9-мavzu: Kibermakonda din omili
Kiberjinoyatchilik - bugungi kunda aynan ushbu tushuncha axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasidagi ko‘plab turdagi jinoyatlarni o‘zida birlashtirgan. Virus va boshqa
zararli
dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy
tarqatish (spam),
xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik,
mualliflik
huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami va bank rekvizitlarini o‘g‘irlash (fishing va
farming) hamda boshqa turli huquqbuzarliklar shular jumlasidandir.
Bunday jinoyat turi globallashib borayotgani e’tiborga olinadigan bo‘lsa, bugun hech
qaysi mamlakat ushbu xavfga nisbatan mustaqil ravishda bir o‘zi qarshilik ko‘rsata olmaydi.
Bunday sharoitda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, kiberjinoyatchilikka
qarshi birgalikda
harakat qilish va uni tekshirish borasida tegishli organlar faoliyatini tartibga solish hamda o‘zaro
hamkorlikning xalqaro huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish yagona yo‘ldir.
Hozirda global tarmoqda soat sayin yangidan-yangi, rang-barang, jozibador o‘yinlar
paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, “action” (harakat) janridagi elektron o‘yinlar
jangari sahnalar, ur-
yiqitlar, mushtlashuvlar, otishmalarga boyligi bilan bolalarni o‘ziga keng jalb etmoqda. “Call of
duty”, “Mortal Kombat”, “Counter strike”, “Silent Hill” kabi o‘yinlarda qonli sahnalar tez-tez
takrorlanadi, zo‘ravonlik, xunrezlik, vahshiylik targ‘ib qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Voyaga
yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi
qonunida bolalarning bo‘sh vaqtini nazorat qilish tartiblari o‘z ifodasini topgan.
Jumladan,
bolalarning tunda restoran, kafe, bar, klub, diskoteka, kinoteatr, kompyuter zali, internet xonalari
yoxud boshqa ko‘ngilochar joylarga nazoratsiz borishiga yo‘l qo‘yganligi uchun nafaqat ota-ona
yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, balki ko‘ngilochar maskanlar rahbariga ham ma’muriy
javobgarlik belgilangan.
«Harakatlar strategiyasi» va unda nazarda tutilgan mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ichki va tashqi siyosat borasida amalga oshirilayotgan
islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, samaradorligini oshirish, mavjud muammo va to‘siqlarni
bartaraf etishga qaratilgan beshta eng ustuvor yo‘nalishlar Prezidentimizning bevosita saylovoldi
dasturida o‘z aksini topgan edi. Mazkur Farmon mamlakatimizni yanada rivojlantirishga
qaratilgan ana shu ustuvor jihatlarning hayotga tadbiq etilishi borasidagi jiddiy qadam bo‘ldi,
deyish mumkin.
Mavzuga oid sxemani to‘ldiring
ilova
«Nima uchun?» texnikasidan foydalanib savolning javoblarini jadval-sxemalariga yozib
to‘ldiring.
«Nima uchun?»
«Nima uchun?» «Nima uchun?»
Do'stlaringiz bilan baham: