kirmagan, huddi Rasululloh (s.a.v.) va sahobiylar davrdagi kabi. SHunday bo‘lsada, Imom Abu
Hanifa nazdida hadislarni rivoyat qilish mas’uliyatli ish ekanini quyidagi Imom Abu YUsuf
rivoyatdan ham bilish mumkin. Unda, Imom Abu Hanifa: «Kishi hadisni eshitgan vaqtidagidek,
(ya’ni qanday eshitgan bo‘lsa o‘shanday) aytishi lozim», degan; 5. Abu Hanifa to‘rt mingdan
ortiq ustozdan dars olgan. CHunki u Basraga 10 marta, Makka va Madinaga esa o‘nlab marta
borgan. U joylardagi ko‘pgina olimlarning suhbatida bo‘lgan. Demak bahs va munozara vaqtida
ko‘plab hadislar eshitgani tabiiy.
Abu Hanifa qiyos va istehsonni (chiqarilgan xulsalardan musulmonlar uchun foydaliroq
tomonini olish tamoyili) ko‘p qo‘llagan. Hatto zaif hadisni qiyosdan oldin qo‘ygan. Bu borada
imom Abu Hanifa shunday degan: «Rasululloh (s.a.v.)dan kelgan har narsa bosh ustiga,
sahobalardan kelganini esa orasidan yaxshirog‘ini tanlab olamiz, ammo tobeiylardan kelgan
bo‘lsa, biz ham ulardek kishilarmiz». Bu bilan o‘z mazhabining usulini ko‘rsatgan.
Imom Abu Hanifaning eng mashhur shogirdlaridan Abu YUsuf YA’qub ibn Ibrohim
Ansoriy va Muhammad ibn Hasan SHayboniydir. Abu Hanifaning bu ikki shogirdi ustozining
ishini davom ettirib, boshqa olimlarga ustozlik qildilar.
Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa alohida muayyan mavzuga oid kitob
yozmagan. Balki u rivoyat qilgan hadislarni, aytgan fatvolarini keyinchalik olimlar kitob holatiga
keltirganlar. Jumladan, «al-Fiqh al-akbar», «al-Olim va-l-mutaallim», «al-Vasiyya» va «al-
Musnad» va boshqalar.
Olim dunyo ishlari va mansabga qiziqmagan. Xalifa unga bosh qozilik (qozi al-quzot)
mansabiga taklif qilganda rad etgan.
SHunday bo‘lsada, eng katta shogirdi imom Abu YUsuf «Qozi al-quzzot» lavozimida
faoliyat yuritib, hanafiylik mazhabining yanada keng yoyilishiga xizmat qilgan. Imom
Muhammad esa, hanafiy mazhabining nazariy asoslarini ishlab chiqib, o‘z asarlarida ularni
keltirib o‘tgan.
Ushbu mazhab sunniy musulmonlar orasida eng keng tarqalgani hisoblanadi, ya’ni 47%
sunniy musulmon shu mazhabga amal qiladi. Tarixda uning juda ko‘p davlatlardagi asosiy
mazhab sifatida e’tirof etilishi jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida qo‘llanishi, milliy
urf-odatlarga bag‘rikengligi, turli mintaqalardagi shart-sharoitlarga mos kelishi hamda boshqa
omillar sababli uning ko‘p musulmon xalqlari tomonidan qabul qilinishiga sabab bo‘lgan. Uning
keng miqyosda tarqalganiga sabablardan biri barcha mintaqalarda yashayotgan musulmonlarga
chiqarilgan hukmlari oson amal qilishiga imkon bergan. O‘zbekiston hududida hanafiylik
mazhabi keng tarqalgan va shu mintaqa aholisi mazkur mazhabga amal qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: