32.973.26-018.2
Taqrizchilar:
T.S.Safarov,
Sam Tl t.f.d., prof.
T.A.Maxarov,
M. U lugbek nom idagi U z M U k. o ‘qituvchisi
QoMlanma zam onaviy kompyuterlar dasturiy ta ’m inotining ajralmas tarkibiy qism lari-
dan biri boMgan elektron jadvallar, ularning tuzilishi, imkoniyatlari va oddiy jadvallardan
ustunlik tom onlari haqida fikr yuritiladi. Fikrlami aniq bayon qilish maqsadida M icrosoft
O ffice dasturlari guruhiga kiruvchi E xcel elektron jadvali tanlangan va ushbu jadval m i-
solida elektron jad vallam in g imkoniyatlari yetarlicba ochib berilgan.
Eshtem irov Sadik
E
99
Elektron jadvallar:
( 0 ‘quv q o ‘ll.)/S.E shtem irov. - Т.: «Platinum Publishers»,
2 0 0 6 .- 1 7 6 b.
ББК 3 2 .9 7 3 .2 6 - 0 18.2я7
№ 4 1 5 - 2 0 0 6
'
“O'ZBEKISTON” NiVHU, 2006
© «PLATINUM PUBLISHERS» MCHJ, 2006
SO‘ZBOSHI
Bugungi kunda inson faoliyatining barcha sohalariga yangi informatsion texnologiyalar
joriy qilinayotganligining guvohi boMib turibmiz. Ushbu texnologiyalami joriy qilishda
kompyuter asosiy texnik vosita bo'lsa, undan ahamiyati kam boMmagan dasturiy vositalar
ham mavjud ekanligini qayd qilish lozim. Haqiqatan, zamonaviy kompyuterlar yetarlicha
boy va xilma-xil dasturlar to‘plami bilan ta’minlangan. Aynan
shu dasturlar kompyuterlar-
ning imkoniyatlari doirasini kengaytiradi. Qolaversa, aksariyat foydalanuvchilar faqat
tayyor dasturlardangina foydalanishni bilishadi.
Elektron jadval lar ham EHM dasturiy ta’ minotining ajralmas tarkibiy qismlaridan biridir.
Hozir elektron jadvallar katta imkoniyatlarga ega boMib, ulardan statistika ma’lumotlarini
tayyorlashda, ta’lim jarayonida, hisobchilar, bank, moliya xodimlari faoliyatida va boshqa
sohalarda turli xil maqsadlarda foydalanilmoqda. Elektron jadvallaming paydo boMishi va
rivojlanish tarixi uzoq muddatni tashkil qilmaganligi tufayli ularning turlari ham ko‘p
emas. Dastlab, 80-yillarda Lotus Development firmasi tomonidan yaratilgan Lotus 1-2-3
elektron jadvallari, Computer Assosiates firmasi tomonidan yaratilgan SuperCals nomli
elektron jadvallaridan foydalanilgan.
Zamonaviy
va yetarlicha katta
quvvatli kompyuterlar paydo boMgandan keyin
ma’lumotlami qayta ishlashda yuqori imkoniyatlarga ega boMgan yangi elektron jadvallar
yaratildi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan Excel elektron jadvali bunga
misol boMa oladi.
QoMlanma mamlakatimizda juda keng tarqalgan Excel elektron jadvali va uning
imkoniyatlarini o‘rganishga bag'ishlangan.
Lekin kompyuterlar dasturi ta’minotidan foydalanish
uchun ham foydalanuvchidan
ma’lum bilim vako‘nikmalar talab etiladi. Shu sababli, deyarli, barcha ta’lim maskanlarining
o‘quv dasturlarida elektron jadvallar va ularning imkoniyatlarini o'rganish uchun anchagina
soat ajratilgan.
Elektron jadvallaming imkoniyatlarini toMaroq o'rganish, ulardan foydalanish
jarayonida foydalanuvchi va boshlovchilarga yordam qilish o'quv qo'llanmaning asosiy
maqsadi qilib qo'yildi.
Qo'llanmada nafaqat kerakli mavzu yoki tushunchalar,
balki ushbu mavzu yoki
tushunchalar bilan bog'liq har bir amalning mohiyatini to'liq ochib berish maqsadida ushbu
amalni bajarish algoritmi ham keltirilgan.
Har bir tushuncha yoki amalning mazmunini yoritishga yordam beradigan rasmlar va
o'rganilayotgan amallar bilan bog'liq darchalaming rasm lari keltirilgan bo'lib, ulardagi har
bir band va bo'limlaming nimaga mo'ljallanganligi misollar asosida to'liq tushuntirilgan.
Ko'pchilik amallarni bajarishga mo'ljallangan algoritmlaming bir nechta variantlari
bayon qilingan va foydalanuvchi ulardan o'ziga ma’qul bo'lganini tan lash imkoniyatiga
ega.
Har bir bob yakuni ushbu bobga doir yetarlicha ko'p sonli savollar va topshiriqlar bilan
ta’minlanganligi foydaianuvchiga o'z bilimlarini mustaqil sinab ko'rishida katta yordam
beradi.
3
0 ‘quv qoMlanma Windows operatsion tizimining eng
oxirgi Windows XP talqini
asosida yozilgan.
QoMlanma sodda va ravon tilda yozilganligi, har bir tushuncha, mavzu va amallar
mohiyati batafsil bayon qilinganligi elektron jadvallar bilan bogMiq barcha tushunchalami
tashqi yordamlarsiz mustaqil o'rganish imkoniyatini yaratadi.
QoMlanmadan oliy o‘quv
yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida taMim
olayotgan talabalar va, umuman, elektron jadvallar bilan qiziquvchilar muvaffaqiyat bilan
foydalanishlari mumkin.