132
ilmiy asosda tashkil etish muammolarini ishlab chiqish bilan shu
g‘ullanadigan asosiy muassasaga aylangan edi
10
.
Teylor, Gimbert, Emerson va boshqalar yaratgan kitoblarning tarjima
qilinishi sho‘ro kitobxonlarini mehnatni tashkil
etish sohasidagi xorijiy
nazariya va amaliyot bilan tanishtirishga yordam berdi. MMIning asosiy
nazariy ishlanmalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
– Kasb ta’lim uslubiyotini yaratish va ommaviy kasblar ishchilarini
keng miqyosli tayyorlashni amalga oshirish; A.K. Gastev taklif etgan
«mehnat yo‘l-yo‘riqlari» usulini o‘rgatish tizimi o‘quv jarayonini ta’lim
oluvchilarda mehnat usullarini oqilona bajarishni oldindan belgilab
beradigan muayyan «biologik yo‘l-yo‘riqlar»ni ishlab chiqish sifatida
qarar edi. Ularning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, degan edi A.K.
Gastev, o‘quvchi avval boshdanoq to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq olib, sekin-asta talab
qilinadigan asbob bilan muomala qilish qobiliyatiga ega bo‘lib
boradi
11
.
– Eng samarali mehnat usullari, yo‘llari va rejimlarini har tomonlama
o‘rganish va loyihalashtirish.
– Insonning aniq mehnat yo‘nalishini tarbiyalash, shu jumladan,
reaktsiya tezligi, sezgirlik, harakatlarning
pishiq-puxtaligi, saranjom-
sarishtalik va boshqa sifatlarni psixofiziologik, intellektual sifatlar va
xarakter xususiyatlari, mashqlar yo‘li bilan hosil qilingan barqaror ishlab
chiqarish ko‘nikmalari va odatlarini tarbiyalash.
30-yillarning o‘rtalarida mehnat
muammolarini ilmiy ishlab
chiqishga bo‘lgan qiziqish keskin pasayib ketdi. Buning eng asosiy
sabablaridan birinchisi, eng yuqori mehnat samaradorligini qo‘lga kiritish
vazifalarini ilg‘or ishchilarning belgilangan normalarni faqat staxanovcha
tarzda buzish yo‘li bilan hal etish tamoyili hukmronlik qilishi, u olimlar
zimmasiga asosan staxanovchilar erishgan yutuqlarni ilmiy asoslab berish
vazifasini yuklagan edi;
ikkinchisi, xorijdagi mehnatni tashkil etish
sohasida erishilgan tajriba va ilmiy ishlanmalar to‘g‘risidagi axborotlarni
olish sharoiti yomonlashgan edi, xorijda bu sohada yuqorida aytib
o‘tilgan bir qator yangi echimlar topilgan edi.
Mehnat muammolarini ishlab chiqishda 60-yillarning o‘rtalariga
qadar tanaffus bo‘lganligi ko‘zga tashlandi. Bu ish 60-yillarning oxirlariga
kelib yana keng miqyosda avj oldirildi, ayniqsa, 1967-
yilda Moskva
shahrida mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga ba g‘ishlab o‘tkazilgan
10
Қîçîí âà Òàãàíðîã èíñòèòóòëàðè àñîñàí èøëàá ÷èқàðèøíè èëìèé àñîñäà òàøêèë ýòèøíè èøëàá ÷èқäè ҳàìäà ìàìëàêàòäàãè
ýíã éèðèê èíñòèòóòëàðäàí áèðè áўëäè.
11
ÖÈÒ è åãî ìåòîäы ÍÎÒ. Ì.: 1970, 62—63-á.
133
Butunittifoq kengashi bu sohaning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va
bu jarayon 80–90- yillargacha ham davom ettirildi.
Mustaqil Hamdo‘stlik Mamlakatlarining yuzaga kelishi va bu
mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarining amalga oshirilishi
mehnat muammolarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini yangi
bosqichga ko‘tardi. O‘zbekistonda ham bu borada bir qator nazariy va
amaliy muammolar ishlab chiqildi va mamlakat faoliyatida keng
foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: