19.02.2020
O‘zA - Bozor iqtisodiyoti:
asl mohiyat, tartib va tamoyillar
http://uza.uz/uz/business/bozor-iqtisodiyoti-asl-mohiyat-tartib-va-tamoyillaras-23-01-2019?ELEMENT_CODE=bozor-iqtisodiyoti-asl-mohiyat-tartib…
2/3
Mamlakatimiz istiqlolning ilk davridan boshlab, bozor iqtisodiyotiga oʻtishning oʻziga xos yoʻlini tanladi va
bu yoʻl MDHning boshqa davlatlaridan farqli oʻlaroq, yurtimizning ichki va
tashqi qarzi oshib ketishiga
imkon bermadi.
Maʼlumotlarga koʻra, mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimiz yalpi ichki mahsulotining bor yoʻgʻi 1,5-2
foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri kelgan. Buning sababi esa oʻsha davrda
xususiy tadbirkorlik qoʻllab-quvvatlanmagan, ularning faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chiqarilgan farmon
va qarorlar korrupsiyaga berilgan buyruqboz amaldorlarning keskin qarshiligiga duch kelgan. Ayniqsa,
bunda fermerlikni rivojlantirishda koʻrilgan choralarni eslash kifoya.
Mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 6 marotaba oshgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotning 1991-2017
yillarda oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 4,5 foizni tashkil etgan. Iqtisodiy oʻsishning oʻrtacha yillik surʼati 1996-
2017 yillarda 6,4 foizni koʻrsatgan. Bunday koʻrsatkichlarga erishishda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amaliy ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy oʻsishida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari ulushini
kengaytirishga ahamiyat berilgan. Masalan, BMT Taraqqiyot dasturi Inson taraqqiyoti toʻgʻrisida
maʼruzani tayyorlash boʻlimining maʼlumotiga koʻra, 1990-2010 yillarda oʻrta sinf boʻyicha janub
mamlakatlarining ulushi 26 foizdan 58 foizgacha oʻsgan. 2030 yilga borib jahonda oʻrtahol aholining 80
foizi janubiy mamlakatlarga toʻgʻri kelishi va ularning jami isteʼmol xarajatlaridagi ulushi 70
foizga yetishi
tahlillarda oʻrganilgan.
– Janubiy mamlakatlar texnikaviy innovatsiyalar yaratishda ulkan yutuqlarga erishmoqda, – dedi Mirzo
Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti katta oʻqituvchisi Ulugʻmurod Rayhonov. – Bu
davlatlardagi kompaniyalar mahalliy talabga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda novatorlikni
kengaytirmoqda. Misol uchun, Afrikaning aksariyat mamlakatlari eksportga yoʻnaltirilgan
ishlab
chiqarishni tashkil etish va investitsiyalar jalb qilishni ragʻbatlantirishda Malayziya tajribasini keng
qoʻllamoqda. 2008 yildan Xitoy, Hindiston va Turkiyaning toʻqimachilik kompaniyalari global bozordan
ichki bozorga koʻproq eʼtibor qaratmoqda. Ichki bozorga tayanish mazkur mamlakatlar iqtisodiyotining
yuqori surʼatlar bilan oʻsishiga olib keldi.
Bundan koʻrinadiki, xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotdagi tajribasi Oʻzbekiston
uchun muhim
boʻlib, ularni tahlil qilish, oʻrganish va maqbulini amaliyotda sinab koʻrish lozim. Bu kabi tahlil asosida
yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishbilarmonlar
qatlami safini kengaytirish va aholi daromadlarini oshirish imkonini bermoqda. Misol uchun, 2017 yilda
yangi
sanoat korxonalari qurish, xizmat koʻrsatish obyektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish oʻrni tashkil etilgan. 2017 yilda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi
57095,6 milliard soʻmni, yaʼni jami sanoat ishlab chiqarishning 39,6 foizini tashkil etdi. Bu esa 2016 yilga
nisbatan 102,1 foizga oʻsish demakdir.
Bozor iqtisodiyotini qaror toptirishda qonuniy hujjatlarning ahamiyati katta. Deylik, 1996
yilda iqtisodiy
munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin, 2010 yil yakuniga koʻra, milliy
iqtisodiyotni isloh qilish boʻyicha 400 dan ortiq, birgina Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq 100
19.02.2020
O‘zA - Bozor iqtisodiyoti: asl mohiyat, tartib va tamoyillar
http://uza.uz/uz/business/bozor-iqtisodiyoti-asl-mohiyat-tartib-va-tamoyillaras-23-01-2019?ELEMENT_CODE=bozor-iqtisodiyoti-asl-mohiyat-tartib…
3/3
dan ziyod qonuniy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: