4-Mavzu:
Muloqotning sohadagi o‘rni
to‘g‘risida
Muloqotning qanday kechishi va kimning koʻproq ta’sirga ega boʻlishi
sheriklarning rollariga bogʻliq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir koʻrsatish
maqsadi boʻladi va u bu maqsadni amalga oshirish
uchun barcha yuqorida
ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib
chaqirsa, xodimini o‘rnidan turib kutib oladi, quyuq soʻrashadi, keyin maqsadga
o‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin, tashabbuskorning
suhbatga tayyorgarligi yaxshi boʻlmasa yoki adresat tajribaliroq sherik boʻlsa, u
tashabbusni oʽz qoʻliga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin
boʻladi.
Kishilar bilan normal munosabatlarni oʻrnata
olmaslik, ayniqsa, biznes
sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, oʽz nuqtai nazariga
oʽzgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik, “birovni” uning ichki
kechinmalari va oʽziga boʻlgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy
psixologiyada kommunikativ oʻquvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib
chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb
turgan ish bitmasdan choʽzilib ketishi mumkin.
Shuning uchun, hozirgi paytda
katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka oʽrgatish, ularda zarur
kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli
kishi boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega boʻlishi kerak. Bu
vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga oʽrgatishni har qachongidan
dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ma’lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi,
ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning samaradorligi ana shu
ikki qirraning qanchalik
oʽzaro mosligi, bir-birini toʻldirishiga bogʻliq ekan. Mashhur amerikalik notiq,
psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki
yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning
insonlarda rivojlangan boʻlishini nazarda tutgan edi. Mutaxassislarning
aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45% kimlarnidir tinglashga sarf
qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda boʻladiganlar-savdo
xodimlari,
aloqachilar,
rahbarlar,
muxbirlar
35-40%
oylik
maoshlarini
odamlarni
tinglaganliklari uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga
koʻproq foyda keltirarkan. Tinglashning ham xuddi gapirishga oʻxshash texnikasi,
usullari mavjud. Ularning turi ham koʻp, lekin, biz ikki usulini qoʻllaymiz: soʽzma-
soʽz qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qoʻllab-
quvvatlashini bildiradi. Ikkinchi usul-sherikni soʽzlarini tinglab, undagi asosiy
gʻoyani muxtasar, oʽzimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi
tinglayotganimizda , “Yo‘gʻ-e?”, “Nahotki?”, “Qara-ya?”, “Yasha!”, “Qoyil!”
luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muloqotga
oʽrgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha
paralingvistik va noverbal omillardan oʻrinli foydalanishga oʽrgatishdir. Professor
V. Karimovaning fikricha, professionaltinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
— Aktiv holat bu
tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan
tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni
bildirish;
— Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni oʽziga
jalb qilib, balki keyin navbat kelganda oʽzining har bir soʽziga uni ham
ko`ndirishning samarali yoʻlidir.
— O‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat
bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali oʽzingizning
suhbatdan
manfaatdorligingizni bildirish yoʻli.
Demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali boʻlishida muhim
ahamiyatga ega. Shuning uchun, biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz,
unda oʽz-oʽziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilhomlantirishimiz, ruhlantirishimiz
kerak.
His-hayajonni
ifodalaydigan harakatlar bu koʻzga koʻrinadigan
harakatlardir. Bu yerda axborot yetkazuvchi boʻlib gavdani tutish, mimika, ishora,
nigoh katta rol o‘ynaydi. Masalan, tadqiqotlarga koʻra soʻzlovchining yuzi
qimirlamasa yoki koʽzga koʻrinmasa, 10-15 foiz axborot yetkazilmaydi. Koʽz
yordamida hol-ahvol, kayfiyat haqida eng aniq ma’lumotlar
yetkazib beriladi,
chunki, koʽz qorachigʻining torayishi va kyengayishini nazorat qilib boʻlmaydi.
Gʻazab va noxush kayfiyat kishining koʽz qorachigʻini toraytiradi. Yuzi iltifotsiz
boʻlib qoladi, bu holat esa muloqotning samaradorligini pasaytiradi.
Soʽzlovchining gavdasini «yopiq» tutishi (u gavdaning oldini bekitib, fazoda iloji
boricha kam joy egallashga harakat qiladi) ishonchsizlik, qoʻshilmaslik, tanqidni
bildiradi. «Ochiq» gavda tutishlar esa (tikka turganda: qo‘l kaftlari ochiq va tepaga
qaratilgan; o‘tirganda qoʻllar yozilgan, oyoqqa uzatilgan) ishonch, rozilik,
Hayrixohlikni bildiradi.
Ovoz xususiyatlari prosadika va ekstralingvistik ro‘y berishlar qatoriga kiradi.
Ishtiyoq, quvonch va ishonchsizlik baland ovoz bilan bildiriladi. Gʻazab, qo‘rqish
ancha
baland ovoz bilan, qaygʻu, gʻam-gʻussa, horgʻinlik odatda yumshoq
pasaytirilgan ovoz bilan bildiriladi.
Munosabatning takesika vositalariga silab qoʻyishlar, daxldorlik, qoʻl berib
koʻrishishlar, urib-urib qoʻyishlar kiradi. Ular ragʻbatlantirishning biologik turi
bo`lib, ayniqsa, yetim bolalarga ta’sir etishi isbotlangan. Shumtaka va ranjigan
bolani boshidan silab qoʻyib, siz boshqa vositalarni biriktirgan holda ham erishib
boʻlmaydigan natijaga erishishingiz mumkin.