2.7. Hujjatni yoki uning biror qismini belgilash. Bog‘langan va
bog*lanmagan sohalar
Hujjatni yoki uning biror bo'lagini belgilashdan maqsad,
shu belgilangan soha ustida
o'chirish, ko'chirish, nusxa olish kabi bir qator amallarni bajarishdan iboratdir.
Butun varaqni belgilash uchun varaqning ustun va satr nomlari kesishgan chap yuqori
burchagidagi bo'sh katakchani chertasiz. Ixtiyoriy satr yoki ustun nomini chertsangiz, mos
ravishda shu satr yoki ustun to'liq belgilanadi.
Yakka tartibda biror katakchani belgilash uchun uni joriy qilish yetarli, ya’ni biror
katakchani joriy qilish bilan ushbu katakcha ustida belgilash amalini ham bajargan
bo'lasiz.
Belgilangan sohada joriy katakcha och rangda, ya’ni hujjatning belgilanmagan
qismi
rangida bo'ladi.
Hujjat varag'ining xohlagan qismini belgilash mumkin. Buning uchun sichqonchaning
chap tugmachasini bosgan holda sichqoncha ko'rsatkichini harakatlantirib, kerakli soha
qamrab olingach, chap tugmachani qo'yib yuborsangiz, o'sha
qamrab olingan soha
belgilanadi.
Bundan buyon varaqning belgilangan qismini belgilangan soha deb ataymiz. Belgilangan
soha ikki turga bo'linadi, ya’ni bog'langan va bog'lanmagan sohalar. Sichqonchaning chap
tugmachasini bosgan holda harakatlanish natijasida belgilangan soha yoki hujjat katakchasi
chertilganda, bog'langan soha hosil bo'ladi. Agar shu ishlami Ctrl tugmachasini ushlab
turib amalga oshirsak, belgilangan sohani Excel bog'lanmagan soha deb qabul qiladi.
Ekranda bog'langan va bog'lanmagan sohalarni ko'rinishi jihatidan ajratish juda qiyin.
Ulami farqlash uchun quyidagi fikmi bilish yetarli. Bog'lanmagan sohani qirqib olish yoki
undan nusxa olish mumkin emas.
Bog'langan va bog'lanmagan sohalarni hosil qilishning quyidagi usullaridan ham
foydalansangiz bo'ladi. Biror katakchani joriy qilib, Shift tugmachasini bosgan holda
ixtiyoriy boshqa katakchani chertsangiz, shu katakchalar orasidagi soha bog'langan sohaga
aylanadi. Agar shu usul bilan biror ustun
yoki satr nomini chertsangiz, joriy katakcha
joylashgan ustun yoki satrdan shu nomi chertilgan ustun yoki satrgacha bo'lgan barcha
ustun yoki satrlar bog'langan sohaga aylanadi.
Bundan tashqari, agar F8 tugmachasini bossangiz, holat
satrida BDL yozuvi paydo
bo'ladi. Demak, Excel sohani belgilash rejimiga o'tdi. Endi xohlagan katakchani
chertsangiz, xuddi Shift tugmachasini bosib turgandagi kabi joriy katakchadan chertilgan
katakchagacha bo'lgan soha bog'langan sohaga aylanadi.
Agar Ctrl tugmachasini bosib turib, biror ustun yoki satr nomini chertsangiz, shu ustun
yoki satr bog'lanmagan sohaga aylanadi. Bundan tashqari, Ctrl tugmachasini ushlab turib,
ixtiyoriy katakchani alohida bog'lanmagan soha sifatida belgilash ham mumkin.
Shlft+F8 tugmachalarini bosgandan so'ng chertilgan har bir katakcha xuddi Ctrl
.tugmachasi orqali bo'lgani singari bog'lanmagan soha hosil qiladi.
27
Ushbu mavzuda Excelning yana bir ajoyib imkoniyati bilan tanishamiz. Ba’zan bir
hujjatning barcha varaqlarida yoki bir nechta varaqlarida aynan bir xil tuzilishga ega
boMgan ma’lumotlar saqlanayotgan bo‘lib, barchasida aynan bir xil o‘zgarishni qilishga
to‘g‘ri keladi. Agar bunday varaqlar soni juda ko‘p yoki varaqdagi ma’lumotlar hajmi
yetarlicha
katta boMsa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, bu ish sizdan ko‘p vaqt va mehnat talab
qiladi. Excelda bir xil tuzilishga ega boMgan va bir guruhga olingan varaq laming birida
qilingan biror o‘zgarishni barcha varaqlarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Qilingan
o‘zgarish nafaqat katakchadagi ma’lumotning qiymatiga, balki formatiga ham ta’sir qiladi.
Buning uchun bitta guruhga olinayotgan har bir varaqning mos katakchalarida mazmunan
bir xil ma’lumotlar boMishi kerak. Natijada bunday varaqlarni bitta guruhga olsa boMadi.
Varaqlami guruhga olishning quyidagi uchta usulidan foydalaniladi:
-
agar siz varaqlami yakka tartibda guruhga olmoqchi boMsangiz, Ctrl tugmachasini
bosib, qo‘yib yubormasdan guruhga olmoqchi boMgan varaqlar nomlarini birin-ketin
chertasiz;
-
agar hujjatingizning barcha varaqlarini guruhga olmoqchi boMsangiz,
ixtiyoriy
varaq nomini o‘ng tugmacha orqali cherting va hosil boMgan paneldan Выделить все
листы (Barcha varaqlami belgilash) bandini tanlang;
-
varaqlar nomlari ro‘yxatidagi (tartiblari qanday boMishidan qat’iy nazar) oxirgi
varaq nomini Shift tugmachasini bosib turib cherting.
Har uchala holda ham guruhga olingan varaqlar nomi oqish rangga kiradi va sarlavha
satrida [Группа] ([Guruh]) yozuvi paydo boMadi. Bu belgilar
sizga kerakli varaqlar
guruhga olinganligidan dalolat beradi.
Guruhga olingan biror varaqda qilingan har qanday o'zgarish shu guruhdagi boshqa
barcha varaqlarda ham o‘z aksini topadi.
Faraz qilaylik, hujjatingizning har bir varagMda biror tumandagi bitta maktab
informatika o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar boMsin. Ushbu ma’lumotlardan birini
JI
hct
I (Varaq 1 )da yarating.
Xuddi shunday ma’lumotni ikkinchi va uchinchi varaqlarda ham yarating.
Buning
uchun xuddi shu ma’lumotdan ikkinchi va uchinchi varaqlarga nusxa olib, kerakli
joylarini o‘zgartirib qo‘yishingiz yetarli. Masalan, o‘qituvchilaming familiyalari, ish staji,
oylik maoshi kabi ma’lumotlar o‘zgaitiriladi. Ammo guruhga olingan varaqlardagi mos
katakchalar va ma’lumotlar tuzilishi saqlab qolinadi. Natijada uchta varaqda aynan bir xil
tuzilishga ega boMgan uch xil hujjatlar paydo boMadi.
Endi uchala varaqni guruhga olib, E2 katakchasiga =C2*2
formulani yozing va bu
formulani E ustunning keyiogi to‘rtta satri uchun ham joriy qiling. Natijada, uchala
varaqning ham E ustunida o‘qituvchilaming ikki marta oshgan yangi maoshlari paydo
boMadi (2.8.1 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: