2-amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Otni o„rgatish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. 1-4-sinflar
uchun otni o„rganish darsining ishlanmasini tuzish.
Reja:
1. Boshlang‟ich sinflarda ot mavzusini o„tish metodikasi.
2. 1-2-sinflarda nomini bildiruvchi so‟zlarni o‟rgatish darsi rejasi va
ishlanmasini tuzish.
Adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Sariyev
Sh. Ona tili o„qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2. G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat
va uni o„qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b.
3. G„afforova T., Shodmonov E., G‟ulomova X. Ona tili va o`qish
savodxonligi (1-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2021.
4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne‟matova A. Ona tili va o`qish
savodxonligi (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho„lpon, 2021.
5. Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo‟ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf
uchun darslik). –T.:O„qituvchi, 2019. -152 b.
6. Ikromova R., G„ulomova X., Yo„ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-
sinf uchun darslik). –T.:O„qituvchi, 2017. -192 b.
Boshlang„ich sinflarda ot mavzusini o„tish metodikasi.
Otni o„rganishga tayyorlov bosqichi savod o„rgatish davriga to„g„ri keladi. Bu
bosqichda o„quvchilar predmetlarni va ularni nomi bo„lgan so„zlarni farqlashga
o„rganadilar. So„zning leksik ma‟nosi (har bir so„z ma‟no bildirishi)ga e‟tibori
oshiriladi, ma‟nolarni hisobga olgan holda so„zlar (qushlar, meva va sabzavotlar va
hokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko„nikmasi shakllantiriladi. So„zlarni
leksik ma‟nosi asosida gruppalash mashqlari otlarni taqqoslash, o„xshash
tomonlarini aniqlash, abstraklashtirish ko„nikmasini o„stiradi. Shunga qaramay,
gramatik tushunchani shaklantirish uchun o„quvchilar so„zning aniq ma‟nosini
bilmaydilar, so„zning leksik ma‟nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik
belgilarini ham o„zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma‟nolari va grammatik belgilari ustida
maxsus ishlanadi. (kim yoki nima so„rog„iga javob bo„lishi, predmet bildirishi
tushuntiriladi) O„quvchilar kim? So„rog„iga javob bo„lgan otlardan farqlashni
o„rganadilar. Bu bosqichda ular so„zlarni so„roq berish bilan farqlashni bilib
oladilar, bolalarda mavxum grammatik tafakkur o„sib boradi. Bolalarda ko„pgina
atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko„nikmasi shaklanib boradi.
2-sinfda otlarning leksik ma‟nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilim
chuqurlashtiriladi va sistemalashtiriladi bolalar otlarda son bilan tanishtiriladi.
“Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so„z turkumiga kiradigan otlarni
asosiy leksik gruppalarga ajratish, barcha otlarga xos bo„lgan belgilarni ko„rsatish,
ularning nutqimizdagi rolini ochish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda
mavzuni o„rganishga bag„ishlangan birinchi darslardayoq predmetlarni
bildiradigan so„zlar sistemaga solinadi. Shu so„zlarning hammasi uchun umumiy
bo„lgan belgilar aniqlanadi. Bu so„zlar predmetlarni bildirib, kim? Yoki nima?
So„rog„iga javob bo„ladi.
Dasturga ko„ra, boshlang„ich sinf o„quvchilarini sifat va boshqa so„z
turkumlaridan yasalgan mavxum ma‟nodagi (yaxshilik, go„zallik, ishonch, o„kinch
kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o„quvchilar
qiziqib so„rasalar, otlar bolalar o„rgangan belgilari asosida nima so„rog„iga javob
bo„lishi, predmet nomini bildirishi tushuntiriladi.
Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko„rsatish uchun o„qituvchi
o„qish kitobidan matn shu so„zlarsiz o„qishni topshiradi. O„quvchilar matn otlari
tushirib qoldirilib o„qiganda, matn mazmunini tushunib bo„lmasligini anglaydilar.
Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o„rab olgan predmetlarning nomi, bu so„zlarsiz
bir-birimizga o„z fikrimizni tushuntira olmaymiz.
1-2-sinflarda narsa nomini bildiruvchi so„zlarni o„rgatish darsi rejasi va
ishlanmasini tuzish
Hamkorlikda o„qitish texnologiyasining guruhlarda o„qitish usulidan
foydalanib, o„tiladigan darsning borishini quyidagicha loyihalash tavsiya etiladi:
I. Tashkiliy qism:
II. O„tgan mavzu yuzasidan o„quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash:
III. O„quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
IV. Yangi mavzuni o„rganish:
A) o„quvchilarni guruhlarga ajratib, guruh a‟zolari tomonidan belgilangan
o‟quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish:
B) o„quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.
V) Yangi mavzu yuzasidan guruhlar o‟rtasida savol-javob, o‟quv bahsi
o‟tkazish. VI. Mavzu matnida berilgan o‟quv mashg‟ulotini uyushtirish.
VII. Test savollari yordamida o„quvchilar bilimini nazorat qilishva baholash.
VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
IX. Uyga vazifa berish. Guruhlar o„rtasidagi o„quv bahsi, munozara
o„quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi,
yakuni sanaladi.
Mavzu: Ot so„z turkumi
Maqsad: O‟quvchilarni erkin fikrlashga o‟rgatish, og‟zaki va yozma nutqini
o‟stirish, mustaqil ish bajarish qobiliyatini shakllantirish, o‟rtoqlari fikrini hurmat
qilishga o‟rgatish, ot haqidagi tushunchalarni boyitish.
Kutilayotgan natija: O‟quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga o‟rgatish orqali
ular faolligini oshirish, ot mavzusiga doir tushunchalarni singdirish, bilim berish
bilan birga aqliy faoliyatini oshirish va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‟stirishga
erishish.
Usul: Aqliy hujum, savol-javob, musobaqa tarzida.
Jihoz: Darslik, tarqatma, ko‟rgazma, oddiy va rasmli testlar, magnit tasma.
Darsning borishi: O‟quvchilar bilan salomlashilgach, magnit tasma orqali
O‟zbekiston davlat madhiyasi eshittiriladi. O‟quvchilar qo‟llari ko‟ksida tik turgan
xolda birlashib aytadilar. So‟ng o‟rnilariga o‟tiradilar.
O‟qituvchi: - Hozir qanday dars o‟tamiz?
O‟quvchi: - Sen onam tilisan, otam tilisan,
- Sen bobom tilisan, asrlar oshgan.
- O, ona tilginam, muqaddas tilim,
- Bunchalar shirinsan, bunchalar so‟lim.
O‟qituvchi: - Barakalla, o‟g‟lim. Aziz o‟quvchilar, o‟rtog‟ingiz yozuvchi
Shuhratning til haqidagi she‟ridan to‟rtlik keltirdi. Demak, hozir biz sevib,
ardoqlab o‟rganadigan tilimiz bo‟lgan ona tili mashg‟ulotini ko‟ramiz. Qani,
o‟quvchilar, qo‟limdagi patnisda to‟rgan shakllardan ixtiyoriy tanlab oling-chi.
(patnisda o‟quvchi soniga qarab 30 ta to‟rtburchak shakllar bo‟lib, uning bir
tomoni moviy rang, orqa-oq tomonidan esa 3 guruhga bo‟lish uchun 10 tadan
shaklga qaldirg‟och, kabutar va burgut rasmi chizilgan bo‟ladi).
Qani bolalar, qo‟lingizdagi shaklga nomi yozilgan qatorga o‟tib o‟tiringchi.
Mana, guruhlarga ham bo‟linib oldik. Endi bilimlarimizni o‟zaro sinab,
musobaqalashib ko‟ramiz. Musobaqa asosan 5 tur bo‟yicha bo‟ladi. Marhamat
boshladik.
1-tur: “Ona tilim-joni dilim”, “Qaldirg‟och”, “Kabutar”, “Burugut”. Guruhlar
a‟zolaridan vakil chiqib, ko‟rgazmaga o‟rnatilgan savollardan olib javob beradi.
Savollar:
1) O‟zbek tiliga davlat maqomi qachon berilgan:
2) O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida til
haqida ko‟rsatilgan?
3) Undagi har fikr, har qoida idrokingizga qudrat beradi. Binobarin, siz ham
bu sahifalarga ixlos ko‟zi ila qarang. Bu iboralar qaerga berilgan va nima haqida
fikr yuritilgan?
2-tur: “Bilimingizni sinab ko„ring” har bir guruhda 2 tadan oddiy va rasmli
test tarqatib, o„tgan mavzular bo„yicha bilimlari mustahkamlanadi.
1. Kim? So„rog‟iga javob bo„lgan so„zlar qatorini aniqlang.
A) Bulbul, ot, quyoncha, ayiq V) Qorbobo, qizcha, o‟qituvchi.
2. Nima? So„rog‟iga javob bo„lgan so„zlar qatorini aniqlang.
A) Deraza, tramvay, bayroqcha. V) O„qituvchi, ota-bola, ona-bola.
3. Gapni to„ldirib o„qing va otni aniqlang… tunda yoqimsiz sayraydi.
A) Ukki V) Sayraydi S) Yoqimsiz
4. Gapni to„ldirib o„qin va otni aniqlang. Momiqqina… daraxt shohida
o„rtiribdi.
A) Olmaxon V) Daraxt S) Momiqqina
5. Ko„plikdagi otlar qatorini aniqlang.
A) Qullar, qushlar, daraxtlar V) Ikki, uy, olaqarg‟a.
3-tur: “Muzyorar” yozma bahs o„yini.
Har bir guruhda qaldirg‟och, kabutar, burgut rasmi chizilgan oq qog‟oz
taraqatiladi.
Bolalar berilgan savollarga javobni yozma ravishda topshiradilar. Bu
“Muzyorar” o„yini orqali o‟quvchilar narsa, uning harakati va bularga beriladigan
so‟roqlarni hamda bosh bo‟laklarini bir vaqtda o‟rganish imkoniga ega bo‟ladilar.
O‟yin o‟quvchilarni mustaqil fikrlab, xulosa chiqarishga o‟rgatadi.
4-tur: “Meni tushun” o‟yini Bevosita yangi mavzuga kirib boriladi. Bunga
guruhlardan bir nafardan o‟quvchi chiqadi. O‟quvchilar so‟zsiz harakat bajarishadi,
qolgan guruh azolari bir-birini izohlaydilar, bajarilgan harakatlarga so‟roqlar
belgisi orqali fe‟lning qoidasini keltirib chiqaramiz.
Qoida: Ot narsa va shaxslarning, joy nomlarining nomini bildirib, kim?
nima?, qaer? so‟roqlariga javob bo‟ladi. So‟ngra otga oid mashq sharti asosida
bajariladi, yozuv taxtasiga yoziladi.
O‟quvchilar daftarga yozadilar.
(Kim) Shifokor bermorni davoladi.
(Nima) Qor tinmay yog‟ayapti.
Qushlar don (nima) izlaydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o‟quvchilarga ot ishtirok etgan
bittadan gap tuzish va daftarga yozishni mustaqil ish tariqasida beriladi.
5-tur: “Moychechakda yashiringan so‟zni top” o‟yini. Ko‟rgazmada so‟zlarga
mos “Sonli maqollar aytish” topshirig‟i bajariladi.
1.) sakkiz; 2) ming; 3) yuz; 4) etti; 5) bir; 6) to‟rt va hakazo.
Bilagdi zo‟r birini yiqar, bilimi zo‟r- mingni.
Etti ulchab bir kes. Sanamay, sakkiz dema.
Yer haydasang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda kabi.
Barcha turda qatnashgan, fikr bildirgan o‟quvchilarni tarqatma ball berib
rag‟batlantirib boriladi. Dars nihoyasida olingan tarqatma baholar asosida g‟olib
guruh aniqlanadi. qizil rang- 3 ball, moviy rang- 2 ball, oq rang – 1 ball. Shu
gaplarga qarab ballar jamlanadi, g‟olib guruh rag‟batlantiriladi.
SANA
____________
3-Sinf Fan: Ona tili
Mavzu:. So'z turkumlari. ( 201-202-mashq)
Maqsad: Ta‟limiy:
“So'z turkumlari ” yuzasidan o`quvchilar bilimini
mustahkamlash
Tarbiyaviy maqsad:
Ozoda va tartibli bo`lishni, o`z ustida ishlash va
mas`uliyatli bo`lishni tarbiyalsh.
Rivojlantiruvchi maqsad:
So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish
Fanga oid kompetensiyalar
: Mashq shartini tushuna oladi va mashq ustida
kerakli faoliyatni amalga oshira oladi.
Metod
:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Jihoz:
darslik, rangli ko„rgazmalar, harakatli ko„rgazmalar, plakatlar,kitob
I.Tashkiliy qism
: Salomlashish, o‟quvchilarni darsga tayyorgarliklarini
tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan
ko`rsatmalar beraman.
II.O‟tilgan mavzuni takrorlash
: O„quvchilarning olgan baholarini qisqacha
tahlili o„tkaziladi. Yo„l qo„yilga xatolari yuzasidan ko„rsatma beraman.
Yangi mavzu bayoni: 201
-mashq. Bajarilishi yuzasidan ko„rsatma beraman.
Doskada va mustaqil bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |