan ishlov berishni tadqiq qilishda
chiqarilgan xulosalardan bosh
qa materiallarga (yog’ochga, plastmassaga) ishlov berishda
ham foydalaniladi Texnologiya ta’limi jarayonida ayniqsa nazariyani praktika bilan
bog’lash uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki ma’lumotlarning ko`p qismi o`quvchilarga
ular ishni bilgan holda t
opshiriqni to`g’ri bajara olishlari uchun beriladi. Texnologiya
ta’limi darslari odatda sof amaliy va sof nazariy darslarga bo`linmaydi. Nazariy materiallar
ayrim mashg’ulotlarga nazariy ma’lumotlarni o`rganishdan o`quvchilarning amaliy
faoliyatiga bevosit
a o`tish ta’minlanadigan qilib taqsimlanadi. Stanoklar, elektrodvigatellar
va boshqa texmik ob’ektlarning tuzilishini bilish o`quvchilar ularni boshqarishni o`rganib
olishlari uchun zarurdir. Har xil materiallarning xossalari haqidagi ma’lumotlar
o`quvchilar bu materiallarga ishlov berishni o`rganib olishlari uchun beriladi. Shuningdeq
o`quvchilar nazariyaning amaliy faoliyat uchun ahamiyatini va, aksincha, o`zlashtirilgan
amaliy tajriba orqali yangi nazariy bilimlar o`zlashtirilishini bilib oladilar. Sistemalilik va
izchillik prinsipi. Uqituvchi texnologiya ta’limi jarayonida o`quv materialini ixtiyoriy
ravishda emas, balki ma’lum qoidalarga asosan bayon qiladi. Chunonchi yog’och va
metallga ishlov berishga doir o`quv materiali analiz qilinsa, bayon qilish asosida ishlab
chiqarishning texnologik jarayoni yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan,
metallarga ishlov berish operasiyalari: rejalash, to`g’rilash, qaychi bilan qirqish, bO’qish,
listli metall va simdan qilingan detallarni birlashtirish, qirqish, arra bilan qirqish, egovlash,
parmalash, termik ishlov berish, rezbalar ochish tar-tibida o`rganiladi. Bu ishlab chiqarish
sharoitida metallarga slesarlik usuli bilan ishlov berish tartibiga to`g’ri keladi. Shu sababli
o`quvchilar faqat ba’zi slesarlik
operasiyalarinibajarish malakasini egallab qolmay, slesarlik
ishi texnologiyasi haqida ham muayyan bilimlar oladilar. Uquv materialini bayon qilishda
uchraydigan ishlab chi-qarish texnologiyasidan birmuncha chetlanishlarning sababi
soddadan murakkabga o`tishdek didaktik qoidani bajarishdir. Masalan, slesarlik
texnologiyasida kesish operasiyasi to`g’rilash va bO’qish operasiyasidan oldin bajariladi.
Ammo mehnat usullari mazmuni nO’qtai nazaridan kesish to`g’rilash va bO’qishga
qaraganda ancha murakkabdir. Buning ustiga, mazkur operasiyalar almashtirilsa,
kesishni o`rganishda o`quvchilar to`g’rilash va bO’qish operasiyalarini o`rganishida olgan
ko`nikmalariga to`la asoslanish, tayanishlari mumkin. Aynan shu hol o`quv materialini
sistemaga solishda hisobga olin
gan. Urta maktabdagi texnologiya ta’liming mazmuni
haqida umuman gapiriladigan bo`lsa, bunda ham ma’lum ketma
-ketlik va sistemalilikni
qayd etish mumkin. Boshlang’ich maktab o`quvchilari ishlov berish nisbatan osonroq va
turmushda tez-tez uchrab turadigan materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishadilar.
Sinfdan-sinfga o`tgan sayin o`quvchilar murakkabroq mehnat qurollari ishlatilishini, ko`p
jismoniy kuch sarflash hamda psixik rivojlanishning yO’qsak darajada bo`lishini talab
qiladigan materiallardan detallar tayyorlash usullardni o`rgana boradilar. Sekin-asta ular
mashina mehnatiga, oldin sodda, keyinchalik murakkab mashinalarning qurilishini
o`rganishga jalb qilinadi. Yuqori sinf o`quvchilari yog’och va metallga qo`l bilan ishlov
berish usulidan hozirgi zamon universal stanoklarda ishlashga; o`quv panellarida elektr
o`tkazgichlarni montajqi lishdan elektr taqsimlash shchitlari va priborlarini, elektr kuch
ustanovkalarini va priborlariny tiklash ishida qatnashishga o`tadilar. Ko`rsatmalilik
prinsipi.
Ustaxonadagi mashg’ulotlarda ko`rsatmaliliq avvalo texnik chizmaning hozirgi
zamon ishlab chiqarishidagi roli bilan bog’liq holda aloxida ahamiyat kasb etadi. Chizmani
o`qish mehnat topshirig’ini bajarish bosqichlaridan biridir. Bundan tashqari
chizmachilikka oid ayrim bilimlarsiz o`quvchilarga konstruksiyalash va texnologiya
elementlarini o`rgatib bo`lmaydi. Chizmachilik sistematik kursini o`rgannsh VIII sinfdan
boshlanadi. Shu sababli texnologiya ta’limi o`qituvchisi V—
VII sinflarda o`quvchilarni
chizmac
hilik elementlari bilan tanishtirishiga to`g’ri keladi. Ilg’or o`qituvchilarning
tajribalari shuni ko`rsatmoqdaki, ustaxonalardagi mashg’ulotlarda o`quvchilar
chizmachilikdan chizmani o`kish, uncha murakkab bo`lmagan detalni tekislikdagi tasviri
bo`yicha fazoda tasavvur qila olish uchun etarli bilimlarni olishi mumkin. Bunga erishmoq
uchun ustaxonalarda o`tkaziladigan birinchi mashg’ulotdan boshlab o`quvchilarning
fazoviy tasavvurini rivojlantirish bo`yicha sistemali, planli ish olib borish kerak.
Ustaxonal
ardagi mashg’ulotlarda ko`rsatmalilikning keng tarqalgan hamma turlari—
tarqatma material, plakatlar, modellar, diapozitivlar, kinofilmlar va boshqalardan,
foydalaniladi. Uquv ustaxonalarida o`tkaziladigan mashg’ulotlarga xos ko`rsatmali
qo`llanmaning shchitlar kabi turlarida operasiyalar bo`yicha texnologik jarayonlar va
zagotovkalarni ishlashga mo`ljallangan asboblar tasvirlanadi. O’quvchilarning ongliligi va
aktivligi. Afsuski, bizning ayrim o`qituvchilarimizning ishida ham uchraydigan jiddiy
kamchilik kosibchilikdan (tashabbussiz) faoliyat ko`rsatishdan iboratdir. Bunda
o`quvchilarning materialni ongli o`zlashtirishlariga emas, balki har xil tayyor
ma’lumotlarni mexanik ravishda yodlab qolishga zo`r bershtadi. Kosibchilikka o`rganish
shunga olib keladiki, o`quvchllar o`zlari uchun yangi ishlab chiqarish vaziyatiga moslasha
olmaydilar, hozirgi zamon ishlab chiqarishining ishchiga qo`yadigan asosiy talablaridan
biri ham shundan iboratdir. O’quvchilar o`z bilimlarini amalda qo`llay olsalargina ta’limda
oshgl
ilikka erishilgan deb hisoblash mumkin. Ta’limdagi onglilik o`quvchilarshshg aktivligi
bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat ta’dami jarayonida o`quvchilar aktivligining rivojlanishi
uchun alohida yaxshi sharoit yaratiladi. Bu sharoit avvalo mehnatning unumliligi
xarakteridan iborat bo`ladii. Agar o`quvchilar o`z mehnatlarining natijasi biror ijtimoiy
foydali maqsadga mo`ljallanganini bilsalar, zo`r qiziqish hamda topshiryqni sifatli va
muddatida bajarish ishtiyokp bilan ishlashi aniklangan. Shu sababli korxonalarning,
otaliqdagi bolalar bog’chasining, maktab o`quv kabinetlarining o`quvchilar bajara oladigan
va programma mazmuniga javob beradigan buyurtmalaridan mehnat o`qituvchisi
o`quvchilar aktivligini oshyrishning muhim vositasi si fatida foydalanishi kerak.
Mehnatning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari etadigan bo`lishi. Texnologiya
ta’limi bo`yicha o`quv materialining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining hozirgi
darajasiga mos, shuningdeq o`quvchilarga tushunarli bo`lishi shart. Shuning uchun
ko`pincha o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirishlarini osonlashtiradigan va ularni
ancha qiyin nazariy va amaliy masalalar bilan tanishtiradigan har xil metodlarga murojaat
qilishga to`g’ri keladi. Bittagina misol keltiramiz. VII sinfda o`quvchilar to
karlik
keskichining geometriyasi bilan tanishadilar, bu ish qirqish jarayonining fizik asoslarini
tushunish uchun zarurdir. Ammo buning uchun sakkizinchi sinf o`quvchilari matematika
va fizika bo`yicha zarur bilimlarga ega bo`lmaydilar. Shu sababli bu tema materialini
quyidagicha ketma-ketlikda bayon qilish maqsadga muvofiqdir: 1) tokarlik keskichining
qirquvchi qismi zubilo, arra va egovdagi kabi ponadan iborat bo`lsada, murakkabroq
shaklda ekanini tushuntirish; 2) tokarlik keskichining qirquvchi qismi shakliii
o`zgartirishga nima sabab bo`lganyni gapirib berish, konkret misollar bi-lan oddiy ponaga
nisbatan keskich geometriyasidagi har bir o`zgarishini ko`rsatish kerak. Texnologiya ta’limi
o`quvchilar tushunadigan va bajara oladigan bo`lishi haqida gap borganda nazariy
ma’lumotlarnigina emas, o`quvchilar organizmlarga tushadigan jismoniy nagruzkalarni
ham nazarda tutish lozim. Afsuski, hozirga qadar masalan, mazkur sinf o`quvchilari
qanday qalinlikdagi po`lat, plastinkani kesa olishi yoki isklna tig’ining k
engligi kancha
bo`lishi kerakligi va hokazolarni ko`rsatib bera oladigan chuqur tadqiqotlar o`tkazilmagan.
Shu sababli o`qituvchi charchashning tashqi alomatlarini kuzatib turishi va shunga ko`ra
jismoniy nagruzkani boshqarib borishi lozim. O’quvchilarning
individual xususiyatlari
o`quv materialini, mehnat malaka va ko`nikmalarini o`zlashtirishlaridagina emas, balki
mehnatga munosabatlarida ham namoyon bo`ladi. Uquv materialini o`zlashtirish
qobiliyatlari bo`yicha o`quvchilar bir-biridan sezilarli farqlanad
i. Buning sababi shO’qi,
o`quvchilarning ba’zilari oilada, ba’zilari texnik to`garaklarda mehnatga birmuncha
tayyorgarlik ko`radilar. Mehnat o`qituvchisi topshiriqlar tanlashda ana shularning
xammasini hisobga olishi kerak. Amaliy ishni bajarish bo`yicha o`quvchilarni shartli
ravishda uch gruppaga bo`lish mumkin. Birinchi gruppa o`z qobiliyatlariga to`la ishongan,
o`zlari uchun yangi bo`lgan ishga ishtiyoq bilan kirishadigan, dastlabki qiyinchiliklardayoq
o`zini yo`qotib qo`ymaydigan, o`qituvchidan yordam so`rashdan uyalmaydigan
o`quvchilardan iborat bo`ladi. Bu gruppaga asosan oilada bir-muncha mehnat
tayyorgarligi ko`rgan o`quvchilar kiritiladi. Ikkinchi gruppaga o`z qobiliyat va imkoniyatini
etarlicha baholay olmaydigan o`quvchilar kiradi. Bunday o`quvchilar ozgina qiyinchilikka
yo`liqish bilanoq o`zini yo`qotib ko`yadi. ishni to`xtatadi, o`qituvchiga yordam so`rab
murojaat qilishga jur’at eta olmaydi. Bunday o`quvchilarga alohida ahamiyat beriy, ularda
o`z kuchiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilgan topshiriqni baholashda o`qituvchi
ularning ishlaridagi ozgina yutuqlarni ham aytib o`tishi lozim: shunday kilinsa, ular
yanada tirishqoqliq, qat’iylik bilan ishlashga intiladilar. Mazkur o`quvchilarni amaliy ishlar
bajarilayotganda e’tiborsiz qoldirib bo`lma
ydi: o`z vaqtida quvvatlash, yordamga kelish;
ularda topshiriqni uddasidan chiqishlariga ishonch xosil qilish kerak. Uchinchi gruppaga
o`zining jismoniy mehnat qobiliyatini ortiqcha baholaydigan o`quvchilarni kiritish kerak.
Bu xildagi o`quvchilar o`zlarig
a ishonadilar, ba’zilari maqtanchoqlik ham qiladilar. Ular
har qanday ishning uddasidan chiqamiz deb hisoblab, birinchi gruppadagi o`quvchilarga
o`xshab, har qanday yangi ishni ishtiyoq bilan bajarishga kirishadilar, ammo
qiyinchiliklarga duch kelgach, ularni bartaraf etishga urinib ham ko`rmay, to`xtab
qoladilar. Bu o`quvchilar o`zlari uchun qiyin ishdan ko`pincha aynib qoladilar, unga
qiziqmay qo`yadilar. Uqituvchi bunday o`quvchilarga qiyinchiliklarni bartaraf qilishda
yordam berishi kerak. Har qanday me
hnat ham kuch, harakat, qat’iyatlilikni takozo
etishiga o`zlarining shaxsiy tajribalarida qayta-qayta ishonch hosil qilgach, bu o`quvchilar
ishga aktiv kirishadilar va o`zlariga nisbatan ancha tanqidiy munosabatda bo`la
boshlaydilar. Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallashning puxtaligi. Hozirgi fan-
texnika rivojlangan, yil sayin bilimlar hajmi g’oyat jadal o`sib borayotgan sharoitda o`qitish
jarayonini shunday tashkil qilishga to`g’ri keladiki, maktabni bitirib chiqqanlar o`z amaliy
faoliyatlari jarayonida yangi bilimlar, malakalar, ko`nikmalarni mustaqil egallashlari
uchun eng qulay sharoit yaratilsin. Buning uchun bilkm, malaka va ko`nikmalar puxtagina
emas, balki moslashuvchan ham bo`lishi, o`quvchilar ularni yangi ishlab chiqarish
sharoitlarida qo`llay olishlari kerak. Bunga o`quvchilar bilim, malaka va ko`nikmalarni
hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari haqidagi umumiy tasavvur fonida o`zlashtiradigan
politexnik ta’lim tufayli erishiladi. O’quvchilarda turli mehnat kurollari, texnologik
jarayonlarni ularning samaradorligini aniqlash maksadida analiz qilish, taqqoslash
malakalarini shakllantirish ham yordam beradi. Texnologiya ta’limi sharoitida bilimlar,
malakalar va ko`nikmalarni egallash puxtaligiga avvalo yangi o`quv materialini samarali
bayo
n qilish hisobiga erishiladi. Bilimlar va malakalarning puxtaligini ta’minlashda
mashqlarni yo`lga qo`yish va ta’limning texnik vositalarini qo`llash katta ahamiyatga ega.
Lаdоrаtоriyatajribalаrini o’quvchilаr ustаxоnаlаrdаgi mаshgulоtlаrdа ishlоvdеrilаdigаn
mаtеriаllаr, аsdоdlаrning tuzilishi, jixоzlаr vа dоshkаlаr dilаn tаnishishmaqsadidа
dаjаrilаdi. Dutajribalаrgа lаdоrаtоriya ishlаri fоrmаsidа tаxlil kilinаdi. Lаdоrаtоriya
ishlаrini kiyinligi o’quvchilаr yoshgа vа mаvjud mоddiydаzаsigа qarab xаr xil dulаdi.
Mаsаlаn : yog’ochni nаmlikvа kаttiklikkа sinаsho’quvchilаrning kulidаn kеlаdi.
Lаdоrаtоriya ishlаri xоzirgi zаmоn аsdоdlаri vа mоslаmаlаridаn fоydаlаnish mа`kul.
Ishlаrni dаjаrishdа eng muximi o’quvchilаrni fаn аsоslаri duyichа оlgаn Bilimlаridаn
fоydаlаnishdir. Аgаr lаdоrаtоriya ishlаri unumli Mehnatdilаn dоglikdulsа, o’quvchilаrning
ulаrgа kizikishlаri оrtаdi. Mаsаlаn o’quvchilаr mаzkur mеtаlni kаttikligini shunchаki
tоpishemаs, dаlki yasаlаdigаn dеtаl uchun tеgishli kаttаlikdаgi zаgаtоvkа tаnlаshni xаm
tоpishmaqsadgа muvоfikdir. Lаdоrаtоriya ishlаri prаktikum shаklidа tаshkil etilаdi, ulаrni
frоntаl yul dilаn utkаzish xаm mumkin. Prаktikum
-
siyosiy ishshаklidаgi lаdоrаtоriya
ishlаridаgi o’quvchilаr zvеnоlаrgа dulinаdi. Zvеnоdаgi o’quvchilаr sоni tеgishli jixоzlаr vа
lаdоrаtоriyatajribalаrigа ko’rsatmaaniqlаnаdi. Lаdоrаtоriya ishlаri murаkkаdligigа
qarabo’quvchilаrning o’g’zakiko’rsatmayoki ishlаridаn аsdоdlаrning tuzulishi, ishning
maqsadi vа ish tаrtidi ifоdаlаnаdigаn yozmа instrO’qtsiyalаr duyichа utkаzish mumkin.
O`quv yili tugashi bilan o`qituvchining navbatdagi o`quv yiliga tayyorlanishi boshlanadi.
Mehnat o`qituvchisi jihoz va asboblarning xolatini tekshiradi. Jihozlardagi mayda
nosozliklarni o`qituvchining o`zi bartaraf qiladi, agar o`rtacha yoki kapital remont talab
qilinsa, o`qituvchi talabnoma tuzadi va bu uning bajarilishi uchun ma’muriyat orqali
tegyupli tadbirlarni qullaydi. Asboblar olishiga alohida talabnoma tuziladi. O`quv ishining
rejalashtirish maktab programmasini va undagi tushuntirish xatini o`rganishdan
boshlanadi. Tushuntirish xatini o`rganishda mashg’ulotlarning vazifalarini, shuningdek,
o`quv prosessini tashkil qilishga, ko`rsatmali qullanmalardan foydalaiishga,
o`quvchilarning faoliyatini tekshirish, baholash va hokazolarga oid metodik
ko`rsatmalarini sinchiklab analiz qilishlari kerak. Shuningdek programmaning mazmuni
bilan ham sinchiklab tanishib chiqishi lozim, unda har qaysi sinf o`quvchilariga
o`zlashtirishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma, malakalar, bo`limlar va temalar, u yoki bu
temaga ajratiladigan soatlar miqdori bilan mehnat ob’ektlarining taxminiy ro`yxati ham
ko`rsatilgan. Maktab programmasini o`rganish va analiz qilishini tamomlab o`qituvchi
o`quvchilarning ish ob’ektlari sifatida xizmat qiladigan buyumlarni tanlas
hga kirishadi.
Buyumlarni tanlash o`qituvchi mashg’ulotlarini o`tkazishga tayyorlanishida mas’uliyatli
bosqich hisoblanadi, chunki buyumlar o`z vazifalariga ko`ra ijtimoiy-foydali bo`lishi
kerakligidan tashqari, ularga yana qator talablar qo`yilgan. 1. Buyumlarga ishlov berish
o`quv programmasidagi mavjudoperasiyalaridan iborat bo`lishi lozim. 2. Buyumni
tayyorlash bilan bog’liq ish talab qilinayotgan aniqlik jihatidan ham, planlashtirilgan vaqt
normasi jihatidan ham o`quvchilarni kuchlari etadigan bo`lishi kerak. Bu talab o`qituvchiga
katta ma’suliyatni yO’qlaydi, chunki vaqt normasini, ko`pincha ishlov berish aniqligini
xam, o`qituvchining o`zi belgilaydi. 3. Buyum vazifasi konstrO’qsiyasiga ko`ra o`quvchilar
tushuna oladigan bo`lishi kerak. Bu talab ayniqsa o`quvchilar har xil modellarni
tayyorlayotganida muhimdir. Maktab rahbarlari darslardagi mehnat mashg’ulotlarini har
xil korxonalarning buyurtmalari asosida tashkil qilishga intiladilar, chunki bu xolda
o`quvchilarning unumli mehnatini yo`lga qo`yish mumkin. Ammo bunda o`quvchilarni
faqat ishlanadigan konkret detallar bilangina emas, balki bu detallarni vazifalari va
mashinadagi o`rin bilan tanishtirish ham kerak bo`ladi. Bunda o`quvchilardan detallarni
tayyorlash bo`yicha talablarnigina emas, balki ularni asoslab berishni talab qilish ham
mumkin bo`ladi, chunki har bir talab detalning mashinada bajaradigan funksiyasidan
kelib chiqadi. Shunga ko`ra o`quvchilarning mehnati ongli mehnatga aylanadi, bu esa
butun ta’lim
-tarbiya ishining natijalariga ijobiy ta
’sir qiladi. O`quvchining navbatdagi tema
bo`yicha mashg’ulotlarga tayyorlanishi kalendar reja tuzishdan boshlanadi. Maxalliy
sharoitlarga bog’liq xolda kalendar reja bir yo`la butun o`quv yiliga, yarim yil yoki o`quv
choragiga tuzilishi mumkin. Agar makta
b ba’zi korxona orqali moddiy ta’minlanishi
doimiy ishonchli manbaiga ega bo`lsa, reja butun o`quv yiliga ega bo`lishi mumkin. Agar
materiallar tasodifiy manbalardan keladigan bo`lsa, reja qisqaroq, ammo o`quv choragidan
kam bo`lmagan muddatga tuziladi. Butun gruppa bilan frontal tarzda o`rganib bo`lmagan
temalar uchun alohida grafik tuziladi. Masalan, agar maktabda tokarlik stanogida
materiallarga ishlov berish, termik ishlash, maishiy elektr isitgich asboblarini remont
qilishni frontal o`rganish uchun etarlicha jihozlash va isitish qurilmalari bo`lmasa,
o`quvchilarning soni va mazkur ustaxonaning ta’minlanganligini hisobga olib grafik
tuziladi, bu grafik buyicha o`quvchilar programmada nazarda tutilgan ishlarni navbati
bilan bajariladi. Buyum tayyorlash texnologiyasida variantlilik jihozlardanancha to`liq
foydalanish imkonini beradi. Masalan, serkultayyorlash darsida texnologayani bir qancha
varianti berilishi mumkin. O`quvchilar bu texnologiyalar bo`yicha ishlab toblanishni har xil
vaqtda bajariladi, shu u
sul bilan qizdirish qurilmasida uzlO’qsiz foydalaniladi. Sirkul
tayyorlash va texnologik prosessining varianti Ivariant IIvariant IIIvariant 1. Sirkulni yigish
va sharnir o`qini parchinlash Sirkulni yigish va sharnir o`qini parchinlash Oyoqlarni ishchi
qismini toblash 2. Sharnirni egovlash Oyoqlarni ishchi qismini toblash Sirkulni yigish va
sharnir o`qini parchinlash 3. Oyoqlarni ishchi qismini toblash Sharnirni egovlash. Sharnirni
egovlash. O`qituvchi har bir mashg’ulotning mazmunini oldindan bilsa, o`quvc
hilarni
aniqlash va ular oldiga o`tilgan materialni taqrorlashga doir topshiriq qo`yish imkoniga ega
bo`ladi. Yuqorida ko`rsatilgan barcha ishlar natijasida navbatdagi temani o`rganishni
kalendar reja tuzilishi ham mumkin. O`quvchining darsda tayyorlanishida tashkiliy va
metodik xarakterdagi tadbirlarni, shuningdek maxoratni oshirish tadbirlarini ifodalash
mumkin. Mutlaqo ayonki, o`qituvchini bilimlari o`quvchilardan talab qilinadigan ancha
keng chuqur bo`lishi kerak. O`qituvchi o`quvchilarning o`quv programmasidan tashqari
savollarga javob berishiga tayyor bo`lishi kerak. U shuningdek professional malakalarni
puxta egallab olishi zarur. Shu sababli ishlab chiqarish materiallariga, masterlariga
mo`ljallangan kitoblar o`qituvchining tayyorligi uchun ham manba bo`ladi. O`qituvchi
darsga tayyorlanishida ilg’or maktablarni tajribalari umumlashtirilgan metodik
adabiyotlar bilan tanishishi katta ahamiyatga ega. Metodrk adabiyotda o`quv prosessini
tashkil etshp, ish ob’ektlarini tanlashga va mehnat darslarida o`quv
topshiriqlarshsh
bajarish bilan bog’liq. Ilg’or o`qituvchilar metodik adabiyot yangiliklarini muntazam
kuzatib boradilar, ulardagi tavsiyalarni o`rganadilar va ularni o`z ish praktikalarida
qo`llaydilar. Boshqa o`qituvchilarning tajribalarini bevosita o`rnganishning ham axamiyati
kam emas. Har bir rayonda o`quv vazifalarini bajarishda katga muvaffaqyyatlariga
erishayotgan o`qituvchilari bor. Ularning ba’zilari o`qituvchilarda puxta sifatli
malakalarini shakllantirishga erishmoqda, ba’zilari o`quvchilarni bi
limlardan mehnatdan
foydalanishni o`rganmoqda, yana ba’zilar mashg’ulotning tashkil qilishning har xil
formalarini qo`shib olib borishga muvaffaq bo`lmoqda va hokazo. Metodik birlashmalar,
ochiq darslar tashkil qiladi, o`z majlislarida o`qituvchilarning xisobotlarini eshitadi. Qator
oblastlarda hozir ko`rsatmali darslar o`tkazish yo`lga qo`yilmoqda, bu dars programmadan
birmuncha ilgarilab ketadi va shu tufayli maxalliy sharoitlarni hisobga olgan xolda hamma
o`qituvchilar tomonidan ijodiy takrorlanishi mumkin. Ko`rsatmali darslarga qatnashish
o`qituvchining darsga metodik tayyorlanishning formalaridan birdir. O`qituvchiga
mashg’ulotlar boshlangunga qadar o`quvchilarga mehnat topshirig’i sifatida
belgilanadigan ob’ektni mustaqil tayyorlash tafsiya qilinadi bu
ish metodik nuqtai
nazardan bir qancha sabablarga ko`ra muhimdir. Birinchidan, mehnat usullarisi
mO’qammal ztallaganligini va shaxsan namuna bo`lishini ko`rgan o`quvchilar nazarida
o`qituvchining obro`si ortadi. Ikkinchidan, o`qituvchi tayyorlangan namunalar
o`quvchilarga etalon sifatida xizmat qiladi Uchinchidan, o`qituvchi mehnat prosessini
mustahil bajarib,o`quvchilar qanday qiyinchiliklarga duch kelishini, qanday xatolarga yo`l
qo`yishlari mumkinligani aniq tasavvur qiladi. Xonasi kelganda shuni ta’kid
lash zarurki,
o`quvchilarning xatolarini analiz qilish o`qituvchining darsiga tayyorlanishida muhim
o`rin tutadi. Tajriba o`quvchilarning xatolarini tuzatishga o`quv vaqtining 10% ketishini
ko`rsatmoqda. O`quvchilarda xatolar har xil sabablarga ko`ra paydo bo`lishi mumkin.
Ba’zai o`qituvchi yangi materialni etarlicha aniq bayon qila olmasa, mehnat usulini bajarish
etarlicha yaqqol ko`rsata olmasa, uning aybi bilan xatolar sodir bo`ladi. Ba’zan esa o`quvchi
o`qituvchining tushuntirishlarini etarli darajada diqqat -
e’tibor bilan kuzatib bormasa, ish
vaqtida boshqa ishlar bilan ovora bo`lsa, uning aybi bilan xatolar sodir bo`ladi. Xatolar
ob’ektiv sabablarga ko`ra ham ro`y beradi. Masalan, ba’zan materiallarni qirqishni bajarish
uchun o`quvchining jismoniy rivojlanishi etarli bo`lmay qoladi. O`qituvchining vazifasi
avvalo xatolarni oldini olishdan iboratdir. Ravshanki, u xatolarni keltirib chiqaruvchi
sabablarni yaxshi bilsagina, bu vazifani uddalay oladi. Shu sababli mehnat o`qituvchisi
o`quvchilar yo`l qo`yadigan xatolarni muntazam analiz qiladi va bu xatolarning sabablarini
yo`qotish yo`llarini izlaydi. Qaysi temalarni o`rganshsda o`quvchilar xatolarga yo`l
qo`yishlarini va bu xatolar oldingi yillar tajribasidan bilgani holda, bu xolatlarning oldini
olish tadbirlarini belgilaydi. Masalan, V-VII sinflarda o`quvchilar chizmalarni o`qishga va
ular bo`yicha ishlashga tayyor bo`lmaydilar. Shu sababli o`qituvchi chizmachilikdan ba’zi
bilimlarni beradi, bu bilimlarga asoslanib o`quvchilar amaliy ishga kirishadilar.
S
huningdek ma’lumki, metallarni arra bilan qirqishda o`quvchilar tez
-tez arra polotnosini
sindirib quyadilar. Shu sababli o`quvchi asbobni qanday ushlashni o`rgatishga arra
polotnosi qiyshayishining oldini olishga alohida e’tibor beradi. Darsning sifati ko`
p
jihatdan o`qituvchining tashkiliy masalalarni oldindan ishlab chiqishga bog’liq.
Chunonchi, har bir o`quvchi qirqish va o`lchash asboblari va komplekt bilan zaro`r
miedorda zagatovkalar bilan ta’minlangan bo`lishi kerak. Biror asbob ishdan chiqib
qolgan, zagatovka buzilgan paytida asbob va zagatovkaga ega bo`lishi kerak. Ko`rsatmali
qo`llanmalarni tayyorlash o`qituvchidan jiddiy e’tiborni talab qiladi. Bunday gap avvalo
texnika hujjatlar: chizmalar, operasiya kartalari haqida bormoqda. Operasiya
kartalarining qanday formada bo`lishi, buyumning murakkabligiga, o`quvchilarning
tayyorligiga, kartalarda qay darajada, mufassal ko`rsatmalar berilishiga qarab hal qilinadi.
Mehnat o`qituvchilari beshinchi, ettinchi sinflar uchun operasiya kartalari bilan
chegaralanmay alohida stendllr tayyorlaydilar va ularda buyumga ishlov berishning
hamma bosqichlari aks ettiriladi. Bunday stendlar o`quvchilarning chizmalarini o`qishni
o`rganishga yordam beradi. O`qituvchi ta’limiy modellar tayyorlash haqida o`z vaqtida
o`ylashi kerak. Masalan, tokarlik rezesi (keskichi) ni o`rganishda asbobning haqiqiy
o`lchamlariga nisbatach katgalashtirilgan va yog’ochdan yasalgan rezesning razbar
qiladigan modeliga ega bo`lish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi hollarda, masalan, mashina
detallarini,
yog’ochning turlari va hokazrlarni o`rganishda tarqatma materiallar ko`zda
tutiladi. Joriy ishlarni hisobga olish jurnalida amalga oshiriladi, bu jurnalda
o`quvchilarning davomati, o`zlashtirishlari qayd qilinadi, shuningdek mashg’ulotlarning
mazmuni ham yoziladi. O`qituvchining darsga tayyorlanshni dars planini tuzish bilan
tamomlanadi. Dars plani qanchalik to`la, mufassal bo`lsa, mashg’ulot o`tkazishga
o`quvchiga shunchalik yordam beradi. Har bir dars plani quyidagi taxminiy formada
tuziladi: 1.Darsning m
aqsadi va ta’limiy vazifalar: 2.Mehnat ob’ekti; 3.Jihozlar: 4.Darsning
borishi: Mashg’ulot nimaga bag’ishlanganini, uning maqsadi va ta’limiy vazifalaridan
ko`rinadi. Masalan, ta’limiy vazifa o`quvchilarning texnologik prosessini mustaqil tashkil
etishga uyushtirishdan, ularning metallarini qirqish va egovlash bo`yicha dastlabki
malakalarni mustahkamlashdan iborat bo`lishi mumkin. O`quvchilar buyumlar
tayyorlaydigan darslarda mehnat ob’ektlari ko`rsatiladi
Nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, bu bilimlardan o`quvchilar bilan
ta’limtarbiya ishlarini olib borish vaqtida amalda foydalanishni o`rganib olish. 2. Bolalar
bilan olib boriladigan ta’lim
-tarbiya ishlarini kuzatish va tahlil qilishni o`rganib olish. 3.
Bolalar bilan olib boriladigan
ta’lim
-tarbiya ishlarini ularning yosh va individual
xususiyatlarini hisobga olib, ya’ni bolalar hamda o`smirlar psixologiyasi, pedagogikasi va
fiziologiyasiga doir bilimlarga tayangan holda olib borishni o`rganib olish. 4. Turli tipdagi
darslar va sinfdan tashqari ishni bolalarning bilish faoliyatini aktivlashtiruvchi turli-tuman
metodlardan foydalangan holda o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish. 5. Sinf rahbari.
vazifalarini bajarishni, o`quvchilar kollektivlari, Kamolot tashkilotlari bilan ishlashni,
shuningdek, o`quvchilar bilan individual tarbiya ishini olib borishni o`rganib olish. 6.
Tarbiyalash va ta’lim berish vazifalarini ijodiy hal etishga tayyorlanish maqsadida maxsus
va pedagogik fanlarni o`rganishga hamda o`zining pedagogik qobiliyatlarini
takomil
lashtirishga intilish. 7. O`quvchilar sog’lig’ini muhofaza qilish masalasiga diqqat
bilan qarash ko`nikmalarini hosil qilish. Har bir praktikant amaliyotni o`tish vaqtida
ma’lum sinfga biriktirib qo`yiladi, u shu sinf o`quvchilariga texnik mehnat va
chizmachilikdan dars beradi, ixtisosga tegishli sinfdan tashqari ish olib boradi, shuningdek
sinf rahbarining yordamchisi bo`lib hisoblanadi. Amaliyot maktab rahbarlari, sinf
rahbarlari, mehnat va chizmachilik o`qituvchilari bilan uchrashuvdan boshlanadi, unda
amaliyotntlar oldida turgan vazifalar doirasi oydinlashtiriladi. Amaliyotning birinchi
haftasi maktab, texnologiya ta’liming moddiy bazasi, o`quvchilar bilan tanishishga
bag’ishlanadi. Bu davrda amaliyotntlar o`zlari birkitilgan sinfdagi turli darslarda
qatnashadilar, sinf rahbari o`tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar.
Amaliyotnt haftaning oxiriga borib, har bir o`quvchi haqida uning o`zlashtirishi, intizomi,
o`qishga, jamoat ishiga munosabati to`g’risida aniq tasavvurga ega bo`lishi z
arur.
Amaliyotning qolgan butun vaqti davomida amaliyotntlar o`z ixtisosidan dars beradilar,
sinfdan tashqari ishlar olib boradilar, sinf rahbarligi funksiyalarini bajaradilar. Amaliyot
maktabda pedagoglar kengashining majlisi bilan yakunlanadi. Majlisda mehnat
o`qituvchisi, sinf rahbarlari, tarbiya va sinfdan tashqari ishning tashkilotchilari, maktab
direktori, amaliyotntlariing o`zlari so`zga chiqishadi. Amaliyot qanday o`tganligi, uning
samaradorligini oshirish uchun kelgusida nimalar qilish kerakligi haqida fikr almashinadi.
Maktabda bo`lgan davrning birinchi kunidan to oxirgi kunigacha har bir amaliyotnt
individual kundalik daftar tutib, unga kerakli ma’lumotlarni yozib boradi. Amaliyot
tugagach, kundalik daftar raxbarga topshiriladi. U bilan birga qo`yidagilar topshiriladi: a)
sinfning (yoki aloxida o`quvchining) psixologik-pedagogik xarakteristikasi; b) bitta
darsning konspekti va unga atab amaliyotntning o`zi tayyorlaran ko`rsatma qo`llanmalar
hamda o`quvchilarning mehnat ob’ekti; v) o`tkazilgan biror
ta tarbiyaviy tadbirning
konspekti. Yakunlovchi konferensiyada amaliyotga uzil-kesil xulosalar chiqariladi. Doklad
qilishni xohlagan amaliyotntlar o`z temalarini rahbarlar bilan kelishib oladilar va o`z
vaqtida programma tuzish mumkin bo`lishi uchun konferensiyadan bir necha kun oldin
talabnomalar berishadi. Dokladlar amaliyotntlar faoliyatining asosiy yo`nalishlarini
(darslarni o`tkazish, o`z ixtisosidan sinfdan tashqari ish o`tkazish, sinf rahbari sifatida
ishlash) aks ettirishi lozim. Ular konkret bo`lishi va u yoki bu tadbirni o`tkazish vaqtida
amaliyotnt qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va ularni qanday bartaraf etgani, qanday
masalalarni hal etishda o`zini dadil tutgani va bunda unga nima yordam bergani, bilim
yurtida olingan qaysi bilim xamda o`quvlar ayniqsa foydali bo`lib chiqqani, qanday bilim
va uquvlar etishmagani, amaliyot davomida uning muvaffaqiyatli o`tishi uchun barcha
zarur sharoitlar yaratib berilgan yoqi yo`qligi, amaliyot bundan ham muvaffaqiyatliroq
o`tishi uchun nimalar qilish kerakligi xaqida tinglovchilarda aniq tasavvur hosil qilishi
darkor. Yakunlovchi konferensiya vaqtida xonada amaliyotntlarning faoliyatini aks
ettiruvchi ko`rgazma tashkil etiladi. Eksponatlar orasidan o`quvchilarning mehnat
ob’ektlari, to`garaklarda yasalgan t
urli xil modellar va buyumlar, amaliyotntlarning
rahbarligi ostida o`quvchilar chiqargan devoriy gazetalar, ekskursiyalar, yakshanbalsklar
to`g’risida hikoya qilib beruvchi stendlar va hokazolar o`rin olishi mumkin. Dars planiniig
namunaviy shakli. Darsnnng maqsadini ifodalab, o`rganish va mustahkamlash
planlashtiriladigan bilim va amaliy malakalarni ko`rsatish kerak. Darsning jihozlanishida
dars davomida qanday asboblar, moslamalar, jihozlar, ko`rsatmali qo`llanmalar,
materiallar zarurligini nazarda tutish lozim. Ko`pincha topshiriqqa kombinasiyalangan
dars kiradi, chunki uni o`tkazyshda har xil didaktik vazifalar hal qilinadi. Bunday darsning
strO’qturasi quyidagicha bo`lishi mumkin: Tzshkiliy qism. Utilgan materialni (savolni)
tekshirish. Yangi materialni bayon qilish (qisqa konspekt). Kirish instruktaji.
O’quvchilarning mustaqil ishi. Joriy instruktaj. O’quvchilarning mustaqil ishi. Yakunlovchi
instruktaj. Ish o`rinlarini yig’ishtirnsh. Plan
-konspektda darsshshg borishnni yoritishda
ana shunday mulohazalarga asoslanish zarur. Bilimlarni tekshirish imkoni boricha yangi
materialni idrok etishga va mosnat topshirig’iggi bajarishga tayyorgarlik bosqichi sifatida
tashkil qilipishi kerak. Shuning uchun darsning konkret mazmuniga, shuningdsk, oldingi
o`quv materi
aliga bog’liq xolda bilimlarni tekshirish har xil yo`sinda o`tkazilishi mumkin.
Agar o`huvchilarning mazkur darsga bevosita daxli yo`q material bo`yicha bilimlarini
tekshirish lozim bo`lsa, 10
—
15 minut vaqt ajratib kontrol ish o`tkazish mumkin, Bunda
o`quvchilarga 2
—
3 ta savol (yoki bir necha variantli topshiriq) beriladi, o`quvchilar yozma
ravishda javob qaytaradilar. Bu borada ayrim o`qituvchilar programmalashtirilgan frontal
so`rashdan foydalanmoqdalar. Agar o`tgan mashg’ulotlarda olingan bilimlarni yang
i
materialni idrok etish uchun tekshirish zarur bo`lsa, so`rash tushuntirishni boshlashdan
oldin o`tkaziladi. Bordiyu bu bilimlardan amaliy ishda foydalanish zarurati tug’ilsa,
material kirish instruktaji prosessida takrorlanadi. Bunda takror- lash uchun b
eriladig’an
savollarni mehnat topshiriqlariga qo`shish ma’qul. Takrorlash uchun beriladigan
savollarni oldindan puxta o`ylash va darsning plan konspektida ko`rsatish lozim. Yangi
naterialning hajmi va murakkabligiga qarab dars konspektida tushuntirishning plani yoki
qisqacha mazmuni beriladi. Agar yangi material murakkab va hajmi katta bo`lsa,
tushuntirish oxirida uni o`quvchilar qandaY o`zlashtirgankni tekshirish mumkgsh.
Bunday hollarda darsning plan konspektida bilimlarni tekshirish uchun savollar
keltir
iladi. O’quvchilarning mustaqil ishi darsning plan
-konspektida alohida o`rin olishi
kerak. Umuman darsning samaradorligi uning ana shu bosqichi qanchalik chuqur o`ylab
tashkil qilinishiga bog’liq bo`ladi. Bunda o`quvchilarning mustaqil ishidagi vazifalarni
belgilash o`qituvchining vazifalarini belgi-lashdan ancha oson ekanligini nazarda tutish
lozim. Buning ajablanarli joyi yo`q. Zotan o`quvchining vazifalari aniq ifodalash mumkin
bo`lgan mehnat topshirig’i bilan belgilanadi. Uqituvchining vazifasi topshiri
qning
murakkabligiga, o`quvchilar faoliyati qanday o`tishiga, ya’ni ular topshiriqni bajarishda
qanaqa xatolarga yo`l qo`yishiga, qanday qiyinchiliklarga duch kelishiga bog’liq bo`ladi.
Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarning mustaqil faoliyatida, bo`ladigan ishni
planlashtirnshda ular yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni analnz qilishi kerak.
O’quvchilar programmaga muvofiq yil saynn tipovoy ishlarni bajara boradilar, shuning
uchun taxminan bir xil qiyinchiliklarga duch keladilar va bir xil xatolarni takrorlaydilar.
Tajribali o`qituvchilar ana shu qiyinchilik va xatolarpi yaxshi biladilar, zndigina
ishlayotgan o`qituvchilar esa bularni metodik adabiyotlardan bilib olishlari mumkin. Ana
shu maqsadda o`quvchilarga beriladigan mehnat topshirig’iii avval o`q
ituvchining o`zi
bajarib ko`rishi zarur. Shuning uchun darsniig plan konspekti bilan birga o`quvchilarning
mehnat ob’ekti sifatidagi buyumni tanlash ham kerak. Frontal, gruppavoy va individual
instruktaj bo`la oladigan joriy instruktajni planlashtiring. Yakunlovchi instruktaj
mazmunini yoritib, o`quvchilarning diqqaty xususan nimaga qaratilishini; ularga keyingi
mashg’ulotga tayyorlannsh bo`yicha qanday topshiriq berilishini ko`rsating. Dars p l a n
-k
o n s p e kt i n i ng namunasi Darsning temasi. Yupqa list metallar haqida umumiy
ma’lumotlar; yupqa list metalldan buyum yasash, zagotovkani rejalash (IV sinf). Darsning
maqsadi. Yupqa list metallar haqida tushuncha berish, rejalash operasiyasi bilan
tanishtirish va rejalashning ayrim usullari. ni bajarish bo`yicha dastlabki ko`nikmalarni
shakllantirish, o`quvchilarni kasbga yo`llash maqsadida ularga hozirgi zamon ishlab
chiqarishidagi rejalash ishlarining ahamiyati haqida umumiy tushunchalar berish, ularni
texnik masalalarni hal qilishga jalb etish. Texnik ma’
lujotlar. 3
—
4 turdagi list, metallar
(qalinligi 0,5 mm po`lat, latun, mis, alyuminiy)ning tashqi ko`rinishidagi farqlari. List
po`latni to`g’rilash haqida tushuncha. Tekislikda rejalash haqida tushuncha. Eg’och
to`qmoq, chizg’ich, burchaklikning tuzilishi
va vazifalari. Detallarni rejalash usullari,
rejalashdagi ishlar tartibi. Ish o`rnining holati va rejalashda xavfsnzlik texnikasi. Mehnat
usullari va operasiyalari. Zagotovkani tayyorlash (tozalash, g’uddalarni egovlash, tekislash,
tekislik rejalash). Texnik masalalar. Buyumning vazifasiga ko`ra gabarit o`lchamlarini
belgilash, zagotovka tanlash, buyumning zagotovkada eng rasional joylashuvini aniqlash.
Mehnat ob’ekti
- Keskich uchun taglik. Jihoz va materiallar- List metall namunalari,
chizmalar, keskich u
chun tagliklar, to`qmoqlar, chizg’ichlar, burchakliklar, egovlar,
tekislash plitalari, yupqa list metalldan yasalgan buyumlarning namunalari. Darsning
borishi 1. Tashkiliy qism. O’quvchilarning davomatini, maxsus formalarining ahvolini
tekshirish 2. Yangi materialni bayon qilish. Xalq xo`jaligida va turmushda yupqa list
metallning qo`llanishi haqida suhbat. 3. Kirish instruktaji. O’quvchilarga mehnat
topshirig’i berish (keskich uchun taglik yasash). Chizma bo`yicha taglikning
konstrO’qsiyasini o`rganish, ta
glikning vazifasiga ko`ra unint gabarit o`lchamlarini
belgilash. 4. O’quvchilarning mustaqil ishi. Daftarga keskich tagligining texnik rasmini
chizish. 5. Joriy instruktaj. Keskich tagligini tayyorlashning umumiy planini tuzish.
O’quvchilarga taglikni tayy
orlashning birinchi bosqichini
—
chizmani o`rganish,
zagotovka o`lchamlarini tekshirish, zagotovkani xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan
tekshirishni tushuntirish, zagotovkani ifloslikdan, zangdan tozalash; uni to`g’rilash va
rejalash. 6. O’quvchilarning
mustaqil ishi. Taglikni tayyorlashning birinchi bosqichini
bajarish. Ish umumiy tarzda olib boriladi. Yakunlovchi instruktaj. Ish natijalarini
yakunlash. Rejalovchi kasbining xarakteristikasi. Ish o`rinlarini yig’ishtirish. Dars tahlil
Dars temasi, Darsning maqsadi. Tashkiliy qism. Asbob va zagotovkalarni tarqatish kanday
o`tkazildi, u etarli darajada tashkiliy saviyada o`tdimi? 1. Utilgan materialni tekshirish.
Uqituvchi qo`ygan savollar o`tilgan materialni to`la qamraydimi? Ular aniq, bir xil
ma’nolimi? O’quvchilar o`tilgan materialni o`zlashtirdi, deyishga asos bormi? 2. Yangi
materialni tushuntirish. Materialni bayon qilishda qanday metodlar qo`llanildi?
O’quvchilarning mehnat talimni va fan asoslariga doir predmetlar bo`yicha olgan
bilimlariga tayanish
ta’minlandimi, etarlicha ko`rsatmalilik ta’minlandimi, o`qituvchi
o`quvchilarni qiziqtira oldimi, ta’limda problemalilik qo`llandimi, yangi bilimlarning
o`zlashtirilishi tekshirildimi, bu o`zini oqladimi? 3. Kirish instruktaji. Mehnat topshirig’iga
xarakt
eristika berish: u o`quvchilarning qo`lidan keladimi, ularda qiziqish uyg’otadimi?
Topshiriqni bajarishda o`quvchnlarning mexnat ta’limi va fan asoslariga doir bilimlarndan
foydalanish nazarda tutiladimi? Topshiriqni bajarish bilan bog’liq ishning mazmuni
maktab o`qo`v programmasining o`rganilayotgan temasiga muvofiqmi? Buyumga
qo`yiladigan talablar, o`zini o`zi kontrol qilish kriteriylari ko`rsatilganmi? Kirish instruktaji
qanday o`tdi: mehnat usullari qo`llanildi, mehnat usullarin namoyish qilishga etarlicha
ko`rsatmalilik ta’minladimi? O’quvchilar topshiriqni qanchalik tushungani tekshirildimi
va bu tekshirish etarlimi? Xavfsizlik texnikasi qoidalariga qanday e’tibor berildi? Kirish
instruktajida o`quvchilar qanday ishtirok etdilar: ular passiv tinglovchi va kuzatuvchi
bo`ldilarmi yoki o`qituvchi ularni ayrim masalalarni hal qilishga jalb etdimi?
4.O’quvchilarning mustaqil ishi. O’quvchilar ishini tashkil qilishning qanday formalari
qo`llanildi? O’quvchilar qanday xatolarga yo`l qo`ydilar, bular tipik xato
larmi? Uqituvchi
o`quvchilarning xatolariga qanday munosabatda bo`ldi? qanday joriy instruktajlar
o`tkazildi? Ular oldindan planlashtirilganmi? Joriy instruktajlarni o`z vaqtida o`tka zildi,
deyish mumkinmi? O’quvchilar jismoniy dam olishlari uchun tanaffu
slar
planlashtirilganmi, bu tanaffuslardan o`qituvchi qanday foydalandi? O’quvchilarning
mehnat topshirig’ini bajarish bilan bog’liq ba’zi masalalarni mustaqil hal qilishlarnga
to`g’ri keldimi, ular bu ishni bajara oldilarmi? Uqituvchi umuman gruppaning va
alohida
har bir o`quvchining faoliyati ustidan kontrollik qilishni ta’minladimi? Uqituvchi kuchli
o`quvchilar uchun qo`shimcha topshiriqlarni nazarda tutdimi? O’quvchilarda o`zini
-o`zi
kontrol qilish malakalarini shakllantirishga etarlicha e’tibor berildi
mi? 5.Yakunlovchi
instruktaj. Bu instruktajga qancha vaqt ketdi, u nima haqida bo`ldi? Mashg’ulot qanchalik
chuqur va to`liq yakuplandi? Tulik xatolar, yaxshi va ko`ngildagidek chiqmagan buyumlar
ko`rsatildimi? 6.Ish o`rinlarini yig’ishtirish. Ish o`rinlarini yig’ishtirish qancha vaqtni oldi?
O’quvchilar yig’ishtirish uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandimi? Ish o`rinlarini
yig’ishtirishning sifati kim tomonidan va qanday tekshirildi? Ish o`rnining ozodaligi uchun
musobaqa o`tkazildimi? Bu musobaqada sinf aktivi qanday rol o`ynaydi? 7.Umumiy
xulosa. Dars qanday elementlardan tashkil topdi? Darsning tipi. Uqituvchi ko`zlagan
maqsadga erishdimi? Dars tahlilning na’munasi Darsning temasi va maqsadi(darsning
plan konspektida yoritilgan). Ish ob’ektining
tanlanishini asoslash. Bu darsda o`quvchilar
ilk bor rejalash bilan tanishadilar. Ana shu nuqtai nazardan keskich uchuv taglik yasash
juda mos ish ob’ekti hisoblanadi. U to`g’ri to`rtburchakdan iborat, shuning uchun uni
rejalashda muxim ish usullarini va bazalar tanlashni, bir-biridan baravar uzoqlikdagi
parallel to`g’ri chiziqlar o`tkazishni, 90° burchak ostida joylashgan to`g’ri chiziqlar
chizishni o`rganish mumkin. Bu ish o`lchamlarni qo`yish, chizg’ich, chizg’ichgo`niyadan
foydalanish bo`yicha mashq qilish imkonini beradi. Bulardan tashqari keskich tagligi
o`quvchilarga ish vaqtida kerak bo`ladigan ijtimoiy foydali predmetdir. Shuning uchun bu
ish o`quvchilarda qiziqish uyg’otishi, yuqori aktivlnkni vujudga keltirishi mumkin. Nihoyat,
taglikni tayyorlashda o`quvchilar oldiga ularning qo`lidan keladigan texnik masalani:
taglikning vazifasiga qarab uning gabarit o`lchamlarini belgilash masalasini qo`yish
mumkin. Bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash. O’quvchilar bu darsda list metall va
uni rejalash usullari haqidagi tushunchaga birinchi marta duch keladilar. Shunga qaramay
yangi materialni bayon etishda asosan suhbat metodi qo`llaniladi, chunki unda
o`quvchilarning hayotiy tajribasiga, shuningdek ularning I
—IV sinflarda qog’oz va
gazlamani, V sinfda yo
g’ochni rejalash bo`yicha olgan amaliy tajribalariga tayanish
mumkin. Suhbat vaqtida o`quvchilarga list metallardan yaoalgan qanday buyum-larni
bilishlari va ularning qaerlarda qo`llanishini eslash tavsiya etiladi. List metallardan
yasalgan ba’zi buyumlar
(konserva va bo`yoq bankalari, elektr armaturasi detallari va
hokazolar) namoyish qilinadi, list po`lat, mis, alyuminiy, latunning turli namunalari
ko`rsatiladi, ana shu materiallarning nima deb atalishi va qaerlarda qo`llanishi haqida
suhbat o`tkaziladi. Uqituvchi kollektiv suhbat natijasida o`quvchilarni turli metallar turli
xossalarga (bO’qiluvchanlik, elektr o`tkazuvchanlik, havoda oksidlanuvchanlik va
hokazolarga) ega, metallar buyumga qo`yiladigan texnik talablarga qarab tanlanadi, degan
xulosaga olib
keladi. Shundan keyin «tunO’qa» tushunchasining ta’rifi aytiladi va qora
tunO’qa bilan oq tunO’qaning muhim farqlari tushuntiriladi. Ko`nikmalarni shakllantirish
va mustahkamlash- Ayni darsda o`quvchilarda grafik ko`nikmalar shakllanadi.
O’quvchilarga daf
targa keskich tagligining texnik rasmini chizish tavsiya etiladi. Ular bu
ishni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |