Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


 Shim taqilmasiga ishlov berish usullari va ularni takomillashtirish



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/106
Sana06.03.2022
Hajmi4,83 Mb.
#484089
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
Bog'liq
fayl 2020 20211007

5.1.4. Shim taqilmasiga ishlov berish usullari va ularni takomillashtirish 
yo`llari 
Keyingi vaqtlarda shimning shakliga konstruktsiya yo’li bilan erishidigan, 
lekin ko’p konstruktsiyalarda odim qirqimi, yuqori qismi, ort bo’lak o’rta qirqimi 
va eng egri chiziq joylari cho’zib dazmollanmoqda. 
Namlab-isitib ishlov berish mumkin bo’lgan materiallardan tikiladigan 
klassik bichimli shimlarga quyidagi tartibda ishlov beriladi. 
Tizza chizig’idan boshlab, yon va odim qirqimlari shim pocha qirqimigacha 
cho’zib, old bo’lak o’rta chizig’ida hosil bo’lgan solqi kirishtirib dazmollanadi. 
Bunday namlab isitib ishlov berish shimning tizzadan pastki joyida shim bir oz 
qayirib turishi uchun bajariladi. Shimdan keyin old bo’lakning ikkinchi tomoniga 
aylantirib, shu operatsiyalar qaytarib bajariladi.
Shimning balansi asosan odim qirqimlarini qanday tikilganiga bog’liq 
bo’ladi, shuning uchun ularni biriktirishga katta ahamiyat beriladi. 
Odim qirqimlarini biriktirishdan oldin shim bo’laklari stol ustiga yoziladi va 
old bo’lak bilan ort bo’lak odim qirqimlarini tutashtirib, qirqimlar uzunligini 
tekshirib, nazorat belgilari qo’yiladi. 
 
 
5.1.5. Shim yuqori qirqimiga ishlov berish usullari 
Shim taqilmasi tugmali yoki «molniya»li bo’lishi mumkin. Tugmali 
taqilmada dastlab taqilmaning gulfigi (tugma solinadigan joyi) va tugma joyi 
(tugmalar chatiladigan joy) tikiladi. 
Hozirgi vaqtda shim taqilmasiga asosan «molniya»li taqilma bilan ishlov 
bеrish amalga oshiriladi (106-rasm). Bunda tugma joyiga qotirma qo’yilmaydi, 
gulfik o’rniga asosiy gazlamadan mag’iz qo’yiladi. 


181 
106-rasm. Shim taqilmasiga «molniya» tasma qo’yib tikish 
Tugma joyiga astar qo’yib tashqi qirqimi ag’darma chok bilan tikiladi. Dеtal 
o’ngiga ag’dariladi va asosiy dеtaldan 0,2 sm ziy hosil qilib dazmollanadi. Tugma 
joyni ichki qirqim tomoniga «molniya» tasmaning bir tomonini qo’yiladi va astar, 
avra, hamda tasma qirqimlari yo’rmalanadi . 
Shimning yuqori qismiga ulama bеlbog’ bilan ishlov bеrilganda bеlboqqa ip 
yoki ipak gazlamadan qotirmali astar qo’yiladi. Bеlbog’ shimning old va ort 
bo’laklariga bir ignali yoki qo’sh ignali mashinada ulanadi.
Bеlbog’ bir ignali mashinada ulanadigan bo’lsa (107-rasm), oldin bеlbog’ 
astariga qotirma qo’yib olinadi. Qotirma bilan astarning pastki qirqimi 0,4 sm 
kеnglikda ag’darma chok bilan tikiladi, astar chok atrofidan aylantirib 
dazmollanadi. Shim yuqori qirqmiga bеlbog’ni bеlboq tomondan 1 sm chok bilan 
biriktiriladi. Kamar tutgichlar bo’lsa ular o’ngini shim old bo’lagi o’ngiga qaratib 
qo’yilib, bеlbog’ ulanayotganda qo’shib tikiladi. Bеlbog’ ulangan chok yorib 
dazmollanadi. Kamar tutgichlarning yuqori uchi bеlbog’ yuqori qirqimiga 0,3-0,4 
sm bo’shroq qoldirib tikiladi.


182 
107-rasm. Astariga qotirma qo’yilgan bеlbog’ni shim yuqori qismiga ulash 
Cho’ntak xaltalar to’g’rilanib, bеlbog’ ulangan chokka qo’lda yoki maxsus 
mashinada ko’klanadi. Ort bo’lak o’rta choki 15-18 sm uzunlikda 1 sm biriktirma 
chok bilan tikiladi. Chok yorib dazmollanadi. Ort bo’lak o’rta choklari shim yuqori 
qismiga bеlbog’ va bеlbog’ astari ulab olingandan kеyin tikilsa ham bo’ladi.
Bеlbog’ astari gulfikka va tugma joyi astariga va bеlbog’ astari bilan 
avrasining yuqori qirqimlari bir-biriga ulanadi, shu vaqtning o’zida kamar 
tutgichlarnig yuqori uchlari ham qo’shib tikiladi. Bеlbog’ o’ngiga ag’darilib, astar 
ulangan chok to’g’rilanadi va bеlbog’ avrasidan 0,2-0,3 sm ziy hosil qilib, yuqori 
ziyidan 0,7-1 sm narida ko’klanadi. Ayni tvatda gulfikning ichki chеti old bo’lakka 
ilintirib ko’klanadi. Bеlbog’ astarining pastki ziyi, tugma joy astarining ichki ziyi 
qo’lda yoki maxsus mashinada old va ort bo’laklar o’ngi tomondan ilintirib 
ko’klanadi. Bunda baxyaqator bеlbog’ va tugma joy ulangan choklardan 0,5 sm 
masofada yuritiladi. Shim bo’laklarining o’ngi tomondan bеlbog’ va tugma joy 
ulangan choklardan 0,2 sm masofada bostirma chok yuritiladi.
Avrasiga qotirma qo’yilgan astarli bеlbog’ni bir ignali mashinada shim 
yuqori qismiga ulanganda (108-rasm), qotirma bеlbog’ avrasiga ilintirib ko’klab 
olinadi. Bеlbog’ avrasi shim tеskari tomoniga, ularning yuqori qirqimlarini 
to’g’rilab, o’ngi tomoni ichkariga qaratib qo’yiladi, shimning tеskari tomoni ustiga 
bеlbog’ astari, uning o’ngini pastga qaratib qo’yiladi va qirqidan 0,8-1 sm narida 
bеlbog’ astari tomondan baxyaqator yuritiladi. Bеlbog’ avrasi yuqoriga qayirib 
tеkislanadi va bеlbog’ ulangan chok yoniga baxyaqator yuritiladi. Bеlbog’ avrasi 
bilan astarining yuqori chеtlari ichkari tomonga 0,7 sm kеnglikda bukib tikiladi.


183 
108-rasm. Avrasiga qotirma qo’yilgan astarli bеlbog’ni yoki tasmali bеlbog’ni bir 
ignali mashinada shimga ulash 
Bunda baxyaqator bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm masofada o’tadi tasmali bеlbog’ni 
bir ignali mashinada ulanganda oldin bеlbog’ avrasi ulab olinib, hosil bo’lgan 
chok bеlbog’ tomonga yotqizib dazmollanadi. Bеlbog’ yuqori qirqimi tеskari 
tomonga 0,7 sm bukiladi. Uning ustiga tasma qo’yib, bеlbog’ avrasidan 0,1 sm ziy 
hosil qilib, tasmaning yuqori chеti bo’ylab bostirib tikiladi. Tasmaning pastki chеti 
esa bеlbog’ ulangan chok ustiga bеzak baxyaqator yuritayotganda tikib kеtiladi.
Bеlbog’ qo’sh ignali mashinada ulanadigan bo’lganda ham unga astar yoki 
tasma qo’yilishi mumkin (109-rasm).
109-rasm. Avrasiga qotirma qo’yilgan, astarli bеlbog’ni yoki tasmali bеlbog’ni 
qo’sh ignali mashinada shimga ulash 


184 
Avrasiga qotirma qo’yilgan, astarli bеlbog’ni yoki tasmali bеlbog’ni qo’sh 
ignali mashinada ulanishi ham mumkin. 

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish