3.
Sinf rahbarining diqqat markazida o'quvchilarning yuqori darsda o'zlashtirishini
ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o'quvchining kundalik o'zlashtirishida
voqif bo'lib turadi. Orqada qolayotganlarga o'z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4
. Sinfdagi o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish ishlarini yo'naltiradi, ular ishtirokida sinf
jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta'min etadi,
maktab miqiyosida
uyushtirilayochtan muhim tadbirlarda o'z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi.
5.
Sinf o'quvchilarining ota-onalari, o'quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari,
korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqaga o'rnatadi.
6.
Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o'qituvchilari o'rtasida o'quvchilarga
nisbatan yagona talablar o'rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila
bilan maktab o'rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7.
Sinf rahbari o'z sinfidagi turli hujjatlarini;
sinf jurnali, o'quvchilarning kundaliklari, tabellar,
shaxsiy ma'lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
O'qituvchi-sinf rahbari, mehribon tarbiyachidir. Maktabning boshlang'ich sinflaridagi
muhim xususiyatlardan biri-biriga qadrdon o'qituvchi rahbarligida 4
yil hamkor, hamdard
bo'ladilar.
Shu sababdan boshlang'ich sinf o'quvchilarning ota-onalar jamoasi bilan ham ishlash o'ziga
xos xususiyatga ega:
Birinchi farzandlarini maktabga kuzatadigan ota-onalarning ish shakl va uslublari ko'p
tajribali ota-onalardan farq qiladi.Bular uchun «1-sinf o'quvchisi», «Yosh ota-onalarga esdalik»
larni tavsiya etish talabga muvofiqdir.
Bu ish shaklidan maqsad:
Ota-onaning – o'quvchi ota-onasi nomiga sazovor bo'lish hissini uyg'otib, maktab oldidagi
burchini anglatish.Ota-onaning pedagogik, tarbiyachilik faoliyatinn faollashtirish.
Yosh ota-
onalar uchun esdalik.
Har bir inson farzand ko'rish va uni voyaga etib borishini to'rt ko'zlab, kuzatayotganidan
Allohga hamdu sanolar aytib, u buyuk ne'matni qadriga eta bilishi lozim. Bu ne'mat
bolaning
maktabga birinchi qadamidir.
G'ulomiddin Akbarzoda «Ilm demak jon. Ilm demak madaniyat «dini odobiga sabib»
demak, deb yozgan edi. Bas, shunday ekan ota-ona 1-sinf o'quvchisining ilm dargohidan ko'p
bilim va tarbiyaga ega bo'lishi uchun nimalar qilishi kerak:
1. O'qituvchi muqaddas siymo u sizning maslahatchingiz, uni ardoqlab obro'-e'tiboriga
sadoqatli bo'lish.
2. Sinf va maktab jamoasining ta'lim-tarbiya tadbirlariga faol qatnashib taklif va
mulohazalaringizni aytish.
3.
Bolangizda nima yaxshi, nima yomon ekanligani uqtirib sharqona rasm-rusm, udum
an'analarimizdan xabardor qilish o'qituvchiga ko'makdosh bo'lish.
4. Bolangizning o'quv ishlariga yordam berib borish. Unga beriladigan topshiriqlarni
bajarishda ularga yordamingizni berish.
5.Bolangizda maktab, sinf, o'qituvchi va o'rtoqlarga nisbatan yaxshi fikr uyg'otish, chunki
1-sinf o'quvchisining maktab sharoitiga moslashtirish ancha murakkab ruhiy holatdir.
6. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatidagi munosabatini kuzatib, so'rab borish. Bunday
suhbatda yaxshi, juda yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top kabi sehrli so'zlarni, nojo'ya harakat
sodir bo'lgan bo'lsa, «chakki ish bo'libdi», «men kutmagan edim» kabilarni ishlatish.
7. Ota-ona maktabning yaqin yordamchisi bo'lishi, ko'makdoshi o'z
farzandining kamoli
bilan yashashi kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: