O‘quvchilarni pedagogik kuzatish metodikasi
O‘quvchilarni pedagogik kuzatish, darsda turli xil ko‘rsatmali qurollarni kuzatishdan
tashqari, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan mustaqil
kuzatishlardan ham foydalaniladi. Bu kuzatishlar qisqa muddatli va uzoq davom etadigan
kuzatishlar bo‘lishi mumkin. Ular o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladi. O‘qituvchi dars vaqtida
o‘quvchilarga ularning maqsadini tushuntiradi, topshiriqlarni taqsimlaydi va ular bilan birgalikda
kuzatish olib borish rejasini belgilaydi.
Yo‘l-yo‘riq berish vaqtida kuzatish izchilligiga, kundalik yuritish tartibiga, kerakli
materiallar to‘plab, ularni ishlash usullariga alohida e’tibor berish kerak. Turli fan o‘qituvchilari
mustaqil kuzatishlar uchun topshiriqlar beradilar. Masalan, o‘quvchilar mehnat brigadalari
a’zolarining mehnati va dam olishi qanday tashkil etilganligini, estetik tarbiya bo‘yicha
kinofilmlar, teatr ko‘rishlari, badiiy ko‘rgazmalarga borishlari, texnikaviy fanlar bo‘yicha
korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini, korxonada chiqadigan mahsulotning, yangi texnikaning
xalq xo‘jaligida va turmushda ishlatilishini kuzatishlari mumkin. O‘quvchilar xilma-xil
tajribalarni bajarayotgan vaqtda ham kuzatish ishlari olib boriladi. Kuzatishlarning natijalari
mashg‘ulotlarda muhokama qilinadi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntirishda ularga tayanadi.
Kuzatishlarning borishida o‘quvchilar mustaqil ravishda xulosalar chiqaradilar. O‘quv-tarbiya
jarayonini boshqarish va rahbarlik qilishda, uning samaradorligini oshirishda rahbar
o‘rinbosarining sinf jurnallari qanday tutilayotganini nazorat qilib borishi katta ahamiyatga ega.
Sinf jurnali darsda o‘tkaziladigan va uyga berilgan mustaqil va ijodiy ishlar tizimi va maktab
kursidagi barcha fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari haqida, baholarning
to‘planishi, darslarda o‘quvchilar so‘ralishining muntazamliligi haqida, darslarda o‘tilgan o‘quv
materialining jurnalga yozish sifati va hokazolar haqida tasavvur berishi mumkin. Rahbar va
uning o‘rinbosari sinf jurnaliga qarab darslardagi davomat, darsni qoldirgan o‘quvchilar bilan
ishlash haqida, o‘quvchilar tez-tez uy vazifalarini bajarmasliklari haqida fikr yuritishlari
mumkin.
Sinf jurnallarini har oyda maktab rahbariyati tomonidan kamida ikki marta tekshirish
kerak. Tekshiruvdan so‘ng jurnalga uning tekshirilgan vaqti va kim tekshirgani yozib qo‘yiladi.
Maxsus ish kundaligi daftarida esa tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalar yozib qo‘yiladi,
o‘qituvchilarga, sinf rahbarlariga aniq takliflar, tavsiyalar beriladi. Jiddiy kamchiliklar
topilganida maktab bo‘yicha alohida buyruq berilishi mumkin. Suhbat yordamida vujudga
keladigan masalalarni tez hal etish, ota-onalar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish,
o‘quvchilar, oilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish, ota-onalarga
pedagogik bilim berish, bolaning yakka tartibdagi rivojlanishi dasturini va birlikdagi pedagogik
harakatlar tizimini ishlab chiqish ota-onalarning tarbiyaviy qiyin bolalar xulqini tuzatish va
o‘quvchilar o‘rtasida munosabatlarda vujudga keladigan kelishmovchiliklarni hal etish kabi keng
ko‘lamdagi ta’lim-tarbiya vazifalari hal qilinadi. Suhbat o‘quvchilarning uyida ham, maktabda
majlisdan keyin ham, maktabga o‘z tashabbuslari bilan sinf rahbari chaqirganligi munosabati
bilan kelgan ota-onalar bilan ham o‘tkaziladi. Aslida sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilardan
har birining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazishga tayyor bo‘lishi kerak
3.
Pedagogik fan bilan tarbiya san'atining uzviy aloqadorligi zarurki, u yuksak kasb
mahoratini ta'minlaydi. Lekin ayrim pedagogik xaqiqatlarni eslab qolishning o'zi etarli emas,
ularni ijodiy mushohada qilish, amalda tatbiq eta bilish zarur.
A. S. Makarenko aytib o'tganidek, pedagogika eng dialektik, harakatchan murakkab va
xilma xil fandir. Tarbiya iazariyasida tayyor andozalar yo'q, pedagogika hayotining barcha
hodisalari uchun tayyor echimlarni taklif qilmaydi!- degan qoida siyqasi chiqqan qoida bo'lib
qoldi.
Biz pedagogik hodislniig eng umumiy, eng muhim, ya'ni doimo takrorlanib turadigan
tomonlari bilan ish ko'rgan joyimizda aniq tavsiya bo'lishi mumkin. Odamlar bilan ish ko'rgan
joyimizda, chamasi qat’iy belgilangan tavsiyalar, «andozalar» bo'lmasligi ham mumkin. Biz
ilmiy pedagogika nuqtai nazaridan mutlaqo aniq va qat'iy ayta olamizki, o’z-o’zini boshqarish,
o'yin, ijtimoiy ta'sir ko'rsatish, ijodiy mehnat va hokazo vositalarsiz ota-ona ham, pedagog ham
ish olib borolmayidi. Lekin, ularning har birini alohida holda qo'llanishi bolalarning turli toifalari
o'rtasida turlicha bo'lishi lozim.
Pedagogik vositalarni tanlash ularning tarbiya maqsadlariga muvofiqligi bilan belgilanishi
tushunarlidir. Maqsad o'ziga xos ichki yo'l-ko'rsatkich hisoblanadi, u butun ayrim pedagogning
faoliyatini yo'naltirib turadi.
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o'rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va
tarbiyachi tafakkuri, motivlari o'rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadlari
bilan to'qnash kelib qoladi. Axir, bolaning ham o'z maqsadlari (xatto strategiya maqsadlari) bor.
O'quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda,
tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday
tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish bo'lmaydi. O’qituvchi bilan mos kelsa, navbatdagi «to'siqlarni» engish
uchun birgalikda vositalar qo'llansa, chinakam tarbiya jarayoni sodir bo'ladi. Bu jarayon
kattalarni ham, bolalarni ham o'ziga jalb qiladi, ularga ham bularga ham quvonch bag’ishlaydi.
Tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilariing tevarak atrofdagi voqelikni va ayni vaqtda o'z-o'zlarini
o'zgartirishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati, kattalar bilan bolalar qarashlarining birligi,
tarbiyalash san'ati asosida ana shular turadi.
Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tahlil qilib tashkil
etadi, bir-biriga bog’liq bo'ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amalga oshirish
usuli-bo'lajak natijadir.
Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo'yish uchun amaliy asos hisoblanadi.
Tajribada ma'lum darajada qo'llaiilgan har qanday vosita iatija beradi, xatto biror sababga ko'ra
ifodalanmagan bo'lsa ham natija beraveradi. Lekin maqsadi aniq ifodalangan» pedagogik
vositagina samaralidir. Uquvchiga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning har bir aniq holatiga, umuman
tarbiyada biz nimaga erishmoqchiligimizni aniq bilib olmasak, samarali pedagogik vositalarni
tanlash muvaffaqiyatli bo'lshini tasavvur qilish qiyin.
Tajribada mavjud bo'lgan haddan tashqari ko'p pedagogik vositalarni sanab chiqish bizning
vazifamizga kirmaydi. Shu munosabat bilan faqat ikkita mulohaza bilan kifoyalanamiz.
Birinchi mulohaza: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar,
shartlar bilan bog’liq bo'ladi. Ular pedagogik jarayonning muayyan bosqichda tya'sir ko'rsatish
iatijasini belgilab beradi. Masalan, rag’batlantirish bir jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga
to'sqinlik qilishi, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli-tuman ko'rinishlarini vujudga
keltirishi mumkin. Bazan bu xol pedagogik bir metodning boshqalariga ta'sirini muvozanatlash
zarurligiga olib keladi,
Ikkinchi mulohaza: ayrim vositalarni qo’llash pedagogni ular ta'sirini, mumkin
bo'lgan o'zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog’liq bo'ladi. Jamoa muomala sharoitida
vositalarni qo'llash minut sayin o'zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqozo
qiladi.
Xozircha biz ko'proq mavhum kategoriyalardan foydalanamiz. Amaliy faoliyatda esa
vositalar, maqsadlar va iatijalar dialektikasi ovozlar shovqini, g’oyat turli-tuman ehtiyojlar va
da'volarning avj olishi bilan to'la bo'ladiki bu barcha jonli manzara doimo bir kishining-pedagog
tarbiyachining diqqat markazida bo'lishi lozim.
Xo'sh, uning mahorati nimalarda ifodalanishi mumkin? Avvalo shoshilinch tahlil qilishda va
tezda ishga kirishishda ifodalanishi mumkin. Agar bu shoshilinch taxlil noaniq bo'lsa, vositalar
ham albatta noto'g’ri tanlanadi, unda olingan natijani, o'zgartirish uchun yangi vositani izlash
talab qilinadi. Qo'llaniladigan vosita va ma'naviyat pedagog amal qiladigan qadriyatlar sistemasi
o’rtasida bevosita bog’liqlik bor. Pedagog vositalarga tor amaliyotchilik nuqtai nazaridan
prinsipsizlarcha yondashuv (ulardan foydalanishni bilgan taqdirda) tezda ayrim muhim
natijalarga to'liq tartibda, tashkiliy aniqlikka erishish va o'ziga xos xususiyatlardan bexabar
qolish bularni pedagogik mahoratining namoyon bo'lishi deb qabul qilish mumkin. Chinakam
mahorat esa o'qituvchiga ushbu qoidani yuklaydi: barcha vositalar biror kishini hayron qoldirish,
pedagogning shaxsidan fahrlanish uchun emas, balki tarbiyaning juda murakkab va ulkan
vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |