778
e) aerodispers tizim Yorug’likni kuchli tarqalishiga
sabab bo‘ladi;
Zarrachalar
katta-kichikligiga
qarab
ikki
hususiyatga ega bo‘ladi:
a) muallaq osilib turish va tez cho‘kish hususiyatiga
ega bo‘lganlar;
b) nafas yo‘llariga
kirish hususiyatiga ega
bo‘lganlar.
Masalan, zarrachalar diametri 10-100 mkm ga teng
bo‘lsa ular uzoq vaqt mobaynida osilib tura olmaydi,
ular tez cho‘kadilar. Zarrachalar diametri 10-0.1 mkm
gacha bo‘lsa inson salomatligiga ancha xavf tug‘diradi.
Ular havoda ancha turib qoladi. nafas yo‘llari orqali
o‘pka alveolariga tushadi. uning chuqur joylariga etib
boradi va o‘zining zararli ta’sirini ko‘rsatadi.
Sanoati rivojlangan katta shaharlar va sanoat
markazlarining
atmosfera havosidagi chang, tutun,
qurum va tumanlar ba’zi vaqtlarda quyosh nurlarini
to‘sib er yuziga ultrobinafsha nurlarini o‘tkazmay
qo‘yadilar.
779
Ultrobinafsha nurlarning er yuziga etarli darajada
etib kelmasligi o‘z navbatida turli kasalliklarga ayniqsa
bolalarda raxit kasalini keltirib chiqaradi.
Katta shaharlardagi atmosfera havosi tarkibidagi
chang miqdori har xil bo‘lishi shaharni obodonlatirishda,
daraxtlar
va
o‘rmonlarning
bo‘lishiga.
sanoat
korxonalarning katta-kichikligiga
hamda ularni shahar
hududida joylashishiga bog‘liqdir.
F.F.Erisman nomidagi ilmiy-tadqiqot instiuti
bergan ma’lumotga qaraganda. havodagi yillik o‘rtacha
chang miqdori dalalarda 1 m
3
havoda 0.01 mg, turar
joylarda 0.12 mg, shahar markazida 0.13 mg, sanoat
korxonalari joylashgan joylarda 0.15 mg ga teng bo‘lishi
kerak.
O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining
ifloslanishi asosiy
ekologik muammolardan biri
hisoblanadi. O‘zbekistonning yirik shaharlar va sanoat
markazlarida atmosfera havosining ifloslanishi asosiy
muammolardan biri hisoblaniladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlili shuni ko‘rsatadiki.
780
1999 yilda atmosferaga chiqarilgan chiqindilarning
umumiy hajmi 2296900 tonnani tashkil etadi,
undan
776900 tn. yoki 34% chiqindi turg‘un manbalarga to‘g‘ri
keladi. 1999-2004 yillar mobaynida. Atmosferaga
chiqayotgan chiqindilarning umumiy hajmi 14.8% ga
yoki 1957400 tn. ga qisqargan. Bu asosan sanoat va
energetikaning
sektorlarida
ba’zi
qisqarishlar,
rekanstruksiya va qayta shakllanish o‘tkazilishi hamda
havo muhofazasi bo‘yicha tadbirlar bajarilishi bilan
izohlaniladi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi bo‘lgan
sanoat ob’ektlari Toshkent 42.7%, Qashqadaryo 14.6%,
Buxoro 10.9%, Navoiy 8.1%, Farg‘ona 6.8%
viloyatlarda jamlangan.
Sanoat salohiyati eenergetika,
qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft – kimyo
sanoati, gaz sanoati, neftni qayti ishlash zavodlari,
sement va boshqa qurilish
materiallari ishlab
chiqaruvchi korxonalar ob’etalaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: