uch yo‘nalishda amalga oshiriladi:
• tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda
soliq imtiyozlarini berish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish;
• ishchi kuchi taklifini ra g‘batlantirish;
• yollanma ishchilar sinfini mehnat bozoridan chiqarish, o‘z-o‘zini
band qilishni rag‘batlantirish.
114
O‘zbekistonda ishsizlikning keskin ko‘payishi ish bilan bandlik
siyosatining normal evolyutsiyasi yo‘lidan izchil borishga vaqt
qoldirmaydi. Shuning uchun, ish bilan bandlikni ta’minlashning xilma-xil
dasturlari mo‘ljallanganlarni davlatning haqiqiy moliyaviy imkoniyatlarini
yaxshilab muvofiqlashtirib olmay, ish bilan bandlik ishining barcha y
o‘nalishlarini bir yo‘lga qamrab olishga urinmoqda. Fikrimizcha, eng
avvalo, ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishga yo‘llaniladigan
moliyaviy mabla g‘larni muvofiq tarzda taqsimlab, mehnat bozorini
tartibga solishning umumdavlat va mintaqaviy sohalarini belgilab olish
kerak. Mahalliy mehnat bozorini tahlil qilish asosida ajratilgan
mablag‘larning har bir so‘mini ish bilan bandlikning o‘sishi ko‘rinishidagi
samara bilan qaytishi uni qaerga yo‘llash kerakligini aniqlash kerak b
o‘ladi.
Ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish usullari ham qayta k
o‘rib chiqilishi kerak. Ma’lumki, har qanday tartibga solish jarayoni,
ma’muriy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin bo‘lib, shu jumladan, mehnat
bozoriga ham taalluqlidir. Tartibga solishning bu usullari o‘rtasidagi
chegara bozor mexanizmiga aralashuv darajasi chizig‘i bo‘ylab o‘tadi.
Ma’muriy usullar mehnat bozori ishiga bevosita, ba’zida hatto bozor
mexanizmini buzib aralashuvni nazarda tutadi. Tartibga solishning
iqtisodiy usullari buyruq beradigan emas, tavsiyaviy, rag‘batlantirish
usullari asosida amalga oshadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar birinchi
Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyillar
asosida bo‘lib, unda ma’lum davrda iqtisodiyotni boshqarishda davlat
tomonidan tartibga solishning ustuvorligi nazariy hamda amaliy jihatdan
muhim o‘rin egalladi va shu bilan bu bozor iqtisodiyotida o‘z-o‘zini
boshqarish g‘oyasini ham inkor etmadi.
Shunday qilib, ish bilan bandlikni tartibga solishning faol iqtisodiy
usullariga quyidagi tadbirlarni kiritish mumkin:
• mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni umumiy sog‘lomlashtirish,
investitsion faollikni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va keyinchalik
iqtisodiy o‘sishga erishish;
• iqtisodiyotni nodavlat sektorlarini rivojlantirish va kengaytirish
uchun shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan, kichik biznes va o‘z-
o‘zini ish bilan band qilishni qo‘llab-quvvatlash;
• ish bilan bandlikning oqil tuzilmasini yaratish maqsadida kasbiy
o‘qitish, qayta tayyorlash va maslahat berishni ta’minlash.
115
Ko‘rinib turibdiki, bu vazifalarni amalga oshirish bugun ham —
kelajakda ham muhim omil bo‘lib, ish bilan bandlikni ta’minlash ishsizlik
darajasining kamayishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |