zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va
ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-
ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot
yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk
tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir.
Din komil insonni
tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiy-
ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz
biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din
jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni
yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda
bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.
Dinning vazifalari uning alohida shaxs va jamiyatga ta’siri va tabiatidan kelib chiqadi.
Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va
ma’naviyatni boyitishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib berishdir.
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni
funksionizm
rivojlantiradi. Funksionizm
jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani
bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy
vazifalari quyidagilardan
iboratdir:
Birinchidan, har bir din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli
beruvchilik –
kompensatorlik
vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil qilish
hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari
jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-
ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy ehtiyoj bo‘lib, u ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi,
tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ‘ib qiladi, xristianlikda esa, har bir xristian Iso
masihning qaytishiga umid qilib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Islom dinida har bir
musulmon dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan
holda yashaydilar.
Ikkinchidan, din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod
qiluvchilar
jamoasini, shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham shunday. Bu dinning
birlashtiruvchilik –
integratorlik
vazifasi deb ataladi. Din doimo ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va
ma’naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni ta’minlash maqsadida u xalqlarning ijtimoiy
hayotiga, axloqiy munosabatlariga, adabiyoti va san’atiga bog‘langan. Masalan, yahudiylikda
mazkur din vakillari bir mafkura atrofida bir millat va yagona maslak egalari bo‘lib,
yagona
xudo YAhvening sevimli bandalari ekanligi uqtiriladi.
Xristianlikda diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’atidan foydalanib ikona chizuvchilar
maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat qiluvchilik –
regulyatorlik
vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlari, marosim va bayramlarining qavmlari
tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibda amal qilishini shart qilib qo‘yadi. Masalan, islomda kuniga
besh mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma namozini jome’ masjidlarida ado etish va hokazolar.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik –
kommunikativlik
vazifasini ham bajaradi, ya’ni
har bir din o‘z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning o‘zaro aloqalari, o‘zaro huquq va
burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, din qonunlashtiruvchilik –
legitimlovchilik
funksiyasini ham bajaradi.
Dinning bu funksiyasi nazariy asosini amerikalik sotsiolog T.Parsons ishlab chiqqan. Uning
fikricha, “har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun
u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni
qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni belgilaydi”.
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari mavjud. U insonga yashashdan
maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o‘z munosabatlarini
bildirib turishdan iboratdir.
Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
uning ijtimoiy
hayotida doimo u bilan birga bo‘ladi. Dinni o‘rganish bu insoniyatni o‘rganishdir. Din insoniyat
bilan birga dunyoga kelgan.
Dinlar turli guruhlarga bo‘linadi:
- Urug‘-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan
sehrgar shomon qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular hozir Avstraliya, Janubiy Amerika
va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan:
- Milliy dinlar – ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa elat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan
dinlar. Ularga yahudiylik, hinduiylik, konfutsiylik, sintoizm kiradi;
- Jahon dinlari – dunyoda eng ko‘p
tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga
e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Dinlar ta’limotiga ko‘ra, monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik
– ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiylik) dinlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: